® Element oʻquv markazi
539 subscribers
763 photos
112 videos
159 files
445 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda oʻzlari xohlagan ilm dargohlarida tahsil olayotgan bizni qadirdonlarimizga aylangan oʻquvchilarimiz!

Biz sizlar bilan qalban birgamiz. 😊
👍108🔥3🎉2🥰1
Ilmni yodda saqlash uchun bir necha samarali usullar:

Qayta ko‘rish: O‘rganilgan ma'lumotlarni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish. Bu bilimni mustahkamlashga yordam beradi.

Tushunish: Ma'lumotni faqat yodlash o‘rniga, uni tushunishga harakat qiling. Tushunilgan bilim yaxshiroq yodda qoladi.

Qisqartmalar va diagrammalar:
Ma'lumotlarni qisqartmalar yoki diagrammalar shaklida yozing. Vizual materiallar ko‘proq esda qolishi mumkin.

Misollar bilan bog‘lash: O‘rganayotgan ma'lumotlaringizni amaliy misollar bilan bog‘lang. Bu tushunchani aniqroq qilishga yordam beradi.

O‘rganish uslublari: Turli uslublarda o‘rganing: o‘qish, yozish, tinglash, o‘yinlar va boshqa interaktiv metodlar.

O‘rgatish: O‘rganilgan ma'lumotni boshqalarga tushuntirish orqali uni mustahkamlay olasiz.

Muvozanat va sog‘lom turmush tarzini saqlash: Yaxshi uxlash, sog‘lom ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish miyangizni faol saqlaydi.

Ushbu usullarni sinab ko‘rib, sizga qaysi biri eng samarali bo‘lishini izohlarda yozib qoldiring.

@elementuby
👍6
⚡️Muhandislar ChatGPT kabi til modellarini odam bilan muloqot qilish orqali o’rgatish g’oyasini berishdi, ularning fikricha: shunda neyrotarmoqlar insonlar muloqotiga taqlid qiladi va tushunarliroq javoblar beradi.

Eng qizig’i: odamlar bilan muloqot qilgandan so’ng, SI tobora ko’proq noto’g’ri javoblar berishni boshladi, suhbatdoshga yolg’on gapirdi, yolg’onni to’g’riligiga ishontirishga urindi va o’z xatolarini tan olmadi.

Sun’iy intellekt ja «odamlashib» ketsa ham bo’lmas ekan 😁

📟 DigiTech
😁7👍4
Nima uchun yangi bilimlarni o'rganishda qiyinchiliklarga uchraymiz?

Inson yangi bilimlarni o'rganishda bir qancha sabablarga ko'ra qiynalishi mumkin. Bular orasida:

Motivatsiya yetishmasligi:
O'zini qiziqtirmaydigan yoki maqsadga erishish uchun zarur bo'lmagan bilimlar ko'pincha o'rganishda qiyinchilik tug'diradi.

Qiyinlik darajasi: Ba'zi mavzular murakkab bo'lishi mumkin, bu esa o'rganishni qiyinlashtiradi. Yangi g'oyalarni anglash uchun tayyorgarlik yetishmasligi ham muammo bo'lishi mumkin.

Vaqt va resurslar:
Yangi bilimlarni o'rganish uchun vaqt yoki mablag' yetishmasligi, odatda, odamlarning maqsadlariga yetishishini to'xtatadi.

O'z-o'zini baholash: Odamlar ko'pincha o'zlarini qobiliyatsiz his qilishadi yoki muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqishadi, bu esa o'rganishga to'sqinlik qiladi.

Ta'lim uslublari:
O'qitish uslublari ham o'rganishga ta'sir qiladi. Har kimning o'rganish usuli turlicha, shuning uchun har kimga mos kelmaydigan usullar samarasiz bo'lishi mumkin.

E'tibor va xotira: Zamonaviy texnologiyalar va boshqa chalg'ituvchi omillar e'tiborni jamlashda qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

Bu omillarni yengish uchun motivatsiyani oshirish, to'g'ri o'qitish usullarini tanlash va vaqtni samarali boshqarish muhimdir.

Siz qaysi holatdasiz izohlarda fikringizni qoldiring!

@elementuby
👍7
Forwarded from © Element_math
fizika 26-test.pdf
951.6 KB
26-Test Fizika (20 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Ergashev E
#fizikatest
👍4
Forwarded from © Element_math
6- Test Ingliz tili.pdf
1.1 MB
6-Test Ingliz tili (30 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Ms. Ruxshona
#ingliztili
👍3
Forwarded from © Element_math
47 - test matematika (20 talik).pdf
901.8 KB
47-Test matematika (20 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Nabixonov A
#matematika
👍4
Forwarded from © Element_math
7-test ingliz tili.pdf
705.9 KB
7-Test Ingliz tili (30 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Ms. Ruxshona
#ingliztili
👍4
Forwarded from © Element_math
fizika 26-test.pdf
951.6 KB
26-Test Fizika (20 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Ergashev E
#fizikatest
👍5
Forwarded from © Element_math
Trigonometriyagacha 48 test.pdf
887.7 KB
48-Test matematika trigonametriyagacha (20 talik)

Javobi bu yerda

Tuzuvchi: Ashurmatov R
#matematika
👍4
Matematikani yaxshi o'rganish uchun quyidagi asosiy tamoyillarga e'tibor berish kerak:

Asoslarni mustahkamlash:
Matematikani o'rganishni asosiy tushunchalar va qoidalarni puxta o'zlashtirishdan boshlash zarur. Bu, misol uchun, arifmetika, algebra va geometriyadagi asosiy qoidalar va formulalarni bilishni talab qiladi.

Amaliyot: Matematikaga oid nazariy bilimlar faqat muntazam mashq bilan kuchayadi. Har kuni turli masalalarni yechib, ko'nikmalarni takomillashtirish lozim.

Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish: Matematik masalalarni yechishda mantiqiy fikrlash va muammolarni tahlil qilish muhim. Har qanday masalani yechishdan oldin uning shartlarini to'liq tushunib, qadam-baqadam yechishga e'tibor qaratish kerak.

Xatolar ustida ishlash: Xato qilishdan qo'rqmaslik va har bir xatoni tahlil qilib, o'sha xato orqali yangi bilim olish foydali.

Muammolarni bosqichma-bosqich yechish: Murakkab masalalarga duch kelganda uni kichikroq bo'laklarga bo'lib, qadam-baqadam yechishga harakat qilish lozim. Bu yechim jarayonini osonlashtiradi.

O'qituvchi va qo'shimcha manbalardan foydalanish:
Agar qiyinchiliklar bo'lsa, o'qituvchi, onlayn kurslar yoki kitoblardan yordam olish zarur. Turli manbalarni o'rganish bilimni kengaytiradi.

Qiziqishni saqlash va sabr qilish:
Matematikani yaxshi o'rganish uchun sabr-toqat va qiziqishni saqlash juda muhim. Asta-sekin murakkab mavzularni o'zlashtirish jarayonida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.

Matematikani yaxshi tushunish doimiy va intizomli o'qish bilan bog'liq.

@ELEMENTUBY
👍7
Mana Davlat imtihonlariga ham tahminan to'qqiz oy vaqt qoldi. Shu sabab imtihonlarga tayyorgarlikni endi boshlayotgan abituriyentlarga, ularning ota-onalarga ba'zi maslahatlarimizni berib o'tmoqchiman.

Ko'pchilik biladiki, agar siz texnika yo‘nalishlariga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, matematika va fizika fanlaridan tayyorlanib o'qishga kirishingiz ancha osonroqdir, chunki bu yo‘nalishlarda kirish ballari nisbatan past bo‘ladi.

Biroq, iqtisodiy yo‘nalishlarga kirishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, vaziyat biroz murakkablashadi. Iqtisodiy yo‘nalishlarda kirish ballari juda yuqori bo‘lib, qattiq tayyorgarlik talab etiladi.

Agar tayyorlanish uchun to'qqiz oy vaqt qolgan bo‘lsa, texnika yo‘nalishlariga kirish ancha realist maqsad bo‘lib ko‘rinadi, chunki bu yo‘nalishlarda raqobat kamroq.

Bilamizki matematik va ingliz tili fanlarini yaxshi o'zlashtirish uchun o'rtacha qobiliyatli bolaga kamida bir yarim yil vaqt kerak bo'ladi.

Yuqoridagi holatlarni e'tiborga olib tayyorgarlikni endi boshlayotgan o'quvchilarga quyidagi tavsiyalarni berib o'tmoqchiman:

- iqtisodiy yo'nalishni tanlasangiz matematika va turk tilidan tayyorlanishni maslahat beramiz chunki turk tilidan sertifikat olish ehtimoli baland

- texnika yo'nalishlarini tanlang sababini yuqorida aytib o'tdik.

Farzandlaringizni maktab davridan ilm olish ko'nikmasini shakillantiring, shunda bir yilda ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. O'n yil davomida o'qimagan bolani bir yilda yoki qanchadir oyda ilmli bo'lishi juda qiyin deyarli imkonsiz!

@elementuby
👍6
Matematika va fizika fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

Ushbu havolada batafsil ro'yxat bilan tanishing.

@elementuby
👍9
#mocktest

Har qanday bilim sinovda tekshiriladi.

Diqqat! Muhim yangilik!

Ertaga, 13-oktyabr kuni, soat 10:00 da Element o‘quv markazimizda Milliy sertifikatga tayyorlanayotgan barcha o‘quvchilarimiz uchun matematika fanidan namunaviy test sinovlari tashkil etiladi.

Bu test sinovlari eng so‘nggi o‘quv yili talablari va yangilangan baholash mezonlari asosida tayyorlangan bo‘lib, sizning bilim va ko‘nikmalaringizni haqiqatga yaqin sharoitda sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.

Ushbu test orqali nafaqat bilimlaringizni mustahkamlash, balki haqiqiy imtihon oldidan tayyorgarlik darajangizni baholash va kamchiliklaringizni aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Test sinovlarida ishtirok eting va imtihonga ishonch bilan tayyorlaning! Barcha savollarimiz Milliy sertifikat talablariga to‘liq mos keladi!

Element o‘quv markazi – kelajakdagi yutuqlaringizga bir qadam yaqinroq!

Lokatsiya

@elementuby
👍10
Forwarded from © Element_math
12.10.2024 Milliy sertifikat savoli.pdf
11.8 MB
19 - Milliy sertifikat (matematika)

Haqiqiy imtihon savollari bormi deb so‘raganlar uchun maxsus?

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlarga haqiqiy imtihon savollari! Mana sizlar uchun asl savollar va yuqori sifatli chizmalar.

Sifatni qadrlaydiganlar uchun maxsus tayyorlangan!

Batafsil bu yerda!

#milliysertifikat #mock
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Umidjon Eshmuhammedov ACCA 2000$ ACFA 3000$

ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) — bu xalqaro miqyosda tan olingan professional moliya va buxgalteriya sertifikati. ACCA sertifikati moliyaviy hisobotlar, audit, soliq solish, boshqaruv buxgalteriyasi, moliyaviy menejment kabi sohalarda ishlash uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni beradi. ACCA 180 dan ortiq mamlakatda tan olingan va moliyaviy sohadagi yuqori malaka ko‘rsatkichi hisoblanadi.

ACCA dasturiga kirish uchun talablar quyidagilar:

1. Tegishli ta’lim: Universitet diplomi yoki moliya sohasidagi boshqa malakaga ega bo‘lish.


2. Imtihonlar topshirish: ACCA 13 ta imtihon bosqichidan iborat bo‘lib, har birini muvaffaqiyatli topshirish kerak.


3. Ish tajribasi: 3 yillik moliyaviy sohadagi ish tajribasiga ega bo‘lish zarur.


Bu sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar xalqaro kompaniyalarda, banklarda, audit firmalarida yoki boshqa moliyaviy tashkilotlarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

@elementuby
👍8
® Element oʻquv markazi
📹 Umidjon Eshmuhammedov ACCA 2000$ ACFA 3000$ ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) — bu xalqaro miqyosda tan olingan professional moliya va buxgalteriya sertifikati. ACCA sertifikati moliyaviy hisobotlar, audit, soliq solish, boshqaruv buxgalteriyasi…
To‘rt yil oliygohga tayyorlandim, yana to‘rt yil o‘qidim – sakkiz yil umrim o‘qish bilan o‘tdi. Shuncha vaqt va mehnat sarfladim, lekin o‘zim o‘qigan soham bo‘yicha olti oy ham ishlamaganman. Men o‘qishda yomon emas edim, yaxshi natijalar ham ko‘rsatganman. Lekin qaysi yo‘nalishda o‘qish va qanday bilimlarni egallash kerakligini bilmaganman, maqsadli rejaga ega bo‘lmaganman.

Bu tajribamdan kelib chiqib, ayniqsa iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘qiyotgan yoki bitirish arafasida turgan yoshlarga bir muhim tavsiya berishni istayman: talabalik yillarini shunchaki vaqt o‘tkazish, o‘yin-kulgi bilan emas, balki aniq maqsadlar qo‘yib, o‘z ustingizda jiddiy ishlash bilan o‘tkazing. Sizning bugungi harakatlaringiz va tanlovlaringiz kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizni belgilaydi.

Eng muhimi, xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlarga ega bo‘lish uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Bu yerda birinchi qadam – ingliz tilini mukammal o‘rganish. Chunki ingliz tili nafaqat ilm-fan va texnologiyalar tili, balki global biznes va muloqotning asosiy vositasi. Ingliz tilini yaxshi egallaganingizdan so‘ng, o‘z sohangiz bo‘yicha xalqaro sertifikat olishga intiling.

Masalan, iqtisod yoki moliyaviy sohada o‘qiyotganlar uchun CFA (Chartered Financial Analyst), ACCA (Association of Chartered Certified Accountants), FRM (Financial Risk Manager) kabi sertifikatlar juda katta ahamiyatga ega. Bunday sertifikatlarga ega bo‘lsangiz, nafaqat mahalliy mehnat bozorida, balki xalqaro darajada ham katta talabga ega mutaxassisga aylanasiz.

Shunday qilib, o‘qishni tugatganingizdan so‘ng, "qayerda ishlasam ekan?" degan savol bilan qiynalmaysiz. Aksincha, kompaniyalar va tashkilotlar sizni izlab qoladi. Chunki siz allaqachon raqobatbardosh va xalqaro standartlarga mos kadr bo‘lib yetishasiz.

Shunday maqsadlarni oldingizga qo‘yingki, o‘qish yillaridan keyin siz ishni emas, ish sizni izlasin.

@elementuby
👍4🔥21
Fizika va Matematika bo‘yicha maxsus kurs!

🔬 Avvalgi postimizda tavsiya qilganimizdek siz texnika yo‘nalishlaridan birini tanlab matematika va fizika fanlaridan noldan guruh qidirayotgan bo‘lsangiz ushbu kurs aynan siz uchun!


Darslarni tajribali va chuqur bilimga ega bo'lgan ustoz Eldor Ergashev o'tadi.

Nima uchun texnika yo'nalishini tanlash kerak? Bu yerda o'qing.

Texnika yo'nalishlar ro'yxati.


📅 Darslar boshlanishi: 21-Oktyabr

Dars vaqtlari: Juft kunlari 14-16 gacha

📍 Manzil: Google map

Ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatni boy bermang!
👍5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt inson hayotidagi eng qimmatli boyliklardan biridir.

Vaqtni qadrlash – hayotni qadrlash demakdir. Bekor o'tgan vaqtni ortga qaytarish mumkin emas, lekin uni mazmunli o'tkazib, orzu va maqsadlar sari harakat qilish bizning qo'limizda.

"Vaqt – boylik, u o'g'rilarga berilmaydi, lekin o'z-o'zidan qo'ldan chiqib ketadi," degan gapda haqiqat bor.

Hozirgi lahzadan foydalan, ertangi kunni bugun yaratasan.

@elementuby
👍7🔥1
#mocktest

Har qanday bilim sinovda tekshiriladi.

Diqqat! Muhim yangilik!

20-oktyabr kuni, soat 10:00 da Element o‘quv markazimizda Milliy sertifikatga tayyorlanayotgan barcha o‘quvchilarimiz uchun matematika fanidan namunaviy test sinovlari tashkil etiladi.

Bu test sinovlari eng so‘nggi o‘quv yili talablari va yangilangan baholash mezonlari asosida tayyorlangan bo‘lib, sizning bilim va ko‘nikmalaringizni haqiqatga yaqin sharoitda sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.

Ushbu test orqali nafaqat bilimlaringizni mustahkamlash, balki haqiqiy imtihon oldidan tayyorgarlik darajangizni baholash va kamchiliklaringizni aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Test sinovlarida ishtirok eting va imtihonga ishonch bilan tayyorlaning! Barcha savollarimiz Milliy sertifikat talablariga to‘liq mos keladi!

Element o‘quv markazi – kelajakdagi yutuqlaringizga bir qadam yaqinroq!

Lokatsiya

@elementuby
👍3🥰1
® Element oʻquv markazi
Mana Davlat imtihonlariga ham tahminan to'qqiz oy vaqt qoldi. Shu sabab imtihonlarga tayyorgarlikni endi boshlayotgan abituriyentlarga, ularning ota-onalarga ba'zi maslahatlarimizni berib o'tmoqchiman. Ko'pchilik biladiki, agar siz texnika yo‘nalishlariga…
Ushbu postimizdan so'ng, ko'pchilik turk tilidan olingan sertifikat iqtisodiy yo'nalishga o'tish uchun yordam beradimi deb savol berdi.

Ko'rib turganingizdek, bu qizimiz turk tili sertifikati bilan iqtisodiy yo'nalish talabasiga aylandi.

Agar siz turk tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz ADMIN ga yozing.
👍8