𝙻𝚊 𝚃𝚊𝚑𝚣𝚊𝚗🕊️
51 subscribers
8.26K photos
3.28K videos
18 files
2.63K links
Mening sirli dunyoyim🥰🥰🥰
Diniy kanal emas🍂
Qalbimdagi taskinim🥰🥰🥰
Bilganlarimizni sizga ham ulashish😊😊
#Mahzun_boʻlmang_Alloh_biz_bilan☝🏻

Admin @Ali_71_66
Download Telegram
Sizchi? 😊
Odamlarga ishonib bo'lmaydi🙂💔
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehr bilmas dunyoku bu..😔😔😔
Yagmur (Orginal Mix)
Sinem
😔😔😔
Исахан Райми (Помогу)

➢ @AuF_Bass_707 ✵ 🐊
#

Bu hayotda hamma narsaning o'lchovi bordir.
"Yoningdaman" deganlarning soyasiga qarab aldanmang.
Chunki fidokorlik hammaga ham xos emas...)

Halis Karavenli
"Ba‘zilar olisdan sevarlar"
​​🌿​​Ketolmaydi deb o‘ylamang, ba’zilarning ketganini, ketib bo‘lganidan so‘ng payqaysiz...
Ketsa qaytib keladi deb xomtama bo‘lmang, ba’zilarning ketishini qaytishi bo‘lmaydi...
Sensiz ham yashaganman yana yashayman deb o‘zingizga tasalli bermang, ba’zilar ketsa o‘zi bilan birga eng aziz tuyg‘ularingizni - xotirjamligingizni, xotiralaringizni, kulgularingizni, qalbda tuyulgan qaynoq muhabbatni, umidlaringizni, orzularingizni baxt to‘la tabassumi bilan birga olib ketadi...
Sizdagi sizlikni qalbiga to‘ldiradi-da, sizni sizsiz qoldirib, abadiyga ketadi.
U yoningizda ekanligida go‘yo dunyolarga sohibdek his qilar edingiz o‘zingizni, u ketsa dunyongizni ham yiqitib ketadi...
Voz kecholmaydi deb hayol surmang, ba’zilar voz kechganini voz kechib bo‘lib ma’lum qiladi... Qalbidaman deb xotirjam bo‘lib qolmang, ba’zilarning qalbida emasligingizni hammadan keyin, eng oxirida o‘rganasiz...
Mensiz yasholmaydi deb zaxarhanda kulmang, ba’zilar qasdma-qasdiga ham sizsiz go‘zal yashaydi...
Hamma zulmingizni, ozorlaringizni, kamsitishingizni ko‘targani ojizligidan yoki voz kecholmaganidan emas, sizning insofga kelib qolishingizni umid qilib
yashaganidan...
Ketganidan so‘ng his qilasiz uning o‘rnini. U bo‘shatgan bo‘shliqni hech kim va hech narsa to‘ldira olmasligini... Chunki borini fido qilib sevganlarning ketishi odatiy ketishlardan bo‘lmaydi.
Sizni sizdan olib ketadi...
#Durdona
🌿ALLOH!

Koʻnglimga yoʻlatma oʻzga tuygʻuni,
Borki ozorlardan panoh ber, panoh.
Oʻzingsiz qoʻymagin umrim bir kunin,
Oʻzingni ishqingla yondirgin, Alloh.

Qadrni bilmaslar yurtiga yot bil,
Yolgʻonlar maskanim aylagan vayron!
Koʻnglimga kirmasin bironta bedil,
Oʻzingni vaslinga qilgin nigoron!

Qoʻl bilan berilsa qush uchar toʻymay,
Bandangni mehrini aylatma qahat.
Oʻzingdan oʻzgaga kunimni qoʻyma,
Oʻzingning mehringga tilantir abad!

Oʻtkinchi umrni jilolatma hech,
Vafosiz yor kabi shu molu-davlat!
Yonimda yurganni niqobini yech,
Ikki dunyoimga bergin saodat!

Kim bor meni yana sendek oʻylagan,
Kitobingni tutqaz, yod olay soʻzing.
Meni bir soniya yoddan qoʻymagan,
Meni chin yurakdan suygan bir oʻzing!
•• Doimo yaxshi gumonda boʻling.

Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!”. Aytgani boʻldi.

Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi.

Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi.

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - KARIM, ROHIM!

Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:

U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting
Ona, meni ög'il qilib tug'sang bölarkan...💔🥺😞
Sürüne Sürüne (xitmuzon.net)
Ayten Rasul
Dadamni Soyasida (xitmuzon.net)
Jaloliddin Ahmadaliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
~Yomģir desang.🌨
𝙻𝚊 𝚃𝚊𝚑𝚣𝚊𝚗🕊️ pinned «O'qishimiz shart! 😉 Avvallari kanalimdan chiqib ketishsa kayfiyatim tushardi, xafa bo‘lardim negadir. Hozir aksincha! Hursand bo‘laman saralanayotganidan. Bizni chinakam suyganlar, asl yaqinlarimizgina bizni yonimizda qolyapdi! Bir necha kunlab hech…»
🌿 Tortishib qolishsa ham, bir muddat vaqt o‘tgandan keyin hech narsa bo‘lmaganday muomala qiladigan insonlarni qadrlayman. Mehrni hirs, kibr va g‘ururdan ustun qo‘yadiganlarni sevaman...

Bormi sizning shunday qadrdonlaringiz? Bo‘lsa ularni ehtiyot qiling. Sizdan ranjigan bo‘lsa-da, yosh to‘la ko‘zlariga soxta g‘azab tusi berib, nigohlari orqali: "Asabimga tegsang ham seni yaxshi ko‘raman!" deydigan kishilaringizni ko‘nglingizning to‘rida asrang!..

Bundaylar tobora kamayib boryapti...
🌿 Gʻamlardan ezilib, qalbingiz huznga to‘lsa, ichingiz alam yoshlari bilan limmo-lim bo‘lsayu unga e’tibor beradigan bir hamdardni topmasangiz, bariga qo‘l siltang...
Sizni ko‘rib, bilib turgan mehribonlar mehriboni — Robbingiz bor...
Unga yuzlaning, qalb to‘ringizdagi nomalarni ikki kaftingizga biting... Hammasini to‘kib-soching... Ko‘z yoshingiz bitgan nomangizga muhr bo‘lsin... So‘ng hotirjam bo‘ling, siz Uning huzurida hech bir narsa unitilmas Zotga yuzlandingiz!..🙂