Dinara | Study blog
284 subscribers
26 photos
5 videos
10 files
8 links
Intizom • Xotira • Energiya • Uyqu

📚 Ilmiy kitoblar
💡 Miya va inson psixologiyasi

O‘rganaman.
Sinab ko‘raman.
Siz bilan bo‘lishaman.

Oʻzingizni uyingizdagidek his qiling.

Davronbek Turdiyevdan oʻrganganlarimni ulashaman.
Download Telegram
Ancha-muncha o‘sib qoldik. Shu ketishda yaqinda nemis tili kanalida 10 ming bo‘lsak ham hayron qolmanglar

Lekin shu orada ancha gaplarni ham eshitishga ulgurdim: "Dinara hech kim emas". Shu gapni oʻz koʻzim bilan koʻrganman, qizigʻi bittasini kanalida 🥹.

Oʻsha hech kim tanimaydigan Dinaraga 2 ta katta o‘quv markaz reklama hamkorligi uchun yozishdi. Reklama olmiymiz deganimdan keyinam yana bir marta aloqaga chiqishyapti 🥺

Oʻylayapmanda: oʻshanda "hech kim emas" degan gapni eshitmaganimda, bunchalik o‘sishga harakat qilmasmidim.

Qisqasi nima demoqchiman: oʻsha gap menga rosa katta turtki boʻlgan, qarab turila hali koʻrsatib qoʻyaman deganmanda ichimda 😊. Kimdandir yomon gap eshitsayiz sizda siqilib oʻtirish uchun vaqt boʻlmaydi, aytayotgan gapi xato ekanligini koʻrsatib qoʻyish uchun ham oʻziyzga keb olishyz kerak.

@DinaraDeutsch
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3🤩21🥰1🐳1🌚1💘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat keldiiii

Endi bu Flashcardni qanaqa ishlatishni oʻrgataman sizlarga, kutila, aytgancha: oʻzi ishlatishni biladiganlar yozib tursela boʻladi komentda 😁💚

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3🎉1🤩1🕊1🐳1🌚1💘1
O‘zimda yana bitta foydali odatni shakllantirmoqchiman

Bugundan boshlab har kuni qilgan xarajatlarimni yozib boraman 😁

Ko‘pincha pulimiz qayerga ketayotganini sezmay qolamiz. Ayniqsa men, bir kundan keyin: shuncha pulga nima oldim deb boshimni ushlab qolaman.

Yozib borsam:

Ortiqcha xarajatlarni ko‘raman va ularga boshqa pul sarflamaslikka harakat qilaman
Moliyaviy intizom shakllanadi


Har kuni oʻzi 2–3 daqiqa vaqt ketarkan. Bir yildan keyin tejab qolingan pullarga vellik olamiz 🥹

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🤩3🌚21🕊1💘1
Yaqinroq kelila

Sizlarga flashcarddan qanday foydalanishni o‘rgataman 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3🥰1🎉1🤩1🐳1🌚1💘1
1️⃣-🔠🔠🔠🔠

Nega 1000 ta so'z yodlasangiz ham gapira olmaysiz?

Ko'pchilik nemis tilini quyidagicha o'rganadi:


Old tomoni:
der Hund


Orqa tomoni:
it


Kartani 20 marta ko'radi, tarjimasini yodlaydi va "Bu so'zni bilaman" deb o'ylaydi. Lekin bir hafta o'tgach, nemischa gap eshitganda yoki gapirish kerak bo'lganda shu so'z esiga kelmaydi.

Nima uchun?
Chunki miya tarjimani eslab qoladi, ma'noni emas.

To'g'ri usul — Ma'noni eslab qolish

Kartani shunday tayyorlang:

Old tomoni:
Das ist ein Haustier. - Bu uy hayvoni.
Es bellt. - U akkillaydi.
Viele Menschen haben es zu Hause. - Ko'pchilikni uyida "u" bor.


Orqa tomoni:
der Hund 🐶


Bu usulda siz "it = Hund" deb o'ylamaysiz. Aksincha, miyangiz tarifni o'qib, bevosita "der Hund" so'zini topishga harakat qiladi.

Natijada:
Tarjimaga kamroq bog'lanasiz.
So'zni real vaziyatda tezroq eslaysiz.
Gapirish va tinglash ancha osonlashadi.

Yana bir misol

Old tomoni:
Man trinkt es am Morgen. - Uni ertalab ichishadi.
Es ist heiß. - U judayam qaynoq.
Viele Menschen mögen es. - Ko'p odam uni yoqtiradi.


Orqa tomoni:
der Kaffee ☕️


Yoki:

Old tomoni:
Man schläft jede Nacht dort.


Orqa tomoni:
das Bett 🛏


Muhim qoida:
Har safar kartani ochganingizda:
Tarjimasini aytmang.
Nemischa so'zni topishga harakat qiling.

Shu kichik o'zgarishning o'zi lug'atni passiv emas, aktiv xotiraga o'tkazadi.

Eslab qoling: Til tarjima qilish emas, ma'noni tushunishdir. Qachonki so'zni ma'nosi orqali eslay boshlasangiz, gapirish ham ancha tabiiy bo'ladi.


@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🤩4🎉3🕊2🔥1🐳1🌚1💘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun sizlar bilan flashcardlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganamiz

— Biz hozirgacha qilayotgan usulimiz haqiqatan ham to‘g‘ri edimi ?

— Balki shuning uchun yodlagan so‘zlarimiz 2–3 kundan keyin esdan chiqib ketayotgandir?

— Koʻrib fikrilani yozila darrov, okeymiii
🌟

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🎉4🤩3🔥2🐳2😇2🤗1💅1💘1😎1
Uyda hali oʻqilmagan kitoblar boʻlsa ham, yana kitob olgim kelaveradi 😭

Hozir Remarkni kitoblarini oʻqiyapman, bitta kitobi yoqib qolsa, boʻldi menga, oʻsha yozuvchi yozgan hamma kitobni olib oʻqib chiqaman 🌟

Oʻqib boʻlganlarim:
1️⃣ Lissabondagi tun
2️⃣ Uch ogʻayni
3️⃣ Qarzga olingan umr
4️⃣ Hayot mamot pallasi
5️⃣ Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq (hozir yigʻlab yigʻlab oʻqiyapman, tugash arafasida)

Sotib oldim, hali oʻqilmaganlari:
1️⃣ Zafar darvozasi
2️⃣ Qora yodgorlik

Yana shunchasi meni doʻkonda meni kutyapti:
1️⃣ Qaytish
2️⃣ Menga sevishingni ayt
3️⃣ Jannatdagi soyalar
4️⃣ Umid uchquni
5️⃣ Yaqiningni sev

Shu kitoblarni oʻqiganimdan beri, bitta savol miyamda aylanyapti: nega odamlar yana urush qilaveradi? Shunchasi kam boʻldimi?

Ovozimni butun dunyo eshitsa-yu, boʻldi toʻxtatinglar bu urushlarni deyolsam. Hammasi toʻxtasa. Afsus.

Reja boʻyicha Remark kitoblaridan keyin Fotih Duman asarlariga oʻtamiz 🌟

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🥰2🕊2🔥1🤩1
Ishonsela A1larga dars material yozyapman grammatikadan, o'zim hayron, shunaqa ishlar meni qo'limdan kelyotganiga 🥹

Lekin zo'r chiqyapti, ancha yil hizmat qiladi endi bular, og'zaki tushuntirish qiyin, eslab qolmaydi o'quvchilar, 0dan boshlaganlarga norm grammatik kitob topolmadim. Ohiri o'zim yozishga qaror qildim🌟

2ta dars tayyor uje, sizlar birinchi habardor bo'lila dedimda, xixixi

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
123🆒2💅1
Bugungi kun podcasti: qimor inson miyasiga qanchalik kuchli ta'sir qilishi haqida. Eshitsela qimorga o'tirib qolish va o'ynash xalqaro miqyosda kasallik deb e'lon qilingan ekan

Zararlari:
✔️Dofaminga qaram bo'lish
✔️Qaror qabul qilish qobiliyati pasayadi
✔️Diqqat va xotiraga zarar yetkazadi


— Videoni ko'rish: ⤵️
https://youtu.be/R1ue1XvM7EI?si=cOi60TNmwAZX8dpR

— Videoni koʻrib albatta fikrilani yozila.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳32🔥2💘2🎉1🤩1🆒1
Tugashiga 20 bet qolganda, darsim boshlanib qoldidaaaa

15 - 20 minutlar oldin oʻqishni boshlasam boʻlmasmi, uje oʻqib tugatardim 😢
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🤩3🔥1
Hozircha kitoblarni oʻqib boʻlib, qutiga joylab qo'yyapman

Oʻzimni uyim boʻlsa, yaqin kelajakda, albatta bitta xonasini alohida kutubxona qilaman, nasib. U xonada faqat kitoblar boʻladi 🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥12🆒6🔥41🥰1🤩1💅1💘1
Imtihon deganda kim nimani tushunadi?
Bugungi podcast: https://youtu.be/TEHSVrDQiPU?si=bfKjqeB8HcBCtMe6

Shu darajaga kelib qoldikku, bitta chalg'imasdan ishlash orqali siz ancha o'zib keta olasiz. Chunki e'tibor, chalg'imaslik hozirgi kunga asosiy ko'nikmalarga aylanib ketyapti.


Chalg'ishni bu darajada to'liq tushuntirib berishganini ko'rmagan edim. Ko'rila 👀

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🥰1🎉1🤩1🕊1
Dinara | Study blog
Bugungi podcast: https://youtu.be/TEHSVrDQiPU?si=bfKjqeB8HcBCtMe6 Shu darajaga kelib qoldikku, bitta chalg'imasdan ishlash orqali siz ancha o'zib keta olasiz. Chunki e'tibor, chalg'imaslik hozirgi kunga asosiy ko'nikmalarga aylanib ketyapti. Chalg'ishni…
Sizlarga ovozli habar tashladimku, o'shandayam odamlar qiynalishni tanlamayapti degan edim. Podcastda shuni yaxshi so'zlar bilan tushuntirgan ekan ustoz

"Odamlarda kundan kunga aqliy mehnat qilish kamayib ketyapti."
- Xuddi shu narsani aytmoqchi edim menam.
🔥2🥰2🎉1🤩1🕊1