® Element oʻquv markazi
536 subscribers
763 photos
112 videos
159 files
445 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
Вулқон талантни судраб чиқади!

Вулқон ернинг 150-250 км чуқурлигида ҳосил бўлади.

Келиб чиқиш сабаби — кучли иссиқлик ва босим.

Вулқон отилишини кўплаб одамлар ёмон табиий ҳодиса сифатида тушунади.

Аммо, вулқон отилганида:

Миллиард йиллардан бери ер остида ётган кимберлит ва лампроит жинсларини ер юзига судраб чиқади.

Геологлар бу икки тоғ жинсига — қаттиқ қизиқади. Чунки улардан олмос олинади!

Олмос олиш жараёни осон эмас: дастлаб геологлар кимберлит ва лампроитни излаб топишади. Ишчилар қазиб олишади.

Мутахассислар эса тошларга ишлов бериб, олмосга айлантирадилар.

Ноёб олмос бўлиш етарли эмас. Уни сота олиш ҳам керак. Энди 50-70% муваффақият маркетингга боғлиқ:

2017 йили 284 та Феррари нархига сотилган олмосни мисол қилишимиз мумкин.

Хуллас:

Босим + портлаш + вулқон + мутахассислар меҳнати + маркетинг = қимматбаҳо олмос.

Инсоннинг таланти ҳам шундай кашф этилади. Олмосга ўхшаймиз:

Талант дастлаб ичимизда ётади. Қийин даврлар, кучли босим, руҳий вулқонлар уни сиртимизга олиб чиқади.

«Геолог» — устозлар уни топади ва бизга билдиради.

Талантимиз устида ишлаймиз, янада ривожлантирамиз. Мутахассислардан ёрдам оламиз.

Шунда қадрли, қимматбаҳо кадрга айланамиз.

Бу тарозининг бир палласида.

Иккинчисида эса: ўзингизни сота олиш. Талантингизни кўрсата олиш!

Фикримча, биздан талантлар чиқмаётгани сабаби шу:

1. Меҳнат етишмаяпти.
2. Меҳнат бор - қийинчилик йўқ.
3. Меҳнат + қийинчиликлар бор - устоз йўқ.
4. Меҳнат + қийинчилик + устоз бор - ўзини кўрсата олмайди.

Қиссадан ҳисса:

Босим бўляптими? Руҳан азобланяпсизми? Меҳнат чарчатдими? Қийналяпсизми? Устозлар кўп вазифа юклаяптими?

Сиқилманг. Сиз қимматбаҳо олмосга айланяпсиз!

@Ustoz_kundaligi
👍10
Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh!

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil yozida AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Mashgʻulotlarda ishtirokchilar yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantiradi, bir-biridan oʻrganadi va tanishlar orttiradi.

Dastur boshlanishi vaqtida 15-16 yosh boʻlgan barcha ariza topshirishi mumkin, Til sertifikati talab etilmaydi.

Moddiy imtiyozlar:
– Ariza topshirish va qatnashish bepul
– AQSHga borish va qaytish uchun safar xarajatlari qoplab berilishi mumkin

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/camp-rising-sun-15-16-yoshli-nomzodlar-uchun/

Foydali:

👉 Ushbu dastur bo'yicha vakil bilan suhbat

@grantlar
🔥2
Энди тил бўйича миллий ва халқаро сертификатга эга давлат ташкилотлари ходимлари устама олмайди — Президент қарори

Батафсил 👉
havola

@elementuby
👍7
Fanlar majmuasi 2025-2026 o‘quv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📚 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

📌
Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.


@elementuby
👍6
🇹🇷 Turkiya grantlari ochilishiga ham oz vaqt qoldi!

🇹🇷 TURKIYA GRANTLARI
– Turkiyadagi universitetlarda bepul va stipendiya asosida oʻqish imkonini beradi.

Bunda siz qanday imtiyozlarga ega boʻlasiz?
1. Bır martalık borish va kelish chıptasi
2. Bepul yotoqxona
3. Bepul taʼlım
4. Bepul sugʻurta
5. Stipendiya beriladi (taʼlım jarayonıda baholaringiz juda past bo'lmaslıgı kerak)
6. Bepul yashash ruxsatnomasi

Bunda yosh chegarasi:
– bakalavr: 21 yoshgacha
– magıstratura: 30 yoshgacha
– doktarantura: 35 yoshgacha

Keraklı hujjatlar:
1. Kollej dıplom, 11-sınf shahodatnomasi / universitet diplomi
2. Pasport
3. Erishgan yutuqlar va sertifikatlar

Toliq ma’lumot uchun bizga murojaat qiling:
@smartedu4k_admin3
+90 506 377 0001

Telegram kanal:
https://t.me/smartedu4k

😑
Instagram 😑 TikTok 😑Facebook
👍6
❇️ Element o'quv markazida bu hafta o'tiladigan matematika fanidan mavzular ro'yxati!

Takror uchun hohlagan guruhlaringa kirishlaring mumkin.

#mavzular
👍7
Matematikani noldan boshlashni istaganlar uchun maxsus kursga qabul boshlandi!

Hech qanday oldingi bilim talab qilinmaydi – faqat sizning ishtiyoqingiz va bizning tajribamiz.

Murojat uchun: +998915001100
Ro'yxatdan o'tish: ✍️ Admin

Joylar cheklangan, shoshiling!

@elementuby
👍5
Педагог таъсири ёхуд "даҳшатли тажриба" 

1939-йилда Аёва университетида Венделл Женсон 22 та етим бола иштирокида ҳайратланарли тажриба ўтказади. 

Болалар икки гуруҳга бўлиниб, гапиртирилади: 

1-гуруҳ болалари аниқ ва равон нутқ қилганликлари айтилиб, мақталади. 

2-гуруҳ болаларининг кичик камчиликлари ҳам шафқатсизларча масхара қилиниб, охир-оқибат уларнинг барчасига "сен дудуқсан", деб тамға қўйилади.

Натижада, ҳеч қачон нутқида муаммо бўлмаган аълочи гуруҳ ўқувчиларида дудуқланишнинг белгилари пайдо бўлади. 

Энг ёмони, уларда дудуқланиш умрбод сақланиб қолади. Шу сабабли, ушбу эксперимент — "Monster Study" (Даҳшатли Тажриба), деб номланган.

2001-йилда Давлат университети Аёва штати эксперимент давомида жабрланиб, дудуқликдан азият чекаётганлардан расман узр сўрайди.

Хулоса ўзингиздан..

Ustoz_kundaligi
🔥3👍1
❇️ Element o'quv markazida bu hafta o'tiladigan matematika fanidan mavzular ro'yxati!

Takror uchun hohlagan guruhlaringa kirishlaring mumkin.

#mavzular
👍3
Matematikani noldan boshlashni istaganlar uchun maxsus kursga qabul boshlandi!

Hech qanday oldingi bilim talab qilinmaydi – faqat sizning ishtiyoqingiz va bizning tajribamiz.

Murojat uchun: +998915001100
Ro'yxatdan o'tish: ✍️ Admin

Darslar 15-yanvardan boshlanadi!

@elementuby
👍6
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 12-yanvar kuni chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 3,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

@elementuby
👍4
Forwarded from © Element_math
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 26–27-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 3-yanvardan 17-yanvarga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 43 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 24-yanvarda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kartasiz, KAFTingizni skanerlash orqali to’lov qilish mumkinligi haqida bilarmidingiz? Ushbu kontentda sizga PalmPay tizimi haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qildik🪬💵

Izohlarda ushbu tizim haqida o’z fikrlaringizni qoldiring🧐

@elementuby
👍2🔥2
Maktablarda bu yil davlat imtihonlarida turk tilidan sertifikatga ega bo‘lganlarga imtiyoz berilmasligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan ekan. 😱

Bu masala yuzasidan Bilimni baholash agentligi va Oliy ta'lim vazirligiga murojaat qildik.

Bilimni baholash agentligi: "Bunday ma’lumot bizda yo‘q," deb javob berdi.
Oliy ta'lim vazirligiga esa telefon qildik, ammo bir soat kutganimizga qaramay, hech kim javob bermadi.

Xulosa: Bu gap-so‘zlar katta ehtimol bilan mish-mish, chunki bunday qaror haqida hech qanday rasmiy ma'lumot topa olmadik.

Sizlarda shu haqda ma'lumot bo'lsa izohlarda bo'lishing.

@elementuby
👍71
Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283


👉 @xushnudbek 👈
👍5
Қийинчилик = осончиликми?

Ўта тарбияли ўқувчиларимнинг оиласи билан қизиқаман:

Оила муҳити қандай?
Отаси ким?
Фарзанд тарбияси билан қандай шуғулланган?

Барчасида бир умумийликни кўрганман:

Фарзанд тарбиясиданда каттароқ бўлган — жамият дарди билан яшаш.

Дўстим Муҳаммадга шу хулосамни айтсам зўр ривоят айтди:

Бир куни бир одамнинг қўлида йўлбарсни кўриб қолишади. Ҳайратда қолганлар ундан сўрашади:

— Бу шафқатсиз йўлбарсни қандай қилиб бўйсундирдинг?

У эса жавоб беради:

— Мен хотинимнинг қаттиқ хулқига сабр қилдим. Аллоҳ эса менга бу йўлбарсни бўйсундиришни осон қилди.

Ўйлаб қарасам, бу формула ҳақиқатан ишларкан:

Аллоҳ сизга бир дард бериб, бошқа кўплаб муаммолардан сизни фориғ қилади.

Юқоридаги оталарнинг муваффақияти — катта дард, катта муаммолар билан яшаш эди. Шу сабабли ҳам Аллоҳ уларга фарзанд тарбиясини осон қилганди.

"Қийинчиликдан кейин осончилик келади эмас, қийинчиликнинг ўзи аслида — осончилик", деб тафсир қилганди Нўмон Али Хон (94:5-6)

Ўз ҳаётимда ҳам эътибор берганман:

Мактаб, таълим, тарбия муаммоларидан четланишим билан мени маиший муаммолар ўраб олади..

Хуллас

Бир дардга йўлиқдингизми?
Сиқилманг.
Минг дарддан халос бўлиб турибсиз!

@Ustoz_kundaligi
👍4
❇️ Element o'quv markazida bu hafta o'tiladigan matematika fanidan mavzular ro'yxati!

Takror uchun hohlagan guruhlaringa kirishlaring yoki shu guruhlarda o'qishni davom ettirsangiz bo'ladi.

#mavzular
👍2
WMI World Mathematics Invitational 2025

WMI Xalqaro Matematika Olimpiadasi Taiwan Davlatiga tegishli bo’lib,
2012-yildan buyon Xalqaro miqyosda o’tkazilib kelinadi. WMI Xalqaro
Olimpiadasida 32 dan ortiq Davlat ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi o’quvchilari 2019-yildan boshlab, WMI
Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etishmoqda.
🏆🥇🥇🥇
Olimpiada 2 bosqichdan iborat: Saralash va FINAL bosqichlari.
Saralash bosqichi har bir Davlatning o’zida Offline tarzda tashkil etiladi.
Olimpiadada Davlat va Nodavlat maktablarining 1-11-sinf o’quvchilari,
Akademik litsey 1-2-bosqich talabalari ishtirok etishadi. Saralash
bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o’quvchilarga tashkilot
tomonidan Oltin 🥇,  Kumush 🥈, Bronza 🥉 medallari va Maxsus Sertifikatlar 📃
topshiriladi.
Medal sovrindorlari FINAL bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishadi.
WMI Xalqaro Matematika Olimpiadasining 2025-yil uchun FINAL🛫🏙
bosqichi Malayziya Respublikasi Kuala-Lumpur shahrida 2025-yil Iyul
oyida bo’lib o’tadi.
Saralash bosqichida ishtirokchilarga jami 25 ta test savollari, ulardan
15 tasi yopiq va 10 tasi ochiq test beriladi.

Baholash tartibi:
1-10-savollar – 6 balldan jami 60 ball,
11-15-savollar – 8 balldan jami 40 ball,
16-25- savollar – 10 balldan jami 100 ball, har bir ishtirokchi uchun
umumiy 200 ballni tashkil etadi.
Ishtirokchilar sonidan kelib chiqqan holda sinflar kesimida eng yuqori
ballarni qo’lga kiritgan o’quvchilar medallar bilan taqdirlanadi:

Eng yuqori
5% o’quvchilar – Oltin Medal 🥇
10% o’quvchilar – Kumush Medal 🥈
15% o’quvchilar – Bronza Medal 🥉 ga ega bo’lishadi.

Saralash bosqichida medal sovrindori bo’lgan g’oliblar FINAL
bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishadi.

Saralash bosqichi natijalariga
ko’ra, eng yuqori ballga ega bo’lgan 3 nafar ishtirokchining FINAL
bosqichida ishtirok etish barcha xarajatlari IRN Olympiads Xalqaro Fan
Olimpiadalari Tashkiloti tomonidan 100% qoplanadi. 💵
WMI Xalqaro Matematika Olimpiadasining 2025-yil Saralash
bosqichi Fevral oyida O’zbekiston hududida bo’lib o’tadi.

Saralash bosqichida ishtirok etish uchun Registratsiya 25-Yanvar soat
22:00 gacha davom etadi.


@IRN_Coordinator
@IRN_Olympiads
👍4🔥1
BAMBUK NAZARIYASI 🎋

Bambukni ekib, muntazam sug'orib va parvarish qilsangiz, birinchi yil hech qanday o'zgarish sezilmaydi. 2-, 3-, va 4-yilda ham biror o'sish alomatlari ko'rinmaydi.

Ammo aslida, bu vaqt davomida bambuk yer ostida kuchli ildiz tizimini rivojlantiradi.
So'ngra, 5-yil kelib, bambuk bir necha hafta ichida 25-30 metr balandlikka o'sishi mumkin!

Bu nimani anglatadi?

⭐️ Sabr-toqat: Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun vaqt va tinimsiz mehnat talab etiladi. Dastlab natijalar ko'rinmasa ham, ishonchni yo'qotmang.

🔥 Mustahkam asos: Bambukning ildizlari kabi, natijaga erishish uchun ham puxta tayyorgarlik va kuchli poydevor kerak.

💥 Portlash vaqti: To'g'ri vaqt kelganda, barcha mehnatlar natijasi yorqin namoyon bo'ladi.


Xulosa: Hayotda bambuk singari sabr qiling, mustahkam asos quring va oxirida katta natijalarga erishing!

@Azamatjon_design | #eslatmalar
👍73