® Element oʻquv markazi
545 subscribers
763 photos
111 videos
159 files
444 links
📍 Guliston shahri

🎯 Tajribali ustozlar, zamonaviy metodika!

📚 Matematika • Ingliz • Fizika • Turk tili

🏆 OTM va Milliy sertifikat

Murojaat uchun: +998915001100
Admin: @Elementlc
Test kanalimiz: @elementlcmatematikate
Download Telegram
❗️Abituriyentlar diqqatiga!

Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin.

Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.

Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.


@elementuby
👍7
☎️ Maktabda telefon ishlatish mumkinmi?

⛔️ Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

Telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

⭕️ Agarda tartib buzilsa:

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

@elementuby
👍6🔥1
Yaxshi, manfaatli video boʻlibdi.
👍10
Forwarded from Xushnudbek.uz
Mandat qachon chiqadi?
#abituriyent

JAVOB: hozir hammani qiziqtirayotgan savol shu bo’lib turibdi.

Mendagi ma’lumotga ko’ra, yakuniy natijalar to’liqligicha shakllantirilib bo’lingan. UzBMB tomonidan tasdiqlash uchun Davlat qabul komissiyasiga (Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qachon tasdiqlanishi hozircha noma’lum.

Har yilgi an’anaga ko’ra, mandatning qonunchilikda belgilangan kuni yaqinlashgani sari sukunat, noaniqlik va shubhalar ortib ketadi.

Aslida amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi. Undan so’ng hech qanday qo’shimcha muddat berilmadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

Bugun — 16-avgust. Bundan kelib chiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
👍11
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍8
Talabaga aylangan barcha o'quvchilarimizni va ularning ota-onasini chin qalbdan tabriklaymiz! Tez kunda umumiy natijalarni e'lon qilamiz! Bizni kuzatib turing!

Rasmni glavniyga qo'yib olamiz 😊

@elementuby
👍82🤩2🤯1
Hozircha mandat natijalarini Instagram storiysida koʻrishingiz mumkin!
👍7🔥2
2024 yil mandat natijalariga ko'ra Element oʻquv markazida tahsil olgan oʻquvchilarimizni talabalik bahtiga erishgani bilan tabriklaymiz!

Shunday farzandlarni tarbiya qilgan ota-onalariga oʻz tashakkurimizni bildirib qolamiz!

Albatta yutuqlarimiz Allohdan biz qoʻldan kelgancha sabablarini qildik.

Bu yutuqlarga erishishda qattiq mehnat qilgan barcha ustozlarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!

@elementuby
👍96