Edin Study
6 subscribers
182 photos
2 videos
48 links
💡 Xalqaro ta’lim

🇹🇷 Turkiyada tahsil olish imkoniyatini taqdim etamiz

🎓 #Universitet | #Litsey | #Kasbiykurslar | #TilKursi

📞 Aloqa: +905373501267
@bilol_ibrohimogli
Download Telegram
Edin Study
Photo
Turkiyaning milliy bayramlari bilan tanishing

📌 Ta‘lim olayotgan joyingiz madaniyati, odatlari va an‘analari haqida bilish sizning u yerdagi professional va ijtimoiy hayotingizni bir muncha qulaylashtirishi mumkin. Shunday ekan, keling, bugun sizni Turkiyaning o‘ziga xos bayramlari bilan tanishtiramiz!

🔸 1-yanvar — Yilbaşi, ya‘ni yangi yil bayrami. Shu bilan birga, ko‘plab Sharq mamlakatlari kabi Turkiyada ham 21-mart kuni Navro'z ayyomi nishonlanadi.

🔸 23-aprel — Milliy suverenitet va bolalar kuni hisoblanadi. Bu kunda ko‘plab o‘quv dargohlarida maxsus tadbirlar uyushtiriladi.

🔸 1‐may — mehnat va birdamlik kuni bo‘lsa, 19-may sanasida Otaturkni xotirlash va sport tantanalari kuni o‘tkaziladi.

🔸 Yoz va kuz oylarida Turkiyada davlat bayramlari boshlanadi: 15-iyul Demokratiya va birdamlik kuni nishonlansa, 30-avgustda G‘alaba kuni, 29-oktyabrda esa, Respublika kuni keng miqyosda bayram qilinadi.

✅ Shu bilan birga, o‘z navbatida Ramazon Hayiti va Qurbon Hayiti kabi diniy bayramlar ham nishonlanib kelmoqda.

❓ Turkiya haqida yana qanday ma‘lumotlarni bilishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring va biz sizga batafsil ma‘lumotni yetkazamiz!

Telegram | Instagram | Facebook
🔥1
😊 Assalomu alaykum azizlar!

✨ Barchamizga Juma ayyomi muborak bo’lsin

Telegram | Instagram | Facebook
😊 Assalomu alaykum azizlar!

✨ Barchamizga Arafa muborak bo’lsin

Telegram | Instagram | Facebook
Aziz vatandoshlar

🕌 Barchangizni musulmon ahlining eng go‘zal ayyomlaridan biri Iyd al-Adha — Qurbon Hayiti bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz.

🌙 Oilangizni fayz va barokat tark etmasin. Oilangizga hamisha hotirjamlik va ahillik hamroh bo‘lsin. Ezgu niyatlar ro‘yobi hamisha siz bilan birga bo‘lsin!

✨ Farovon Yurtimiz doimo tinchlik va osudalikda gullab-yashnasin. Barchaga ayyom muborak!

Telegram | Instagram | Facebook
Turkiya universitetlarida oʻqishingiz uchun TOP-10 yoʻnalishlar

🎓 Xorijda oʻqish yaxshi, xorijdagi eng talabgir yoʻnalishlarda oʻqish undan ham yaxshi! Shunday ekan, bugun sizni professional olamdagi bugun va kelajakning eng dolzarb yoʻnalishlari bilan tanishtiramiz.

🔝 Qaysi sohalar eng katta talabga ega, qanday mutaxassislar jamiyatimiz va dunyo maydonida muhim o‘rin tutmoqda — bularning barchasi haqida batafsil bilishni istasangiz, shunchaki karuselni aylantiring!

🔔 Yuqoridagi sohalar boʻyicha eng yaxshi oliygohlarda oʻqib, dunyo miqyosidagi sifatli taʼlimga ega boʻlishni istaysizmi? U holda hoziroq izohlarda ➕ belgisini qoldiring va bepul konsultatsiya oling!

Telegram | Instagram | Facebook
❤1🔥1
Edin Study
Photo
Talabalar uchun eng yaxshi shaharlar qaysilar ekanligini bilasizmi?

🤩 Albatta, ularga har tomonlama rivojlanishga yordam beradigan shaharlar! Hozir Turkiyadagi talabalar ko'nglidan joy olgan eng yaxshi shaharlar ro‘yxati bilan tanishib olasiz.

1⃣ Izmir — Yunonlar tomonidan asos solingan va 15 asrda Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kiritilgan ushbu shahar yodgorliklari talabalarga tarix, arxeologiya va me'morchilik bo‘yicha beqiyos ma‘lumotlar berishi mumkin.

2⃣ Mersin — xurmo bilan o‘ralgan sohildagi xiyobonlar, shinam bog‘lar, Yevropa uslubidagi mehmonxonalar, savdo markazlari yoshlar uchun ajoyib xordiq maskani bo‘lib xizmat qiladi.

3⃣ Anqara — poytaxt shahar muhtasham opera teatri va simfonik orkestri bilan butun dunyoga mashhur. Ushbu shahar musiqiy va ijodiy yo‘nalish talabalarining eng sevimli go‘shalaridan biridir.

4⃣ Istanbul — jo‘shqin, ko‘p millatli va betakror muhitga ega bu shahar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. U o‘zining lutfi va cheksiz imkoniyatlari bilan sizni ilk tashrifdayoq o‘ziga jalb qilib oladi.

😎 Shu shaharlardan birida o‘qishni istarmidingiz? Javobingiz "ha" bo‘lsa, izohlarda ➕ qoldiring. Biz sizga bepul konsultatsiya taqdim etamiz!

Telegram | Instagram | Facebook
🔥1
😊 Assalomu alaykum azizlar!

✨ Barchamizga Juma ayyomi muborak bo’lsin

Telegram | Instagram | Facebook