Emogramm
178 subscribers
297 photos
84 videos
2 files
98 links
• Raupov Akbar
• EmoKReeD
• AkRa's life presents..
Download Telegram
Yaxshilar ovoz bervoringlar, do'stlarim uchun muhim tanlov ekan

📌Eng faol yo'nalish koordinatori- Turdiqulov Quvonchbek
📌Eng faol fakultet - Iqtisodiyot fakulteti
📌Eng faol klub - Book club

Ikkitagina kanal, ketsa 3-4 minut ketadi
🔥2
Forwarded from Iqtisodiyot
Nima uchun aktivlar passivlarga teng?

Ikki do'st hamkorllikda biznes ochishdi. Kafe ochishdi. Ularning har birida 5million rubl bor edi, umumiy 10 million rubl.

Shunda ularning ustav kapitali 10mln rubl ekan.

Kafe ochishdi va u yerdan 6 mln rubl daromad qildi, 4 mln rubl harajat qilishdi. Shunda, foyda 6-4=2 mln rubl bo'ladi.

Ishlari yaxshi bo'lib ketgach, yana bir filliali ochishdi. Unga bankdan 15 mln rubl kredit olishdi.

10mln + 15mln rubl = 25 mln rubl (aktiv=passiv). Ya'ni, ushbu olingan kredit ham, ustav kapitali ham aktiv ham passiv ham hisoblanadi. Chunki, uni ma'lum muddatdan keyin bankga qaytarib berishi ham kerak va hozirda ular uchun aktiv bolib hizmat qilyapti, daromad olib kelyapti.
❤1
2025-yilda kitoblar quchog'iga qaytdim!

• Rostini aytsam, shu yilgacha kitob o‘qish men uchun shunchaki mashg‘ulotdek edi, lekin bu yil hammasi o‘zgardi. Man nafaqat kitob o‘qishni boshladim, balki chinakamiga "bookworm"ga aylandim. Hatto shunchalik berilib ketdimki, o‘zim o‘qigan va yoqtirgan o‘nlab kitoblarni tanishlarga hadya qilib, ularni ham bu mo‘jizaviy olamga chorladim (samara bermadi baribir menimcha 😂). Chunki, eng yaxshi sovg'a baribir kitob, ilm bo'ladi!

• Bu yo‘lda menga katta motivatsiya bergan, ajoyib marafonlar o‘tkazib, doim ilhomlantirib turgan do‘stlarim NodirZiyo, AsqarMalik va kichkina bo‘lsada, katta qalb egasi, influencer E’zozaga alohida rahmat aytaman. Sizlarsiz bu natijaga erishish qiyin bo‘lardi! 🙌

• Yil davomida jami 35 ta kitob o‘qibman. Ularning 15 tasi o'zbek tilida, 12 tasi inglizcha va 8 tasi rus tilida bo‘ldi. Jami 8000 sahifaga yaqin bilim, sarguzasht va hissiyotlar oldim!

• Shular ichidan My #Top 5 taligim:
🥇 Factfulness (Hans Rosling) — Bu shunchaki kitob emas, dunyoqarashni kengaytiruvchi darslik. Dunyoni raqamlar orqali ko'rib, aslidagi bor haqiqatni anglatdi.
🥈 Скорбь Сатаны (Marie Corelli) — Inson nafsi va imon o'rtasidagi kurashni shunday tasvirlaganki, har bir sahifasida hayotingizni sarhisob qilasiz.
🥉 Eljernonga atalgan gullar (Daniel Keyes) — Aqlimiz bizga baxt beradimi yoki azob? Yurakni titratuvchi va inson qadri haqida o‘ylatadigan dars.
4. Если все кошки в мире исчезнут (Genki Kawamura) — Muhim narsalarni yo'qotganimizdagina qadrini bilishimiz haqidagi juda ta'sirli yapon falsafasi.
5. Steal Like an Artist (Austin Kleon) — Kreativlik uchun qo'llanma. Ijodkor bo'lish uchun nimadan boshlash va g'oyalarni qanday boyitishni o'rgatdi.

• 2025da o'qib chiqqan kitoblarim ro'yxati:
Fevral:
1. Вино из одуванчиков, R.Bredberri
Aprel:
2. Keep Going, A.Kleon
3. Hech, M.Chovush
4. Eljernonga atalgan gullar, D.Kiz
5. Factfulness, X.Ronsling
6. Если все кошки в мире исчезнут, Г.Кавамура
7. Десять негритят, А.Кристи
8. Kichkina shahzoda, A.Ekzyuperi
May:
9. Parda, A.Kristi
10. Sherlock Holmes (Buxoro safari), O.Muxtor
11. Ни Сы, Ж.Синсеро
Iyun:
12. Katta to‘rtlik, A.Kristi
13. Istiqlol jallodlari, M.Cho'qay
Iyul:
14. Dinosaur Therapy, J.Stuart
15. The Sad Ghost Club, L.Meddings
16. Anomaliya, E.Tellye
17. The Full Moon Coffee Shop, M.Mochizuki
18. You Are Here, D.Nichols
Sentabr:
19. Days at the Morisaki Bookshop, S.Yagisawa
20. Before the Coffee Gets Cold, T.Kawaguchi
21. Rental Person Who Does Nothing, Sh.Morimoto
22. Сборник 2, В.Маяковский
Oktabr:
23. Mehrobdan chayon, A.Qodiriy
24. Замок, Ф.Кафка
25. Такие разные миры, Ф.Моран
Noyabr:
26. The Cafe on the Edge of the World, J.Strelecky
27. Oydin tunlar, F.Dostoyevskiy
28. More Days at the Morisaki Bookshop, S.Yogisawa
29. Steal Like an Artist, A.Kleon
30. Rasululloh s.a.v. muhabbat haqida 101 qissa, M.Suxajiy
31. Скорбь Сатаны, М.Коремли
Dekabr:
32. Tales from the Cafe, T.Kawaguchu
33. Yolg'onlar shahri, R.Navai
34. G'arbiy frontda o'zgarish yo'q, E.Remark
35. Jarayon (ongoing), F.Kafka
• 2026-yilda ham rejalar allaqachon tayyor🤓
Keyingi yil uchun allaqachon javonimdagi "Men" (Fotix Duman), "O'tkan kunlar", "Beparvolikning nozik san'ati", "Yalang'och iqtisodiyot", "Магия утра" va Stiven Kingning "Противостояние" kitoblari navbat kutmoqda. Shuningdek, "Sarmoyador", "1984", "Martin Eden", "Atom odatlari", "Muqaddima", "Shaxmat ustidagi qotillik", "Venchur zehniyati" va "Mamlakatlar tanazzuli" kabi asarlarni xarid qilishga tayyorman, mabodo kimdir sovg'a qilgisi kelsa dedimda😅 #bucket_list

• Bu kitoblardan iqtisodiyot, shaxsiy rivojlanish, kuchli intizom, iroda va jamiyatning chuqur falsafasini o‘rganishni maqsad qildim, albatta badiiy tanaffuslar ko'p bo'ladi 😅.

• Kitob o'qishni boshlash uchun yangi yilni kutish shart emas! Manam fevral yakunida qiziqib boshladim, sizlar ham boshlab tashanglar tezroq😁🎊

• 2026da o'qish uchun bitta kitob tavsiya etib ketilar😁👇
❤8⚡5
2025-yilda Kinomanlar madaniyatini yaxshilab oldim

• Hayotimga yangi bir paydo bo'lgan odatlardan biri bu kinoteatrlarda premyeralarni tomosha qilish bo'ldi. Barchasi man zerikib yurgan Germaniyada boshlandi, ketma-ket kinozallarni tomosha qilib chiqardim va nihoyat, qaroqchimas, balki aristokratlar qatlamiga sakradim deb faxrlansam bo'ladi 😂

• O'zbekistonda ham ajoyib imkoniyatlar bor, lekin o'ziga jalb qila olgan hamrohim, Cinematica baribir o'zgacha lazzat bera olarkan, ayniqsa Movie clubga a'zo bo'lganimdan keyin 50% chegirmalar sodiqlikni haligacha oshirib turibdi 😁

• Yil davomida 17ta namoyishga kiribman, shulardan 5tasi Germaniyada, 1ta o'zbekcha va 11ta ruscha kinolar esa Toshkentda ekan.

• Shular ichidan My #Top 5 taligim:
🥇 Dracula - kitobini ajoyib tarzda yoritib berishgan, klassik qonxo‘r grafning hikoyasi, o‘sha zulmatli atmosfera, vizual effektlar va personajning ichki og‘rig‘ini shunday ko‘rsatib berishganki, zalda o‘tirib nafas olishni unutganman desam ishonmasalariz kerakku-ya, lekin telefon borligi butkul esimdan chiqqandi 😂
🥈 Chainsaw Man- bu anime arkasi (voqealari) bo'lib, bosh qahramonni navbatdagi qiyin sinovlari, jang sahnalari va orqadagu background musiclar qalban shedevr holatda joylashtirilgan, ajoyib ayanchli lovestory
🥉 How to Train Your Dragon - Bolaligimda multfilmi va serialini miriqib tomosha qilardim, live-actionda suvdek bir xil holatda ko'chira olishgani taqsinga sazovor.
🏅 Метод исключения - Operatorlarning ozuqasi, haqiqiy kadrlar go'zalligi va noyob syujet. Qahramonlar oilasi moliyaviy qiynalishini ko'rib menam ular uchun siqildim😂 qog'oz haqidagi hazillar esa boshqa daraja🙌
🏅 Minecraft Movie - bolalikdan beri muxlisi bo'lgan gaming gigantini kino holatda o'girish uchun katta jasorat va tentaklik kerak. Juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, menga u bergan quvnoq kayfiyat va ranglar jilosi juda yoqdi.
• 2025da ko'rib chiqqan namoyishlarim:
1. Minecraft movie
2. Lilo & Stitch
3. How to Train Your Dragon
4. Superman
5. Fantastic 4
6. The Life of Chuck
7. Demon Slayer
8. Chainsaw Man
9. Иллюзия обмана 3
10. Бегущий человек
11. Всеведущий читатель
12. Кошмар на Мейпл стрит
13. Поезд призрак
14. Dracula
15. Oppoq kuyov
16. Zootopia 2
17. Метод исключения.
• Bo'pti, sizlarni ham 2026-yilda katta ekranlarga chaqiraman, bu gasht, bu lazzatdan bir marta bo'lsa ham ta'tib ko'rish kerak, always на связи 🫡

• Qaysi kino sizlarga eng yoqqani bo'ldi, shu yilgi premyeralar ichidan?
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoqimli ishtaxa, 720p #kontentcha
❤3🔥2⚡1
Emogramm
Yoqimli ishtaxa, 720p #kontentcha
• O'zgarishlar bor, rasmlarni qo'shmadim, ortib qolgan 30tacha videolar ham bor edi, lekin shunda ham 3 daqiqalik 2025 prezentatsiyasi hosil bo'lgan.

• Bu safar ozgina kreativroq, ya'nida shu yil chiqqan musiqalar va qismlarga ajratib chiqdim (aslida 3ta qism qilmoqchi edim, har 4oy).

• Umid qilamanki, yilim va Yevropa sayohatimni to'la to'kis yoritish qo'ldan kelgan, orttirmadim-kamaytirmadim, medianaga yaqin tutdim.

• 2026da bundanda kattaroq video va kreativ yondashuv bilan qaytaman, ajratilgan vaqtlariz uchun rahmat 🫡

• 2024 Recap
❤5🔥5🎉1
Forwarded from Teacher Azam
Great Place to Work va Forune o‘zining ishlash uchun Top 25 kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi.

👨‍💻 Bu so‘rovnoma 60 ta yopiq va ish joyidagi tajriba haqida ikkita ochiq savolni o‘z ichiga olib, rahbariyatning ishonchliligini, hurmat va adolatni, faxrlanish hissini, hamjihatlikni, xodimlarning farovonligini va umumiy ishonchni o‘lchaydi.

👨‍💼 Shuningdek, kompaniyalar ijobiy ish muhitini yaratish bo‘yicha o‘z dasturlari va strategiyalari haqida ma’lumot taqdim etishlari shart. Dunyoning eng yaxshi ish joylaridan biri sifatida tan olinish uchun kompaniyalar butun dunyo bo‘ylab kamida 5000 xodimga ega bo‘lishi va o‘tgan yili yirik mintaqalarda besh yoki undan ortiq mintaqaviy eng yaxshi ish joylari ro‘yxatlarida o‘rin egallagan bo‘lishi kerak.

👩‍💼 Umuman olganda, Great Place to Work dunyoning turli burchaklaridan 9 milliondan ortiq xodimning javoblarini tahlil qiladi va 25 milliondan ziyod kishiga ta’sir ko‘rsatadigan ish joyi amaliyotlarini o‘rganib chiqadi.

Ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lganligi sababli, natijalar faqatgina so‘rovnomada qatnashishni ma’qul ko‘rgan kompaniyalarni ko‘rsatadi.

Bizda ham shunday so‘rovnomalar qilinsa, qaysi kompaniyalar ishlash uchun eng yaxshi deb topilishi mumkin?

Manbaa

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
It's my birthday

• An'anaga xiyonat qilmagan holda, navbatdagi 3-videorolikni taqdim etsam.

• E'tibor bersalariz, videolarning havo bosimi o'zgarib boryapti, sho'x edi, sodda edi va ana endi chalkash-aralash bo'ldi, xuddi yoshlarim jihatidan hayotim qay tarzda shakllanib borishiga o'xshaydi.

• 20 yoshda ko'p narsaga erishdim, albatta boriga shukur, qolganini esa 21yoshda erishaman degan niyatdaman.

• Maqtonamuz postlarga rozi bo'lasizlar, garchi, meni missiyam ilhomlantirish va uyg'otish ekan, kamina bu ishda kamtarona davom etadi

#kontentcha
🔥7❤4⚡1🐳1
Tanqidchilar buni Photoshop deydi, lekin daxolargina biladi aslida nima ekanligini😂🎉
🔥8❤4👍2⚡1
Toshkentdagi kutubxonalar: mutolaa va dars tayyorlash uchun 6 maskan

Poytaxt nafaqat bog‘lar va binolar shahri, balki ziyo maskani hamdir. Bugungi kunda poytaxtdagi kutubxonalar faqatgina kitob o‘qish joylar emas, balki zamonaviy kovorking markazlari, ijodiy uchrashuvlar maskaniga aylanib ulgurgan. Talaba bo‘lasizmi, uy bekasi yoki shunchaki sokin joyda kitob mutolaa qilishni istagan kitobxonmi — ushbu ro‘yxat aynan siz uchun.

Ushbu jamlanmada Toshkent shahrida joylashgan, har bir kitobsevar tashrif buyurishi kerak bo‘lgan 6 ta kutubxona bilan tanishamiz: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/01/13/kutubxonalar

Telegram | Instagram | YouTube
❤1
🧪 “EKSPERIMENTAL IQTISODIYOT” LABORATORIYASI

“EKSPERIMENTAL IQTISODIYOT” laboratoriyasi
📍Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tarkibidagi ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib, TDIU 5-bino, 2-qavatda joylashgan.

📌Laboratoriyaning asosiy faoliyati:
1️⃣xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
2️⃣professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun seminar-trening va ilmiy maslahatlar tashkil etish;
3️⃣ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish;
4️⃣Scopus, Web of Science, Springer Nature kabi nufuzli bazalarda maqola chop etishga ko‘maklashish;
5️⃣xorijiy universitetlar va xalqaro ekspertlar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish.

📊 Laboratoriya Moody’s Orbis bazasiga kirish imkoniyati hamda R va Stata dasturlari orqali statistik va ekonometrik tahlillar olib borish uchun zarur sharoitlarga ega.

🕘 Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00

🔗 https://t.me/experimental_economics_lab
🔥2
Forwarded from Alisher Sadullaev
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-9-son qaroriga muvofiq:

1. “Kitob – ma’rifat manbai”
loyihasi doirasida aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va yiliga o‘rtacha 10 ta kitob o‘qish maqsadi joriy etiladi (2026–2030 yillar);

2. “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi” loyihasi orqali kitobxonlar, mualliflar va tarjimonlar uchun grant va mukofotlar beriladi, grant miqdori BHMning 150 baravarigacha (61 mln 800 ming so‘mgacha) (2026–2030 yillar);

3. “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi loyihasi asosida maktab o‘quvchilari yiliga kamida 20 ta kitob o‘qishi ta’minlanadi, faol ishtirokchilar BHMning 15 baravarigacha (6 mln 180 ming so‘mgacha) rag‘batlantiriladi (2026-yildan);

4. “Iste’dodli mualliflar” loyihasi orqali yosh yozuvchi va tarjimonlarga BHMning 50 baravarigacha (20 mln 600 ming so‘mgacha) mukofotlar beriladi (2026–2030 yillar);

5. “Jahon adabiyoti o‘zbek tilida” loyihasi doirasida xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish xarajatlarining 80 foizigacha qismi qoplab beriladi, har bir loyiha uchun BHMning 600 baravarigacha (247 mln 200 ming so‘mgacha) (2026–2030 yillar);

6. “Milliy kitob tarjimasi va nashri” loyihasi uchun 2026-yildan boshlab har yili BHMning 60 ming baravarigacha (24 mlrd 720 mln so‘mgacha) mablag‘ ajratiladi (2026–2030 yillar);

7. “Kitobxonlik reytinglari” loyihasi orqali eng faol kitobxonlar aniqlanib, har bir g‘olib BHMning 30 baravari miqdorida (12 mln 360 ming so‘m) pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi (2026-yildan);

8. “330 ta mahalla kutubxonasi” loyihasi asosida mahalla kutubxonalari zamonaviy formatga o‘tkaziladi, har bir kutubxona uchun BHMning 180 baravarigacha (74 mln 160 ming so‘mgacha) mablag‘ ajratiladi (2026-yil);

9. “Top 100 kitobxon” loyihasi doirasida o‘quvchi va talabalar orasida eng ko‘p kitob o‘qiganlar taqdirlanadi, har biriga BHMning 45 baravari miqdorida (18 mln 540 ming so‘m) pul mukofoti beriladi (2026-yildan);

10. “Mutolaa” raqamli platformasi loyihasi orqali jamoat transporti va infratuzilma obyektlarida elektron va audiokitoblardan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi (2026–2030 yillar).

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3❤1🔥1
Forwarded from Teacher Azam
The Economist’ning ma’lum qilishicha hozir chiqayotgan pop qo‘shiqlarining ommalashishiga sabab odamlarning siqilib qolyotgani ekan.

😞 Shuning uchun hozirgi qo‘shiqlarda ko‘proq alam, iztirob, ko‘ngil og‘rishiga oid so‘zlar juda ko‘p.

Buni aniqlash uchun The Economist MusixMatch degan kompaniya bilan so‘ngi 25 yildagi top 100 qo‘shiqlarni har hafta bo‘yicha olib, ularning matnlarini yig‘ib chiqqan. Keyin sun’iy intellekt yordamida har bir qo‘shiqning matnida qaysi kayfiyatdagi so‘zlar ko‘proq ekanini aniqlashgan. Masalan heartbreak, angst, joy, love kabi.

☹️ Keyin ular grafik chizishgan. Rasmdagi grafik ham shuni ko‘rsatadi: yillar o‘tgan sari top qo‘shiqlarda “heartbreak” va “angst”ga o‘xshash so‘zlar ko‘proq uchrayapti. Ya’ni ko‘proq qo‘shiqlar ajralish, ranjish, sog‘inch, ichki kurash haqida aytilyapti.

Eng qizig‘i The Economist “bunga artistlar emas, tinglovchilar aybdor” deyapti.

Bu nimani anglatadi? Juda oddiy: hozir topga chiqish uchun eng muhim narsa odamlar nimani ko‘p tinglayotgani. Agar odamlar hafa yoki yurakka tegadigan qo‘shiqlarni ko‘proq eshitsa, o‘sha qo‘shiqlar topga chiqadi. Demak pop musiqaning rangi o‘zgargan bo‘lsa, bu ko‘proq odamlarning kayfiyati va tanlovi o‘zgargani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

📱 Ijtimoiy tarmoqlar odamlarni ko‘proq taqqoslashga majbur qiladi. Taqqoslash esa o‘zini yetarli his qilmaslik, FOMO va ichki bosimni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun tinglovchilar ko‘proq angst va heartbreak kayfiyatini aks ettiradigan qo‘shiqlarni eshityotgani ehtimoldan xoli emas. Bu bitta sababi abatta.

Musiqa ko‘pincha jamiyatning kayfiyatini ko‘rsatadigan oyna, xolos.

📝 Playlistingizdagi hozir eshityotgan top 3 ta musiqani yozib keting-chi, biz ham tekshirib ko‘ramiz.

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2
Forwarded from Quvonchbek's life
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
SANOQlilarga Раскраска yasadim.

• 4-kurs o'quv darslarni yakunlab, hamma o'z amaliy darslariga yo'l olishidan oldin, SANOQli do'stlar yana bir davrada ko'rishdik.

• Bu safar esa ozgina bo'lsada, ijodiylik qo'shgan holda interaktiv yo'l ila do'stligimizmi yanada mustahkamlash niyatida Bo'yoqnoma tayyorladim.

• Bu loyihachaga 4-5 soat vaqt ajratib, tezroq yakunlash mumkin yokida SI tarmog'ida qiynalsangiz, bu anchagina umringizni yeb qoyishi ham mumkin. Shu sabab, kimga yo'riqnoma kerak bo'lsa, izohlarga qoldiraman.

• G'oya osmondan tushmaydi, uni ko'chira olish kerak.
❤8🔥7⚡1