Dinara | Study blog
284 subscribers
26 photos
5 videos
10 files
8 links
Intizom • Xotira • Energiya • Uyqu

📚 Ilmiy kitoblar
💡 Miya va inson psixologiyasi

O‘rganaman.
Sinab ko‘raman.
Siz bilan bo‘lishaman.

Oʻzingizni uyingizdagidek his qiling.

Davronbek Turdiyevdan oʻrganganlarimni ulashaman.
Download Telegram
Channel created
Birinchi navbatda tanishib olsak

Mening eng katta qiziqishlarimdan biri — til o‘rganish.

Kelajakdagi maqsadlarimdan biri esa 6 ta tilda bemalol gaplasha oladigan darajaga chiqish.

Kitob o‘qishni ham juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, ilmiy ma'lumotlarga boy kitoblar koʻproq yoqadi menga.

Inson psixologiyasi, miya faoliyati, xotira, odatlar va inson nega bir ishni qiladi-yu, boshqasini qilmaydi degan savollar menga juda qiziq boʻlgan doim.

Hozir o‘zim ham yangi kurs o‘qiyapman.

Unda asosan:

💚 Intizom
💚 Xotira
💚 Energiya
💚 Uyqu

haqida o‘rganyapman.


O‘zim o‘rganayotgan foydali narsalarni sizlar bilan ham bo‘lishib boraman nasib. Birga boʻlib turaverila shunchun.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🐳1
Nima qilish kerak?

Birinchi navbatda — shoshilmang 🙂

Hamma narsani birdaniga o‘zgartirishga urinmang. Biz buni sekin sekin qilib boramiz. Bu kanal bugun ochilib, ertaga yopilib ketadigan loyiha emas.

Bizda vaqt bor.

Siz bilan birga shu oy davomida:

💚 Zararli odatlardan qutulishni
💚 Kuchli iroda shakllantirishni
💚 Dangasalikni yengishni
💚 Rejalashtirish va vaqtdan to‘g‘ri foydalanishni

o‘rganamiz.


Lekin faqat o‘qib ketmaymiz. Maqsad - shu narsalarni hayotimizga tatbiq qilish. Shuning uchun daftar, ruchka hammada boʻlishi kerak. Tayyorlab tursela kechqurun sizlarga bitta dars tashlab beraman.

Men ham sizlar bilan birgaman. O‘zim ham o‘rganib, ham sizlarga oʻrgatib, natijalarimni sizlar bilan bo‘lishib boraman.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🐳1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🎙 Bugun sizlar bilan kirish darsini o'tamiz

Birinchi bo‘limimizni aynan intizom mavzusiga bag‘ishlaymiz.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🐳2
Dinara | Study blog
Voice message
🎙 Bugun sizlar bilan kirish darsini o'tamiz

Birinchi bo‘limimizni aynan intizom mavzusiga bag‘ishlaymiz.

Nega?

Chunki qaysi sohada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz ham, intizom kerak bo‘ladi.

Masalan:
💚 Nemis tilini o‘rganmoqchimisiz?
💚 Kitob o‘qish odatini shakllantirmoqchimisiz?
💚 Pul topmoqchimisiz?
💚 Sport bilan shug‘ullanmoqchimisiz?

Hammasining tagida bitta narsa yotadi — intizom.

Online o‘qishda esa odamlar eng ko‘p aynan shu joyda yiqilishadi.

Ustoz yonida emas.
Hech kim nazorat qilmaydi.
Natijada ko‘pchilik yarim yo‘lda tashlab ketadi.

Men bunday bo‘lishini xohlamayman.

Shuning uchun sizga nima vazifa bersam, o‘zim ham bajarib boraman. O‘zimning natijalarimni ham ko‘rsataman 🙂

💚 Bizning jamiyatda 5 ta muhim qoida bo‘ladi:

1️⃣ Mustaqil fikrlash

Har bir savolga tayyor javob kutmang.
Avval o‘zingiz izlaning, o‘ylang, harakat qiling.

2️⃣ G‘oyalar konspekti

Yangi fikr keldimi?
Darrov yozib qo‘ying.
Eng yaxshi g‘oyalar odatda kutilmaganda keladi va yozib olinmasa yo‘qolib ketadi.

3️⃣ Ongli konspekt

Shunchaki ko‘chirib yozish emas. Tushungan narsangizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozib boring.

4️⃣ Feynman usuli

Uni boshqa odamga tushuntirib berishga harakat qiling. Tushuntirib bera olsangiz — demak haqiqatan ham tushungansiz.

5️⃣ Amaliyot

Video ko‘rib, post o‘qib intizomli bo‘lib qolib bo‘lmaydi. Intizom ham sportga o‘xshaydi. Uni faqat amalda mashq qilib rivojlantirasiz.

Kerak bo‘ladigan qurollar:

💚 Bloknot
💚 Rangli ruchkalar
💚 Oq qog‘ozlar

Telefonda yozsa bo‘ladimi?

Bo‘ladi.

Lekin yangi boshlayotganlar uchun bloknot ancha samarali.

Nasib qilsa, bugundan boshlab kichik qadamlar bilan katta o‘zgarishlarni boshlaymiz.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥1🐳1
To Do List mavzusiga hali kelmaganmiz

Shunday bo‘lsa ham, ozgina kirish qilib qo‘ydim.

🎙 Ovozli xabar ichida:

💚 To Do List nima?
💚 To Do Listga nimalar yoziladi?
💚 Reja yozganda odamlar eng ko‘p qiladigan xatolar
💚 To Do List yozayotganda e'tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

haqida gapirdim.


Ko‘pchilik reja tuzadi, lekin uni bajarolmaydi. Muammo ko‘pincha intizomda emas, rejani noto‘g‘ri tuzishda bo‘ladi 🙂

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🐳1
O‘zimga haqiqiy ustoz deb biladigan insonlarim bor

Ularning deyarli hammasidan bir gapni eshitganman: "Uxlashdan oldin kitob o‘qiyman." "Karovatim yonida doim kitob turadi."

Shu odatni o‘zimda shakllantirishga harakat qilyapman. Maqsadim shunaqa darajaga yetishki, kitob o‘qimasam uyqum kelmay qolsin 😁

Buning uchun nima qildim?

Birinchi 3–4 kun kitobni shunchaki karovatim yoniga qo‘yib qo‘ydim. Har kuni ko‘zim tushardi. Lekin o‘qimasdim 😂

Keyin sekin boshladim. 2 kundan beri uxlashdan oldin 10–15 minut kitob o‘qib uxlayapman. To‘g‘risi, menga yoqyapti.

Avval muhit.
Keyin odat.

Aytgancha, vaʼda qilgan darsligim ertaga joʻnatiladigan boʻldi.

@DinaraStudyBlog
20🐳1
Bugungi darsda odatlar aslida qanday shakllanishi haqida gaplashamiz

1️⃣-🔠🔠🔠🔠

🎙 Ovozli xabar ichida:

💚 Nega bir ishni qilish boshida qiyin, keyinchalik esa oson bo‘lib qoladi?
💚 Miya yangi odatlarni qanday qabul qiladi?
💚 "Yo‘lakcha effekti" nima?
💚 Dominanta nima va u qarorlarimizga qanday ta'sir qiladi?
💚 Nega ba'zida YouTube yutadi, dars esa qolib ketadi?
💚 Checklist nima uchun odat shakllantirishdagi eng kuchli vositalardan biri?

O‘rgangan narsamizni amalda qo‘llashni ham boshlaymiz 🙂

Nasib qilsa, bugundan boshlab birinchi foydali odatimizni birga shakllantiramiz.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥1🐳1
Odatlar shakllantirish uchun cheklist.pdf
509.4 KB
Bizga Checklist kerak bo‘ladi

Bir marta to‘g‘ri ishlatishni o‘rganib olsangiz, kun davomida qilgan ishlaringizni kuzatish ancha osonlashadi.

@DinaraStudyBlog
6🐳1
O‘zimda nonushta qilish odatni shakllantirdim

Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅

Qanday qildingiz deb so‘rasayiz:
Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim.

💚 Kechqurun ovqatni ertaroq yedim.
💚 Me'yoridan ortiqcha yemadim.

Natijada:

💚 Oshqozon yengil bo‘ldi.
💚 Uyqum sifatliroq bo‘ldi.
💚 Ertalab och bo‘lib uyg‘ona boshladim.
💚 Nonushta qilish esa o‘z-o‘zidan osonlashdi.

Ko‘ryapsizmi, ba'zida muammoning yechimi o‘sha muammoning o‘zida bo‘lmaydi.

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥1🐳1
Dinara | Study blog
O‘zimda nonushta qilish odatni shakllantirdim Hozir har kuni ertalab nonushta qilaman. Oldin esa umuman nonushta qilmasdim 😅 Qanday qildingiz deb so‘rasayiz: Men nonushtadan emas, kechki ovqatdan boshladim. 💚 Kechqurun ovqatni ertaroq yedim. 💚 Me'yoridan…
Hozir deyarli har kuni bir xil nonushta qilaman

💚 Tvorog + smetana aralashtiraman.
💚 Yoniga bitta bananni to‘g‘rab qo‘shaman. (Baxtimga, bananlar ham arzonlab qolgan 😁)
💚 Ustidan esa 1 qoshiq granola sepaman.

Nega aynan shu nonushta?

🥛 Tvorog — oqsilga juda boy. Uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi va mushaklar uchun foydali.

🥄 Smetana — foydali yog‘lar manbai. Ta'mini ham yaxshilaydi va to‘yimliroq qiladi. (Me'yorida iste'mol qilish kerak.)

🍌 Banan — kaliy, B6 vitamini va uglevodlarga boy. Ertalab energiya beradi va organizmni tez uyg‘otadi.

🥣 Granola — tarkibida suli, yong‘oq va urug‘lar bo‘lgani uchun tolaga boy. Hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va uzoqroq to‘q ushlab turadi.

Bir xil, oddiy va foydali. Shu nonushta bilan soat 14:00largacha umuman och boʻlmiyman.

Siz nonushtaga odatda nima yeysiz?

@DinaraStudyBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🐳1