ESSENCE.
1.09K subscribers
93 photos
20 videos
18 links
Shaxsiy vlog!!

“Har bir fikr — ichki dunyoning soyasi.
Bu yerda siz soyalarni o‘qiysiz.”

Kanalni oz bolsa ham qollab quvvatlamoqchi bolsangiz :

https://tirikchilik.uz/fikr
Har bir qollab quvvatlovchilar uchun oldindan rahmat !!!
Download Telegram
Ba’zida oilang senga qarshi turgandek tuyuladi.

Aka-ukalaring, opa-singillaring, ota-onang seni shunchalar hafa qiladigan ishlar qilishadiki, ichingda: “Men ularni hech qachon kechirmayman,” deysan.

Lekin vaqt o’tadi…

Va bir kun tushunasan:
hamma ketishi mumkin.
Do’stlar uzoqlashadi.
Taniganlaring o’z yo’lidan ketadi.

Ammo eng og’ir kunlaringda, yoningda qoladigan insonlar ko’pincha aynan oilang bo’ladi.

Shuning uchun g’azab o’tkinchi ekanini, oila esa bebaho ne’mat ekanini kech bo’lmasidan anglash kerak.
🔥3💘2❤‍🔥11🥰1💯1
Siz bu dunyodan adolat kutmang. Adolat o’zingiz bo’ling.

Har kim hayotida bir kun adolatsizlikka duch keladi.

Kimdir tug’ilganining o’zini adolatsizlik deb biladi.

Yosh yigit yoki qizni ishontirishadi:

“Yaxshi o’qisang, hammasi yaxshi bo’ladi.”

U ishonadi.

Tinmay o’qiydi.
Maktabning eng oldi o’quvchilaridan bo’ladi.
Olimpiadalarda qatnashadi.
Tuman bosqichi, viloyat bosqichi…

Nihoyat respublika bosqichiga chiqish uchun yana bir o’quvchi bilan teng keladi.

Shunda qulog’ingizga shunday gap chalinadi:

“Ikkingizdan kim ko’proq 💵 bersa, respublika bosqichiga o’sha o’tadi…”

Shu bir og’iz gapning o’zi ba’zan yillar davomida qurilgan ishonchni larzaga keltiradi.

Siz esa barcha mehnatingizni ortda qoldirib, umidsizlik bilan qaytasiz.

Yana sizni ishontirishadi:

“Kelajak hali oldinda. Oliy ta’limga kir. O’zingni ko’rsat.”

Yana ishonasiz.

Yana kurashasiz.

Diplom olasiz.

Va katta hayot boshlanadi.

Ish qidirsangiz — tajriba so’rashadi.

Tajriba orttirish uchun esa avval ish kerak.

Shunda ayrimlarning:

“Diplomni shashlik pishirishga ishlatasan,” degan achchiq kinoyasi nega paydo bo’lganini tushuna boshlaysiz.

Lekin umidingiz ham, adolatga bo’lgan ishonchingiz ham so’nmasin.

Chunki yo’l hali tugamagan.

Biz hali yo’l boshidamiz.

Hammasi yaxshi…

Hammasi yaxshi.
🔥3💘2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu desangiz, men hech filmlarni shunchaki ko'rolmayman 🎬. Har bir kitobdan qanday xulosa olishga harakat qilsam, filmlardan ham shunday... 📚
❤‍🔥1🌚1💘1
Shu konkurscha qatnashib kormoqchiman agar qollab quvvatlab tursangizlar nima deysizlar mabodo yutib qolsa ozimni kanal azolaridan birlariga beramiz kitob sotib olish maqsadida
❤‍🔥11🔥1🥰1🌚1💘1
Forwarded from Bintu Bilal_bot
Bintu Bilal o'zining 5 kunlik konkursiga start berdi.
Qatnashing va pul yutuqlarini qo'lga kiriting 😍

1 - o'rin 250 ming
2 - o'rin 150 ming
3 - o'rin 100 ming
4 - o'rin 50 ming
5- o'rin 50 ming

Konkurs atigi 5 kun davom etadi.
Boshlandi : 3 ~ iyul

Tugashi: 7 ~ iyul 23:00

https://t.me/BintuBilalbot?start=7228483767
❤‍🔥11💘1
Yo’q kerak emas desangiz qatnashmaymiz har holda bir ozim 135 ta odam yig’aolmayman axir
❤‍🔥2😁1💘1
Bizni natijamiz
💘2🔥1
Forwarded from Bintu Bilal_bot
🚀 Loyihamizda hozirga qadar eng ko'p ball to'plagan ishtirokchilar ro'yxati:

🏅1-o'rin 𝐑𝐮𝐦𝐚𝐲𝐬𝐨) 220
🏅2-o'rin 🎀 135
🏅3-o'rin 🪐 125
🏅4-o'rin 🍃 95
🏅5-o'rin Xolmirzayev Sai 90
🏅6-o'rin مُهِبَ🫀 70
🏅7-o'rin أ. 55
🏅8-o'rin Salohiddin Arob 45
🏅9-o'rin Muxlisa Mahkamo 35
🏅10-o'rin Райимова. 35


Sizda 45 ball mavjud va yanada ko'proq ball yig'ishni davom eting!
💘2❤‍🔥11🔥1
Faol bolayotganlarga rahmat
💘2❤‍🔥11🔥1
Odam o’zgarmaydi, deyishadi.

Aslida esa odam o’zgaradi.

Uni dard o’zgartiradi.
Xatolar o’zgartiradi.
Xiyonat o’zgartiradi.
Mas’uliyat o’zgartiradi.

Lekin eng go’zal o’zgarish —
insonning o’z xatosini tan olib,
undan saboq chiqarishidir.
👍21❤‍🔥1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu ham muhim bo’lmagan post
❤‍🔥1🔥1🥰1
ESSENCE.
Bu ham muhim bo’lmagan post
Ba’zan muhim bo’lmagan postlarni ham yozib turaman.

Nega?

Chunki men ham hamma savollarga javob topgan inson emasman.

Ba’zi satrlarni boshqalarga emas,
o’zimga yozaman.

Ba’zi fikrlarni o’rgatish uchun emas,
tushunishga harakat qilayotganim uchun yozaman.

Har bir yozgan satrimning javobi menda ham bo’lavermaydi.

Ba’zi fikrlar xulosa emas,
izlanishdir.

Men sizga haqiqatni o’rgatmoqchi emasman.

Shunchaki birga o’ylashni xohlayman.

Balki shu sababli bu kanalning nomi **“ESSENCE”**dir.
🔥2❤‍🔥111💯1💘1
Nima deysizlar bu fikrlarga???
❤‍🔥3🔥1