Dilnura blogi
237 subscribers
164 photos
12 videos
3 files
209 links
Ko‘proq kitoblar haqida: @Dilnurasbooks

Playlistim bu yerda: @Dilnura_playlisti
Download Telegram
Oʻqimaydigan millat ajalidan oldin oʻladi.

Molik ibn Nabiy
Qaro turmush changalidan qutulib,
Erk chechagi taqa olg'on kuchli qiz.
Eski odam sanamlarni parchalab,
Erk-Tangriga sajda qilg'on ruhli qiz,
Yo'ling to'g'ri, ortga boqma, ketaver!
Ilgarilash ashulasin aytaver!"

Botu

@Dilnurasblog
Forwarded from undalma
Izmimizda emas bu dunyo,
Samovotga o'tmas so'zimiz.
Balki, undan najot yo‘q aslo
Bizga najot... faqat o'zimiz
​​Orzular shunchaki amalga oshmaydi.

Odatda, biz orzular qilamiz, maqsadlar qoʻyamiz va ularga erishish uchun harakatlar strategiyasini tuzamiz.
Biz barchasini: shukronalik daftarini tutishni, orzularimizni yozishni, plannerga rejalar kiritishni, bir yilimizni rejalashtirib, rejalarni oy va kunlarga boʻlib chiqishni uddalaymiz, ammo harakat qilmaymiz.
Ha, shunchaki, hammasini qoyillatib qoʻyib, harakatga kelganda, dangasaga aylanamiz.
Orzu va maqsadlarni yozib qoʻysak, amalga oshadi degan fikr mutlaqo notoʻgʻri.
Orzular - ularga tomon HARAKAT qilsangizgina amalga oshadi.
Xoʻsh, xorijda taʼlim olmoqchisiz?
Albatta, buning uchun til oʻrganishingiz kerak, til oʻrganish mobaynida esa boshqa narsalarga chalgʻib ketasiz yoki oʻrganayotgan tilingizga juda kam vaqt ajratasiz. Bir tilni mukammal oʻrganish uchun qancha soʻz boyligiga ega boʻlish kerakligini, bir kunda necha soat shu til bilan shug'ullanish shartligini, nimalarga eʼtibor berish muhimligini mendan ham yaxshi bilasiz.
Men ham bilaman.
Lekin kamdan - kamchiligimiz shu qoidalarga amal qilamiz.
Asosiy muammo mana shunda. Biz bilamiz, lekin amal qilmaymiz.
Maqsadlar plannerga yozilgani bilan amlga oshmaydi, ular amalga oshishi uchun mayda qadamlar bilan boʻlsa-da harakat qilish shart.
Til o'rganyapsiz, kuniga oʻrtacha 30ta soʻz yodlashni reja qiling va yodlang. Bir oy yoki ikki haftadan keyin soʻzlarni ikki barobar koʻpaytiring, umuman olganda til oʻrganishim kerak deb asabiylashmang. Tilni universitetdan haydalib ketmaslik uchun emas, yaxshiroq taʼlim olish, el bilish va yangi bilimlarni kashf etish uchun o'rganyapsiz. Yaʼni, bu sizning shaxsiy ehtiyojingiz. Birovni bogʻida ishlagandek "uff" tortmang.
Eng muhimi kuningizni toʻgʻri taqsimlang.
Ancha chetlab ketdim, xullas, ingliz tilidan darslari qolib ketib kitob oʻqiyotgan qizni gaplari edi bu.

#Mendan_menga

@Dilnurasblog
Biror bir sohada oʻzining mutaxassislari doim ustunlikka ega boʻladi.
Qoʻlingdan kelsa oʻzib ket!
Kelmasa ovozing chiqmasin!

@Dilnurasblog
​​#taqriz

Javlon Jovliyev - Qoʻrqma.

Kimsiz?.
Talabasiz, oʻquvchisiz, abituriyentsiz yoki oʻqituvchi, balki umuman boshqa kasb egasidirsiz. Sizga savolim bor, nega oliy ta'limda tahsil olayapsiz?!. Diplom uchunmi?. Yoki ota - onangiz hohlashgani uchunmi?
Balki "yuqori" mansablarni egallash uchundir?
Hech oʻylab koʻrganmisiz sizni katta odam qilgan millat uchun nima qildingiz, qilyapsiz ?

Ozroq eʼtibor bering oʻzingizga, millat uchun xalq uchun nimalar qildingiz?

Agar hali ham oʻzingizni uyquda deb oʻylayotgan boʻlsangiz Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma" asarini oʻqing.
Asar nima haqida ekanligini yozish niyatim yoʻq, asar sizga nimalarni tushuntirishi mumkinligi haqida yozaman.
Faqat oʻzimiz uchun, yaqinlarimizni pulsizlik qiynamasligi uchun, yoki obroʻli joyda ishlash uchun emas millat uchun taʼlim olaylik. Kelajakda avlodlarimiz xuddi bizdek hali ham maishiy muammolar bilan oʻralashib yurmasdan, ilm-fan, adabiyot, texnika, kosmos kabi mavzularda dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida turishini istasak hozir siz va biz boshqacha yashashimiz shart. Oʻqib, izlanib, qilgan ixtirolarimiz va yangiliklarimiz orqali millatni rivojlanishi uchun xizmat qilsakkina, oʻylagan niyatlarimizga erishamiz.

Oʻylab qoladi kishi, hozir bizda xuddi ulardek fikrlovchi, izlanuvchi, ta'lim oluvchi yetmish nafar talaba bormi?
Menimcha bor. Lekin ulardek emas, baribir nimadir kam.

Asar millatning qarg'ishi butun bir avlodni kun koʻrmay oʻtishiga sababchi boʻlishi haqida. Siz va men eʼtibor bermaydigan insonlar, muommolar haqida. Asar aslida koʻzgu. Bizga, hayot tarzimizga, oʻy- fikrlarimizga tutilgan koʻzgu.
Ko'zguga qoʻrqmasdan qaray olarmikanmiz?
Bizni yaxshi taʼlim olishimizni hohlab, oʻz jonlarini fido qilgan mutafakkir va jadidlarimiz, yetmishta talaba bizdan rozi bo'larmikan?
Oʻzingiz oʻzingizdan rozi bo'lasizmi?

Tarqoq fikrlar uchun uzr soʻrayman.

P/s: bilaman, taqrizda kamchiliklar judayam koʻp, ammo, bu taqriz marta oyida, "Qo'rqma" birinchi marotaba mutolaa qilingan vaqtda yozilgan. Oʻsha vaqtdagi fikr va qarashlarimni tahlil qilmoqchiman.
P/s²: koʻzlari chiroyli o'rtog'im, "menga eng koʻp yoqqan taqrizingiz shu, qolganlari ham yomon emas" deganiga kanalga joyladim.

@Dilnurasblog
​​Men tanimagan va meni tanimagan begona inson(opa)dan sovgʻa...
Oʻzlarining aytishi boʻyicha, baxtga munosib qiz ekanman. Ichiga " oilaviy baxt va qadriyatlar shioringiz boʻlsin " deb tilak ham yozib berdilar.
Yaxshi odamlar judayam koʻp, yoʻq aynan menga kitob ulashgani yoki boshqa sabablar uchun emas, shunchaki, yaxshi insonlar koʻp...
Bizga ishlaydigan "kalla"lar kerak.
Boshqalardan ustun jihatlarimni koʻrishni xohlamayman. Boshqalarda yoʻq jihatlarimni bilganim sari oʻzimdan nafratlanib, qiynalib ketyapman.
Budapesht. Berlin. London. Va Samarqand.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oʻzbekistonda siyosiy tafakkur, shu sohadagi nodavlat sektorini rivojlantirish zarurati.
👤 #AzonUZ

@youtubabot: 📹360p
Yoʻliga va koʻziga qaramay yuradigan haydovchi va yoʻlovchilar bor ekan, avtohalokatlar sodir boʻlaveradi!
#taqriz

Insonning ichki "men"lari bisyor. Inson hech qachon bir xil boʻla olmagan. Ichki menimiz va har birimizda mavjud boʻlgan, boshqalarga oʻxshamaydigan jihatlarimiz haqida soʻz yuritadigan, "Cho'l bo'risi" asari odamni, oʻziga e'tibor qaratishga, oʻzini isloh qilishga undaydi.

Har birimizda, bizni vaqtlar davomida qiynaydigan ichki isyonlar bor va bu tabiiy hol. Bu isyonlardan qo'rqish emas, aksincha, ularni boricha qabul qilib har kim o'z muvozanatini saqlay olishi kerak.
Nemis yozuvchisi Hesse ijod qalami orqali inson qalbini oq qogʻozga tushirgan. Oʻz navbatida bu asar, misoli insonlarga tutilgan ko'zgudir. Asar zamon, davr, kayfiyat va xarakter tanlamaydi. Agarda, biz insonni yillar davomida sayqal topuvchi tosh desak, bu asar shu sayqal jarayonining qo'llanmasidir.

Qalb - insonning nozik jihatidir. Qalbni tushunish, anglash va his qilish oʻta murakkab jarayon. Baʼzida, oʻzgalarning qalbidan nelar kechayotganiga qiziqamiz-u, oʻzimizning qalbimizni oʻqishni unutamiz.

Inson hayoti soʻngiga qadar ideallika tomon harakat qilib yashaydi, ammo unga erisholmaydi. Chunki, mukammal inson bo'lmaganidek mukammal hayot ham yoʻq. Gohida, mana shu ideallika boʻlgan harakat vaqtidagi tushkunlik, bizda ichki isyonni keltirib chiqardi.

Rostini aytsam, asarda oʻzimni koʻrgandek boʻldim. Yolgʻon. Chunki, bu asarda, har bir oʻqiguvchi faqat oʻzini koʻradi.
Asar davr va zamonlar, qarashlar va fikrlar oʻzgarganda ham qaytadan kashf etiladi, har safar mutolaa qilinganda asar bilan birgalikda "oʻzimiz"ni kashf etamiz.

"Cho'l bo'risi" - qalb haqidagi eng yaxshi asar.

P/s: Asarning kitob holatidagi nashri sotuvda yoʻq.

@Dilnurasblog
...hayot seni qanchalik gʻaflat uyqusidan uygʻotib, oʻz - oʻzinga kelganing sayin, musibating shu qadar kattalashib, iztirob, hadik - havotir va tushkunlik botqog'iga botib boraverasan...

Herman Hesse: Cho'l bo'risi

@Dilnurasblog
Deydilar,it hurar o‘tadi karvon,
Ranju alamlarda yonmasin joning
Lekin alam qilar bir umr giryon,
Itlar orasida o‘tsa karvoning!

@Dilnurasblog
Forwarded from MehrNoz
#eski_yozmalardan

Uchrashuv

Aylanadi soat millari,
Yetmay qolar ba'zan nafasim.
Qadamimni tezlatgan sarim,
Sekinlashar hamma-hammasi.

Salom! Xayr! Hurmatli hayot!
To'savermang yo'limni takror.
Kechirasiz, shoshib turibman,
O'zim bilan uchrashuvim bor!

Mehrinoz

@abbosova_mehrinoz
Najot bu - sensan!

Qiyinchilik, azob, dard hammada va har doim boʻladi. Joning ozgina qiynalib qolsa, darrov his - hayajonga berilasan va atrofingdan oʻzingga suyanch izlaysan. Topolmaysan. Chunki, senga suyanch boʻladigan ikki kishi bor, birinchisi, seni yaratgan zot, ikkinchisi esa sen!
Ha, sen.
Faqat, sen.
Sen boʻlsa nima qilasan bilasanmi?!
Oʻzing yengib oʻtishing, oʻzing o'zlashtirishing kerak boʻlgan darslarni boshqa birovga yuklamoqchi boʻlasan.
Dardingni hech qachon birov bilan boʻlishma, chunki, u seniki.

Seni savollaringga javob beradigan yagona inson ham sensan!
Toʻgʻri, senga yoʻnalish beriladi, balki, toʻgʻri javob aytilar, ammo sen shu masalaning mohiyatiga tushunmas ekansan, javoblar seni hech qachon qoniqtirmaydi.

Achinarlisi, gohi oʻylashni oʻzgalarga yuklaysan. Fikr seniki, sen fikrlashing shart.
Umuman, sen qoʻrqoqsan. Sen xato qilishdan qoʻrqasan, sen yiqilishdan qoʻrqasan, sen sinishdan qoʻrqasan!
Yoʻqotishdan qoʻrqasan.
Yashashdan ham qoʻrqasan.

Savollardan qoʻrqma, toki hayot ekansan javob topasan. Chalkashib ketishdan ham qoʻrqma. Bilasan-ku, labrintdagi yoʻllar ham chalkash, ammo chiqish eshigi mavjud!
Magʻlubiyat ham seni yuksaltiradi. Bularning barchasi seni qiymatingni oshiradi.

#Mendan_menga

P/s: Ancha vaqtlar ilgari yozgan ekanman, davomini yozishni kutgan boʻlsam kerak. Yozmadim.
Charchadim...


@Dilnurasblog
Menda nimadir notoʻgʻri, nimadir xato..
Qayerdadir ketma - ket xato qilyapman. Lekin, hech kim xatoyimni koʻrsatmayapti!
Oʻzim esa topolmayapman.
Arqon kerak.
​​Oʻylaymanki, kun kelib shu muhitda "qotib", qoliplashib qolmaganim bilan faxrlanaman.
2022-yil uchun tuzgan buklistim qiziqmi?
Anonymous Poll
79%
Ha, albatta
21%
Yoʻq, qiziq emas..