Birinchi navbatda tanishib olsak
Mening eng katta qiziqishlarimdan biri — til o‘rganish.
Kelajakdagi maqsadlarimdan biri esa 6 ta tilda bemalol gaplasha oladigan darajaga chiqish.
Kitob o‘qishni ham juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, ilmiy ma'lumotlarga boy kitoblar koʻproq yoqadi menga.
Inson psixologiyasi, miya faoliyati, xotira, odatlar va inson nega bir ishni qiladi-yu, boshqasini qilmaydi degan savollar menga juda qiziq boʻlgan doim.
— O‘zim o‘rganayotgan foydali narsalarni sizlar bilan ham bo‘lishib boraman nasib. Birga boʻlib turaverila shunchun.
@DinaraStudyBlog

Hozir o‘zim ham yangi kurs o‘qiyapman.
Unda asosan:💚 Intizom💚 Xotira💚 Energiya💚 Uyqu
haqida o‘rganyapman.
— O‘zim o‘rganayotgan foydali narsalarni sizlar bilan ham bo‘lishib boraman nasib. Birga boʻlib turaverila shunchun.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🐳1
Nima qilish kerak?
Birinchi navbatda — shoshilmang 🙂
Hamma narsani birdaniga o‘zgartirishga urinmang. Biz buni sekin sekin qilib boramiz. Bu kanal bugun ochilib, ertaga yopilib ketadigan loyiha emas.
Bizda vaqt bor.
⭐ Lekin faqat o‘qib ketmaymiz. Maqsad - shu narsalarni hayotimizga tatbiq qilish. Shuning uchun daftar, ruchka hammada boʻlishi kerak. Tayyorlab tursela kechqurun sizlarga bitta dars tashlab beraman.
— Men ham sizlar bilan birgaman. O‘zim ham o‘rganib, ham sizlarga oʻrgatib, natijalarimni sizlar bilan bo‘lishib boraman.
@DinaraStudyBlog
Birinchi navbatda — shoshilmang 🙂
Hamma narsani birdaniga o‘zgartirishga urinmang. Biz buni sekin sekin qilib boramiz. Bu kanal bugun ochilib, ertaga yopilib ketadigan loyiha emas.
Bizda vaqt bor.
Siz bilan birga shu oy davomida:💚 Zararli odatlardan qutulishni💚 Kuchli iroda shakllantirishni💚 Dangasalikni yengishni💚 Rejalashtirish va vaqtdan to‘g‘ri foydalanishni
o‘rganamiz.
— Men ham sizlar bilan birgaman. O‘zim ham o‘rganib, ham sizlarga oʻrgatib, natijalarimni sizlar bilan bo‘lishib boraman.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🐳1
Birinchi bo‘limimizni aynan intizom mavzusiga bag‘ishlaymiz.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🐳2
Dinara | Study blog
Voice message
Birinchi bo‘limimizni aynan intizom mavzusiga bag‘ishlaymiz.
Nega?
Chunki qaysi sohada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz ham, intizom kerak bo‘ladi.
Masalan:
Hammasining tagida bitta narsa yotadi — intizom.
Online o‘qishda esa odamlar eng ko‘p aynan shu joyda yiqilishadi.
Ustoz yonida emas.
Hech kim nazorat qilmaydi.
Natijada ko‘pchilik yarim yo‘lda tashlab ketadi.
Men bunday bo‘lishini xohlamayman.
Shuning uchun sizga nima vazifa bersam, o‘zim ham bajarib boraman. O‘zimning natijalarimni ham ko‘rsataman
Har bir savolga tayyor javob kutmang.
Avval o‘zingiz izlaning, o‘ylang, harakat qiling.
Yangi fikr keldimi?
Darrov yozib qo‘ying.
Eng yaxshi g‘oyalar odatda kutilmaganda keladi va yozib olinmasa yo‘qolib ketadi.
Shunchaki ko‘chirib yozish emas. Tushungan narsangizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozib boring.
Uni boshqa odamga tushuntirib berishga harakat qiling. Tushuntirib bera olsangiz — demak haqiqatan ham tushungansiz.
Video ko‘rib, post o‘qib intizomli bo‘lib qolib bo‘lmaydi. Intizom ham sportga o‘xshaydi. Uni faqat amalda mashq qilib rivojlantirasiz.
Kerak bo‘ladigan qurollar:
Telefonda yozsa bo‘ladimi?
Bo‘ladi.
Lekin yangi boshlayotganlar uchun bloknot ancha samarali.
— Nasib qilsa, bugundan boshlab kichik qadamlar bilan katta o‘zgarishlarni boshlaymiz.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥1🐳1
To Do List mavzusiga hali kelmaganmiz
Shunday bo‘lsa ham, ozgina kirish qilib qo‘ydim.
— Ko‘pchilik reja tuzadi, lekin uni bajarolmaydi. Muammo ko‘pincha intizomda emas, rejani noto‘g‘ri tuzishda bo‘ladi🙂
@DinaraStudyBlog
Shunday bo‘lsa ham, ozgina kirish qilib qo‘ydim.
🎙 Ovozli xabar ichida:💚 To Do List nima?💚 To Do Listga nimalar yoziladi?💚 Reja yozganda odamlar eng ko‘p qiladigan xatolar💚 To Do List yozayotganda e'tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
haqida gapirdim.
— Ko‘pchilik reja tuzadi, lekin uni bajarolmaydi. Muammo ko‘pincha intizomda emas, rejani noto‘g‘ri tuzishda bo‘ladi
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🐳1
O‘zimga haqiqiy ustoz deb biladigan insonlarim bor
Ularning deyarli hammasidan bir gapni eshitganman: "Uxlashdan oldin kitob o‘qiyman." "Karovatim yonida doim kitob turadi."
Shu odatni o‘zimda shakllantirishga harakat qilyapman. Maqsadim shunaqa darajaga yetishki, kitob o‘qimasam uyqum kelmay qolsin 😁
Buning uchun nima qildim?
Birinchi 3–4 kun kitobni shunchaki karovatim yoniga qo‘yib qo‘ydim. Har kuni ko‘zim tushardi. Lekin o‘qimasdim 😂
Keyin sekin boshladim. 2 kundan beri uxlashdan oldin 10–15 minut kitob o‘qib uxlayapman. To‘g‘risi, menga yoqyapti.
Avval muhit.
Keyin odat.
— Aytgancha, vaʼda qilgan darsligim ertaga joʻnatiladigan boʻldi.

❤20🐳1
Bugungi darsda odatlar aslida qanday shakllanishi haqida gaplashamiz
1️⃣ -🔠 🔠 🔠 🔠
🎙 Ovozli xabar ichida:
💚 Nega bir ishni qilish boshida qiyin, keyinchalik esa oson bo‘lib qoladi?
💚 Miya yangi odatlarni qanday qabul qiladi?
💚 "Yo‘lakcha effekti" nima?
💚 Dominanta nima va u qarorlarimizga qanday ta'sir qiladi?
💚 Nega ba'zida YouTube yutadi, dars esa qolib ketadi?
💚 Checklist nima uchun odat shakllantirishdagi eng kuchli vositalardan biri?
O‘rgangan narsamizni amalda qo‘llashni ham boshlaymiz🙂
— Nasib qilsa, bugundan boshlab birinchi foydali odatimizni birga shakllantiramiz.
@DinaraStudyBlog
O‘rgangan narsamizni amalda qo‘llashni ham boshlaymiz
— Nasib qilsa, bugundan boshlab birinchi foydali odatimizni birga shakllantiramiz.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1🐳1
Odatlar shakllantirish uchun cheklist.pdf
509.4 KB
Bizga Checklist kerak bo‘ladi
Bir marta to‘g‘ri ishlatishni o‘rganib olsangiz, kun davomida qilgan ishlaringizni kuzatish ancha osonlashadi.
@DinaraStudyBlog
Bir marta to‘g‘ri ishlatishni o‘rganib olsangiz, kun davomida qilgan ishlaringizni kuzatish ancha osonlashadi.
@DinaraStudyBlog
❤6🐳1
O‘zimda nonushta qilish odatni shakllantirdim
Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅
Qanday qildingiz deb so‘rasayiz:
Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim.
💚 Kechqurun ovqatni ertaroq yedim.
💚 Me'yoridan ortiqcha yemadim.
Natijada:
💚 Oshqozon yengil bo‘ldi.
💚 Uyqum sifatliroq bo‘ldi.
💚 Ertalab och bo‘lib uyg‘ona boshladim.
💚 Nonushta qilish esa o‘z-o‘zidan osonlashdi.
— Ko‘ryapsizmi, ba'zida muammoning yechimi o‘sha muammoning o‘zida bo‘lmaydi.
@DinaraStudyBlog
Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅
Qanday qildingiz deb so‘rasayiz:
Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim.
Natijada:
— Ko‘ryapsizmi, ba'zida muammoning yechimi o‘sha muammoning o‘zida bo‘lmaydi.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1🐳1
Dinara | Study blog
O‘zimda nonushta qilish odatni shakllantirdim Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅 Qanday qildingiz deb so‘rasayiz: Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim. 💚 Kechqurun ovqatni ertaroq yedim. 💚 Me'yoridan…
Hozir deyarli har kuni bir xil nonushta qilaman
💚 Tvorog + smetana aralashtiraman.
💚 Yoniga bitta bananni to‘g‘rab qo‘shaman. (Baxtimga, bananlar ham arzonlab qolgan 😁)
💚 Ustidan esa 1 qoshiq granola sepaman.
Nega aynan shu nonushta?
🥛 Tvorog — oqsilga juda boy. Uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi va mushaklar uchun foydali.
🥄 Smetana — foydali yog‘lar manbai. Ta'mini ham yaxshilaydi va to‘yimliroq qiladi. (Me'yorida iste'mol qilish kerak.)
🍌 Banan — kaliy, B6 vitamini va uglevodlarga boy. Ertalab energiya beradi va organizmni tez uyg‘otadi.
🥣 Granola — tarkibida suli, yong‘oq va urug‘lar bo‘lgani uchun tolaga boy. Hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va uzoqroq to‘q ushlab turadi.
Bir xil, oddiy va foydali. Shu nonushta bilan soat 14:00largacha umuman och boʻlmiyman.
— Siz nonushtaga odatda nima yeysiz?
@DinaraStudyBlog
Nega aynan shu nonushta?
🥛 Tvorog — oqsilga juda boy. Uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi va mushaklar uchun foydali.
🥄 Smetana — foydali yog‘lar manbai. Ta'mini ham yaxshilaydi va to‘yimliroq qiladi. (Me'yorida iste'mol qilish kerak.)
🍌 Banan — kaliy, B6 vitamini va uglevodlarga boy. Ertalab energiya beradi va organizmni tez uyg‘otadi.
🥣 Granola — tarkibida suli, yong‘oq va urug‘lar bo‘lgani uchun tolaga boy. Hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va uzoqroq to‘q ushlab turadi.
Bir xil, oddiy va foydali. Shu nonushta bilan soat 14:00largacha umuman och boʻlmiyman.
— Siz nonushtaga odatda nima yeysiz?
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🐳1
Maqsadga erishish guidebook.pdf
1.9 MB
— Qoʻshimcha maʼlumot olib keldim sizlarga 🤭
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥1🐳1
Bugun odatlarning qanday shakllanishi haqida emas, nima uchun shakllanishi haqida gaplashamiz.
Aslida esa muammo ko‘pincha irodada emas, odatning ishlash tizimini tushunmaslikda bo‘ladi.
Oxirida esa sizlarga bitta amaliy mashq berdim. Shu mashq orqali o‘zingizdagi yomon odatlar qayerdan paydo bo‘layotganini tahlil qilishni boshlaysiz.
— Maqsadimiz odatlarni shunchaki tark etish emas, ularni tushunish. Chunki tushungan odam o‘zgartira ham oladi.
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥1🐳1
📚 Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 3 ta kitob
1. Atom odatlari — Jeyms Klir
Kichik odatlar qanday qilib ulkan natijalarga olib kelishini amaliy misollar bilan tushuntiradi.
2. Samaradorlikning 21 yo‘li — Brayan Treysi
Prokrastinatsiyani yengish, muhim ishlarni kechiktirmasdan bajarish va unumdorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
3. 7 ta yuqori samarali insonning odatlari — Stiven Kovi
Shaxsiy va kasbiy hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan 7 ta asosiy odatni o‘rgatadi.

🐳7❤5
Dinara | Study blog
Voice message
Qoʻshimcha maslahatlar
Imtihonga kirishdan oldin:
✅ Imtihondan kamida 30 daqiqa oldin yetib boring.
✅ Kechasi yangi mavzu boshlamang. Avval o‘rgangan
narsalaringizni takrorlash kifoya.
✅ Savollarni shoshilmasdan oxirigacha o‘qing. Ko‘p xatolar aynan e'tiborsizlikdan bo‘ladi.
✅ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Bitta savolda ortiqcha ushlanib qolmang.
— Eng muhimi, o‘zingizga ishoning. Siz shu kungacha bekorga tayyorlanmadingiz. Omad tilayman!
@DinaraStudyBlog
Imtihonga kirishdan oldin:
narsalaringizni takrorlash kifoya.
— Eng muhimi, o‘zingizga ishoning. Siz shu kungacha bekorga tayyorlanmadingiz. Omad tilayman!
@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🐳1
Forwarded from ш
Undam zo'ri agar imkon bo'sa imtixon bo'lib o'tadigan joyga 2,3 martta borish kere, qanchalik usha joy sizga yod bo'p ketsa hich qanaqa yengilik bo'masa hayajonlanmisiz
❤6🐳3