ONA TILI VA ADABIYOT. "BASIRAT" O‘QUV MARKAZI
2.94K subscribers
2.11K photos
310 videos
268 files
1.69K links
📞+998 91 521 88 24

®️ : Egamova Bog‘dagul Qosimovna
Batafsil: https://t.me/EgamovaBogdagulQosimovna/4349

MS_natijalarimiz:https: //t.me/EgamovaBogdagulQosimovna/5662

➡️Basirat o'quv markazining rasmiy telegram boti: https://t.me/basirat_uzbot
Download Telegram
"Yulduzlar mangu yonadi " tushgan.

📲Telegram
Mana bu qolipdagi savollar tushmoqda. Milliy sertifikat testlarining 8-savoli.

📲Telegram
"Tanho qayiq" tushgan 2-smenada. Gulxadichaga ta‘rif .

📲Telegram
"Alpomish" dostoni haqida berilgan to'g'ri fikr so'ralgan.

- aka-ukalarning zakot sabab ajralishi.

📲Telegram
Bunday ko'rinishdagi savollar ham bor. Milliy sertifikat testlarining 9-savoliga o‘xshash. Qanday ishlaymiz? Qo‘shimchani qo‘yib ko‘rasiz, tamom. Muhimi aynan qaysi qo‘shimcha haqida gap ketayotganligini anglab olish kerak: so‘z yasovchi top deyapdimi, lug'aviy yo sintaktik shakl yasovchimi...
Bu yerda sal boshqacharoq shaklda kelgan.

📲Telegram
Erkin A ’zamning "Tanho qayiq" dramatik hikoyasidagi Orol bobo obraziga to‘g‘ri ta’rif keltirilgan javobni aniqlang.

A) Iymon-e’tiqod borasidagi yanglish qarashlari, diniy ilmi sayozligi sababli o‘g ‘li haj ziyoratiga yo ‘llanma olib kelganida ham rad etgan inson obrazi.

B) Farzandlari mehr-oqibat ko‘rsatmoqchi bo‘lsa-da, o‘zining yoshlikdagi qilmishlaridan orlanib, farzandlarining yordamini rad etgan ota obrazi.

C) Haqiqiy e’tiqod, mustahkam iymon yuzaki bo‘lmasligi kerakligini, inson qalban poklanishi lozimligini o‘g ‘liga uqtirmoqchi bo‘lgan ota obrazi.

D) Farzandlari o‘qib, ulg‘ayib shaharda
ishlayotgan, yashayotgan bo‘lsa-da, shaharga ko‘chib ketish orzusi amalga oshmay vafot etgan ota obrazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Hayrat ul-abror" ni tahlil qilib chiqamiz. Tayyor turinglar.
Menimcha, 2-smenaga ona tilidan juda kam kishi kirgan.

Yoki savollarning bu qadar soddaligidan o'zlarini yo'qotib qo'yishgan kirganlari ham
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bugun bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari ertaga kechki payt e’lon qilinadi.

Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Soliha Sundarovna
10-sinf adabiyot tarjimalar(davomi)

21.
Shoxdan shoxga uchadi
Ohista marjon tomchi .
Bahoriy yomgʻir.
XVII asr shoiri Matsuo Basyo sheʼri. Xurshid Davron tarjimasi

22.
Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" dostonini Abdulla Oripov tarjima qilgan.

23.
Migel de Servantes Saavedraning "Don Kixot sarguzashtlari" romanini Sotiboldi Yoʻldoshev tarjima qilgan.

24.
Sochlarimni turmaklab olib,
qaramasdan oʻng-u Salimga,
minoraga chiqaman shitob,
koʻz tashlay deb daryo yoʻliga.
Unda suzar koʻplab qayiqlar,
bittasidan darak yoʻq faqat..
Quyoshning tik nurlari soʻnar
toʻlqinlarga berolmay toqat,
qumloq sohil choʻkib boradi
tunning zulmat toʻla qoʻyniga.
Van Tin-Yun sheʼri. Gulnoz Moʻminova tarjimasi

25.
Bilaman, hammaga yot erur qalbim
Va sizga tikarman gʻamgin nigohim.
Koʻzimdan yosh boʻlib toʻkilar ohim-
Mahzun shamol xazon uchirgan kabi...
Franchesko Petrarka sheʼri. Xurshid Davron tarjimasi

26.
Volfgang Gyotening "Faust" asarini Erkin Vohidov tarjima qilgan.

27.
Alvido, yor! Agar shu balo
Qismatda bor boʻlsa-alvido!
Sen berahm boʻlsang ham, ammo,
Men dushmanlik qilmasman-vido!
Alvido, yor! Sendan uzoqda,
Har bir Munis narsadan mahrum,
Qalbim azob degan tuzoqda,
Bundan ortiq boʻlarmi oʻlim?
Jorj Bayron sheʼri. Hamid Olimjon tarjimasi

28.
O, hayot ummoni, dahshatsan, dahshat!
Soʻlim siynang uzra chiqqandim yoʻlga,
Hayqira boshlading taratib dahshat!
Yurib boʻlmas ekan na ort, na oldga...
Adam Mitskevich sheʼri. Husniddin Sharipov tarjimasi

29.
Lev Tolstoyning "...Karetaga ot qoʻshilgan; lekin yamshik imirsillab yurardi..." hikoyasini M.Aliyev tarjima qilgan.

30.
Pushkinning "Yevgeniy Onegin" sheʼriy romanini Oybek, keyinchalik Mirzo Kenjabek tarjima qilgan. (Kitobdagi Mirzo Kenjabek tarjimasi)

31.
Charlz Dikkensning "Katta umidlar" romanini Shoazim Minovarov tarjima qilgan.

32.
Koʻrinadi yolgʻiz oq yelkan
Zangor dengiz tumani aro!..
Nelar izlar u yiroq eldan,
Nelar qoldi yurtida tanho?..
Toʻlqin oʻynar, shamol izillar,
Eğik machta gʻijillar ingroq...
Afsus! U na baxtini izlar,
Na baxtidan qochmoqda yiroq!
Pastda moviy toʻlqin tinmaydi,
Koʻkda quyosh qilar tilovat.
U-isyonkor, biron tilaydi ,
Boʻronlardan bordek halovat.
Mixail Lermontov sheʼri. Sulaymon Rahmon tarjimasi

33.
Oy chiqmoqchi
Koʻrindi cheti.
Soʻng muallaq qoldi havoda oppoq.
Kumush qoʻshigʻi-la
kovlab koʻrar edi
seryulduz shoʻrvasin,
chamamda xalloq.
Vladimir Mayakovskiy sheʼri. Husniddin Sharipov tarjimasi

34.
Nafasni rostlay deb
oʻtirdim vaqt davrasida.
Qanday tinch makon!
Oq doirada oq orom ,
Uchar yulduzlar ham.
Suzar atrofimda oʻn ikki raqam
Fediriko Garsia Lorka sheʼri. Shavkat Rahmon tarjimasi

35.
Jeyms Joysning "Uliss sarguzashtlari" romanini Ibrohim Gʻafurov tarjima qilgan.

36.
Mana, yana tong otmoqda.
Parij ufqida
Qutulish va erk quyoshi yuksalmoqdadir.
Quchoq ochib yangi bahor kelmoqdadir,
Itoat va qullik , zulm boʻlgʻusi tor-mor!
Qullik -bizning dushmanimiz,
Bilaylik bir bor!
Ammo...qullar qulligini anglagan zamon,
Koʻtarar isyon
Pol Elyuar sheʼri. Tohir Qahhor tarjimasi

37.
Yevgeniy Zamyatinning "Biz" romanini Mushtariy Mamadaliyeva tarjima qilgan.

38.
Erix Mariya Remarkning "Gʻarniy frontda oʻzgarish yoʻq " romanini Nizom Komil tarjima qilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Va nihoyat bugun 2-smenaga Navoiydan g‘azal tushibdi🎉🎉


"Qizil" radifli g‘azal. Topib , kanalga tashlayman. 2-smenaga " Hayrat ul-abror" tushmagan. O'rniga "Qutadg‘u bilig"dan tashlashgan.
Mana shu g‘azal tushgan.
"G‘aroyib us-sig‘ar"dan...


📲Telegram
Ogahiyning " Ustina"si bilan Furqatning "Fasli navbahor o‘ldi" g'azalidagi "Kuymasin bu savdoda ne uchun dimog‘imkim " deb boshlanadigan bayti ham tez orada abituriyеntlarga yuzini ko‘rsatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM