Edin Study
6 subscribers
182 photos
2 videos
48 links
💡 Xalqaro ta’lim

🇹🇷 Turkiyada tahsil olish imkoniyatini taqdim etamiz

🎓 #Universitet | #Litsey | #Kasbiykurslar | #TilKursi

📞 Aloqa: +905373501267
@bilol_ibrohimogli
Download Telegram
Turkiya universitetlarida kirish imtihonlari bo‘ladimi?

🎓 So‘ngi vaqtlar ko‘p yangrayotgan "imtihonsiz talaba bo‘lish" kabi iboralar hammani chalg‘itib qo'yishi aniq. Aslida, siz boshqa bir davlatda qulay shartlar va imtiyozlar asosida o‘qish uchun ma‘lum bir imtihonlardan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

📌 Ammo, tashvishga hojat yo‘q. Chunki, Turkiya universitetlarida kirish imtihonlari bir necha fanlardan sinashga emas, asosan til ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.

📋 Xalqaro talabalar, Turkiya oliygohiga qabul qilinish uchun birinchi navbatda YÖS imtihonidan o‘tishingiz lozim. Ba‘zi hollarda esa, TÖMER imtihonini topshirish orqali ham talaba bo‘lishingiz mumkin.

☝️ “TÖMER imtihoniga tayyor emasman, bu kabi holatda qanday yo’l tutsa bo’ladi?” - Hech ham havotir olmang. Turkiyada ushbu imtihonga tayyorlov kurslari ham mavjud.

👩‍💻 Imtihonlarni topshirish bo‘yicha bepul konsultatsiya olishni istasangiz, izohlarda ➕ belgisini qoldiring!

📞 Murojaat uchun: +905373501267

Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Turkiyada o‘qish uchun turk tilini bilish kerakmi?

✅ Turkiyada o‘qishni tanlagan bo‘lsangiz, turk tilini bilish hayotingizni bir muncha yengillashtirishi mumkin.

🚀 Chunki, ta‘lim tili ingliz yoki nemis tili bo‘lgan oliygohda o‘qisangiz ham, baribir kundalik hayotda turk tilida muloqot qilishingizga to'g'ri keladi. Mahalliy davlat tilini bilish moddiy va ruhiy qiyinchiliklarning oldini olishga yordam beradi.

🇹🇷 Universitetingizning ta‘lim tili turk tilida bo‘lsa-ku, siz bu tilni belgilangan darajada bilishingiz muhim shartlardan biriga aylanadi.

🤩 Agar siz hali turk tilini bilmasangiz, bizda siz uchun ajoyib taklif bor!

👇 Hoziroq izohlarda ➕ belgisini qoldiring, biz sizga eng tezkor va samarali til kursi haqida ma‘lumot beramiz.

Telegram | Instagram | Facebook
👍2🔥1
Edin Study
Photo
Turkiyada o‘qishning bir qator afzalliklari mavjud

📜 Birinchidan, Turkiya universitetlarining diplomi Yevropa mamlakatlari va AQShda yuqori baholanadi. ECTS tizimi esa, talabalarga Turkiyadagi o‘qishlarini keyinroq boshqa Yevropa mamlakatida davom ettirish imkonini beradi.

💵 Ikkinchidan, siz yuqori sifatli ta‘lim tizimida ancha hamyonbop narxda o‘qishingiz mumkin. Masalan, Turkiyada bakalavr bosqichi uchun yillik to‘lov 2000- 40000 dollarni tashkil etsa, magistratura uchun 4500 -12000 dollargacha yillik to‘lov belgilanadi. Doktorantura bosqichida ham o'rtacha 6700 -27000 dollar to‘lov asosida ta‘lim olish mumkin.

🗂 Uchinchidan, Yevropa miqyosida yuqori bahonaluvchi diplom va sifatli ta‘lim sababli ishga joylashishda ham ustunlikka ega bo‘lasiz. Shuningdek, Turkiyadagi biznes sharoiti sababli turk, ingliz yoki rus tillarini biluvchi bitiruvchilar ish bo‘yicha yaxshi takliflarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

✈️ Asosiysi, Turkiyada o‘qish uchun viza olish boshqa har qanday mamlakat bilan qiyoslaganda ancha oson hisoblanadi. Shunday ekan, sizda viza borasida ortiqcha tashvishlanishga hojat bo‘lmaydi.

🤩 Betakror iqlim, go‘zal shaharlar, Yevropa va Sharq madaniyati mohirona uyg‘unlashtirgan mamlakatda tahsil olishni istasangiz, hoziroq biz bilan bog'laning!

📞 Aloqa uchun: +905373501267

Bepul konsultatsiya olish uchun izohlarda ➕ belgisini qoldiring.


Telegram | Instagram | Facebook
👍1🔥1
YÖS imtihoni haqida bilasizmi?

Agar javobingiz "yo‘q" bo‘lsa, postni diqqat bilan o‘qing!

📑 YÖS imtihoni Turkiya universitetlarida xalqaro talabalarni o‘qishga qabul qilish uchun qo'llaniladi. Ushbu imtihon umumiy sonda 80 ta savoldan iborat bo‘ladi.

⬇️ Savollar quyidagi tartibda tuzilgan:

— 40 tasi matematikaga oid;
— 10 tasi geometriyaga oid;
— 30 tasi umumiy fikrlash qobiliyati va mantiq bo‘yicha.

📌 Jami 80 ta savollar uchun 130 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon natijalari esa, universitetlar tomonidan e‘lon qilinadi.

YÖS imtihonini qanday topshirish mumkinligi sizga qiziqmi? U holda izohlarda ➕ belgisini qoldiring va biz sizga to‘liq ma‘lumotni beramiz!

📞 Aloqa uchun: +905373501267

Telegram | Instagram | Facebook
👍1🔥1