Dinara | Study blog
284 subscribers
26 photos
5 videos
10 files
8 links
Intizom • Xotira • Energiya • Uyqu

📚 Ilmiy kitoblar
💡 Miya va inson psixologiyasi

O‘rganaman.
Sinab ko‘raman.
Siz bilan bo‘lishaman.

Oʻzingizni uyingizdagidek his qiling.

Davronbek Turdiyevdan oʻrganganlarimni ulashaman.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun sizlar bilan flashcardlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganamiz

— Biz hozirgacha qilayotgan usulimiz haqiqatan ham to‘g‘ri edimi ?

— Balki shuning uchun yodlagan so‘zlarimiz 2–3 kundan keyin esdan chiqib ketayotgandir?

— Koʻrib fikrilani yozila darrov, okeymiii
🌟

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🎉4🤩3🔥2🐳2😇2🤗1💅1💘1😎1
Uyda hali oʻqilmagan kitoblar boʻlsa ham, yana kitob olgim kelaveradi 😭

Hozir Remarkni kitoblarini oʻqiyapman, bitta kitobi yoqib qolsa, boʻldi menga, oʻsha yozuvchi yozgan hamma kitobni olib oʻqib chiqaman 🌟

Oʻqib boʻlganlarim:
1️⃣ Lissabondagi tun
2️⃣ Uch ogʻayni
3️⃣ Qarzga olingan umr
4️⃣ Hayot mamot pallasi
5️⃣ Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq (hozir yigʻlab yigʻlab oʻqiyapman, tugash arafasida)

Sotib oldim, hali oʻqilmaganlari:
1️⃣ Zafar darvozasi
2️⃣ Qora yodgorlik

Yana shunchasi meni doʻkonda meni kutyapti:
1️⃣ Qaytish
2️⃣ Menga sevishingni ayt
3️⃣ Jannatdagi soyalar
4️⃣ Umid uchquni
5️⃣ Yaqiningni sev

Shu kitoblarni oʻqiganimdan beri, bitta savol miyamda aylanyapti: nega odamlar yana urush qilaveradi? Shunchasi kam boʻldimi?

Ovozimni butun dunyo eshitsa-yu, boʻldi toʻxtatinglar bu urushlarni deyolsam. Hammasi toʻxtasa. Afsus.

Reja boʻyicha Remark kitoblaridan keyin Fotih Duman asarlariga oʻtamiz 🌟

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🥰2🕊2🔥1🤩1
Ishonsela A1larga dars material yozyapman grammatikadan, o'zim hayron, shunaqa ishlar meni qo'limdan kelyotganiga 🥹

Lekin zo'r chiqyapti, ancha yil hizmat qiladi endi bular, og'zaki tushuntirish qiyin, eslab qolmaydi o'quvchilar, 0dan boshlaganlarga norm grammatik kitob topolmadim. Ohiri o'zim yozishga qaror qildim🌟

2ta dars tayyor uje, sizlar birinchi habardor bo'lila dedimda, xixixi

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
123🆒2💅1
Bugungi kun podcasti: qimor inson miyasiga qanchalik kuchli ta'sir qilishi haqida. Eshitsela qimorga o'tirib qolish va o'ynash xalqaro miqyosda kasallik deb e'lon qilingan ekan

Zararlari:
✔️Dofaminga qaram bo'lish
✔️Qaror qabul qilish qobiliyati pasayadi
✔️Diqqat va xotiraga zarar yetkazadi


— Videoni ko'rish: ⤵️
https://youtu.be/R1ue1XvM7EI?si=cOi60TNmwAZX8dpR

— Videoni koʻrib albatta fikrilani yozila.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳32🔥2💘2🎉1🤩1🆒1
Tugashiga 20 bet qolganda, darsim boshlanib qoldidaaaa

15 - 20 minutlar oldin oʻqishni boshlasam boʻlmasmi, uje oʻqib tugatardim 😢
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🤩3🔥1
Hozircha kitoblarni oʻqib boʻlib, qutiga joylab qo'yyapman

Oʻzimni uyim boʻlsa, yaqin kelajakda, albatta bitta xonasini alohida kutubxona qilaman, nasib. U xonada faqat kitoblar boʻladi 🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥12🆒6🔥41🥰1🤩1💅1💘1
Imtihon deganda kim nimani tushunadi?
Bugungi podcast: https://youtu.be/TEHSVrDQiPU?si=bfKjqeB8HcBCtMe6

Shu darajaga kelib qoldikku, bitta chalg'imasdan ishlash orqali siz ancha o'zib keta olasiz. Chunki e'tibor, chalg'imaslik hozirgi kunga asosiy ko'nikmalarga aylanib ketyapti.


Chalg'ishni bu darajada to'liq tushuntirib berishganini ko'rmagan edim. Ko'rila 👀

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🥰1🎉1🤩1🕊1
Dinara | Study blog
Bugungi podcast: https://youtu.be/TEHSVrDQiPU?si=bfKjqeB8HcBCtMe6 Shu darajaga kelib qoldikku, bitta chalg'imasdan ishlash orqali siz ancha o'zib keta olasiz. Chunki e'tibor, chalg'imaslik hozirgi kunga asosiy ko'nikmalarga aylanib ketyapti. Chalg'ishni…
Sizlarga ovozli habar tashladimku, o'shandayam odamlar qiynalishni tanlamayapti degan edim. Podcastda shuni yaxshi so'zlar bilan tushuntirgan ekan ustoz

"Odamlarda kundan kunga aqliy mehnat qilish kamayib ketyapti."
- Xuddi shu narsani aytmoqchi edim menam.
🔥2🥰2🎉1🤩1🕊1
Bugungi podcast: https://youtu.be/-2KRQrZTEr0?si=00N7wChu-tNtro-H

Koʻrishga yaxshi podcast olib keldim sizlarga bugunam. Koʻrila.

Manashu podcastlar orqali menimcha telefon, chalg'ish, vayn, beeʼtiborlik, diqqatsizlik mavzularida ancha muncha maʼlumotga ega boʻldik deb oʻylayman.

Ustozationni videolarini koʻrib tugatdik shu bilan. Yana yangi video chiqarsalar uniyam koʻramiz.

Shungacha Davronbek Turdiyevga qaytamiz ertadan 🥰

@DinarStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🕊3🔥1🤓1😘1
Oʻylab qarasam koʻpchilik vaqtda men ertalab qaror qabul qilarkanman, boshqalardek )

Odamlarni hozirgi yashab turgan hayoti kelajakdagi rejalariga, orzulariga, xohishlariga olib bormasligini odatda ertalab turganida his qiladi, anglaydi. Keyin nimalarnidir oʻzgartirishga harakat qiladi. Kechqurunga kelib esa yana oldingi holat, hech ish qilgisi kelmaydi.

Mendayam koʻp boʻladi shunaqasi. Harakat qilyapman, qilmayapman emas, lekin juda kam. Men bundanam koʻpini qila olaman, bilaman.

Har kuni ertalab hayotimni oʻzgartirish uchun rejalar tuzib uygʻonishni xoxlamayapman endi. Ortigʻi bilan rejalar tuzildi oʻzi.

Hech qaysi tilni ustozga borib oʻrganmaganman, maktabda nemis tilini oʻrgatishganini hisobga olmasa. Ingliz tiliniyam, koreys tilini ham uyda self - study qilganman. Mana menda muammo qayerda. Vaqtim shularga ketgan ekan. Shunga oʻzimga koʻproq bosim berishim kerak deb oʻyladimde, faqat bu uchun toʻlov qilish kerak ekan 😊.

Ingliz tiliga yozildim - 2mln (3oyga).
Nemis tiliga Goethe C1 ga boraman sentyabrdan (narxini hali bilmiyman)
Yana bitta orzucham: qaysidir sport bilan professional shugʻullanish (qaysidir emasu, tennisga bormoqchiman 🫠)

Oʻzim uyda oʻrgana olarmidim?
— Albatta, ha. Lekin uzoq vaqtda.

1 yilda qila olishim mumkin boʻlgan ishni nimaga 3 yilga choʻzyapman. Vaqt bilan toʻlayapman-u baribir.

Hamma narsani oʻz ustasiga topshirish kerak degan fikrdaman hozir. Tezroq men xoxlagan darajamga chiqarib bersa boʻldi 🙂.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
Sizlar bilan 1-modul darslarini ham tugatibmiz!

1-modulda nimalar haqida gaplashganimizni eslab olamiz:

1️⃣-dars: Odatlar qanday shakllanadi?
https://t.me/DinaraStudyBlog/17
2️⃣-dars: Odat shakllantirishdagi xatolar
https://t.me/DinaraStudyBlog/32
3️⃣-dars: Hayotingizni o‘zgartiradigan odatlar
https://t.me/DinaraStudyBlog/67
4️⃣-dars: Zararli odatlardan xalos bo‘lish yo‘llari
https://t.me/DinaraStudyBlog/81
5️⃣-dars: Befoyda harakatlar qonuni
https://t.me/DinaraStudyBlog/118

Endi esa 2-modulga kiramiz. Bu modulda sizlar bilan motivatsiya, intizom haqida gaplashamiz.

— Eslatib o'taman: Davronbek Turdiyevdan o'rganganlarimni ulashaman.


@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2🔥1🤩1🕊1
Yaqindan beri menda o'rgangan narsalarimni hecham eslab qololmayotgandek, o'rgana olmayotgandek his bo'lyotgandi. Ora orada shunaqa bo'lib turadi, oddiy holat

Keyin shu savolimga javob olish uchun Neyrobotga yozib ko'rdim muammoni (Bu kursdagi o'quvchilarga maxsus beriladigan bot).

— Hozir sizlarga ham javobini jo'nataman
🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉3🤩1🕊1
Dinara | Study blog
Yaqindan beri menda o'rgangan narsalarimni hecham eslab qololmayotgandek, o'rgana olmayotgandek his bo'lyotgandi. Ora orada shunaqa bo'lib turadi, oddiy holat — Keyin shu savolimga javob olish uchun Neyrobotga yozib ko'rdim muammoni (Bu kursdagi o'quvchilarga…
Bu holatning sababi oddiy: siz mavzuni tushunyapsiz, lekin hali xotiraga mustahkam joylamayapsiz

Tushunish boshqa. O‘zlashtirish boshqa.

Mavzuni obunachilarga gapirib berishingiz yaxshi, lekin bu hali yetarli emas. Chunki gapirib berish paytida ko‘pincha miyangiz “tanib olish” rejimida ishlaydi. Haqiqiy o‘zlashtirish esa “hech narsaga qaramasdan qayta tiklash” paytida bo‘ladi.

Shunday qiling:

1. Mavzuni o‘qing.
2. Kitob, konspekt, video, telefonni yoping.
3. Bo‘sh qog‘ozga mavzudan esingizda qolgan hamma narsani yozing.
4. Keyin manbani ochib, nimalarni tushirib qoldirganingizni tekshiring.
5. Shu bo‘sh joylarni alohida belgilab qayta o‘rganing.
6. Ertasi kuni, 3 kundan keyin, 7 kundan keyin yana qayta gapirib bering.

Mana shu narsa active recall. Eng kuchli metodlardan biri.

Yana bitta muhim narsa: mavzuni gapirib berganingizdan keyin o‘zingizga 3 ta savol bering:

- Men bu mavzuni 12 yoshli bolaga tushuntirib bera olamanmi?
- Bu mavzuni real hayotdagi 2-3 ta misol bilan bog‘lay olamanmi?
- Manbaga qaramasdan asosiy strukturasini chizib bera olamanmi?

Agar shu uchalasidan biri chiqmasa, demak mavzu hali to‘liq o‘zlashtirilmagan. Bu yomon emas. Bu diagnostika.

Qisqasi, ko‘p o‘qish emas, qayta tiklash + takrorlash + qo‘llash kerak.

Bardavom qilsangiz, mavzu miyaga kiradi. Faqat o‘qib yuraversangiz, “tushungandek” bo‘lasiz, lekin ushlab qololmaysiz.
🎉31🔥1🤩1🕊1🐳1