DTM tarixdan Testlar
6.38K subscribers
3.73K photos
1.64K videos
1.87K files
2.8K links
Perfluence
PTMA Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashgan maktabning Tarix va Tarbiya fani o'qituvchisi Abduraxmonov Baxtiyorning telegram kanaliga xush kelibsiz.


Murojaat uchun: @Tarix_ustoz
Download Telegram
Forwarded from DTM tarixdan Testlar (Baxtiyor Abduraxmonov)
Forwarded from DTM tarixdan Testlar (Baxtiyor Abduraxmonov)
Minoy sivilizatsiyasi qayerda vujudga kelgan?
Anonymous Poll
55%
Krit orolida
14%
Lakonikada
11%
Attikada
20%
Janubiy Yunonistonda
Forwarded from DTM tarixdan Testlar (Baxtiyor Abduraxmonov)
Ossuriyaliklar qanday xalq bo'lgan?
Anonymous Poll
11%
Binokor xalq
10%
Uddaburon xalq
71%
Jangari xalq
8%
Madanyatli xalq
Forwarded from DTM tarixdan Testlar (Baxtiyor Abduraxmonov)
"Amudaryo xazinasi "bugungi kunda qayerda saqlanmoqda?
Anonymous Poll
9%
Parij muzeyida
65%
Britaniya muzeyida
10%
Peterburg muzeyida
16%
O'zbekiston tarixi davlat muzeyida
Forwarded from DTM tarixdan Testlar (Baxtiyor Abduraxmonov)
Buyuk Ipak yo'li qachon vujudga kelgan?
Anonymous Poll
18%
Mil.avv I asrda
59%
Mil.avv ll asrda
10%
Mil.Il asrda
13%
Mil.avv IV asrda
#islohotlar
Harbiy islohot o'tkazgan shaxslar

🔫Sargon I-- 5400 kishilik muntazam qo'shin tuzdi
🔫Buyuk Karl--an'anaviy xalq lashkari o'rniga otliq ritsarlari qo'shini tuzdi;
🔫Buyul Alfred davrida-Angliyada professional ziroatchilar va jangchilar toifasi vujudga keldi;
🔫Otton I -- davrida kuchli nemis otliq qo'shini vujudga keldi;
🔫Karl V-- kuchli flot va to'pchilar qo'shinini tuzdi;
🔫Genrix II-- baronlarga harbiy xizmat evaziga "qolqon puli" solig'ini to'lashga ruxsat berdi,yollanma qo'shin tuzdi;
🔫O'rxon-- qo'shinni piyoda va otliq qism ( musallam)ga bo'ladi;
🔫Chingizxon- keshik qo'shinlarini joriy qildi;
🔫Sundiata Keyt-- Ko'p sonli kuchli qo'shin tuzdi;
🔫Ismoil Somoniy--saroyning maxsus,muntazam qo'shinlaridan iborat qo'shin tuzadi;
🔫Amir Temur--qo'shinni qismga bo'ldi;
🔫Pyotr I -- zamonaviy qo'shin tuzdi, harbiy xizmat umrbod bo'ldi;
🔫Abbos I -- muntazam qo'shin tuzdi;
🔫Meydzi--Yevropacha namunada qayta qurollantirdi;
🔫Amir Nasrulloxon- 1837-yili. Navkariya deb atalgan muntazam qollanmalari;
🔫Muhammad Rahimxon I -- xon navkarlari deb atalgan muntazam qo'shin tuzdi;
🔫Olimxon-- Askariya deb atalgan muntazam qo'shin tuzdi;



Ⓜ️anba: @Dtm_tarixdan_testlar
#islohotlar

Soliq islohotini o'tkazgan shaxslar

💎Muhamamd Tug'luq' -- soliq islohoti qurg'oqchilik tufayli muvaffaqiyatsiz tugaydi;
💎Buyuk Sechjon -- soliq islohoti o'tkazdi;
💎Umar ibn Abdulaziz -- islomni qabul qilgan mahalliy xaqllardan jizya v xiroj soliqlarini olishni bekor qildi;
💎Munke --soliq va hashar ishlarini tartibga soluvchi farmon chiqardi;
💎Mirzo Ulug'bek-- tamg'a solig'ini oshirdi;
💎Richard II -- jon solig'i joriy qildi (1377-yili);
💎Jaloliddin Manguberdi -- Shimoliy Hindistonda davlat tuzgach,soliqlar joriy qiladi;
💎Akbarshoh davrida --davlatda yagona savdo solig'i joriy qilinadi, ham holisa, ham jogir yerlaridan teng miqdorda soliq undiriladigan bo'ldi;
💎Avrazgzeb Olamgir davrida -- hindlar yana jizya solig'i to'lashga majbur bo'ldi, muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilardan ham soliq olinadigan bo'ldi;
💎Oda Nobunaga -- iqtisodiyotga to'sqinlik qiluvchi bojxona to'lovlari va soliqlar bekor qilindi;
💎Abbos I --Mamlakat soliq tizimida tartib o'rnatdi;
💎Ivan IV Grozniy -- davlat yerlarining oprichninaga tortilmagan qismga katta miqdorda soliq joriy qilgan;
💎Ubaydullaxon II -- aholidan olinadigan soliqlar miqdorini 4 barobar ko'paytirdi;
💎Subhonqulixon -- 7 yillik soliqlarni birdaniga yig'ib oldi;
💎Musulmonqul davrida -- aholi endi suv uchun ham soliq to'laydigan bo'ldi;
💎Amir Shohmurod -- boj va xirojdan tashqari babarcha soliqlarni kamaytirdi;
💎V. Vilson davrida-- daromadning oshishiga qarab qo'shimcha soliqlar solinadigan bo'ldi;
💎Meydzi davrida-- hosildan hissa ko'rinishidagi soliq pul solig'i bilan almashtirildi;
💎Jazoirda-- 1919-yili qabul qilingan dekretga ko'ra fransuzlar va jazoirliklar uchun soliq masalasidagi notenglik tugatildi;
💎Lorin--ishlab chiqqan NEPga ko'ra razvyorsrka o'rniga oziq ovqat solig'i joriy qilindi;
💎F. Mitteran davrida yirim sarmoyadorlarga solinadigan soliq miqdori ko'paytirildi;
💎Indira Gandi davrida-- ba'zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi;(1970-yilgi 4-besh yillik rejada)

Ⓜ️anba: @Dtm_tarixdan_testlar
Do'stlaringizga ham ulashing!
Hayot hikmatlari

● Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi.

● Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir.

● Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang.

● Olloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi.

● Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi.

● Hamma jannatga tushishni xohlaydi, lekin o'lishga hech kimning xohishi yo'q.

● Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir.

● Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir.

● Rostgo'y inson - hammaga dushman.

● Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang.

● Insonlar yolg'on gapirmasliklari mumkin, ammo shunda ham haqiqatni yashiradilar.

● Biz ega bo'lmagan narsalar bormi? Demak biz uni chin dildan xohlamayapmiz.

YAQINLAR BILAN ULASHING

@Dtm_tarixdan_testlar
🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓
🎲"Boshlash uchun buyuk bõlish shartmas, buyuk bõlish uchun boshlash shart Tuzuvchi:Anvarova Nazife Savollar soni:10ta"testi” testi
🖊 11 ta savol · 30 soniya
⚡️Ўзбекистонда Хотин-қизлар ва оила ишлари қўмитаси тузилди.

@Dtm_tarixdan_testlar
🇷🇺 Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH o‘z yadroviy qurollarini Yevropadan olib chiqib ketishi shartligini ta’kidladi.

👉 @Dtm_tarixdan_testlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavzu: Rus amaldor, harbiy ma'murlari
(9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida)


1️⃣ N. Veryovkin – 1864-yilda Turkiston shahrini egallagan, 1873-yilda Xiva shahrini egallashda yarador boʻlgan harbiy;

2️⃣ M. Chernyayev - 1865-yilda tashkil etilgan paytda Turkiston viloyatining harbiy gubernatori boʻlgan;

3️⃣ F. Romanovskiy - 1866-yilda M. Chernyayev oʻrniga Turkiston viloyatining harbiy gubernatori lavozimiga tayinlangan;

4️⃣ N. Krijanovskiy - 1866-yilda Xoʻjand, Oʻratepa egallanayotgan paytda Orenburg general-gubernatori lavozimida ishlagan;

5️⃣ K. P. Kaufman - 1867-1881-yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

6️⃣ I. F. Abramov - 1868-yilda Samarqand va Kattaqoʻrgʻon boʻlimlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzilgach, unga boshliq qilib tayinlangan;

7️⃣ N. Ostroumov – 1870-yilda chiqa boshlagan “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri boʻlgan;

8️⃣P. Lessar - 1873-yilda Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlangan;

9️⃣M. D. Skobelov - 1875-yilda Namangan boʻlimiga boshliq etib tayinlangan, 1876-yilda Fargʻona viloyati tuzilgach unga harbiy gubernator qilib tayinlangan;

🔟 I. Lazerov – 1879-yil iyulda Krasnavodskdan turkmanlar hududiga yuborilgan harbiy;

1️⃣1️⃣ F. Girs - 1882-1884-yillarda Turkiston oʻlkasini tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi hisoblandi;

1️⃣2️⃣ G. Roxenbax – 1884 – 1889-yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

1️⃣3️⃣ S. Putinsev - 1892-yilda “Vabo isyoni” paytida Toshkent shahar boshligʻi lavozimida ishlagan;

1️⃣4️⃣ A. Verevskiy – 1898-yilgacha Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

1️⃣5️⃣ N. Korolkov – 1890-yillarida Sirdayo viloyati harbiy gubernatori lavozimida ishlagan. 1898-yildagi Dukchi eshon qoʻzgʻoloni vaqtida vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori lavozimida boʻlib turgan;

1️⃣6️⃣ A. N. Kuropatkin – 1898-yilda Dukchi eshon qoʻzgʻoloni paytida Rossiya harbiy vaziri lavozimida ishlagan;

1️⃣7️⃣Konshevskiy – 1898-yilda Dukchi eshon qoʻzgʻoloni paytida Andijonda tumanboshi lavozimida ishlagan polkovnik;

1️⃣8️⃣ S. M. Duxovskoy - 1898-1901-yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

1️⃣9️⃣ K. Palen - 1908-1910-yillarda Turkiston oʻlkasini podsho topshirigʻi bilan taftish qilgan senator hisoblanadi;

2️⃣0️⃣ A. Gippius – 1916-yildagi mardikorlikka olish paytida Fargʻona viloyati harbiy gubernatori lavozimida ishlagan;

2️⃣1️⃣ Ivanov – 1916-yildagi Jizzax qoʻzgʻolonini bostirgan polkovnik;

2️⃣2️⃣ Afanasyev – 1916-yildagi Jizzax qoʻzgʻolonini bostirgan polkovnik.

Muallif: O'rol Amirov
@Dtm_tarixdan_testlar
🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓
BUXORODA ASHTARXONIYLAR SULOLASI
1. Boqi Muhammad ibn Jonibek Sulton (1601-1605)
2. Vali Muhammad ibn Jonibek Sulton(1605-1611)
3. Imomqulixon ibn Boqi Muhammadxon (1611-1642)
4. Nodir Muhammad ibn Dinmuhammad (1642-1645)
5. Abdulaziz ibn Nodir Muhammad (1645-1681)
6. Subhonqulixon ibn Nodir Muhamad (1681-1702)
7. Ubaydullaxon ibn Subhonqulixon (1702-1711)
8. Abulfayzxon ibn Subhonqulixon (1711-1747)
9. Abdulmo‘min ibn Abulfayzxon (1747-1748)
10. Ubaydulla ibn Abulfayzxon (1748-1753)
@Dtm_tarixdan_testlar
BUXORODA SHAYBONIYLAR SULOLASI
1. Muhammad Shayboniy ibn Shohbudoq Sulton ibn Abulxayrxon (1500-1510)
2. Ko‘chkinchixon ibn Abulxayrxon (1512-1530)
3. Abu Said ibn Ko‘chkinchixon (Ko‘chkunchixon)(1530-1533)
4. Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton (1533-1540)
5. Abdullaxon I ibn Ko‘chkinchixon (1540-1541)
6. Navro‘z Ahmadxon ibn Suyunchixon (1541-1556)
7. Pirmuhammad ibn Jonibek Sulton (1557-1561)
8. Iskandar Sulton ibn Jonibek Sulton (1561-1583)
9. Abdullaxon II ibn Iskandar Sulton (1583-1598)
9. Abdulmo‘min ibn Abdullaxon (1598)
11. Pirmuhammad ibn Sulaymon Sulton (1599-1601)
@Dtm_tarixdan_testlar
#Тезкор

Хушхабар

⚡️Янги ўқув йилидан бошлаб магистратурада ўқиётган қизларнинг контракт пуллари тўлиқ бюджетдан қоплаб берилади (23 минг нафар қизларга 200 миллиард сўм).

@Dtm_tarixdan_testlar
Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.


@Dtm_tarixdan_testlar
🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓
⚡️⚡️⚡️ ОНЛАЙН-РЕПЕТИЦИЯЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА❗️

📌 Онлайн репетициялар бошланиш жадвали.

📌 2 март куни соат 10-00 дан бошлаб қўйидаги фанлардан онлайн-репетициялар бошланади:

Физика
Кимё
Биология
География;
Иқтисодий билим асослари.

📌 3 март куни соат 10-00 дан бошлаб:

Тарих;
Давлат ва ҳуқуқ асослари;
Тарбия.

📌 4 март куни соат 10-00 дан бошлаб:

Инглиз тили;
Немис тили;
Француз тили;
Жисмоний тарбия.

📌 5 март куни соат 10-00 дан бошлаб:

Бошланғич таълим;
Мусиқа маданияти;
Тасвирий санъат ва чизмачилик;
Технология (технология ва дизайн- ўғил боллар учун);
Технология (сервис хизмати -қиз болалар учун);
Математика;
Информатика ва ахборот технологиялари.

📌Онлайн репетицияларга 👉http://test.tdi.uz/ 👈 манзили орқали кириб кўришингиз мумкин:
Login — uztdi
Parol — uztdi
📌 Аттестация жараёнлари билан боғлиқ саволларингиз бўлса Таълим сифатини назорат қилиш Давлат инспекциясининг ҳудудий (вилоят) бўлимларига муржожаат қилинг!
🎲10-sinf O'zbekiston tarixi 5-8 mavzulardan
@DTM_Tarixdan_Testlar testi
🖊 30 ta savol · 30 soniya