ESSENCE.
1.09K subscribers
93 photos
20 videos
18 links
Shaxsiy vlog!!

“Har bir fikr — ichki dunyoning soyasi.
Bu yerda siz soyalarni o‘qiysiz.”

Kanalni oz bolsa ham qollab quvvatlamoqchi bolsangiz :

https://tirikchilik.uz/fikr
Har bir qollab quvvatlovchilar uchun oldindan rahmat !!!
Download Telegram
❤‍🔥32🔥2
Menda bir savol bor lekin bu savolni qanday berishni ham qanday talqin qilishni ham bilmayabman togrisi
2❤‍🔥1🔥1
Shularni oqib birinchi oylagan narsangizni yozing
🔥31❤‍🔥1😢1
Odamning asl yuzi
u g’azablanganda emas…

Senga endi ehtiyoji qolmaganda bilinadi.

Ana o’shanda kim seni hurmat qilgani,
kim esa faqat foyda izlagani ayon bo’ladi.
💯4❤‍🔥21💘1
ESSENCE.
Shularni oqib birinchi oylagan narsangizni yozing
Iltimos shunchaki kitoblarni varoqlab yurishdan foyda yoq axir kaktuslar ham gullaydi degandek kitoblarni oqib yuraversangiz shunday oddiy yolgonlarga ham aldanaverasizlar axir shunchaki biroz fikrlab boshqa javoblarni ham oylab koringlar !!!
1🤔1
Sizlarga ozroq yordam beraman mayli yozuvlarga emas suratlarga ham etbor bering ozroq
Mayli bu mavzuni boshqa safar gaplashamiz
💘1
Ba’zi odamlar hayotingizga baxt olib kiradi.

Ba’zilari esa…
Kimni hayotingizga kiritmaslik kerakligini o’rgatadi.

Har bir uchrashuv — sovg’a emas.
Ba’zisi sinov.

Har bir ketgan inson — yo’qotish emas.
Ba’zisi qutulish.

Biz ko’pincha ketganlarni sog’inamiz.
Aslida esa…
Ular bilan ketgan xotiralarni sog’inamiz.

Vaqt o’tadi.
Bir kuni ortga qarab kulasiz.

“Yaxshiyam ketgan ekan…”
degan jumla,
ba’zan eng katta xotirjamlik bo’ladi.
3💘2❤‍🔥11🕊1
ESSENCE.
Shularni oqib birinchi oylagan narsangizni yozing
Nega sizlardan buni soraganim qiziqmi???
🔥3💯2🥰1💘1
Menimcha, bu post ayollar huquqlari haqida emas, ko’proq ma’lum bir obraz orqali fikr shakllantirishga urinayotgan propaganda elementlariga ega.

Agar maqsad haqiqatan ham ayollar duch kelayotgan muammolarni ko’rsatish bo’lganida, nega faqat burqa kiygan ayollar tanlandi?

Nega urush tufayli azob chekayotgan Sudan ayollari emas?

Nega qashshoqlik va zo’ravonlikdan aziyat chekayotgan Kongo Demokratik Respublikasi ayollari emas?

Nega kartellar sabab qo’rquvda yashayotgan Meksika ayollari emas?

Nega majburiy nikoh yoki inson savdosidan aziyat chekayotgan boshqa mamlakatlardagi ayollar emas?

Ammo aynan burqa kiygan ayol tanlanadi. Natijada tomoshabinda muammo inson huquqlarida emas, balki burqa yoki Islomning o’zida degan tasavvur paydo bo’lishi mumkin.

Vaholanki, dunyoda millionlab ayollar hijob yoki burqani o’z e’tiqodi va shaxsiy tanlovi bilan kiyadi. Insonning erkinligini uning kiyimiga qarab o’lchab bo’lmaydi.

Yana bir tavsiya. “Halqa” kitobini o’qib ko’ring. Bu kitob faqat shu mavzu haqida emas. Unda tarix, siyosat, mafkura va jamiyat qanday qilib asta-sekin o’zgarishi, voqealarning ortidagi sabablarni tushunishga yordam beradigan ko’plab fikrlar bor. Shuning uchun har qanday rasm yoki postga faqat hissiyot bilan emas, balki tarixiy va ijtimoiy kontekstni ham hisobga olib qarash foydali.

Ba’zan bitta surat mingta hissiyot uyg’otadi. Ammo bitta kitob mingta surat yashirgan haqiqatni ochib beradi.

“ Halqa “ bir ayolning kichik hikoyasi haqida aytiladi uning shunday erkinlik haqidagi hayollari bor aynan shu hayollari real hayotdagi haqiqatlari yozilgan va sizlar bilan o’sha Afg’oniston qanday qilib bugunngi kunga yetib kelgani haqida ham kichik malumotlar berilgan
🔥41❤‍🔥1💘1
Bir kuni shunday savol berdim o’zimga:

— Men aslida nimadan charchadim?

Ishdanmi?

Yo’q.

Odamlardanmi?

Yo’q.

Unda nimadan?

Har narsani ichimda saqlashdan.

“Mayli…” deb o’tib ketgan gaplarimdan.

“Hech narsa bo’lmadi…” deb yashirgan og’riqlarimdan.

Ba’zan insonni hayot emas…

Gapirmagan gaplari charchatadi.

Yoki yana bitta:

Hayot qiziq.

Siz kimnidir yo’qotmaslik uchun qo’lingizdan kelganini qilasiz.

U esa sizni yo’qotishdan umuman qo’rqmaydi.

Ana shunda tushunasiz…

Ba’zi munosabatlar tugamaydi.

Ular faqat bir tomonlama davom etadi.
❤‍🔥2🔥21🥰1💘1
Men bitta narsani tushundim.

Bu hayotda oldinga yurish uchun faqat maqsadning o’zi yetmas ekan.

Senga quvvat manbai ham kerak.

Chunki insonni yiqitadigan narsa ko’p:
charchoq,
hafsalasizlik,
xiyonat,
muvaffaqiyatsizlik,
yolg’izlik…

Shunday paytlarda seni yana oyoqqa turg’azadigan bir narsa bo’lishi kerak.

Kim uchundir bu — ota-onasining duosi.
Kim uchundir — farzandi.
Kim uchundir — orzusi.
Kim uchundir esa — Allohga bo’lgan ishonchi.

Quvvat manbai bo’lmagan odam…
Bir kuni albatta to’xtab qoladi.

Shuning uchun o’zingizdan vaqti-vaqti bilan so’rang:

“Meni har safar yana oldinga yurishga majbur qilayotgan narsa nima?”

Agar bu savolga javobingiz bo’lsa,
demak siz hali uzoq yo’l bosasiz.
❤‍🔥2🔥2🥰1💘1
Bugun uchun kichik lekin muhim o’zlashtirish
1🔥1💘1