Edu.uz
131K subscribers
24.2K photos
5.1K videos
239 files
13.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Ishonch Tel.: 1006 (2)

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#e’tirof

Davlat mukofoti sovrindorlariga Vazir tabrigi yetkazildi

Xabaringiz bor, Prezident farmoniga binoan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimining 4 nafar fidoyisi mukofotlangan edi.

Shu munosabat bilan vazir I.Abdurahmonovning qutlov tabrigi e’tirof etilganlarga yetkazilib, mehnat jamoasi ishtirokida o‘qib eshittirildi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Axmedshina Faniya Avzalovna
- Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori;

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Zoirova Aziza Ibragimovna
– Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri;

“Do‘stlik” ordeni bilan

Lyan Yekaterina
– Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri;

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi – Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlarining birinchi forumiga yurtimizdan tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Millat yetakchisi muzeyi hamda Millat yetakchisi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan forumning amaliy boshlanishi sifatida toʻldirilgan reallik texnologiyasi asosida ishlaydigan AR-gid sovgʻa qilindi. Millat yetakchisi muzeyida mazkur doʻstona tuhfa taqdimoti oʻtkazildi.

Shuningdek, muzeylarning virtual versiyasini ishlab chiqish taklif etilib, Samarqanddagi Sadriddin Ayniy muzeyi misolida namoyish etildi.



Делегация нашей страны под руководством министра высшего образования, науки и инноваций И.Абдурахмонова, прибывшая на первый узбекско-таджикский Форум ректоров, посетила Музей Лидера Нации и Научно-исследовательский институт Лидера Нации.

В преддверии форума Министерством высшего образования, науки и инноваций передан в качестве подарка AR-гид на основе технологии дополненной реальности. Презентация AR-гида состоялась в Музее Лидера Нации.

Также было предложено разработать виртуальную версию музеев, что было продемонстрировано на примере музея Садриддина Айни в Самарканде.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Tojikiston oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik yanada kengayadi

Xabar berilganidek, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib turibdi. Bugun vazir Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar qo‘shma ilmiy tanlovlar loyihalarini o‘tkazish, talaba va yosh olimlarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida startap loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish sohasida ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, nanotexnologiya, geologiya, biotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa sohalarda chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

👉Batafsil ushbu havolada

〰️〰️〰️

Будет расширяться сотрудничество с высшими образовательными учреждениями Таджикистана

Как сообщалось ранее, делегация во главе с министром высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан И.Абдурахмоновым в настоящее время находится в городе Душанбе. Сегодня министр Иброхим Абдурахмонов провел официальную встречу с министром образования и науки Республики Таджикистан Рахимом Саидзода.

Стороны обсудили вопросы проведения совместных конкурсов научных проектов, налаживания академических обменов студентов и молодых ученых, реализации стартап-проектов среди молодежи, налаживания сотрудничества в сфере цифровизации, проведения углубленных исследований в области нанотехнологий, геологии, биотехнологии, искусственного интеллекта и др.

👉Подробно

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Forum
#LIVE

Ayni paytda Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi oʻz ishini boshladi

Forum ishtirokchilari dastlab Tojikiston oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion sohadagi yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishishdi. Unda universitet yosh olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan.

Forumning ochilish marosida ikki davlat vazirlik va idoralar masʼullari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Batafsil👉https://edu.uz/uz/news/view/5196



Начал свою работу I узбекско-таджикский форум ректоров

Участники форума ознакомились с выставкой, где продемонстрированы достижения высших образовательных учреждений Таджикистана в научно-инновационной сфере и собраны научные разработки и изобретения, созданные молодыми учеными университетов.

В церемонии открытия форума приняли участие представители министерств и ведомств двух стран, а также руководители высших образовательных учреждений.

Подробно👉https://edu.uz/ru/news/view/5196

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#RektorForum_2023

O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

Forumning yalpi majlisida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Ularda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda yurtimizning 5 ta oliy o‘quv yurtida ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktab, litsey va oliy o‘quv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.

〰️〰️〰️

Между вузами Узбекистана и Таджикистана подписано около 30 документов

В пленарном заседании форума приняли участие ректоры высших образовательных учреждений двух стран с докладами об укреплении сотрудничества и планами на будущее. По его итогам между высшими образовательными учреждениями двух стран подписано около 30 соглашений, меморандумов о взаимопонимании и дорожных карт.

Они предусматривают установление и развитие сотрудничества с высшими образовательными учреждениями Таджикистана в областях химической технологии, энергетики, машиностроения, промышленных технологий, биотехнологии, ирригации и водных ресурсов, сельского хозяйства, медицины, фармакологии, фармацевтики.

Стоит отметить, что существует более 65 соглашений и меморандумов о сотрудничестве между высшими образовательными учреждениями двух стран. В настоящее время в 5 высших образовательных учреждениях страны готовятся кадры для школ, лицеев и высших учебных заведений, где обучение ведется на таджикском языке.

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube