Dinara | Study blog
283 subscribers
26 photos
5 videos
10 files
8 links
Intizom • Xotira • Energiya • Uyqu

📚 Ilmiy kitoblar
💡 Miya va inson psixologiyasi

O‘rganaman.
Sinab ko‘raman.
Siz bilan bo‘lishaman.

Oʻzingizni uyingizdagidek his qiling.

Davronbek Turdiyevdan oʻrganganlarimni ulashaman.
Download Telegram
O‘zimda nonushta qilish odatni shakllantirdim

Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅

Qanday qildingiz deb so‘rasayiz:
Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim.

💚 Kechqurun ovqatni ertaroq yedim.
💚 Me'yoridan ortiqcha yemadim.

Natijada:

💚 Oshqozon yengil bo‘ldi.
💚 Uyqum sifatliroq bo‘ldi.
💚 Ertalab och bo‘lib uyg‘ona boshladim.
💚 Nonushta qilish esa o‘z-o‘zidan osonlashdi.

Ko‘ryapsizmi, ba'zida muammoning yechimi o‘sha muammoning o‘zida bo‘lmaydi.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥1🐳1
Dinara | Study blog
O‘zimda nonushta qilish odatni shakllantirdim Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅 Qanday qildingiz deb so‘rasayiz: Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim. 💚 Kechqurun ovqatni ertaroq yedim. 💚 Me'yoridan…
Hozir deyarli har kuni bir xil nonushta qilaman

💚 Tvorog + smetana aralashtiraman.
💚 Yoniga bitta bananni to‘g‘rab qo‘shaman. (Baxtimga, bananlar ham arzonlab qolgan 😁)
💚 Ustidan esa 1 qoshiq granola sepaman.

Nega aynan shu nonushta?

🥛 Tvorog — oqsilga juda boy. Uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi va mushaklar uchun foydali.

🥄 Smetana — foydali yog‘lar manbai. Ta'mini ham yaxshilaydi va to‘yimliroq qiladi. (Me'yorida iste'mol qilish kerak.)

🍌 Banan — kaliy, B6 vitamini va uglevodlarga boy. Ertalab energiya beradi va organizmni tez uyg‘otadi.

🥣 Granola — tarkibida suli, yong‘oq va urug‘lar bo‘lgani uchun tolaga boy. Hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va uzoqroq to‘q ushlab turadi.

Bir xil, oddiy va foydali. Shu nonushta bilan soat 14:00largacha umuman och boʻlmiyman.

Siz nonushtaga odatda nima yeysiz?

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🐳1
Maqsadga erishish guidebook.pdf
1.9 MB
Qoʻshimcha maʼlumot olib keldim sizlarga 🤭
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥1🐳1
🧠 Intizomni shakllantirish

2️⃣-🔠🔠🔠🔠

Bugun odatlarning qanday shakllanishi haqida emas, nima uchun shakllanishi haqida gaplashamiz.


Aslida esa muammo ko‘pincha irodada emas, odatning ishlash tizimini tushunmaslikda bo‘ladi.

🎙 Ovozli xabar ichida quyidagilar haqida gapirdim:
💚 Har bir odat qanday algoritm asosida shakllanadi?
💚 "Odat qarmog‘i" degani nima?
💚 Signal nima va u bizni qanday boshqaradi?
💚 Harakatlar ketma-ketligi qanday ishlaydi?
💚 Miya nega odatni mukofotlaydi?

Oxirida esa sizlarga bitta amaliy mashq berdim. Shu mashq orqali o‘zingizdagi yomon odatlar qayerdan paydo bo‘layotganini tahlil qilishni boshlaysiz.

— Maqsadimiz odatlarni shunchaki tark etish emas, ularni tushunish. Chunki tushungan odam o‘zgartira ham oladi.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1🐳1
📚 Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 3 ta kitob

1. Atom odatlari — Jeyms Klir
Kichik odatlar qanday qilib ulkan natijalarga olib kelishini amaliy misollar bilan tushuntiradi.

2. Samaradorlikning 21 yo‘li — Brayan Treysi
Prokrastinatsiyani yengish, muhim ishlarni kechiktirmasdan bajarish va unumdorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

3. 7 ta yuqori samarali insonning odatlari — Stiven Kovi
Shaxsiy va kasbiy hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan 7 ta asosiy odatni o‘rgatadi.

@DinaraStudyBlog
🐳75
🐳32
Dinara | Study blog
Voice message
Qoʻshimcha maslahatlar

Imtihonga kirishdan oldin:

Imtihondan kamida 30 daqiqa oldin yetib boring.
Kechasi yangi mavzu boshlamang. Avval o‘rgangan
narsalaringizni takrorlash kifoya.
Savollarni shoshilmasdan oxirigacha o‘qing. Ko‘p xatolar aynan e'tiborsizlikdan bo‘ladi.
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Bitta savolda ortiqcha ushlanib qolmang.

Eng muhimi, o‘zingizga ishoning. Siz shu kungacha bekorga tayyorlanmadingiz. Omad tilayman!

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🐳1
Forwarded from ш
Undam zo'ri agar imkon bo'sa imtixon bo'lib o'tadigan joyga 2,3 martta borish kere, qanchalik usha joy sizga yod bo'p ketsa hich qanaqa yengilik bo'masa hayajonlanmisiz
6🐳3
🧠 Ko‘p dars qilganda zerikib, uyqu kelib qoladimi?

Diqqatni uzoq vaqt ushlab turish uchun quyidagilarni sinab ko‘ring:

45–60 daqiqadan keyin 5–10 daqiqa tanaffus qiling. O‘rningizdan turing, yuring, suv iching yoki ozgina cho‘zilish mashqlari qiling.

Faol o‘rganing. Faqat o‘qib chiqish bilan cheklanmay, yozing, ovoz chiqarib tushuntiring yoki misollar tuzing.

Harakat qiling. Uyqu bosayotgan bo‘lsa, 2–3 daqiqa jismoniy mashq ham miyani ancha tetiklashtiradi.

Har bir dars oldidan aniq maqsad qo‘ying. Masalan: "Keyingi 1 soatda 30 ta yangi so‘zni o‘rganaman."

Xonani shamollating. Toza havo diqqatni jamlashga yordam beradi.

Ma'lumotlarni bog‘lab o‘rganing. Misollar, assotsiatsiyalar va hikoyalar orqali eslab qolish osonroq va qiziqarliroq bo‘ladi.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳75
Dinara | Study blog
Voice message
Men bir kanal ochmay ekan, leksiya boʻb ketdi buyogʻi, bitta gapirgim kelib qolsa shunaqa oʻzi

Men uxladim unda. Gapiraman deb oʻzi 1 yarim soat oʻtib ketdi uxlash soatimdan. Ertaga yana oʻqishga boraman. Ertalab ketib kechqurun 9larda kelaman keyin.

Ovozli habarlarni eshitib boʻlib, tushunganlar 💚 qoldirsin.

Oʻzimga oʻzim gapirmayotganimni bilayda 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🐳5
4🐳2🔥1
🎙 Bugungi dars: Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan odatlar

3️⃣-🔠🔠🔠🔠

Bugun sizlar bilan hayotingizga eng katta ta'sir qiladigan odatlar haqida gaplashamiz.

Avval Pareto qonuni bilan tanishamiz.

📌 Pareto qonuni

Pareto qonuniga ko‘ra, 20% harakatlaringiz sizga 80% natija olib keladi.

Shuning uchun eng muhim vazifa — aynan o‘sha 20% eng foydali odatlarni topish va ularni hayotingizga kiritish.

Bularni kalit odatlar (Keystone Habits) ham deyishadi.

Kalit odatlar ko‘p emas, lekin ular hayotingizning deyarli barcha sohasiga ijobiy ta'sir qiladi.

1. Kitob o‘qish
2. Rejalashtirish 📝
3. Sport bilan shug‘ullanish 🏃
4. Telefonsiz uxlash 📵
5. Erta turish 🌅

Odatlarni qanday shakllantiramiz?

Bularning barchasini birdaniga boshlash shart emas.

Ketma-ket, bittadan odatni shakllantirib boramiz. Bunda sizga Checklist juda katta yordam beradi.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🐳3🔥1🤩1🌚1💘1
Dinara | Study blog
Voice message
Yana bir muhim qoida:

Har bir odatni aniq vaqtga bog‘lang.

Masalan:

- 07da — badantarbiya
- 07da — nonushta

Shunda miya bu ishni tezroq odatga aylantiradi.

Va eng muhimi...

Yomon odatlardan birdaniga voz kechishga urinmang.

Bu juda qiyin.

Ularni asta-sekin kamaytiring. Shunda odatni saqlab qolish ancha oson bo‘ladi.

@DinaraStydyBlog
10🐳3🤩2🎉1🕊1🌚1💘1
7🤩2🐳2🎉1🕊1🌚1💘1
Power nap — bu qisqa, strategik uyqu.

💚 Maqsadi – miyani tezda quvvatlantirish va charchoqni yo'qotish. Bu, asosan, kun davomida energiya pasayganda yoki diqqatni jamlash qiyinlashganda qo'llaniladi.

Asosiy jihatlari:

1️⃣ Vaqti. Eng samarali power nap 15-20 daqiqa davom etadi. Bu muddat chuqur uyqu fazasiga o'tmasdan, miyani tetiklashtirish uchun yetarli. Agar odam 20 daqiqadan ko'proq uxlasa, chuqur uyquga kirib qolishi va uyg'onganingda yanada charchoq his qilishi mumkin.

2️⃣ Maqsad. Uzoq muddatli uyquni o'rnini bosmaydi. Faqatgina kun davomidagi charchoqni kamaytirish, diqqatni oshirish, kayfiyatni yaxshilash va kognitiv qobiliyatlarni tiklash uchun xizmat qiladi.

3️⃣ Qachon qilish kerak. Odatda tushdan keyin, energiya darajasi pasayishni boshlaganda (masalan, soat 13:00 dan 16:00 gacha) tavsiya etiladi. Kechroq qilish kechki uyquga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

4️⃣ Qanday qilish kerak.
💚 Tinishlik. Tinch va qorong'u joyda dam olish kerak
💚 Qisqa muddat. Budilnikni 15-20 daqiqaga qo'yish kerak, undan koʻp emas
💚 Tez uxlash. Agar odam tez uxlashga qiynalsa, shunchaki ko'zlarni yumib, nafas olishiga e'tibor qaratib yotsa ham boʻladi. Hatto shuni oʻzidayam, miya dam oladi.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤩2🐳2🔥1🎉1🕊1🌚1💘1
Dinara | Study blog
Voice message
6🤩2🔥1🎉1🕊1🐳1🌚1💘1
🎙 Zararli odatlardan xalos bo‘lish

4️⃣-🔠🔠🔠🔠

Bugun sizlar bilan zararli odatlardan qanday qutulish mumkinligi haqida gaplashamiz.


💚 Dopamin qarmog‘i
💚 Entropiya qonuni
💚 Dominantlar

1-usul: Fikrlash orqali dominantani o‘zgartirish
2-usul: Ma'lumot orqali dominantani shakllantirish

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🐳3🤩2🔥1🎉1🕊1🌚1💘1
🥲 Oxirgi paytlarda uyqu rejimim dahshatli darajada buzilib ketdi

Har kuni 12 dan keyin uxlayapman, ertalab esa 10–11 larda turyapman. Bugun mayli qandaydir istisno qilib 9da turdim 🤣

Birinchi bo‘lib sezgan narsam — o‘zimga bo‘lgan ishonchim pasayib ketadi bir kunni oʻzida.

Bir xil vaqtda uxlab, bir xil vaqtda turib yurubdim. Har kuni uxlashdan oldin kitob o‘qirdim. Keyin nimadir bo‘ldi... va shu bilan zanjir uzildi.

Endi hammasini boshidan boshlash kerak.

Shunaqa vaziyaga tushib qolmaslik uchun: Agar yaxshi odat shakllantirgan bo‘lsela, uni iloji boricha bir kun ham buzmaslikka harakat qiling. Ko‘pchilik: "Bir kun qilmasam hech narsa bo‘lmaydi," deb o‘yliydi.

Lekin oʻsha bir kun qolgan hamma kuningizni hal qilib qoʻyadi.

Odatni saqlab qolish uni qayta tiklashdan ancha osonroq. Oʻsha uchun zanjirni uzmaslikka harakat qilaverila.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥1🎉1🤩1🕊1🐳1🌚1💘1