® Element oʻquv markazi
544 subscribers
763 photos
111 videos
159 files
444 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
👍6🔥1😁1
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
👍7
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi

Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.

Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!


👉 @xushnudbek 👈
👍11
⁉️ Prezident, al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 4-,5-,6-iyul kunlari  bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari kechi bilan 24-26-iyullarda e'lon qilinishi kerak.

Prezident maktabi Saralash imtihoni 7-iyul kuni  bo‘lib o‘tdi. O'tgan yillarda 10 kundan keyin imtihon natijalari chiqqan edi (15-iyul imtihon va 25 iyul natijalar e'loni) Demak, Prezident maktabi saralash imtihoni natijasini 17-18-iyulda kutish mumkin. Asosiy imtihon 26-iyulga rejalashtirilganini hisobga olsak, natijalar kechi bilan 21-iyulda chiqishi kerak.

Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 9-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 30-31-iyullarda e'lon qilinishi kerak.

Mirzo Ulug'bek va Ibn Sino maktablari natijalari ham 30-31 iyul kunlari e'lon qilinishi kerak
👍5
Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Ro‘yxat bilan tanishish
👍5
❗️Og‘ir sumkalar maktab o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi

🩰 Yoshlikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa pog‘onasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib keladi.

Portfel vazni standartlari:
• 1-2-sinf - 1,5 kg dan ortiq emas;
• 3-4-sinf - 2 kg dan ortiq emas;
• 5-6-sinflar - 2,5 kg dan ortiq emas;
• 7-8-sinflar - 3,5 kg dan oshmasligi kerak;
• 9-11-sinflar - 4 kg dan ortiq emas.

Ota-onalarga yuborib qo‘ying


@elementuby
👍5🔥2
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Ertadan test sinovlari boshlanadi
#abituriyent

Bir necha yuz ming abituriyent orziqib kutgan kun keldi. Ertaga, 14-iyulda test sinovlariga start beriladi.

Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Testlar o’tadigan binolar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24546

Barchaga omad tilayman!


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Forwarded from © Element_math
2024 tushgan savollar'.pdf
937.5 KB
2024 Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍7
Forwarded from © Element_math
2024 tushgan savollar'.pdf
969.2 KB
2024 Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

Bugun ertalab tushgan savollar.

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍7🔥1
Forwarded from © Element_math
2024 tushgan savollar'.pdf
983 KB
2024 Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

⚡️ Imtihonda jami 100 ga yaqin savol tushgan biz 50 dan oshiq savollarni joylayapmiz.

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍8
Forwarded from © Element_math
Bugun  imtihonga  tushgan  savollar  eski  baza yani  2019  dan olingan  va biroz  almashgan, bazilar  esa  almashmagan.

Abituriyentlarga  tavsiyam
2019
2020
2021
2022
2023
yillardagi  savollarni  zudlik  bilan  ko'rib  chiqinglar. Rahmat  aytasizlar.
👍14
Bugun bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari ertaga kechki payt e’lon qilinadi.

Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
👍9
Forwarded from © Element_math
15.07.2024 DTM savollar.pdf
936.3 KB
2024 Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

⚡️ Bugun tushayotgan savollar hammasi yangi. Kecha tushgan savollarni yuqoridan qidiring!

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍3
Forwarded from © Element_math
2024 DTM Majburiy matematika.pdf
477.4 KB
2024 Majburiy matematika fanidan tushgan savollar! Savollar soni 15 ta.

⚡️So'raganlar uchun maxsus!

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍4
Forwarded from © Element_math
15.07.2024 DTM savollar.pdf
963.5 KB
2024 Asosiy blok matematika fanidan tushgan savollar!

⚡️ Bugun tushayotgan savollar hammasi yangi. Kecha tushgan savollarni yuqoridan qidiring!

23-dan 31-gacha yangi savollar qo'shildi!

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍6
Forwarded from © Element_math
2024-yil Majburiy fanlar.pdf
963.4 KB
2024 Majburiy matematika, ona tili va tarix fanlaridan tushgan savollar! (Kiritishdagi imloviy hatolar uchun uzr so'raymiz)

⚡️So'raganlar uchun maxsus!

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍3
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yo’qlar” yana savol tuzyaptimi?
#abituriyent

Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilishdi. Masalan, davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlar (bayroq qachon ko'tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to'g'risidagi qonun va hk.

Albatta, qo'limda aniq fakt bo'lmagani uchun bu borada biror fikr aytishdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani ma'qul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq ko'rsatilishi va bunga qat'iy rioya qilinishi shart. Hamma qonunni yoddan bilishning iloji yo'q, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy ma'lumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berishmoqchi bo‘lsa, o‘sha qonunlar ro‘yxatini ham alohida e’lon qilish kerak.

Lekin men boshqa masalaga e'tibor qaratmoqchiman. Kecha testga kirgan abituriyentlarning aytishicha, Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tushgan emish. Ya'ni sanksiya qismini so'rashibdi.

Agar bu gap rost bo'lsa, agar testda bir donagina bo'lsa ham shunaqa savol tushgan bo'lsa, unda bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bunaqa savol tuzgan ekspertni butun umr "qora ro'yxat"ga tiqib, hech qachon testlarga yaqinlashtirmaydigan qilish kerak.

Rahmatli ustozimiz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, bunaqa savollarga “farzandi yo'q odam tuzgan savol” deb ta’rif berish mumkin.

Biz Yuridik institutda o'qib yurgan paytlarimizda ustozlarimiz sanksiya qismini yodlashni taqiqlagan edi. Sababi qonunlar tez o'zgaradi, buni yodlash befoyda. Undan ko’ra, mazmunini tushinish kerak. Boz ustiga yurist doim qaror chiqarishdan oldin, kodeksni qayta ochib, yana bir marta o'qib, keyin xulosa qilishi kerak, faqat xotirasiga ishonish aksincha chalg'itadi. Uchinchidan, sanksiyalarga qat'iy amal qilinmaydi, sudya vaziyatdan kelib chiqib, umuman o’sha modda sanksiyasida ko'rsatilmagan yengil jazoni ham berishi mumkin.

Qaysi kalla bilan kecha maktabni tugatgan o'quvchilarga JK yoki MJtK sanksiyasidan savol berishgan, hayronman. Sanksiyalarni hatto sudya, prokuror va tergovchilar ham yoddan bilmaydi-ku.

Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi? Savollarni atayin qiyin qilib, mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bilan yoshlar kelajagini sindirmoqchimizmi yana?

Vaziyatga albatta izoh berilishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
👍4👏21
Forwarded from Xushnudbek.uz
Sharmandalik haqida qisqacha misol.

Yana o’yinlar boshlanyaptimi, nima balo?


👉 @xushnudbek 👈
👍5🔥1
⚡️ Bir soat ichida 1-kun DTM natijalari e’lon qilinadi!

📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.
👍3
Forwarded from © Element_math
2 - smena 15.07.2024 DTM savollar .pdf
935.5 KB
Ikkinchi smenada tushgan savollar deyarli takrorlangan faqat shartlari o'zgargan!

Bizdan uzoqlashmang barchaga omad!

❗️Imtihonda tushgan testlarni bizda kuzatib boring!

#DTM2024
👍4