Kutubxona
47.5K subscribers
392 photos
73 videos
1.37K files
6.5K links
Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!

🎶 Audio | @Audio_Kutubxona_uz

📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot

📈 Reklama | @Marketolog1

📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona
Download Telegram
Rashkim

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o‘zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo‘lurman g‘ash ko‘zimdan ham.

Ko‘zim yongay senga nargis —
Ko‘zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo‘lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg‘iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo‘pol aytgan so‘zimdan ham
...

©️Erkin Vohidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotda nima yaxshiligu nima yomonlik, hech qachon farqlab boʻlmaydi, yaxshilik, ayni paytda, kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni paytda, kimlargadir yaxshilik boʻlib tuyuladi, mening umrimda anglagan xulosam shu.

©️Nazar Eshonqul
(Maymun yetaklagan odam) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbat abadiy yonajak tilak
Uni buka olmas g'am, alam so'zi
Sevishdan to'xtadim deysanmi, demak
Sevmagan ekansan avval ham o'zi...


©️Xayrulla Hamidov

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir kunni buzishi mumkin bo'lgan yagona narsa - bu odamlar. Odamlar har doim baxtning cheklovchisi bo'lgan, faqat bahor kabi yaxshi bo'lgan juda oz sonli odamlar bundan mustasno.

©️Ernest Hemenguey

Telegram | Instagram | Audiokitob
Biror narsa oila neʼmatiga teng kelolmaydi. Bundan boshqani afzal bilgan ziyondadir.

©️Mubashshir Ahmad
(Olim, odam va olam) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

©️Shams Tabriziy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bo‘g‘zimdagi toshni urinsam
itqitmoqqa misoli Sizif,
Ona, ona!.. Kurash so‘ngida
Buloq chiqdi ko‘zimdan sizib.

Eski dunda yangimiz deya,
Ko‘p ovutdik o‘zimiz netong.
Yerni har kun qarshilar oftob,
Nega bizning otmayotir tong?

Chalaverar turmush musht tugib,
Asab otli bizdagi torni.
"Uyqu dori" ichdim yetarli
Uyg‘otguvchi dori ham bormi?


©️Charos Avazova

Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson uzoq vaqt ikki yuzli bo'lolmaydi, chunki ertami-kechmi u ikki yuzning qaysi biri haqiqiy ekanligini unutadi.

©️Nathaniel Hawthorne

Telegram | Instagram | Audiokitob
Kosmonavtika

— Nega o'zbekdan kosmonavt kam chiqayapti?
 — Bir emas, o'ntasi chiqqan bo’lardi-yu, uyoqdan nahorga oshga yetib kelish jinday uzoqlik qiladi-da!

©️O’tkir Hoshimov
(Daftar hoshiyasidagi bitiklar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yolgʻonchi dunyoga aldanib qolma,
Bu majlis tarqalar, devon zavqlanmas.
Ikki eshik orasidir bu dunyo,
Kelgan ketar, mehmon zavqlanmas.

©️Fotih Duman
(Men) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Muoviya hazratlari aytgan ekanlar: "Dunyo Abu Bakrga boqmadi. Abu Bakr ham dunyoga boqmadi. Dunyo Umarga boqdi. Ammo Umar unga qiyo boqmadi. Biz esa dunyoga koʻmilib qoldik.

©️Usmon Sungur Yeken
(Yo nasib) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Minnatdorchilik va sotqinlik - aslida bitta marosimning boshi va oxiri.

©️Mark Tven

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yasagan suratini tomosha qilganda hayratda qolib, rassomning o'zini unutgan bo'lsak, bu unutish uning uchun eng katta sharafdir.

©️Fridrix Shiller
(Makr va muhabbat) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yoʻldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish qanchalik ekan?

©️Said Chamlija
(Iymon va xuzun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Kimning gʻami Islom boʻlmasa, uning oʻzi islom uchun gʻamdir.

©️Said Chamlija
(Iymon va Huzun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Poyon bilmas yo'qlik olami aro, kichik bir zarradir bu borliq dunyo.

©️Iogann Volfgan Gyote
(Faust) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
O'zingiz xohlagan narsani, xohlagan vaqtda, xohlagan insoningiz bilan, xohlaganingizcha qilish qobiliyati bebahodir. Bu pul to'laydigan eng yuqori dividenddir.

©️Morgan Housel
(Pul psixologiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Qayerga boqsang ko'rganing yuzingdir, Kimda nima ko'rsang - asli o'zingdir.

©️Yunus Emro

Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbatdan oldin rostlik va chinakamlikni o’rganingiz. Chunki, o’zganing tuyg’ulari ila o’ynashish eng jirkanch jinoyatdir.

©️Muhammad Bo‘zdag
‘ (Muhabbat anatomiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevmang demayman, seving. Goʻyo u sizni hech qachon tark etmaydigandek emas, bir kun ketishiga tayyor boʻlib, seving.

©️Mirach Chagʻri Oqtosh
(Oʻzingga xush kelding) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob