SOVG‘A
Bu voqea Yugga ketayotgan eski avtobusda ro‘y berdi. Deraza tashqarisida qishloqlar ko‘rinib turardi. Oldi o‘ridiqda ozg‘in qariya qo‘lida yangi uzilgan gullar bilan ketib borardi. Uning qarshisida esa yosh qiz o‘tirar, uning nigohlari guldastadan uzilmasdi.
Nihoyat, avtobus qariya tushadigan bekatda to‘xtadi. U o‘rnidan turarkan, gullarni qizning tizzasiga qo‘ydi. “Ko‘rib turibman, guldasta sizga yoqdi – dedi u, -o‘ylashimcha, rafiqam ularni sizga bersam qarshilik qilmaydi”. Qiz gullarni qo‘liga oldi, so‘ngra qariya avtobusdan tushib kichik qabristonga kirib ketayotganini kuzatib qoldi...
Bennett Serf.
Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi.
@drabllar
💠 Do'stlaringizga ham ulashing⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEbX3qU3e6JV2bTAZw

Bozorda
Og'ir atletika bo'yicha o'z ko'chasida mutlaq birinchilikka davo qilayotgan yosh yigit go'yoki dunyodagi eng og'ir buyumni - ko'ngil qo'ygan qo'shni qizining bejirimgina sumkachasini ko'targancha u bilan rastalar oralab borarkan, orqasiga xalta ko'tarib o'tib ketayotgan qaddi kamon kampirni ko'rib o'zicha g'uldiradi:
-Bozorda erkaklar qolmabdi-da!
©Nusratov Bobur
@Drabllar

Haqiqiy do‘stga xos fazilatlarning barchasini bir so‘z bilan «iymon» deb atasak adashmaymiz. Ya’ni iymon egasidagina shu fazilatlar jam bo‘ladi. Demoqchimizki, do‘stni iymon egalari safidan qidiring.
Tohir Malik “Mehmon tuyg‘ular” kitobidan
@Drabllar
Tohir Malik “Mehmon tuyg‘ular” kitobidan
@Drabllar
Musulmon sevgisi
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g‘azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo‘ldi: o‘liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog‘da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko‘rdi.
Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko‘tarib, suvni ichtirmoqchi bo‘ldi. Yarador musulmon dudog‘ini suvga yetkuzar chog‘da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o‘zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo‘ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog‘ida “Oh… suv!..” degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
- Shu yo‘ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning “Oh… o‘ldim… suvsizlikdan” degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! – dedi va o‘zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o‘lib yotganini ko‘rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o‘lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o‘lib qolmasin deya yugurib ketdi:
- Ey, voh!.. Bu ham o‘lib qolibdi! – deb suvni to‘kdi.
Musulmonlarning o‘lim chog‘ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o‘ylab ko‘z yosh qildi.
©Abdurauf Fitrat

Savdogar va Jin
Kunlarning birida bir savdogar sahrodan Alovuddinning sehrli chirog‘ini topib oldi.
- Tila tilagingni, - dedi jin.
- Sendan istagim shuki, vaqtni ortga qaytarib bersang?! - so‘radi savodogar.
- Bundan senga nima naf? Sen yaxshisi mol-dunyo, zebu-zar, qasru-koshonalar so‘ra bajo keltiray.
- Mening hamma narsam bor ammo, - mayuslandi savdogar. - Men uzoq yillardan beri savdogarlik bilan shug‘ullanaman. Mol-dunyo deb hali u yurtda, hali bu yurtda bo‘lib ota-onam xizmatini qila olmadim. Ularning diydoriga to‘ya olmadim. Savdogarlik qilib uzoq yurtlarda yurgan chog‘im ular bu olamni tark etishdi. Ularni yo‘qotgandan so‘ng toplagan mol-dunyoyim ham tatimay qoldi. Mening bor boyligim ol! Faqat vaqtni ortga qaytarib ber. Ota-onamni juda sog‘indim. Ularsiz menga mol-dunyoning keragi yo‘q. Ularning xizmatini qilay, ularga yaxshi ko‘rishimni aytay, duosini olay, xatolarimni to‘g‘rilay, iltimos sendan vaqtni ortga qaytarib bersang!
- Eh nodon, odam, - xo‘rsindi jin. - Agar vaqtni ortga qaytarishning imkoni bo‘lganda men ming yillardan buyon kimdir ozod qilishini kutib shu xumchada o‘tirarmidim!...
(Xulosa o‘zingizdan)
©Oqil To‘raqul

QISMAT
U qabristondan qo‘rqqani uchun o‘sha yoqqa umr bo‘yi qadam qo‘ymadi. Otasi o‘lganda ham, onasi o‘lganda ham, xotini o‘lganda ham bormadi. Ammo uni odamlar baribir eltib tashlashdi...
©Manzura ABDULLAYEVA
Manba: @xonzoda_begim

QING‘IRLIK
“U xonasida yolg‘iz o‘tiribdi. Bir yigit kirib keldi va salomlashib, qo‘liga konvert tutqazdi. Keyin xonani tark etdi. U konvertni tortmasiga tashlab qo‘ydi...”
Ekrandagi tasvirlarda o‘zini ko‘rgan kishining chap ko‘ksida og‘riq turdi. Qo‘li bilan ko‘ksini tutmoqchi edi, iloji bo‘lmadi. Xonada kishanning shiqirlagan tovushi va mahbusning ixrangani eshitildi.
©Asliddin Mustafo

https://telegra.ph/Bizda-vrach-bola-olasanmi-Hajviya-05-08
@Drabllar
Aziz Nesin "Bizda vrach bo'la olasanmi?"
(Hajviya)
❇️Albatta o'qing!

Telegraph
Bizda vrach bo'la olasanmi? (Hajviya)
Bizda vrachlar yetishmay turgan bir paytda ayrimlari katta pul ilinjida Yevropa va Amerikaga ketib qolishmoqda. O‘zimizdagi ba’zi aqli noqis kimsalar xorijda o‘qib yurtiga qaytgan yosh vrachlarni ish boshlashlaridan oldin imtihon qilib ko‘rishni o‘ylab topishibdi.—…
#yarmi_hazil
Xayrlashuv odobi (hazil)
—O'tirsang bo'lardi jiyan, osh suzilyapti?
—Rahmat tog'a, ro'za edim. Xudo xohlasa keyingi safar. Hozir ketmasam bo'lmaydi.
— Hech bo'lmasa bir piyola choy ichib ket!
©Arjumandbegim
Manba: @Arjumandbegim

MЕHR
«Kun bo‘yi ro‘zador holida qurilishda, oftob tig‘ida ishladi, juda ochiqqandir», o‘yladi ayol eriga zimdan qarab. «Yaxshisi, boya yeb olgandim, qornim to‘q deb aytaman».
«Homilador ahvolida tuzuk-quruq yedira olmayapman», o‘yladi erkak ayoliga gunohkorona boqib. «Ikki kishi uchun yeyishi kerak. Yaxshisi... do‘stimnikida iftorlik qilib keldim, deyman».
Do‘ppidekkina palov eru xotin o‘rtasida xokisor turardi...
©Nodirabegim Ibrohimova

Qo'rquv
-Pora olgan kunim uyga borgunimga qadar yuragim uvishadi.
-Vijdoning qiynalarkan-da...
-Yo'q, uyushtirilmaganmi deb hadiksirayapman...
©Bobur Nusratov

Ota-ona
—Bu ro'zg'or xarajatlaridan ortgani, o'zingga ishlat,- dedi, homilador ayolidan yirtiq oyoq kiyimini qor tagida yashirgan bo'lib.
—Yusufjon o'g'lingiz kurtkasi kichkinalik qilayotganini aytayotgandi, yaxshisi, bu safargi pulni o'g'limizga sarflasak.
Nasiba shunday dedi-yu, yosh oralagan ko'zlarini yerga qadab, gard tegmagan oppoq qorni qo'liga oldi. Uni aylana shaklga keltirdi-da, ko'zlarini yumgancha ishtaha bilan tishlab, xuddi tansiq meva yeyayotganday ohista yutindi.

#mulohaza
"Quyoshlik"ni da'vo qilayotgan "oy"ning siri tongda fosh bo'ladi...
©Diyor Xolboyev
@Arjumandbegim

"ISHBILARMON" BOSHLIQ
- Bo'sh o'rin bor-ku, nega uni ishga qabul qilmadingiz? - so'rashdi boshliqdan ulfatlari.
-Ey, jo'ralar, unda bilim kuchli ekan...
©Toshpo'lat Tusnazarov
Farg'ona vil. Dang'ara tum.

JANJALKASH
—Sen hali ham shu yerdamisan! Jonimga tegib ketding, uyoqqa o'taman bu yoqqa o'taman, qaqqayib turaverasan! Bilasanmi sen o'zingni?!
Sen...
Sen...
Sen bir tiyinga qimmatsan!
Hammasiga o'zim aybdorman! Nimangga uchgan ekanman o'zi! Hammasiga o'sha mudira aybdor, maqtaganiga aldanibmanda! Shunaqayam sovuq bo'ladimi! Bezrayishinichi - la'nati SURAT!
©Arjumandbegim
2017

Osmondagi oyman deb kibrlanma, atrofingga yaxshilab nazar sol, yorug'likning asl manbai qayerdan kelayotganini ko'rasan...
filmdan
@Arjumandbegim
filmdan
@Arjumandbegim
Mezon
—Ertaga majlisga kim boradi? Mening otam yo'q, onamning esa tuzukroq ko'ylagi.