DTPI rasmiy kanali
7.88K subscribers
34.2K photos
1.99K videos
378 files
9.21K links
Download Telegram
#jarayon

⚡️ KUCHNI ADOLATDA BILGAN SOHIBQIRON

🏢 Pedagogika fakultetida 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

📌 Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sariosiyo tuman bo'limi mutaxassisi O.D.Maxmudov, Temurshunos, filolog, tarixchi M. Jalilov bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan tadbirda fakultet dekani, mehmonlar va professor-o'qituvchilar nutq so'zladi va buyuk tarixiy shaxs hayoti va faoliyatini o'rganish, o'rgatish naqadar muhim ekanligini dalillar bilan keltirib o'tdilar.

❇️ Jarayonda sarkarda, hukmdor, oliyhimmat shaxs, ilm-fan homiysi Amir Temur shaxsiga ta'rif berish, keng targ'ib qilish orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhini singdirish, buyuk ishlar sari dadil qadam tashlashga undash ham asosiy maqsad qilib olingan.

Uchrashuv so'nggida , talabalar ham qiziqarli va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirishdi.

✍️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Matbuot xizmati.
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tabriklaymiz

👉 Kimyo va kimyo texnologiyalari kafedrasi dotsenti Odinayev Xidir Abdullayevichni Kimyo fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
📣 Qadrli yoshlar!

Ertaga, 9-aprel kuni Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Yoshlar va talabalar” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival kundaligidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:
🕑 soat 09:00 dan 10:00 gacha "Kitobxon talaba" tanlovi  (Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi);

🕑 soat 10:00 dan 12:00 gacha“Hashar – biz yoshlarga yarashar” shiori ostida “Ekologik marafon” aksiyasi doirasida “Har bir yoshga bir nihol” loyihasi (Termiz tumani hududida);

🕑 soat 10:00 dan 13:00 gacha“Muzeylar – yoshlar nigohida” (Termiz arxeologiya muzeyiga sayohat);

🕑 soat 09:00 dan 12:00 gacha – Talaba yoshlar o‘rtasida "Voleybol" musobaqasi (qizlar- Termiz davlat Muhandislik va agrotexnologiyalar Universiteti binosida, o'g'il bolalar - Viloyat IIb xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi binosida);

🕑 soat 09:00 dan 12:00 gacha – Talaba yoshlar o‘rtasida "Basketbol" musobaqasi (qizlar va o'g'il bolalar -  Termiz davlat universiteti binosida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talaba yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini (Yoshlar markazi binosida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talaba yoshlar o‘rtasida “QVZ” ko'rik-tanlovi (San'at saroyi binosida);

🕑 soat 15:00 dan 17:00 gacha – Talaba yoshlar o‘rtasida “Mini futbol” musobaqasi  (Termiz shahar "Alpomish" arenasida);

🕑 soat 11:00 dan 16:00 gacha – Talaba yoshlar o‘rtasida “Baxshichilik”, “Chanqovuz” va “Sibizg‘a” tanlovlari (Baxshichilik maktabida);

🕑 soat 17:30 dan 18:30 gacha –  Talabalar o‘rtasida “Osh” tanlovi (Viloyat hokimligi hududida tashkil etilgan OTM pavilonlarida);

🕑 soat 19:00 dan 20:00 gacha –  "Modalar namoyishi" milliy va zamonaviy liboslar namoyishi - (“Galakonsert” bo'lib o'tadigan maydonda);

🕑 soat 19:30 dan 20:00 gacha –  Festival tanlovlari g‘oliblari taqdirlash marosimi (“Galakonsert” bo'lib o'tadigan maydonda);

🕑 soat 19:00 dan 21:40 gacha –  Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar va viloyat xonandalarining gala konserti (Viloyat hokimligi binosi yonidagi maydonda);

🕑 soat 22:00 da – Mushakbozlik va lazer shou (Galankonsert maydonida).

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘layotgan qiz

📚 Yo‘ldosh Eshbekning o'zbek adabiyotida hodisa sanalgan "Yig‘layotgan qiz" she'rini Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi talabalari ifodali o‘qishdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
#G'alaba_muborak

🪕 Ayni damda Termiz shahrida bo'lib o'tayotgan Surxondaryo tajribasi misolida “Yoshlar va talabalar” festivali doirasida Baxshichilik tanlovida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Boboraim baxshi nomidagi dostonchilik maktabi” rahbari, “Shuhrat” medali sohibi Ravshan baxshi Mamatmuratovning shogirdlari, Filologiya fakultetidan Rajabov Elmurod 2-o'rinni egalladi.
❇️ Chanqovuz tanlovida esa Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetidan Jabborov Dostonbek 1-o‘rinni egallab mutloq g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🏆 Ushbu g'alaba bilan institutimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz.

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Yangilik
🏛 Kuni kecha Termiz shahrida "Og'ir atletika" sport turi bo'yicha  "Oʻzbekiston Chempionati" saralashiga yo'llanma olish uchun imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida Surxondaryo viloyat chempionati boʻlib oʻtdi.

Murosasiz bellashuvlarda g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlanishdi.
🔷  Quvonarlisi shundaki, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Matematika va informatika yo'nalishi 4-kurs talabasi Abdurashidov Bahodir Qaxramonovich ham bahslarda faol ishtirok etib, 110 kg natija bilan 1-o'rinni egalladi va Oʻzbekiston chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM