® Element oʻquv markazi
545 subscribers
763 photos
111 videos
159 files
444 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
Hozirda "Element" o'quv markazida asosiy darslardan tashqari qo'shimcha darslar qo'yilgan bo'lib, bu darslarni iqtidorli ustozlar olib bormoqda.

Sizga takror ustozlarimizdan biri Nabixonov Akbarxonni tanishtirib o'tamiz! Juda iqtidorli, ilmga rag'bati baland o'ta sabrli, har qanday o'quvchi istagan savolini tortinmasdan bera oladigan xarakter egasidir.

Nabixonov Akbarxon bir vaqtning o'zida Fizika hamda Matematika fanlaridan milliy sertifikatga ega bo'lib, hozirda yuqori ball to'plagan Viloyatimizdagi noyob ustozlardan biridir!

Element o'quv markazi sizga doim eng yaxshilarni ulashadi!


@elementuby
👍7🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Element" oʻquv markazida dars jarayonlari!

@elementuby
👍23🔥4👏1
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini tanlaydi.


👉 @xushnudbek 👈
🔥3👍2
❇️ Kanalga joylangan Blok testlar ro'yxati!
Sizga qulay bo'lishi uchun bir sahifaga yig'dik.


1-Blok test
2-Blok test
3-Blok test
4-Blok test
5-Blok test
6-Blok test
7-Blok test
8-Blok test
9-Blok test

✳️ Kanal ma‘lumotlaridan foydalanganingizda manba ko‘rsating. Muallif mehnatini hurmat qiling! 😊 Yaqinlaringizga ulashing.

Barchasi bu yerda! 👈
👍7👏2
Forwarded from © Element_math
❇️ Shu vaqtga qadar kanalimizga joylangan namunaviy (mock) Milliy sertifikat savollar ro'yxati! Sizga qulay va topish oson bo'lishi uchun hammasini bitta postda joyladik!

1-10 gacha bo'lgan Milliy sertifikat savollari
11-Milliy sertifikat testi
12-Milliy sertifikat testi
13-Milliy sertifikat testi
14-Milliy sertifikat testi

Birovlarga ulashing, bizga odam qo'shing, kanal rivojiga yordam bering demaymiz. Hech qanday shartlarsiz bemalol foydalanavering! Alloh barakasini bersin!


Batafsil!
👍6🔥2
🇷🇺 Самаралик мактаб ўқувчиси ҳамстер ўйнаб вафот этди.

Бола бутун бўш вақтини машҳур ўйинга бағишлаган ва ҳатто ваннахонада ҳам телефони билан хайрлаша олмаган. У IPhoneнини қувватлантириш учун улаганида смартфон унинг қўлидан сирғалиб чиқиб, ваннага тушиб кетади ва натижада болани ток уради.
👍12🔥1😁1😱1
Qurbon hayiti muborak bo'lsin!
👍9🎉21🔥1
#bloktest

Har qanday bilim sinovda tekshiriladi.


Ertaga 17-iyun soat 14:00 da Element o‘quv markazimizda Iqtisodiyot va Texnika yo'nalishlari bo'yicha BLOK TEST bo'lib o'tadi!

Blok test DTM-standartlari asosida o‘tkaziladi.
 
Test sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha bo‘ladi:

* Matematika, Fizika (30 ta savol)
* Ingliz tili (30 ta savol)
* Ona tili (10 ta savol)
* O‘zbekiston tarixi (10 ta savol)
* Matematika (10 ta savol)

⚠️ O‘quvchilarimizning hammasi kelishi shart ! Kech qolmang!

Lokatsiya

@elementuby
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ШАКАР ВА ТРАНС ЁҒЛАРНИНГ ТА'СИРИ

Ушбу тадқиқот орқали шакар инсонлар онгига қандай та'сир қилиши ўрганилди. Бу тадқиқотни қилишдан мақсад охирги йилларда Альцгеймер касаллигига учрашнинг асосий сабаби айнан шакар ва транс ёғлар аралашмаси бўлаётгани эди. Натижани кўриб турибсиз , сичқонларга тез та'сир қилса, инсонларга хам худди шундай фақат узоқроқ муддат ичида бўлади.
👍51
"Element" o'quv markazi bugundan to'liq ish faoliyatini boshlagan. Barcha darslar o'z vaqtida bo'ladi!
👍10
Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


👉 @xushnudbek 👈
👍61
❗️Qabul tugashiga 1 hafta qoldi

Roppa-rosa 1 haftadan so’ng qabul yakunlanadi.

Bugun, 18-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 288 ming 407 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 152 ming 683 nafar;

avvalgi yillar bitiruvchilari — 135 ming 724 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
👍3
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
#Qabul2024

⚡️ Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin?

UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi.

Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying foydali bo'ladi!


@Baholash_uzbmb - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
👍6
Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini qayerdan yuklab olishi mumkin?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buning quyidagi ikki usulini taqdim etgan:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.

Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali.

❗️ Ma’lumot o‘rnida, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi"ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
👍7
Forwarded from © Element_math
Qabul tugashiga 6 kun qoldi

Bugun, 19-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 365 ming 439 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 202 ming 742 nafar;

avvalgi yillar bitiruvchilari — 162 ming 697 nafar.

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar -- 174 539 nafar
👩🏻‍🔧 ayollar -- 190 900 nafar


👉 @xushnudbek 👈
👍7
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.

Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/24148


👉 @xushnudbek 👈
👍6