Emogramm
178 subscribers
297 photos
84 videos
2 files
98 links
• Raupov Akbar
• EmoKReeD
• AkRa's life presents..
Download Telegram
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan asosiy fikr va tashabbuslar

Bugungi sammit tarixiy bo‘ldi: Maslahat uchrashuvlari formatiga Ozarbayjon Respublikasining to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishini davlat rahbarlari bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qadam hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida hamkorlikning yagona makonini shakllantirishini taʼkidladi.

Prezidentimiz oʻz nutqida mintaqani yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga to‘xtalib oʻtdi:

1. Mintaqaviy integratsiyaning yangi bosqichi.
Qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo muloqotning maslahat shaklidan chinakam hamkorlik bosqichiga o'tdi: hududiy masalalar tartibga solindi, chegaralar ochildi, energetika, transport va savdo sohalarida hamkorlik o'rnatildi. O'zaro savdo 10,7 milliard dollarga yetib, investitsiyalar 17 foizga o'sdi.

2. Institutsional arxitekturani mustahkamlash.
Uchrashuvlar formatini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik platformasiga aylantirish, Kotibiyatni taʼsis etish, Oqsoqollar kengashini tuzish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini ko‘tarish taklif etildi.

3. Iqtisodiyot va investitsiyalar.
Mintaqa davlatlari o‘zaro savdo hajmini 1,5–2 baravar oshirish imkoniyatiga ega. Prezident quyidagilarni taklif qildi:
– 2035-yilgacha bo‘lgan Savdo-iqtisodiy hamkorlikning mintaqaviy dasturini qabul qilish;
– Yagona investitsiya makoni to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ishlab chiqish;
– elektron tijoratni birgalikda rivojlantirishni ilgari surish.

4. Infratuzilma va transport.
Oʻzbekiston "Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli, Transafgʻon yoʻlagi va Transkaspiy yoʻnalishlarini kengaytirish kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda mintaqa davlatlarini birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha Kengashni tuzish taklif qilindi.

5. Xavfsizlik va Afg‘oniston.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi va Tahdidlar va xavflar katalogi tasdiqlash uchun taqdim etildi. Prezident Afg‘onistonni mintaqaviy energetika va transport loyihalariga integratsiyasi muhimligini ta’kidladi hamda “Farg‘ona tinchlik forumi”ni muntazam o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga aylantirishni taklif qildi.

6. Iqlim va suv.
O‘zbekiston 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb eʼlon qilishni deb e’lon qilishni, shuningdek, Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi.

7. Gumanitar soha.
Ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi. Prezident har yili maʼnaviy meros va maʼrifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni o‘tkazishni, Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tuzish hamda mintaqamiz olim va mutafakkirlarining global rivojlanishga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan BMTning maxsus rezolyutsiyasini ilgari surishni taklif qildi.

Prezidentimiz nutqini asosiy fikr bilan yakunladi:
"Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda".

Oʻzbekiston Turkmanistonni yangi – “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida o‘tadigan davlatlar rahbarlarining Maslahat uchrashuvida raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi va bo‘lajak mezbonlik qilish davridagi saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

Facebook|Instagram|X
❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔"Taqdimot O'zbekiston" - startaplar uchun yangi sahna

AloqaVentures, AloqaBank va Startup Garage hamkorligida tashkil qilingan loyiha tez kunda Zo’r TV telekanalida efirga uzatiladi.

⚡️Bu shou O‘zbekistonda startap ekotizimidagi eng istiqbolli g‘oyalarni bir joyga jamlaydi:

🔘Tanlab olingan startaplar investorlar oldida jonli pitch qiladi;
🔘Har bir jamoa o‘z g‘oyasi bilan real investitsiya uchun kurashadi;
🔘Investorlar esa o‘ziga mos keladigan startapni tanlab, sarmoya kiritadi.

O'tkazib yubormang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2😁1
Forwarded from Allaev Uz
Уйда ҳавони тозалашда яна бир муҳим нарса хлорофитум гули. Бу одатда энг арзон, ортиқча парвариш талаб қилмайдиган, сув ва ёруғлик бўлса ўсадиган гул. Уни ҳавони тозалашига илк маротаба NASA тадқиқотларида дуч келишган.

NASA “Clean Air Study” тажрибасида хлорофитум формальдегид, бензол ва ксилолни камайтирувчи ўсимликлар рўйхатига киритган.

Тадқиқотларда гул 24 соатда ҳаводаги формальдегид миқдорини сезиларли камайтирган. Тажриба кичик, ёпиқ, вентиляциясиз лаборатория контейнерида ўтказилган. Шунингдек, у хонани кислород билан бойитиши ҳам аниқланган.

Бошқа илмий тадқиқотлар ҳам хлорофитум барглар орқали айрим газларини ютади, тупроқдаги микроблар ҳам фильтр ролини ўйнайди, чанг ва аллергенлар баргларга ёпишади деган хулосани берган.

Демак, хлорофитум зарарли газларни ютиши илмий исботланган.

Ҳар 10 м2 ҳудудга битта гул қўйиш, бироз вазиятни юмшатади. Тўғри, у сифатли вентиляция ёки ҳаво тозалагич ўрнини босмайди. Улардан фойдаси бир неча баробарга кам. Лекин, ҳеч нарса йўқдан кўра, озроқ бўлса-да ёрдам бўлади. Арзимаган пул туради ва яшиллик уйингизга файз қўшади.

PS: Маълумотга биринчи марта дуч келиб, илмий асосини google қилиб тасдиқлаганда, шу гулдан керак десам, ўзи шундоқ ҳам уйда бор бўлиб чиққан.

#havo #gul #tavsiya
❤3👍2🔥2
Shu ikki so'rovnomani to'ldirishvoraylik)
🐳5🔥1
Forwarded from on the way ✨
🤣18😁2
Forwarded from Inevit∆ble
🚨 DIQQAT, DIQQAT!
INEVIT∆BLE QUIZ — musiqasevarlar uchun eksklyuziv loyiha start olmoqda! 🔥

- Musiqani qalbdan sevasizmi?
- “Bir notadan topaman!” deb o‘zingizga ishonasizmi?

Unda Yakshanba (30-noyabr), soat 21:00da
👉 @inevitable_gapiradi kanalida bo'lib o'tadigan o'yinni o'tkazib yubormang!

🏆 Sovrinlar jiddiy:
🥇 1-o'rin: 80.000 so‘m
🥈 2-o'rin: 60.000 so‘m
🥉 3-o'rin: 40.000 so‘m

Qo'shimcha rag'batlar:
🎁 Ekvator o‘rni — 30.000 so‘m
🎁 Oxiridan bitta oldingi o‘rin — 30.000 so‘m
Ha! hatto deyarli yutqazgan odam ham sovrin oladi!😌

🎟 Ishtirok narxi: atigi 5.000 so‘m
💳 9860 3501 4882 2058 (SH.N.)
📨 Ro‘yxatdan o‘tish uchun to'lov cheki va "QUIZ" kalit so‘zini
👉 @INEVIT4BLE ga yuboring.

⚡ Sifatli va tengi yo'q o'yin sizni kutmoqda! Shoshiling, joylar cheklangan!
❤1
Forwarded from TROLL.UZ
Farg’onada havo muammosi hal!

Shunchaki havo sifatini ko’rsatuvchi qurilmani o’chirib qo’yishdi.

—

В Фергане решили проблему с качеством воздуха!

Оказывается достаточно было просто отключить прибор.

@trolluz
😁9❤1🔥1
Forwarded from Stoik kundaligi
Nima qilishni bilmayotgan, qaysi sohaga kirishni oʻylayotgan boʻlsangiz, dunyoning eng boy ikkita odamidan tavsiya:

Telegram asoschisi Pavel Durov, qaysi sohaga kirishni bilmayotgan boʻlsangiz matematikani oʻrganing, deyapti. Chunki bu miyangizni aktiv ishga tushiradi, mantiqiy fikrlashni oʻstiradi. Muammolarga yechim topish qobiliyatingiz oshiradi.

Tesla va SpaceX asoschisi Elon Musk esa matematika bilan birga fizikani ham oʻrganish kerakligini aytgan. Bu ikki fan chindan ham eng qiyin va shuning uchun ham miyani yaxshi chiniqtiradigan, rivojlantiradigan sohalardir.

@stoik_kundaligi
🔥7💯2
Forwarded from Book club TSUE
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥🧡🧡🧡

🚀 BookLabEduMen tomonidan tashkil etilgan super konkursda ishtirok eting va kitoblar, stol o‘yinlar hamda pul mukofotlaridan birini qo‘lga kiriting!

😀 Konkurs sovrinlari bilan tanishing:
🥇-o'rin: 5ta kitob + Bunker + Surprise
🥈-o'rin: 5ta kitob + Mafia
🥉-o'rin: 3ta kitob + Blaknot +Uno
4-o'rin: 3kitob + Yangi yil surprise + bookmark
5-o'rin: 3kitob + Uno + bookmark
6-o'rin: 3kitob + bookmark
7-o'rin: 2ta kitob + 1kg banan + bookmark
8-9-10-o'rinlar: 2ta kitob + bookmark
11-o'rin: 60ming so'm
12-o'rin: 40ming so'm
13-o'rin: 1ta kitob
14-o'rin: 30ming soʻm
15-o'rin: 20ming so'm

🔽 Ishtirok etish uchun havola:
https://t.me/bookclub_konkurs_bot?start=ref_1814162588

⚠️Sizga taqdim etilgan maxsus referal havola orqali ko’plab do’stlaringizni sahifamizga taklif qiling, eng ko’p taklif qilgan 15 nafar ishtirokchi sovrindorlar qatoridan joy oladi.

✨Ishtirok eting va sovrinlardan birini qoʻlga kiriting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Yaxshilar ovoz bervoringlar, do'stlarim uchun muhim tanlov ekan

📌Eng faol yo'nalish koordinatori- Turdiqulov Quvonchbek
📌Eng faol fakultet - Iqtisodiyot fakulteti
📌Eng faol klub - Book club

Ikkitagina kanal, ketsa 3-4 minut ketadi
🔥2
Forwarded from Iqtisodiyot
Nima uchun aktivlar passivlarga teng?

Ikki do'st hamkorllikda biznes ochishdi. Kafe ochishdi. Ularning har birida 5million rubl bor edi, umumiy 10 million rubl.

Shunda ularning ustav kapitali 10mln rubl ekan.

Kafe ochishdi va u yerdan 6 mln rubl daromad qildi, 4 mln rubl harajat qilishdi. Shunda, foyda 6-4=2 mln rubl bo'ladi.

Ishlari yaxshi bo'lib ketgach, yana bir filliali ochishdi. Unga bankdan 15 mln rubl kredit olishdi.

10mln + 15mln rubl = 25 mln rubl (aktiv=passiv). Ya'ni, ushbu olingan kredit ham, ustav kapitali ham aktiv ham passiv ham hisoblanadi. Chunki, uni ma'lum muddatdan keyin bankga qaytarib berishi ham kerak va hozirda ular uchun aktiv bolib hizmat qilyapti, daromad olib kelyapti.
❤1
2025-yilda kitoblar quchog'iga qaytdim!

• Rostini aytsam, shu yilgacha kitob o‘qish men uchun shunchaki mashg‘ulotdek edi, lekin bu yil hammasi o‘zgardi. Man nafaqat kitob o‘qishni boshladim, balki chinakamiga "bookworm"ga aylandim. Hatto shunchalik berilib ketdimki, o‘zim o‘qigan va yoqtirgan o‘nlab kitoblarni tanishlarga hadya qilib, ularni ham bu mo‘jizaviy olamga chorladim (samara bermadi baribir menimcha 😂). Chunki, eng yaxshi sovg'a baribir kitob, ilm bo'ladi!

• Bu yo‘lda menga katta motivatsiya bergan, ajoyib marafonlar o‘tkazib, doim ilhomlantirib turgan do‘stlarim NodirZiyo, AsqarMalik va kichkina bo‘lsada, katta qalb egasi, influencer E’zozaga alohida rahmat aytaman. Sizlarsiz bu natijaga erishish qiyin bo‘lardi! 🙌

• Yil davomida jami 35 ta kitob o‘qibman. Ularning 15 tasi o'zbek tilida, 12 tasi inglizcha va 8 tasi rus tilida bo‘ldi. Jami 8000 sahifaga yaqin bilim, sarguzasht va hissiyotlar oldim!

• Shular ichidan My #Top 5 taligim:
🥇 Factfulness (Hans Rosling) — Bu shunchaki kitob emas, dunyoqarashni kengaytiruvchi darslik. Dunyoni raqamlar orqali ko'rib, aslidagi bor haqiqatni anglatdi.
🥈 Скорбь Сатаны (Marie Corelli) — Inson nafsi va imon o'rtasidagi kurashni shunday tasvirlaganki, har bir sahifasida hayotingizni sarhisob qilasiz.
🥉 Eljernonga atalgan gullar (Daniel Keyes) — Aqlimiz bizga baxt beradimi yoki azob? Yurakni titratuvchi va inson qadri haqida o‘ylatadigan dars.
4. Если все кошки в мире исчезнут (Genki Kawamura) — Muhim narsalarni yo'qotganimizdagina qadrini bilishimiz haqidagi juda ta'sirli yapon falsafasi.
5. Steal Like an Artist (Austin Kleon) — Kreativlik uchun qo'llanma. Ijodkor bo'lish uchun nimadan boshlash va g'oyalarni qanday boyitishni o'rgatdi.

• 2025da o'qib chiqqan kitoblarim ro'yxati:
Fevral:
1. Вино из одуванчиков, R.Bredberri
Aprel:
2. Keep Going, A.Kleon
3. Hech, M.Chovush
4. Eljernonga atalgan gullar, D.Kiz
5. Factfulness, X.Ronsling
6. Если все кошки в мире исчезнут, Г.Кавамура
7. Десять негритят, А.Кристи
8. Kichkina shahzoda, A.Ekzyuperi
May:
9. Parda, A.Kristi
10. Sherlock Holmes (Buxoro safari), O.Muxtor
11. Ни Сы, Ж.Синсеро
Iyun:
12. Katta to‘rtlik, A.Kristi
13. Istiqlol jallodlari, M.Cho'qay
Iyul:
14. Dinosaur Therapy, J.Stuart
15. The Sad Ghost Club, L.Meddings
16. Anomaliya, E.Tellye
17. The Full Moon Coffee Shop, M.Mochizuki
18. You Are Here, D.Nichols
Sentabr:
19. Days at the Morisaki Bookshop, S.Yagisawa
20. Before the Coffee Gets Cold, T.Kawaguchi
21. Rental Person Who Does Nothing, Sh.Morimoto
22. Сборник 2, В.Маяковский
Oktabr:
23. Mehrobdan chayon, A.Qodiriy
24. Замок, Ф.Кафка
25. Такие разные миры, Ф.Моран
Noyabr:
26. The Cafe on the Edge of the World, J.Strelecky
27. Oydin tunlar, F.Dostoyevskiy
28. More Days at the Morisaki Bookshop, S.Yogisawa
29. Steal Like an Artist, A.Kleon
30. Rasululloh s.a.v. muhabbat haqida 101 qissa, M.Suxajiy
31. Скорбь Сатаны, М.Коремли
Dekabr:
32. Tales from the Cafe, T.Kawaguchu
33. Yolg'onlar shahri, R.Navai
34. G'arbiy frontda o'zgarish yo'q, E.Remark
35. Jarayon (ongoing), F.Kafka
• 2026-yilda ham rejalar allaqachon tayyor🤓
Keyingi yil uchun allaqachon javonimdagi "Men" (Fotix Duman), "O'tkan kunlar", "Beparvolikning nozik san'ati", "Yalang'och iqtisodiyot", "Магия утра" va Stiven Kingning "Противостояние" kitoblari navbat kutmoqda. Shuningdek, "Sarmoyador", "1984", "Martin Eden", "Atom odatlari", "Muqaddima", "Shaxmat ustidagi qotillik", "Venchur zehniyati" va "Mamlakatlar tanazzuli" kabi asarlarni xarid qilishga tayyorman, mabodo kimdir sovg'a qilgisi kelsa dedimda😅 #bucket_list

• Bu kitoblardan iqtisodiyot, shaxsiy rivojlanish, kuchli intizom, iroda va jamiyatning chuqur falsafasini o‘rganishni maqsad qildim, albatta badiiy tanaffuslar ko'p bo'ladi 😅.

• Kitob o'qishni boshlash uchun yangi yilni kutish shart emas! Manam fevral yakunida qiziqib boshladim, sizlar ham boshlab tashanglar tezroq😁🎊

• 2026da o'qish uchun bitta kitob tavsiya etib ketilar😁👇
❤8⚡5
2025-yilda Kinomanlar madaniyatini yaxshilab oldim

• Hayotimga yangi bir paydo bo'lgan odatlardan biri bu kinoteatrlarda premyeralarni tomosha qilish bo'ldi. Barchasi man zerikib yurgan Germaniyada boshlandi, ketma-ket kinozallarni tomosha qilib chiqardim va nihoyat, qaroqchimas, balki aristokratlar qatlamiga sakradim deb faxrlansam bo'ladi 😂

• O'zbekistonda ham ajoyib imkoniyatlar bor, lekin o'ziga jalb qila olgan hamrohim, Cinematica baribir o'zgacha lazzat bera olarkan, ayniqsa Movie clubga a'zo bo'lganimdan keyin 50% chegirmalar sodiqlikni haligacha oshirib turibdi 😁

• Yil davomida 17ta namoyishga kiribman, shulardan 5tasi Germaniyada, 1ta o'zbekcha va 11ta ruscha kinolar esa Toshkentda ekan.

• Shular ichidan My #Top 5 taligim:
🥇 Dracula - kitobini ajoyib tarzda yoritib berishgan, klassik qonxo‘r grafning hikoyasi, o‘sha zulmatli atmosfera, vizual effektlar va personajning ichki og‘rig‘ini shunday ko‘rsatib berishganki, zalda o‘tirib nafas olishni unutganman desam ishonmasalariz kerakku-ya, lekin telefon borligi butkul esimdan chiqqandi 😂
🥈 Chainsaw Man- bu anime arkasi (voqealari) bo'lib, bosh qahramonni navbatdagi qiyin sinovlari, jang sahnalari va orqadagu background musiclar qalban shedevr holatda joylashtirilgan, ajoyib ayanchli lovestory
🥉 How to Train Your Dragon - Bolaligimda multfilmi va serialini miriqib tomosha qilardim, live-actionda suvdek bir xil holatda ko'chira olishgani taqsinga sazovor.
🏅 Метод исключения - Operatorlarning ozuqasi, haqiqiy kadrlar go'zalligi va noyob syujet. Qahramonlar oilasi moliyaviy qiynalishini ko'rib menam ular uchun siqildim😂 qog'oz haqidagi hazillar esa boshqa daraja🙌
🏅 Minecraft Movie - bolalikdan beri muxlisi bo'lgan gaming gigantini kino holatda o'girish uchun katta jasorat va tentaklik kerak. Juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, menga u bergan quvnoq kayfiyat va ranglar jilosi juda yoqdi.
• 2025da ko'rib chiqqan namoyishlarim:
1. Minecraft movie
2. Lilo & Stitch
3. How to Train Your Dragon
4. Superman
5. Fantastic 4
6. The Life of Chuck
7. Demon Slayer
8. Chainsaw Man
9. Иллюзия обмана 3
10. Бегущий человек
11. Всеведущий читатель
12. Кошмар на Мейпл стрит
13. Поезд призрак
14. Dracula
15. Oppoq kuyov
16. Zootopia 2
17. Метод исключения.
• Bo'pti, sizlarni ham 2026-yilda katta ekranlarga chaqiraman, bu gasht, bu lazzatdan bir marta bo'lsa ham ta'tib ko'rish kerak, always на связи 🫡

• Qaysi kino sizlarga eng yoqqani bo'ldi, shu yilgi premyeralar ichidan?
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoqimli ishtaxa, 720p #kontentcha
❤3🔥2⚡1
Emogramm
Yoqimli ishtaxa, 720p #kontentcha
• O'zgarishlar bor, rasmlarni qo'shmadim, ortib qolgan 30tacha videolar ham bor edi, lekin shunda ham 3 daqiqalik 2025 prezentatsiyasi hosil bo'lgan.

• Bu safar ozgina kreativroq, ya'nida shu yil chiqqan musiqalar va qismlarga ajratib chiqdim (aslida 3ta qism qilmoqchi edim, har 4oy).

• Umid qilamanki, yilim va Yevropa sayohatimni to'la to'kis yoritish qo'ldan kelgan, orttirmadim-kamaytirmadim, medianaga yaqin tutdim.

• 2026da bundanda kattaroq video va kreativ yondashuv bilan qaytaman, ajratilgan vaqtlariz uchun rahmat 🫡

• 2024 Recap
❤5🔥5🎉1
Forwarded from Teacher Azam
Great Place to Work va Forune o‘zining ishlash uchun Top 25 kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi.

👨‍💻 Bu so‘rovnoma 60 ta yopiq va ish joyidagi tajriba haqida ikkita ochiq savolni o‘z ichiga olib, rahbariyatning ishonchliligini, hurmat va adolatni, faxrlanish hissini, hamjihatlikni, xodimlarning farovonligini va umumiy ishonchni o‘lchaydi.

👨‍💼 Shuningdek, kompaniyalar ijobiy ish muhitini yaratish bo‘yicha o‘z dasturlari va strategiyalari haqida ma’lumot taqdim etishlari shart. Dunyoning eng yaxshi ish joylaridan biri sifatida tan olinish uchun kompaniyalar butun dunyo bo‘ylab kamida 5000 xodimga ega bo‘lishi va o‘tgan yili yirik mintaqalarda besh yoki undan ortiq mintaqaviy eng yaxshi ish joylari ro‘yxatlarida o‘rin egallagan bo‘lishi kerak.

👩‍💼 Umuman olganda, Great Place to Work dunyoning turli burchaklaridan 9 milliondan ortiq xodimning javoblarini tahlil qiladi va 25 milliondan ziyod kishiga ta’sir ko‘rsatadigan ish joyi amaliyotlarini o‘rganib chiqadi.

Ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lganligi sababli, natijalar faqatgina so‘rovnomada qatnashishni ma’qul ko‘rgan kompaniyalarni ko‘rsatadi.

Bizda ham shunday so‘rovnomalar qilinsa, qaysi kompaniyalar ishlash uchun eng yaxshi deb topilishi mumkin?

Manbaa

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1