® Element oʻquv markazi
544 subscribers
763 photos
111 videos
159 files
444 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Бугун ОТМларга рўйхатдан ўтишнинг сўнгги куни: фанлар мажмуасини танлаганда эътиборли бўлинг!

❗️Айрим абитуриентлар бакалавриат таълим йўналиши номи айтиб қайси фанлар мажмуасини танлашим керак деб сўрашмоқда.

Масалан:

Геодезия ва геоинформатика (60721500) йўналишига кириш учун математика (3,1) физика (2,1) танлаш зарур.

Бошланғич таълим (60110400) ёки компютер лингвистикаси (60230400) йўналишига кириш учун она тили ва адабиёти (3,1) математика (2,1) танлаш зарур.

Абитуриентларга фанлар мажмуасининг остида қайси йўналишларни танлаш мумкинлиги кўрсатилган yuqoridagi jadval bilan танишишни тавсия қиламиз.

👨🏻‍💻 Абитуриентлар эртага 23:59 га қадар my.uzbmb.uz сайти орқали онлайн рўйхатдан ўтишлари, шунингдек, киритилган маълумотларини ўзгартиришлари мумкин.

Фанлар мажмуаси танлашдан аввал @mandat_javobbot орқали қайси олийгоҳда қандай йўналишлар борлиги ва ҳар бирининг ўтиш баллари билан танишиш мумкин
👍4
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent

Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar.

Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi.

Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):

2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;

2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;

2021-yil — 948 ming 211 nafar;

2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;

2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
👍9👏1
Forwarded from © Element_math
❗️C1 darajadagi til sertifatini olgan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishidan tashqari o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

✔️ 2024–2026 yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.


@elementuby
👍7🔥1
🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёев:

“Янги ўқув йилидан олийгоҳлар қошидаги жами 73 та академик лицейда тажриба тарзида “Халқаро бакалавриат” ва “A-level” дастурлари жорий қилинади.

Бу дастурлар асосида сертификат олган ўқувчилар ўша олийгоҳга имтиҳонсиз, контракт асосида қабул қилинади.

Ёшларимиз хорижий олийгоҳларда ўқиш учун математика, инглиз тили ва илмий фикрлаш бўйича “SAT” имтиҳонини топширмоқда. Бу тестларда 75 фоиздан юқори натижа кўрсатган ўқувчилар чет элнинг энг нуфузли олийгоҳларига грант ютаяпти. Энди бундай ёшларни ўзимизни олийгоҳларга ҳам грантга қабул қиламиз”

Батафсил Gorizontда...
👍5
ПҚ-239-сон, 27.06.2024 й.pdf
1.7 MB
❗️Ёшлар ишлари агентлигига қўшимча функциялар юкланди


“Ёшларни хорижий тилларга ўқитиш тизими самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-239-сон, 27.06.2024 й.) қабул қилинди

⚡️Қарорга кўра, Ёшлар ишлари агентлиги зиммасига қуйидаги қўшимча функциялар юкланди:

🔹ёшларни хорижий тилларга ўқитиш жараёнларини такомиллаштириш, талаб юқори бўлган чет тилларини мукаммал ўзлаштириш учун шароитларни кенгайтириш;

🔹хорижий тилларни ўқитиш фаолияти билан шуғулланувчи ЯТТлар, ўзини ўзи банд қилган шахслар ҳамда нодавлат таълим ташкилотлари (хусусий ўқув марказлари), ушбу йўналишда фаолият юритувчи бошқа нодавлат нотижорат ташкилотларини ривожлантириш ва қўллаб-қувватлаш, соҳадаги муаммоларни мунтазам равишда таҳлил қилиш ва уларнинг ечими бўйича таклифлар тайёрлаш;

🔹хусусий ўқув марказлари рейтингини шакллантириш ҳамда рейтингда юқори ўринни эгаллаганларни рағбатлантириш;

🔹ёшлар орасида касб-ҳунар ва хорижий тилларни ўрганишни тарғиб қилиш, ушбу йўналишдаги ижтимоий лойиҳалар, кўрик-танлов ва олимпиадаларни ташкил этиш.
👍3
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish uchun har yili 100 million dollar ajratiladi.

Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi;

magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi;

yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈
👍6🔥1
#bloktest

Har qanday bilim sinovda tekshiriladi.


Ertaga 30-iyun soat 09:00 da Element o‘quv markazimizda Iqtisodiyot va Texnika yo'nalishlari bo'yicha BLOK TEST bo'lib o'tadi!

Blok test DTM-standartlari asosida o‘tkaziladi.
 
Test sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha bo‘ladi:

* Matematika, Fizika (30 ta savol)
* Ingliz tili (30 ta savol)
* Ona tili (10 ta savol)
* O‘zbekiston tarixi (10 ta savol)
* Matematika (10 ta savol)

⚠️ O‘quvchilarimizning hammasi kelishi shart ! Kech qolmang! Kimlar uchun bu oxirgi blok test bo'lishi mumkim.

Lokatsiya

@elementuby
👍8
⚡️ Rasman: Magistraturaga qabul 1-iyuldan boshlandi

2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

@elementuby
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 67 yoshida Abdug‘ofur Xatamov ingliz tilini o‘rganib B2 sertifikatiga ega bo‘ldi!

Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dotsent lavozimida ishlovchi ushbu otaxon ko‘pchilik yoshlarga o‘rnak bo‘lishga arziydi.

🔻 U aytganidek, til o'rganish uchun yosh to'siq emas. O‘rnak sifatida o‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying
👍15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomani 10-iyuldan avvalroq tarqatish rejalashtirilmoqda

Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi OʻzAga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Abituriyentlarga ruxsatnomani berish kirish imtihonlaridan bir hafta oldin boshlanadi. Aniq sanalarni hozir ayta olmaymiz, chunki hozircha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangani yoʻq. Lekin Oliy taʼlim vaziri tomonidan imtihonlarni 14-iyuldan boshlash rejalashtirilayotganligini aytib oʻtildi. Agar 14-iyulga imtihonlar boshlansa ruxsatnomalar 10-iyuldan oldinroq tarqatila boshlanishi mumkin.”- dedi BMMA xodimi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
👍5
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL)ni saqlab qo'ying!

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

@elementuby
👍8🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1
Prezident maktabi imtihonlarida qatnashish uchun RUXSATNOMALAR berish boshlandi!
👍7🔥3
⚡️ Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga ham Milliy Sertifikatlar uchun ustamalar to‘lanadi!

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

📍Mazkur qarorda Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan 60 va undan yuqori ball to‘plab olingan Milliy Sertifikat uchun shu fanlardan o‘tadigan dars soatlari (8 (7)+5=13 (12))  uchun 20% ustamalar to‘lash belgilandi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi

@elementuby
👍8
#bloktest

Har qanday bilim sinovda tekshiriladi.


08-iyul soat 09:00 dan 18:00 gacha Element o‘quv markazimizda Iqtisodiyot va Texnika yo'nalishlari bo'yicha BLOK TEST bo'lib o'tadi!

Blok test DTM-standartlari asosida o‘tkaziladi.
 
Test sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha bo‘ladi:

* Matematika, Fizika (30 ta savol)
* Ingliz tili (30 ta savol)
* Ona tili (10 ta savol)
* O‘zbekiston tarixi (10 ta savol)
* Matematika (10 ta savol)

⚠️ O‘quvchilarimizning hammasi kelishi shart ! Kech qolmang! Kimlar uchun bu oxirgi blok test bo'lishi mumkim.

Lokatsiya

@elementuby
👍6🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Film🎥

Bu Kinoni Ma'nosi judayam chuqur ekan. Qisqa Metrajli Bo'lgani bilan sizga Ko'p narsani O'rgata Oladi..

Level=B2📈

Kinoni Ko'rib O'z Fikringizni Biz Bilan Bo'lishing..💬

Do'stlaringizga ham ulashish esdan chiqmasin! Manba

@elementuby
👍5
Forwarded from Xushnudbek.uz
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
👍6🔥1😁1