ESSENCE.
1.09K subscribers
93 photos
20 videos
18 links
Shaxsiy vlog!!

“Har bir fikr — ichki dunyoning soyasi.
Bu yerda siz soyalarni o‘qiysiz.”

Kanalni oz bolsa ham qollab quvvatlamoqchi bolsangiz :

https://tirikchilik.uz/fikr
Har bir qollab quvvatlovchilar uchun oldindan rahmat !!!
Download Telegram
🌿 Nega ba’zi xotiralar unutilmaydi?

Hayotimizda minglab kunlar o’tadi.

Lekin ayrim lahzalar yillar o’tsa ham xotiramizda qoladi.

Qizig’i, ular doim ham eng katta voqealar bo’lmaydi.

Ba’zan oddiy bir suhbat.

Bir insonning samimiy gapi.

Yoki kutilmagan bir yaxshilik.

Biz voqealarni emas, ular bizga bergan tuyg’ularni eslab qolamiz.

Shuning uchun ham ba’zi insonlar yodimizda umr bo’yi yashaydi.

Ular bizga katta sovg’alar bergani uchun emas.

Balki qalbimizga tegadigan iz qoldirgani uchun.

🌱 Insonning qadri uning qancha gapirganida emas, qancha iz qoldirganidadir.

Essence 🌿 ☕️
3❤‍🔥2🔥1💘1
🌿 Ba’zi eshiklar yopilishi kerak

Hayotda har bir yo‘qotish ham yo‘qotish emas.

Ba’zan ketgan inson, amalga oshmagan reja yoki yopilgan eshik biz o‘ylaganchalik yomon bo‘lmaydi.

Lekin o‘sha paytda buni tushunish qiyin.

Biz ketgan narsaga qarab qolamiz.

Qolgan narsalarni esa sezmaymiz.

Oradan vaqt o‘tadi.

Shunda anglaymiz:

Agar o‘sha eshik ochiq qolganida, bugungi joyimizga kelolmas ekanmiz.

Har bir yakun ortida yangi bir boshlanish yashirinadi.

Faqat uni ko‘rish uchun ortga emas, oldinga qarash kerak.

🌱 Ba’zan hayot sizga xohlaganingizni bermaydi. Chunki undan yaxshirog‘ini tayyorlayotgan bo‘ladi.

Essence 🌿 ☕️📖
1❤‍🔥1🔥1💘1
Dengiz haqida ko‘p gapirishadi.

Uning bo‘ronlari haqida.

Uning tubsizligi haqida.

Cho‘ktirgan kemalari haqida.

Lekin bir narsani unutishadi.

Dengiz hech kimni chaqirmaydi.

Odamlarning o‘zi unga qarab yuradi.

To‘lqinlar ortida baxt bor deb o‘ylaydi.

Har safar.

Yana va yana.

Holbuki, bu yo‘lda qancha yuraklar parchalangan.

Qancha orzular suvga g‘arq bo‘lgan.

Qancha insonlar o‘zini yo‘qotgan.

Shunday bo‘lsa ham odamzod o‘zgarmaydi.

Cho‘kkanlarni ko‘radi.

Azob chekkanlarni ko‘radi.

Lekin navbat o‘ziga kelganda:

“Menda boshqacha bo‘ladi”, deb o‘ylaydi.

Va yana dengiz sari yuradi…

Balki insonning eng katta ojizligi ham shudir:

U eng ko‘p yaralangan joyiga eng ko‘p qaytadi. 🌊🖤
❤‍🔥1💘1
🌿 Ko‘ngilning eng katta fojiasi sinishida emas. Uni sindirgan odamning bunga arzimaganini kech tushunishidadir. 🖤


🏺 Ko‘za

Ko‘za hech qachon o‘zidan qo‘rqmaydi.

U doim uni ushlab turgan qo‘llardan qo‘rqadi.

Chunki sinish taqdirdan emas,

ko‘pincha beparvolikdan boshlanadi.
4❤‍🔥3💯1💘1
Salom, Qadrdonlar! 👋 Bugun kichik bir savol bilan yuzlanmoqchiman: siz nima uchun kitob o'qiyapsiz? 📚 Kitob o'qish sizga nima beradi?
❤‍🔥2💘2🥰1💯1
ESSENCE.
Salom, Qadrdonlar! 👋 Bugun kichik bir savol bilan yuzlanmoqchiman: siz nima uchun kitob o'qiyapsiz? 📚 Kitob o'qish sizga nima beradi?
Shaxsiy : 📚 Men kitoblarni vaqt o‘tkazish uchun o‘qimayman.

Ko‘pchilik kitobni voqeasi uchun o‘qiydi.

Men kitoblarni yechim izlash uchun o‘qiyman.

Har bir kitob menga hayotimdagi bir savolning javobini beradi.

Ba’zida sabrni.

Ba’zida insonni tushunishni.

Ba’zida esa o‘zimni.

Masalan, “Yashamoq” menga hayot har doim adolatli bo‘lmasligini, lekin shunga qaramay yashashning o‘zi ham jasorat ekanini o‘rgatdi.

“Telba” esa menga jamiyatning “telba” deb atagan odami ba’zan eng erkin fikrlaydigan inson bo‘lishi mumkinligini anglatdi.

Yaxshi kitob sizga yangi hayot bermaydi.

Lekin hayotingizga yangi nigoh beradi.

Shuning uchun kitobni “nima bo‘ladi ekan?” deb emas,

“Men bundan nimani o‘rganaman?” degan savol bilan o‘qishga harakat qilaman.

🌿 Har bir kitob — javobi ichiga yashirilgan savoldir. Uni topish esa o‘quvchining o‘ziga bog‘liq.

Essence 🌿
🔥1💘1
Rostini aytsam, sizlarning fikrlaringizni o’qib xursand bo’ldim.

Men post yozaman, lekin kanalni qiziqarli qiladigan narsa — sizlarning fikrlaringiz. Shu sabab bu yerda yuksak fikrlaydigan insonlar yig’ilayotganidan xursandman.

Barchangizga rahmat. Umid qilamanki, hali oldinda bundan ham mazmunli suhbatlar bo’ladi. 📚
💘3❤‍🔥1😇1
#shunchaki

Siz shunday bo'ling:
Insonlar siz bilan suhbat qurgan payt qalblari orom olsin, g'amlari biroz bo'lsada arisin...❤️

Siz shunday bo'ling:
Siz haqingizda eshitsalar yoxud o'ylasalar yuzlariga tabassum yugursin...❤️

Siz shunday bo'ling:
Ko'rar ko'zlar va eshitar quloqlarga o'zida g'am-qayg'usi yo'qdek ko'rining. Dardi borlarga malham bo'la oling...❤️

Siz shunday bo'ling:
Sog'insinlar, eslasinlar, qumsasinlar, suhbatingizni istasinlar...
So'zlaringiz, maslahatlaringiz ularni HAQNING ishqida yondirsin Unga yaqinlashtirsin...
4❤‍🔥2💘1
🤍 “Qalbga xat”

Go‘yoki noma’lum insonga yozilgan maktub.

“Agar bugun charchagan bo‘lsang, dam ol. Taslim bo‘lishga shoshilma.”
5❤‍🔥1🥰1👏1
Kuyma, yorim, kuydirmagin, kuyma, yor,
Bir yaxshiga bir yomon har joyda bor.
Ikki yaxshi yashnagan joy qayda bor?..
Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay…


Muhammad Yusuf
🔥3❤‍🔥11🥰1💘1
ESSENCE.
Kuyma, yorim, kuydirmagin, kuyma, yor, Bir yaxshiga bir yomon har joyda bor. Ikki yaxshi yashnagan joy qayda bor?.. Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay… Muhammad Yusuf
Muhammad Yusufning sherlarini nega yoqtiraman? 🤔 Chunki uning har doim sherlarida tabiiylik bo'lgan! 📜
🔥4❤‍🔥11🥰1💘1
Menda shunday xotira borki…

Keraksiz qancha narsa bo’lsa, hammasi esimda turadi.

Yoshlikda bir turkcha qo’shiq eshitgandim. Unda:

“Başkasının karısına ben şiir yazarım.”

degan joyi bor edi.

O’shanda o’ylardim:

— Nega endi boshqaning xotiniga she’r yozishi kerak?

Oradan yillar o’tdi.

Ba’zan men ham nimalarnidir qoralab qolaman. Shunda o’sha qo’shiq yodimga tushadi.

O’ylab qolaman…

Men hozir yozayotgan bu satrlarni ham shunchaki ilhom kelib yozayapmanmi?

Yoki kimdir tufayli ilhom kelib yozyabmanmi?

Bilmayman…




“ Muhim bo’lmagan post “
❤‍🔥3🔥2👍1💘1
Ba’zida oilang senga qarshi turgandek tuyuladi.

Aka-ukalaring, opa-singillaring, ota-onang seni shunchalar hafa qiladigan ishlar qilishadiki, ichingda: “Men ularni hech qachon kechirmayman,” deysan.

Lekin vaqt o’tadi…

Va bir kun tushunasan:
hamma ketishi mumkin.
Do’stlar uzoqlashadi.
Taniganlaring o’z yo’lidan ketadi.

Ammo eng og’ir kunlaringda, yoningda qoladigan insonlar ko’pincha aynan oilang bo’ladi.

Shuning uchun g’azab o’tkinchi ekanini, oila esa bebaho ne’mat ekanini kech bo’lmasidan anglash kerak.
🔥3💘2❤‍🔥11🥰1💯1
Siz bu dunyodan adolat kutmang. Adolat o’zingiz bo’ling.

Har kim hayotida bir kun adolatsizlikka duch keladi.

Kimdir tug’ilganining o’zini adolatsizlik deb biladi.

Yosh yigit yoki qizni ishontirishadi:

“Yaxshi o’qisang, hammasi yaxshi bo’ladi.”

U ishonadi.

Tinmay o’qiydi.
Maktabning eng oldi o’quvchilaridan bo’ladi.
Olimpiadalarda qatnashadi.
Tuman bosqichi, viloyat bosqichi…

Nihoyat respublika bosqichiga chiqish uchun yana bir o’quvchi bilan teng keladi.

Shunda qulog’ingizga shunday gap chalinadi:

“Ikkingizdan kim ko’proq 💵 bersa, respublika bosqichiga o’sha o’tadi…”

Shu bir og’iz gapning o’zi ba’zan yillar davomida qurilgan ishonchni larzaga keltiradi.

Siz esa barcha mehnatingizni ortda qoldirib, umidsizlik bilan qaytasiz.

Yana sizni ishontirishadi:

“Kelajak hali oldinda. Oliy ta’limga kir. O’zingni ko’rsat.”

Yana ishonasiz.

Yana kurashasiz.

Diplom olasiz.

Va katta hayot boshlanadi.

Ish qidirsangiz — tajriba so’rashadi.

Tajriba orttirish uchun esa avval ish kerak.

Shunda ayrimlarning:

“Diplomni shashlik pishirishga ishlatasan,” degan achchiq kinoyasi nega paydo bo’lganini tushuna boshlaysiz.

Lekin umidingiz ham, adolatga bo’lgan ishonchingiz ham so’nmasin.

Chunki yo’l hali tugamagan.

Biz hali yo’l boshidamiz.

Hammasi yaxshi…

Hammasi yaxshi.
🔥3💘2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu desangiz, men hech filmlarni shunchaki ko'rolmayman 🎬. Har bir kitobdan qanday xulosa olishga harakat qilsam, filmlardan ham shunday... 📚
❤‍🔥1🌚1💘1
Shu konkurscha qatnashib kormoqchiman agar qollab quvvatlab tursangizlar nima deysizlar mabodo yutib qolsa ozimni kanal azolaridan birlariga beramiz kitob sotib olish maqsadida
❤‍🔥11🔥1🥰1🌚1💘1
Forwarded from Bintu Bilal_bot
Bintu Bilal o'zining 5 kunlik konkursiga start berdi.
Qatnashing va pul yutuqlarini qo'lga kiriting 😍

1 - o'rin 250 ming
2 - o'rin 150 ming
3 - o'rin 100 ming
4 - o'rin 50 ming
5- o'rin 50 ming

Konkurs atigi 5 kun davom etadi.
Boshlandi : 3 ~ iyul

Tugashi: 7 ~ iyul 23:00

https://t.me/BintuBilalbot?start=7228483767
❤‍🔥11💘1