Solih Solihalar
308 subscribers
119 photos
240 videos
2 files
479 links
#Бuсмuллаҳ...🌸

🌹Гўзаллик Аллоҳни ҳадясидир.
🌹Гўзалликни энг қуйи ҳусн гўзаллигидир.
🌹Гўзалликни ўртаси сўз гўзаллигидир.
🌹Гўзалликни энг юқори чўққиси хулқ гўзаллигидир.🌸🕊

© Муаллифлик ҳуқуқларига риоя қилинг!
Download Telegram
“Ey Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin biror kishiga muyassar bo‘lmaydigan mulkni hadya etgin”.
(Sod:35)

Sulaymon alayhissalom duolarini tavba va istig‘for aytish bilan boshladilar. Mana shu payg‘ambarlarning tushunchasi va fiqhi. Chunki duoning ijobat bo‘lishidan gunohlardek to‘suvchi biror narsa yo‘q. Ba’zan banda Robbisidan bir narsani so‘raydi-da, u bilan ijobat o‘rtasini faqatgina qilib turgan gunohi to‘sadi.

Agar ijobat kechiksa sen o‘zingni hisob qil. Ichiga g‘arq bo‘lganing gunohga nazar sol. Aynan u tufayli ijobat ushlab qolindi. Ko‘p narsa so‘raganim sabab menga berilmadi, deb o‘ylama. Alloh uchun hech bir narsa ko‘p emas!

Sulaymon alayhissalom Allohdan jinlarni va shamolni o‘zlari uchun bo‘ysundirib berishini hamda qushlar tilini so‘radilar. Alloh bularning barini u zotga berdi! Zero u kishi so‘rashdan oldin tavba bilan duoni boshlagan edilar.
(Adham Sharqoviy, “Qur’ondan maktublar”)

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
U Ayol Allohning uyini obod etardi, bu ishini ko’rganlar kulardi Ustidan... Ana endi mo’jizani izlab yurganlar ko’ring Robbisiga yolvorgan bandasiga emas ne bo’ldi taqdiri👆🏻 Ramazonda Haqdor izlab yurganlar, Jannatga yo’l izlab yurganlar mana sizga imkon 🌙

Buxorodan uy olib bering +998 93-565-63-65 🤲🏻

Humo : 9860 1901 0298 6642 Zikrullaev Ziyodilla

Click
Zikrullayev Ziyodilla
8600 3104 4797 7000

Сбербанк Россия
4279 3806 7467 3787
KAMILLA BAISAROVA

BANK NOMI: NONG HYOP
HISOB RAQAMI: 352-1792-9914-53
KARTA EGASI: MASHRABOV

#YurakAmri ning telegramdagi yagona rasmiy kanali ⬇️⬇️⬇️
https://t.me/YurakAmri_official/276
​​​​#ТАРҚАТИНГ!!!

ҚАДР КЕЧАСИНИНГ ТАРТИБ ЖАДВАЛИ:

Соат 21:30 дан соат 23:30 гача хуфтон, таровеҳ намозлари ва илм мажлисларида бўлиш.

Соат 23: 30 дан 24:00 гача зикр, дуо ва муножот.

Соат 24:00 дан 24: 30 гача бироз дам олиш (ёки саҳарлик тановул қилиш).

Соат 24:30 дан 01:15 гача таҳажжуд намозини ўқиш.

Соат 01:15 дан 01:45 гача зикр ва тасбеҳ айтиш.

(📿Масалан: "Субҳоналлоҳи валҳамдулиллаҳи валаа илааҳаа иллаллоҳу валлоҳу акбар" 100 марта.

📿"Субҳоналлоҳи ва биҳамдиҳи субҳоналлоҳил ъазийм"ни 100 марта.

📿"Лаа илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳу, лаҳул мулку валаҳул ҳамду ваҳува ъала кулли шай`ин қодийр"ни 100 марта .

📿"Астағфируллоҳал ъазийм ва атубу илайҳ"ни 100 марта.

📿"Аллоҳумма солли ъала Муҳаммадин ва ъала оли Муҳаммад"ни ёки бошқа салавотни 100 марта айтиш).

Соат 01:45 дан 02:15 гача яна зикр, дуо ва муножотга машғул бўлиш.

Соат 02:15 дан 02:45 гача хатми Қуръон ва унинг дуоси билан машғул бўлиш.

Соат 02:45 дан 03:00 гача агар масжидда витр ўқимаган бўлса, уни адо этиш.

☝️Бу айтганларимиз Қадр кечасида нимага машғул бўлайлик, деб сўраганлар учундир. Умуман олганда қадр кечасида зикр, ибодат, Қуръон тиловати, таҳажжуд ва дуога машғул бўлинади. У кечада Аллоҳдан гуноҳларини кечириб, афв қилишини сўраб, қалбининг тўридаги истакларини Аллоҳдан ихлос билан сўрашга машғул бўлинади. Ҳар орада “Аллоҳумма иннака афуввун, туҳиббул афва, фаъфу ъанний”, деб айтиб турилади.

Маъноси: Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв қилишни севасан, мени афв қилиб кечиргин.
Бомдод намози вақти киргач масжидга бориб, бомдодни жамоат билан ўқийди. Қуёш чиққач дам олиши мумкин бўлади.

‼️Бир чекада қолиб кетманг!
Бу маълумотни имкон қадар бошқа группаларга ҳам тарқатинг-ки, унга ким амал қилса савобига сиз ҳам шерик бўласиз!

БАРЧАМИЗДАН АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН! АМИЙН!!!

☝️АЛБАТТА ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!

🔍 @Shayx_Muxlislari
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEwUGbIxFlHOolKBFw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қадр сураси.

Муҳаммад Ясин ибн Фозил қори.

Каналга уланиш 👇🏻

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEwUGbIxFlHOolKBFw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹💖🌙РАМАЗОННИНГ СЎНГИ 30-КУНИ, «АРАФА» КУНИ МУБОРАК!🌹💖

🎊💖•Роббимиз - Аллоҳ
🎊💖•Динимиз - Ислом
🎊💖•Қибламиз - Каъба
🎊💖•Айёмимиз - Жума
🎊💖•Фарзимиз - Намоз
🎊💖•Қарзимиз - Закот
🎊💖•Орзуимиз - Ҳаж
🎊💖•Амалимиз - Савоб
🎊💖•Тилимиз - Тақво
🎊💖•Нафратимиз - Зино
🎊💖•Севганимиз - Ҳайит-Рамазон
🎊💖•Сўзимиз - Алҳамдулиллаҳ
🎊💖•Энг катта орзуимиз - Жаннат ва Аллоҳнинг васли иншааллоҳ!

🌺Бугун сокин осмону фалак,
🌺Ҳамма излар Аллоҳдан кўмак!
🌺Мусулмонмиз бу бахтдир демак,
🌺Қадрдонлар РАМАЗОННИНГ 30-куни муборак

🌹💖🌙РАМАЗОННИНГ СЎНГИ 30-КУНИ, «АРАФА» КУНИ МУБОРАК!🌹💖

🌸☘️АЛБАТТА ЎЗ ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!!☘️🌸

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Arafa kuni aytiladigan eng yaxshi duo !
​​

–Rosululloh ﷺ aytdilar: «Duoning eng yaxshisi arafa kunida qilingan duodir.Men va mendan ilgari oʻtgan paygʻambarlar duoda aytgan eng yaxshi soʻzlari :

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

–«Ла илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу ла шарийка лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ала кулли шайин қодийр»

–Allohdan oʻzga iloh yoʻq. U yolgʻiz sheriksiz. Mulk ham , hamd ham Uniki va U barcha narsaga qodir.

(Imom Termiziy rivoyati)
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Robbimning rahmati
yerga yog'ilgan,
Mo'minga mag'firat
va'da qilingan.
Osiylar azobdan
ozod etilgan,
Qalblarning rohati
Hayit muborak!

Ey Allohim bugun shunday Hayit bo'lsinki, kechirilmagan banda, shifo topmagan xasta, huzr qilmagan qalb, uyg'onmagan vijdon, Alloh deb so'zlamagan til qolmasin! Alloh bu kunning fazilatidan xonadoningizga O'zining xayru barokatlarini yog'dirsin..
Hayit muborak bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh..

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Barchangizga Iydul fitr muborak bo'lsin..

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
تقبل الله منا ومنكم - عيد مباركـ علينا وعليكم
إنــا إلى الله راغبونـ
Barcha muslim-muslima birodarlarimizga Iyd al Fitr muborak!

Taqobbalallohu minna va minkum
solih aaamalunaaa.

Alloh ushbu oyda qilgan solih amallarimizni qabul qilsin!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ийдул фитр табриги

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳматуллоҳи алайҳ (архив)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Веб-сайт
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ассаламу алайкум!
Азизлар Ийдул Фитр муборак!
Келгуси Рамазони шарифларга Аллоҳ таоло омонликда етказсин.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Rasulullohni tushda ko‘rish uchun tavsiyalari:

1-TAVSIYA

Qadr surasni har kuni quyosh chiqish va botish chog‘ida 21-martadan o‘qishni odat qilgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa).

2 – TAVSIYA

Kavsar surasini bir kechada ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa)

3 - TAVSIYA

Kimki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rishni istasa “Muzammil” surasini 41-marta o‘qisin, shubhasiz Rasulullohni ko‘radi!
(al-Vasoilush-shafiʼa 417-B).

4 - TAVSIYA

Jumʼa kunida “Qadr” surasini ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rmaguncha bu dunyodan o‘tmaydi.
(Xazinatul asror).

5 – TAVSIYA

Baʼzi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jumʼa kechasida ming marta o‘qib ortidan Rasulullohga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko‘radi.

6 – TAVSIYA

Baʼzi mashoyixlarga ko‘ra, juma kechasining qoq yarmida turib “Quraysh” surasini ming marta o‘qib, tahorat bilan uyquga ketsa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi va Allohdan so‘ragan boshqa hojatlari ham ravo bo‘ladi.

7 – TAVSIYA

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuma aytadi: kimki bir kechada “qul huvallohu ahad”ni ming marta o‘qisa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi. Men Allohga hamdlar bo‘lsinki, buni tajribadan o‘tganini ishonch bilan ayta olaman. Hasan Muhammad Shaddod.
(al-Vasoilush-shafia).

8 – TAVSIYA

Yana Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumadan “Vasoil”ning 471-sahifasida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- “Qaysi bir mo‘minki, juma kechasida ikki rakat namoz o‘qisa va har bir rakatida Fotiha surasidan keyin 25-martadan “Qul huvallohu ahad”ni o‘qib, uning ortidan ming marta “Sollallohu ʼala Muhammadin an-Nabiyyil-ummiy”, deb salovat aytsa, keyingi jumagacha albatta meni tushida ko‘radi. Va kim meni ko‘rsa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi” - dedilar.
(“Saodatud-dorayn”)

9–TAVSIYA

“Mafotih al-mafotih”da “al-Azkor”dan naql qilinadi:
- “Kimki juma kechasi ikki rakat namoz o‘qib, har rakatida bir martadan “Fotiha” surasini va besh martadan “Oyatul-kursi”ni o‘qib, namozni tamomlagach, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga salovat aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘radi.

10–TAVSIYA

“Majmaʼul-hadis”da keltirilgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlar:
- “Kim meni tushda ko‘rishni istasa, juma kechasida ikki salom bilan to‘rt rakat namoz o‘qisin. Har bir rakatida “Fotiha”, “Vaz-zuho”, “Alam nashroh”, “Inna anzalnahu”, “Iza zulzilatil-arzu” suralarini o‘qisin. Keyin menga yetmish marta salovat va yetmish marta istig‘for aytsin, so‘ngra uxlasa, meni tushida ko‘radi”.

11–TAVSIYA

“al-Vasoilu-shafia” 467-betda keltiriladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan aytadilar:
- “Kimki menga shanba kunda ming marta salovat aytsa, jannatdagi joyini ko‘rmaguncha dunyodan o‘tmaydi..”.
Men bu xabarni tajribamdan o‘tkazganman. Hasan Muhammad Shaddod

12–TAVSIYA

“al-Mafoxir al-aliyya”da Abu Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhning quyidagi tavsiyasi keltirilgan: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni tushda ko‘rish uchun “Izash-shamsu kuvvirot”, “Izas-samaaun fatarot” va “Izas-samaaun shaqqot” suralarini o‘qib yurishga odatlaning.

13–TAVSIYA

Ustozimiz Jamoluddin Abulmavohib ash-Shoziliy rahmatullohi alayh aytar edilar: men, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushimda ko‘rdim. Ul Zot menga:
- “Uyku oldidan “Bismillahir Rohmanir Rohim”ni besh marta, “Aʼuvzu billahi minashshaytonir-rojim”ni besh marta aytasan. Keyin, “Ey Alloh! Muhammad Sollallohu alayhi vasallam haqqi-hurmati menga Muhammad Sollallohu alayhi vasallamni shu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rsatgin, deb ayt. Agar uxlashdan oldin shularni aytsang, men oldingga kelaman va aslo qolib ketmayman” - dedilar”
#Duo

Aslida DUO nima...?

Aslida duo nima? “Duo” so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi.

Aslida duo bandaning ruhiy holatidan kelib chiqib Yaratganga hissiy murojaatidir.

Ko‘pincha, ana shu duo bilan “talab qilish” degan narsani aralashtirilib yuboriladi. “Talab qilish” – bu so‘rovchining tili bilan nutq qiladigan so‘rovidir. “Menga uzoq umr, sog‘lik bergin” kabi.

Duo esa, so‘rovchida paydo bo‘ladigan ruhiy holat hisoblanadi. Banda chinakam duo qilar ekan, uning qalbi uyg‘oq, hislari titroq holda o‘zining qilgan gunohlariga iqrorlik ila Allohga yuzlanishi vujudga keladi. Agar duo qilinayotgan paytda til boshqa, dil boshqa narsani desa, albatta u duo bo‘lmaydi. Bandaning biror narsani so‘rashi bilan astoydil duo qilishida farq bor.

Yillar davomida so‘rab, so‘raganiga erisha olmay yurganlar qancha, chunki u haqiqiy duo qilish holatiga sazovor bo‘lgani yo‘q. Chinakam duoning boshlanishi bandaning qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi bilan boshlanadi.
Astoydil duo qilganlarning duolari qabul bo‘lishiga shubha yo‘q.

Chunki buni Alloh va’da qilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida:
“Har kecha Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi va “Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi, men unga ato qilsam, kim menga istig‘for aytadi, men uni mag‘firat qilsam”, deydi”, deganlar. 

Duo manfaatni jalb qiladigan va zararni daf qiladigan kuchli sababdir. Allohning G‘aniy, Sami’, Karim, Rahim va Qodir sifati borki, u o‘ziga duo qilishga amr qiladi. 

No‘mon ibn Bashir r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Duo ibodatdir”, dedilar va Rabbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xor-u zor hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar”. (Abu Dovud rivoyati).

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ