Kutubxona
47K subscribers
392 photos
73 videos
1.37K files
6.47K links
Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!

🎶 Audio | @Audio_Kutubxona_uz

📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot

📈 Reklama | @Marketolog1

📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona
Download Telegram
​​Hatto eng boʻlmagʻur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini gʻajib tashlaydi.

©️Epikur

Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir qarasam, doʻst-u yordan koʻnglim toʻqday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yoʻqday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, koʻzim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yoʻgʻrilganman,
Bir qarasam, endigina tugʻilganman.


©️Abdulla Oripov
(Bir qarasam) she’ri

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Odamlar orasida yolg'izlikdan boshqa dahshatli narsa yo'q.

©️Stefan Sveyg

Telegram | Instagram | Audiokitob
Men qalbimni gul kabi uzdim,
Tangrim, yubor gulga zor kasni!
Tangrim, qanday o'yinni buzdim,
Hech kimga gul kerak emasmi?!.


©Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob
Mittigina o‘zgarish vaqt o‘tishi bilan qanday natijalarga olib kelishiga aql bovar qilmaydi. Bu fikrni matematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: agar siz har kuni bir foizdan yaxshilanib borsangiz, bir yildan so‘ng yil boshidagiga nisbatan o‘ttiz yetti barobar o‘sish kuzatiladi. Aksincha, agar har kuni bir foizdan yomonlashib borsangiz, yil oxirida deyarli nolga tushib qolasiz. Kichik g‘alaba yoki mag‘lubiyat bilan boshlangan jarayon oxir-oqibatda ulkan farqqa sabab bo‘lishi mumkin.

©️Jeyms Klir
(Atom odatlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Quyosh bo'lib osmondan boqding,
Zor qilding-ku, yo'lingga- kelgin!
Men hammani olovda yoqdim,
Faqat o'zim muzladim, sevgim...


©Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitob o‘qiydigan va she'rni sevib, anglay oladigan bir qizni, shunchaki oddiy bir shaklda seva olmaysiz...

©️Onur Ünlü

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hamisha band bo'ling. Bezovtalikka giriftor bo'lgan odam hamisha o'zini ishga urishi kerak, aks holda u umidsizlik girdobida nobud bo'ladi.

©️Deyl Karnegi

Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘lganlarning xotirasiga izzat-ikrom ularning oldidagi gunohni anglashdan boshqa narsa emas. Odamlar marhumlar tirikligida ularga yetkazgan ozorlarini yuvmoqchi bo‘ladilar.

©️Erix Mariya Remark
(Uch og'ayni) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
🎹Telegram Analytics'dan @Elektron_Kutubxona jamoasi uchun ajoyib sovg'a.

🔍 Suratda 2022-yil uchun kanalimiz statistikasi. Faoliyatimizga 2 yil- u 10 oy bo'lgan bo'lsada biz bilan birga bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

↗️Kitob kanallari qatorida 2-o‘rin;
↗️Ko‘rishlar 28,9 mln+
↗️Ulashishlar 281 ming +
↗️Reaksiyalar 227 ming+
↗️Iqtibos olgan kanallar 338ta

Yangi yilni biz bilan kutib oling, Yangi yilda barcha obunachilarimizga yuqori maqsadlarga erishishlarini tilab qolamiz. Asosiysi bizdan uzoqlashmang, do'stlaringizni ham taklif qiling.

🇺🇿 @Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ulg‘ayishning yoshga aloqasi yo‘q. O‘zingning qanchalik aqlli ekaningni ko‘z-ko‘z qilishdan uzoqlashib, bor e’tiboringni ishni halol va vijdonan bajarishga qaratganingda ulg‘aygan bo‘lasan. Ko‘pchilik qanchalik keksaymasin, ulg‘ayish bosqichiga yetib borolmaydi.

©️Tomas Sauel

Telegram | Instagram | Audiokitob
Kimningdir miyasiga oʻrnatilgan soat chiqillab ishlab turibdi-yu, yana kimdadir toʻxtaydi, shunday boʻlishi kerak. Baxt va vaqt bir-biriga doim dushman boʻlib kelgan. Endi baxtiyor yashayman deganingda fursat yetmaydi, vaqt koʻpida esa baxtsizsan, yolgʻizsan!

©️Javlon Jovliyev
(Qoʻrqma) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Umrni pul uchun ishlab, bekorga sarflash, qolaversa, o‘zini go‘yo pul muhim emasday tutish ahmoqlik, to‘g‘ri, hayot puldan afzal emas, ammo shu hayotni farovon o‘tkazish uchun pulning ahamiyati katta.

©️ Robert Kiyosaki
(Pul oqimining kvadranti) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Oʻz hayotimni yashashga shunchalar eʼtibor qilibman-u, onamning ham hayoti borligini unutib qoʻyibman.

©️Reychel Lippinkott, Mikki Dotri, Tobias Iakonis
(Muhabbat masofasi) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adabiyotcha tabrik

Shirindek goʻzal, Layli misol vafodor, Kumush yanglig‘ oqila qizlar-u Otabekdek ziyoli, Majnundek sadoqatda tengsiz, Anvardek oʻktam yigitlar!!
Yangi yilingiz muborak boʻlsin!!
Olloh sizga “Avesto” umrini, “Qutadgʻu bilig” nurini ato etsin. Qadringiz
“Shohnoma” misol baland, martabangiz “Xamsa”dek buyuk boʻlsin. Navoiydek ulug‘lik, Boburdek jasorat, Nodiradek goʻzallik, Mashrabdek qalbi poklik, Yassaviydek kamtarinlik umringizni bezasin!!
Tanosubdek ajdodlarga loyiq boʻling, taʼdid misol yutuqlarga erishing, talmeh misol chaqnab yuring!
“Daftar hoshiyangizdagi 2023 - yil bitiklar”i “Ikki eshik orasidagi” maʼnili umringizni bezasin! Mashaqqat bilan “Oʻtgan kunlar”ingizning “Kecha va kunduz”i shodlik lahzalariga aylansin!!!
Bayram muborak boʻlsin!

@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎄Yangi 2023 Yil Muborak!

Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo‘lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin!

@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odamni odam deb atash uchun u qancha yo‘l bosishi kerak? Osmonni ko‘rishi uchun odam necha marta boshini ko‘tarishi kerak?

©️Elchin Safarli
(Qaytganimda uyda bo'l) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz hech kim hech narsani bilmaydigan, lekin har qanday masala bo'yicha o'z fikrini bildirmoqchi bo'lgan fikrlar jamiyatida yashayapmiz.

©️Jak Fresko

Telegram | Instagram | Audiokitob
Baxtga tog'ri fikrlash bilan, tog'ri fikrlashga tajriba bilan, tajribaga esa xato fikrlash bilan erishiladi.

©️Robin Sharma
(O'z ferrarisini sotgan rohib) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
G‘am-alam, tashvishlar ustma-ust kelib, chiday olmaydigan holga tushib qolsangiz ham, taslim bo‘lmang! Ana shundagina taqdiringiz o‘zgaradi!

©️Songul Unsal
(Kaktuslar ham gullaydi) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob
​​Xotinining farishtasifat boʻlishini orzu qilgan erkak, unga jannat yaratib berishi kerak. Chunki farishtalar jahannamda yashashmaydi.

©️Ayman Yogʻiy

Telegram | Instagram | Audiokitob