® Element oʻquv markazi
541 subscribers
763 photos
112 videos
159 files
445 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
💰 Assalomu alaykum hurmatli oʻquvchilar bugun soat 20:00 da kanalimizda odatdagidek yutuqli savolimiz oʻynaladi tayyor boʻlib turing!

Bu safar dastlabki birinchilardan boʻlib javob bergan uch kishini tanlab olamiz!

1-javob yozganga 20 ming,
2-javob yozganga 10 ming
3-javob yozganga 5 ming soʻm

Hohlasangiz telefon raqamingizga, hohlasangiz karta raqamingizga tashlab beramiz. Javoblarni Adminga yuborasiz. Kommentariyaga yozmang faqat lichkaga yuboring. Savol oson albatta qatnashing!

Javobni 20:30 gacha qabul qilamiz!

🧐 Kanalni kuzatib turing yaqinlaringizga ulashing!

Bizda har hafta dam olish kunlari yutuqli savollar berib boriladi!


Telegram | Instagram | Google map
🔥7👍2
#mavzular

* Element o'quv markazida bu hafta o'tiladigan matematika hamda fizika fanlaridan mavzular ro'yxati!
👍5
#Qiziqarlisavol

⚠️ Javobni daftarda ishlab bizga rasm koʻrinishida yuboring. Aytaylik kimdir faqat javobni oʻzini birinchi yozib yuborsa unday javoblar hisoblanmaydi!
👍4
® Element oʻquv markazi
#Qiziqarlisavol ⚠️ Javobni daftarda ishlab bizga rasm koʻrinishida yuboring. Aytaylik kimdir faqat javobni oʻzini birinchi yozib yuborsa unday javoblar hisoblanmaydi!
1, 3, 9, 27 va hokozo 3 ning darajalari og’irligidagi toshlar yordamida ikki pallali tarozida istalgan og’irlikni o’lchash mumkinligini isbotlash uchun istalgan sonni shu sonlarni bir-biriga qo’shib yoki ayrib hosil qilish mumkinligini ko’rsatish kifoya.

1, 3-1, 3, 3+1. Ko’rinib turibdiki 4 gacha bo’lgan sonlarni 1 va 3 dan foydalanib hosil qilish mumkin.

9 sonidan 1 dan 4 gacha bo’lgan sonlarni ayirib 5 dan 8 gacha bo’lgan sonlarni hosil qilish mumkin.
9 soniga 1 dan 4 gacha bo’lgan sonlarni qo’shib esa 13 gacha bo’lgan sonlarni hosil qilish mumkin.
Demak 1, 3 va 9 sonlar yordamida 13 gacha bo’lgan sonlarni qo’shish yoki ayrish amallaridan foydalanib hosil qilish mumkin.

Huddi shunday 27 sonidan 1 dan 13 gacha bo’lgan sonlarni ayirib 14 dan 26 gacha bo’lgan sonlarni, qo’shib esa 28 dan 40 gacha bo’lgan sonlarni hosil qilish mumkin.
Demak 1, 3, 9 va 27 sonlar yordamida 40 gacha bo’lgan sonlarni qo’shish yoki ayrish amallaridan foydalanib hosil qilish mumkin.

Huddi shu tarzda ketadigan bo’lsak istalgan sonni 3 ning darajalari yordamida qo’shish yoki ayrish amallaridan foydalanib hosil qilish mumkin ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Faqat 1+3+3^2+3^3+⋯+3^(n-1)=(3^n-1)/2 ekanligini isbotlash yetarli. Buning isbotini esa geometrik progressiyaning dastlabki n ta hadi yig’indisi formulasidan foydalanib osongina isbotlash mumkin.
👍15🔥1
Assalomu alaykum hurmatli oʻquvchilar bugun soat 18:00 da kanalimizda odatdagidek yutuqli savolimiz oʻynaladi tayyor boʻlib turing!

Yutuq miqdori 20 ming soʻm, hohlasangiz telefon raqamingizga, hohlasangiz karta raqamingizga tashlab beramiz.

Kanalni kuzatib turing yaqinlaringizga ulashing!

Bizda har hafta dam olish kunlari yutuqli savollar berib boriladi!


Instagram | Telegram | Google map
👍10
Belgilangan vaqt 30 daqiqa, 18:30 dan keyin javoblar qabul qilinmaydi!
👍6🔥1
#Qiziqarlisavol

Savol: Uchburchakning yuzini toping?

⚠️ Javobni daftarda ishlab bizga rasm koʻrinishida yuboring. Aytaylik kimdir faqat javobni oʻzini birinchi yozib yuborsa unday javoblar hisoblanmaydi!

Instagram | Telegram | Google map
👍41
Oʻquvchimiz Abdurahmonov Shoxruhni tabriklaymiz! Mukofot tashab berildi. Alloh ilmingni ziyoda qilsin 🤲
👍7
#mavzular

* Element o'quv markazida bu hafta o'tiladigan matematika hamda fizika fanlaridan mavzular ro'yxati!
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana sifatli video nimalarga bog'liq bo'ladi 😮

👍 Bizning barcha loyihalar
🔥8👍4👏1
Men hamma narsani bilaman
#tavsiya

* Bir yigit donishmandning oldiga kelib:

- Men Oksford universiteti magistriman, Garvard universiteti faxriy doktoriman, dunyo falsafasi bo‘yicha nomzodlik darajasiga, Mantiq fani bo‘yicha doktorlik darajasiga egaman. Bilimlarimda mabodo oq dog‘lar qolgan bo‘lsa o‘shalarni ham to‘ldirish uchun sizdan biror narsa o‘rganmoqchiman , - debdi.

Shunda donishmand senga biror narsa o‘rgatish befoyda, debdi.

Unga javoban yigit, befoydami yoki o‘rgatishga ilmingiz yetishmaydimi, debdi kulib.

- Mayli, senga mantiq bo‘yicha bitta savol beraman, agar unga to‘g‘ri javob bersang, seni shogird sifatida birinchi sinfga olaman,- debdi donishmand.

- Eshit o‘g‘lim, mantiq bo‘yicha savol: Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?

Yigitni jahli chiqib, shu ham savolmi, shu ham mantiqmi, axir buni omi odam ham biladiku, albatta beti qora bo‘lganida.

-Yo‘q sen adashding,- debdi donishmand. Mana mantiqan o‘ylab qara. Ikkalasi mo‘ridan tushdi va bir birini betiga qaradilar. Beti qora sherigini betiga qarasa u toza, o‘zini ham betini toza deb o‘ylaydi. Ikkinchisi esa sherigini betini qoraligini ko‘rib, o‘zini ham shunday o‘ylab betini yuvgani boradida. Beti tozasi boradi.

-Ha, bu tomonini o‘ylamabman. Mayli yana bir savol beringchi, debdi yigit shashti tushib.

- Mayli eshit yana bitta mantiqiy savol debdi donishmand.

- Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?

- Voy ustimdan kulayapsizmi, hozir aniqlab oldikku, albatta beti tozasida.

-Yo‘q, yana adashding,- debdi donishmand.

- Mana o‘zing mantiqan o‘ylab qara. Beti toza inson sherigini betini ko‘rib yuvingani boradi. Ikkinchisi esa o‘zining ham betini qoraligini sezib u ham yuvingani boradi. Ikkalasi ham yuvingani boradi.

-Ha, men yana bunisini o‘ylamabman. Yana bitta savol mo‘mkinmi,- debdi yigit sekingina.

Mayli eshit:
-Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?

-Axir aniqladikku ikkalasi ham boradida,- debdi yigit asabiylashib.

- Yo‘q, yana topa olmading. Mantiqan o‘ylamayapsan.

- Beti qorasi sherigini betini tozaligini ko‘rib yuvgani bormaydi. Ikkinchisi esa bundan o‘zining betini tozaligini bilib u ham bormaydi. Demak ikkalasi ham bormaydi.

- Xo‘p mayli, men yengildim,- deb taslim bo‘libdi, professor. -Lekin men sizga shogird bo‘lib, o‘rgatayotganingizni o‘zlashtira olaman. Boshqa biror narsa so‘rang,-debdi.

Donishmand: -Ikki kishi mo‘ridan-

-Bo‘ldi, bo‘ldi axir bildikku, mantiqan ikkalasi ham bormaydida.

-Yo‘q sen mantiqan adashding.

-Sening "Men hamma narsani bilaman" degan fikring seni ko‘r qilgan. Sen oddiy haqiqatni ko‘rmayapsan. Sen ustozingni eshitmayapsan. Axir o‘zing mantiqan o‘ylab qara, qanday qilib bir mo‘ridan tushgan ikki insonning birini beti toza ikkinchisiniki qora bo‘lishi mumkin.

Ushbu savolning o‘ziyoq mantiqsiz edi. Sen shunday mantiqsiz savollarga javob qidirsang, hayotingda mantiq qolmaydi. Sen boshidanoq xato yo‘lda eding. O‘rganish uchun keldingmi, o‘rganishga tayyor bo‘l. Asosni, maqsadni ko‘zdan qochirma. Mantiqsiz, keraksiz narsani izidan quvma.

To‘la idishga suv quyib bo‘lmaydi. Sen o‘zingcha to‘lasan, senga bilim quyib bo‘lmaydi, to‘kilib ketadi. Sen avvalo idishingni bo‘shat, bilim olish uchun, o‘rganish uchun tayyor bo‘l. O‘zingdan oldin ushbu yo‘lni bosib o‘tgan, sen bormoqchi bo‘lgan manzilga borgan insonni eshitishni, uni so‘zsiz qabul qilishni o‘rgan. ©️@online_olimpiada

P.S.: Xulosa o'zingizdan...
🔥11👍42👏1
* Element o'quv markazida bu hafta o'tiladigan matematika hamda fizika fanlaridan mavzular ro'yxati!
👍11
Har hafta yakshanba kuni o'ynaladigan yutuqli savolimizni kecha ayrim sabablarga ko'ra kanalga joylay olmadik bugun kechga yutiqli savol o'ynaladi inshaAlloh!

50 ming qo'yishni reja qib turibmiz. Tayyor bo'lib turinglar!
👍9🔥1
Assalomu alaykum hurmatli oʻquvchilar bugun soat 20:00 da kanalimizda odatdagidek yutuqli savolimiz oʻynaladi tayyor boʻlib turing!

Yutuq miqdori 50 ming soʻm, hohlasangiz telefon raqamingizga, hohlasangiz karta raqamingizga tashlab beramiz.

Kanalni kuzatib turing yaqinlaringizga ulashing!

Bizda har hafta dam olish kunlari yutuqli savollar berib boriladi!


Instagram | Telegram | Xarita
🔥7👍2
Ha boshladik unda yutuq 50 ming.
👍7