UMR_YO'LLARIDA...
43 subscribers
2K photos
196 videos
31 files
335 links
Sening gul deganing nima o'zi?
Uch besh tikan, biroz yaproq...
Sen juda yaxshi ko'rgan umrchi?
Uch besh nafas, so'ngra tuproq...
©️Rumiy
...3...

Muallif: Qobiljon Ochilov
Download Telegram
Masjid ichiga mumkin va mumkin boʻlmagan juda zarur narsalarni yozib ilib qoʻyishibdi...
Amal qilish esa hammani oʻziga bogʻliq.
Va yillar o'tib oʻz klinikamga asos soldim...🤔😌
Rasvo kun tartibi

10 kunga yaqin "maxluqlarday" yashadim. Juda rasvo kun tartibida boʻldi bu jarayon.

Sabablarini tahlil qilishga ham oʻzimda jurʼat topolmadim. Oʻzimni majburlab hech nima qilmadim. Nimani xohlasam shuni qildim. Chegaralarni butunlay chetlab oʻtdim.

Lekin vaqt qoʻygan edim. Bu jarayon mana shu vaqtgacha davom etadi va keyin juda qattiq rejimga kiraman deb.

Shu vaqtgacha oʻzimni bu darajada erkin qoʻymagan ekanman. Qaysidir taraflama bu ham yaxshilikka boʻlgandir. Bu hayotga umuman mos emasligimni, bundan buyogʻidagi umrimning bir daqiqasini ham sarflamaslik kerakligini chuqur anglab yetdim.

Bunaqa rejalarsiz va tartibsiz hayot men uchun emas ekan. Qanchalik qiyin va intizom talab qilsa ham oʻzimni hayotim va kun tartibim juda yaxshi ekan. Sogʻina boshlagandim...

Oldimda 8 oycha vaqtim bor. Bu oyda eng katta maqsadim nemis tili boʻyicha natija koʻrsatish. Oʻzimga buni isbotlab berish. Yoʻl olis va qiyinchiliklarga qanchalik toʻla boʻlmasin men harakatda davom etishim kerak.

Sifatli hayotni xohlaymanmi sifatli harakat qilishim kerak. Bular bir-biriga proporsional jarayonlar.

Bunaqa rasvo rejimda va harakatlarda miyani fikrlash va emotsional maydonlari ham tormozlanib qolar ekan nazarimda. Isboti kanalga ham biror joʻyali narsa yozilmadi.

Bundan buyogʻiga mendan kuchli intizom(harakat) va sabr talab qilinadi.

Va bunga tayyorman deb oʻylayman!

Qarshi
7.10.2025
Kemada

Yana 5 yulduzchali orzularimdan bittasini mana shu yerga yozib qoldiray dedim. Bir kun kelib oʻshalishiga ishonaman va oʻsha kun kelganda albatta ushbu qoralamani oʻqib ancha ta'sirlanishim aniq.

Oʻzi meni aksariyat orzularim uddalasa boʻladigan orzular, ya'ni fantastik emas amalga oshirish oson. Lekin mana shu narsalar menga dofamin beradi.

Doim hayotdan biroz muddat butunlay uzilib yashashni oʻylayman. Bu men uchun ancha foydali boʻlar edi. Hozircha buning imkoni yoʻq, ammo bu oʻylaganimni amalga oshirishim uchun koʻp qolmadi.

Bunday izolyatsiyaning men uchun eng ma'qbul varianti ichida hamma sharoiti bor kemada ochiq dengizga eng kamida 1 oy chiqib ketish.

Birinchi sayohatni juftim bilan amalga oshirishni xohlayman. Bunda inson koʻp narsaga tayyor boʻladi. Ikki kishi yolgʻiz qolganida aslida bir-biridan aniq nima xohlashini bilib oladi. Hayotni asl maʼnosini qisman boʻlsada anglaydi.

Bu sayohatdan maqsad faqat jamiyatdan izolyatsiya emas. Bu yerda yana boshqa qarashlar ham bor. Shovqindan butkul qutulish yoʻlingizni aniq koʻrishingizga, bir muddat nafas rostlashingizga yordam beradi.

Buni tasavvur qilishning oʻzi zavqli, real boʻlishi bomba boʻlsa kerak.
1 oylik oziq-ovqat zaxirasiga toʻldirilgan kema, har toʻrt tarafi minglab kilometr suv. Hech qanday internetsiz, telefonsiz, axborotlarsiz faqat baʼzi baʼzidagi dengizni ovozi, aksariyat qismi sokinlikdan iborat boʻlgan muhit.

Inson xaqiqiy vaqt oʻtishini his qiladi bunaqa joyda. Maqsadlar va qarashlar oʻzgaradi...

Qarshi
9.10.2025
Ota-ona bu hayotda ekvivalenti yoʻq boʻlgan insonlar. Ularni oʻrnini dunyodagi jamiki boylik va odamlari bosolmaydi.

Ularni tirikligida qadrlay olish muhim. Hurmatlarini joyiga qoʻyish va munosib farzand boʻla olish muhim.

Har bir farzand uchun vaqt gʻanimat, ota-ona gʻanimat. Ular biz bilan abadiy yashay olishmaydi. Har yotib turganimizda nafaqat oʻzingizning bir kunlik umringiz balki ota-onangizning ham bir kunlik umri yoʻqotiladi.

Bundan oddiy xulosa qilish mumkin: shoshiling, vaqt kutib turmaydi. Ularga koʻp xadyalar bering, mehr ulashing, sayohatlarga joʻnating, hech boʻlmasa takror-takror yaxshi koʻrishingizni ayting.

Tasavvur qilishga ham qoʻrqadi kishi, ularsiz hayot qanchalar zimistonga aylanib qoladi-ya. Har kimning ota-onasi omon boʻlsin, sogʻ-salomat boʻlsin ilohim.

Hayot qanchalar jimjimador koʻrinmasin tasodiflari-yu xaqiqatlari koʻp. Baʼzi kutuvlarga real qarashga majburmiz...

Ertaga emas bugun qiling!
Ertaga kech boʻlishi mumkin...


Qarshi
12.10.2025
Til kursidan endi chiqdim. Qiziqqanim uchunmi yoki motivatsiya balandmi bilmayman lekin vaqt oʻtgani umuman bilinmaydi, bir pastda oʻtib ketadi.

Qornim ham rosa ochganini chiqqandan keyin sezaman😂
Kvarterada yeyishga nima borakan deb oʻylab ketayapman🤦‍♂

Charchoq...
Holsizlik...
Ochlik...
Bosh ogʻrigʻi ham men bilan.
Dars qilib miya ozroq toliqdi.
Endi miyaga xordiq berish kerak.

Xordiq esa yaxshi bir yengil oʻqiladigan kitobsiz boʻlmaydi...

Shu kitobni oʻqib koʻrmoqchiman.
Istardim...

Eʼtibor qaratishingni xohlaydi bu koʻngil...

Hayotingda oʻrnim borligini, men sen uchun muhimligimni, hozir nima bilan bandligim-u keyin nimalar qilishim haqida qiziqishingni istardim...

Mayli qornim och yoki toʻqligini-yu, issiq kiyinganmanmi yoʻqmi, qanday uxlayotganim haqida soʻramay qoʻya qol. Jilla qursa kayfiyatim haqida soʻrab qoʻy...

Faqat hayolda eslash bilan natija boʻlmaydi, buni bildirib ham turish kerak.
Bilaman telefonda emotsiyalaringni bildirolmaganing kabi emotsiyalarimni bilolmaysan ham. Ammo hozircha shu imkoniyating borku.

Faqat kutuv yaramaydi, munosabatlar ikki tomonlama boʻlmas ekan parokandalik boʻladi. Faqat bir tarafdan kutish ikkinchi tarafni ham bezdiradi, toshbag'irlashtirib qoʻyadi. Shuni inobatga olishingni istardim...

Oʻylama!
Qoʻrqma! Telefonda boʻlsa ham hol-ahvol soʻrashing seni qadrsizlantirib qoʻymaydi. Doim qadring qadrimdan baland. Ammo yaxshilab oʻylab koʻrishingni istardim...

Ich ichingdagi chegaralarni buzib tashla, baxshida etdingmi toʻla baxshida et! Boshqalarga taqqoslama, men ular kabi emasman. Aks xolda tanlamasding!

Har bir qoʻngʻirog'ing, har bir habaring meni qanchalar baxtiyor qilishini, qanchalik kayfiyatimni koʻtarishini bilganingda edi...

Sirlaringni xotirjam aytishingni, nafaqat sevgi munosabatlarini balki doʻstona munosabatda boʻlishingni, ovozimni eshitib halovatni his qilishingni, sen ham men kabi nutqimni sogʻinishingni istardim...

Telefon qilsam oʻchirishimni kutib jim turishingni emas, ich-ichingdan bemalol gaplashishingni hazil-u shirinsoʻzlik bilan menga oʻrnak boʻla olishingni istardim...

Nolinma xatim balki nojoizdir. Ammo yana nima ham deya olardim. Oʻylaganlarim, xohlaganlarimni yozsam biroz yengillashaman.

Balki juda boʻrttirib yuborgandirman ham nima qilay aqli rasoligim haliyam bor.

Mayli nima ham derdim, nimalar deya olardim. Hurmat, izzat va qadrni soʻrab yoki sotib olib boʻlmaydi...

Istardim...

16.10.2025
Qarshi
Shu kunlarda koʻzimni operatsiya qildirishni koʻp oʻylayapman...

Lekin Norvegiyada oftalmolog boʻlib ishlaydigan bir ustozimdan maslahat soʻrab yozganimda bu qaror toʻgʻri emasligini aytgandi izohlab ham bergandi.

Lekin men zalga borishni juda xohlayman. Hozir esa menga bosim bilan ishlash mumkin emas, ya'ni ogʻir kutarish.

Mushaklarning chiroyli transformatsiyasi uchun esa "nagruzka" bilan ishlash kerak. Va bu menga yoqadi. Ichimdagilarni hammasini chiqarib tashlagim keladi.

Zalda soatlab terga botib ishlash nafaqat tanani balki, fikrlarni ham teranlashtiradi. Foydasi juda ham koʻp. Inson ham aqlan ham jismonan yayraydi. Tana "vov" deb yuboradi oʻziyam.

Lekin baribir buni ilojini qilaman. Yanayam yaxshilab oʻylab koʻrib xatodan holi boʻlgan yechimini topaman.

Koʻz olmasi 25-26 yoshda shakllanib boʻladi, ana undan keyin baʼzi tekshiruvlardan keyin lazerniy korreksiya oʻtkazish mumkin. Demak koʻp qolmadi...
Ey tolibi ilm taqvoga shoshgin!
Kam uhlaginu, to'yishdan qochgin.

*3 narsa bor, insonning nafsiga zarar yetkazadi:
1. ko‘p uhlash
2. to‘yib yeyish
3. ko‘p(befoyda) gapirish.

Ko‘nglingga yoqmasa jazirama yoz.
Kuzning salqiniyu, qishdagi ayoz.
Rom etsa seni bahor havosi,
Qachon ilm olasan? o‘ylagin biroz.


Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
Ikki kishi hech to‘ymaydi, 1. Ilmning talabgori, 2. Mol-dunyo talabgori.
Hokim rivoyati.

*Ilmni ta'mini sezib, ilmga kirgan odam "bo‘ldi to‘ydim demaydi"(agar ixlos bilan kirgan bo‘lsa).

Ilm kosasin sipqordim(ichdim) birma-bir,
Na sharob tugadi va na men qondim.
Ta'lim achchig‘in bir soat totmagan,
Johiliyat xorligin bir umr totur.


*Albatta ilmning mashaqqati bor, uni totmagan, unga sabr qilmagan, chidamagan, menga emas ekan deb ilmni to‘xtatgan, bir umr johil bo‘lib yashab o‘tadi. O‘zining ilmsizligiga o‘zi qiynaladi va atrofdagilarni: bu ilmsiz, johil bu, deyishlarini achchig‘ini ham totadi.
#tavsiya
#yil2025/12

Baʼzan oʻz yoʻlingni yaratishing, oʻsha yoʻldan yurishing kerak boʻladi. Yoʻlning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligi muhim emas, muhimi oʻzingning yoʻling boʻlishi kerak.

📚 "Menga baxtni koʻrsat"
✍️ Ezgin Kilich

Yaqin orada biror bir tuzuk kitob tugatganimni eslolmayman. Ancha tanaffus boʻldi oʻrtada.

Oldinlari kuniga eng kamida 30 bet oʻqish qoidam bor edi. Intizomda ushlardim oʻzimni.
Ancha vaqtdan beri oʻzimni ancha erkin qoʻydim shekilli...

Kitob Elif ismli qiz haqida. Yurak transplantatsiyasidan oldingi va keyingi hayoti yoritib berilgan.

Sevgini izlash kerakmi? Yoki taqdirga taslim boʻlish kerakmi? savollari ostida qoladi qahramon.

Sevgisini topadi ammo surunkali kasalligi tufayli uni hayotda yolgʻiz tashlab ketadi.

Qayerda taslim boʻlish kerak, yashashda qanday davom etish kerak, aslida kim uchun yashashi kerak hayollari bilan yashaydi keyingi hayotida...

Bunaqa yoʻnalishdagi asarlar oʻqimay ketganimga ancha boʻlgandi. Biroz chalgʻish uchun varaqlagan edim.

Keyingi kitob biroz jiddiyroq boʻladi!

Sizga baxt tilab

29.10.2025

@Dildaborimsiz
Stolim usti bir ahvolda🤫
Баззоз, Табароний ва Ҳоким Абу Ҳурайрадан (розияллоҳу анҳу) ривоят қилади:

Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам): “Кимда уч нарса топилса, Аллоҳ унинг ҳисоб-китобини енгил қи­лади ва Ўз раҳмати ила жаннатга киргизади”, дедилар.
Шунда: “Ота-онам сизга фидо бўлсин, ё Аллоҳнинг расули, улар нималар?” деб сўрашди.

Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам): “Йўқсил кишига ҳадя беришинг, узилган қариндошлар билан боғ­ланишинг, жаҳл қилганни кечиришинг, агар шуларни
қилсанг, Аллоҳ сени жаннатга киргизади
”, дедилар.

📚 "Оилада фарзанд тарбияси"
✍️ Усмонхон АЛИМОВ
#tavsiya
#yil2025/13

Oʻtayotgan kunlaring hammasi emas, foydalangan kunlargina sizning kuningizdir...

Vaqtdan toʻgʻri foydalanmaydigan kishi vaqtning qisqaligidan shikoyat qiladi.

Kechagi kun hikoyat, bugungi kun amalning kuni, ertangi kun esa orzudir...

Xatolar uchun umr qoʻshib berilmaydi...

Koʻngilda koʻp edi orzu-yu havas
Imorat bitdi-yu yetmadi nafas

"Odamlar nima deydi" deb, umrini oʻtkazib yuborgan inson eng ziyonkor insondir!

Qabr sandigʻiga Qiyomat kuni yoʻliqqaningda seni hursand qiladigan narsalarnigina joylagin.

Bugun amallarning kuni, bugun hisob yoʻq. Erta hisob bor, amal yoʻq!


📚 Ulamolar nazdida vaqtning qadri
✍️ Abdulfattoh Abu G'udda

Mazza qilib oʻqidim oʻziyam. Oʻqib tugatib qoʻyganimni bilmay qoldim.

Ulamolar vaqtini qanday oʻtkazganini oʻqib xayratda qolasan kishi. Bir daqiqani ham besamar sarflamasdan faqat ilm talabida vaqt(umr)ni oʻtkazish qanchalik mashaqqatli boʻlmasin shuncha barokatli va xayrli hamdir.

Ular oʻqishgan va yozishgan. Oʻzlaridan uyum-uyum kitoblar qoldirib ketishgan. Hayotni boshqa ikir chikiriga vaqtlari ham boʻlmagan.

Hozir muommo koʻpaygan, tashvish ortgan deb noliymiz. Aslida muommo oʻzimizda. Sababi inson bekor boʻlsa miya muommo oʻylab topadi. Agar miyaga oʻzingiz manfaatli muommo topib bermas ekansiz uning oʻzi qayerdagi bo'lmag'ur narsaga muommo sifatida qarashni boshlaydi...

Inson bir martalik hayotida oʻzi uchun eng yaxshi koʻrgan muommosini topishi va uning yechimi ustida umrini sarflashi kerak fikri ojizimcha...

"Qulay fursatni kutib yashash nodonning ishi. Qulay fursat hech qachon kelmaydi. Qulay fursat noqulay fursatlarning ichida boʻladi aslida!"

Sizga baxt tilab...

7.11.2025

@Dildaborimsiz
Harakatim kamayganligi sababli BMI(tana vazni indeksi) biroz oshdi. Endi ortiqcha kkalni yoqish kerak...

Buning uchun esa eng yaxshi usul yurish va 1-zvenoda yugurish.

Bugungi koʻrsatkichlar esa 55 minut vaqt davomida 5.32 km boʻldi.

Yurak urishi biroz ortdi, toʻqimalarga va miyaga qon yaxshi bordi.

Oʻzingga yoqadigan krasovkani kiyib olib miyangda baʼzi narsalarni oʻylab sovuq kunda yurish ham oʻzgacha zavq beradi. Boshlanishiga miyaga umuman yoqmadi, keyin 1 kmdan keyin dangasalik ketib dofamin koʻtarildi...

9.11.2025
Sogʻlikni ertaga ham emas indinga ham emas aynan bugun oʻylaydigan vaqt allaqachon kelgan. Sabablari judayam koʻp:

• kamharakatlilik
• ortiqcha vazn
• asabiylik va tajanglik
• ozuqa sifatining yomonlashuvi
• iqlim oʻzgarishi
• kasalliklarning mutatsiyasi
• zararli odatlarning koʻpligi
• immunitetning surunkali pasayganligi
• irsiy moyillik

Agar ertaga sogʻlom boʻlishingiz uchun bugun harakat va kerakli narsalarni qilmasangiz ertaga tiklab boʻlmaydigan kasallikka chalinish ehtimolingiz katta.

Sogʻlikni 2 qismga boʻlib olish kerak:
1. Tana sogʻligʻi
2. Ruh sogʻligi

Ikkalasi qush qanoti kabi bir-biriga chambarchas bogʻliq.
Tana sogʻlom boʻlmasa ruhiyat, ruhiyat sogʻlom boʻlmasa tana sogʻlom boʻlolmaydi.

Bularning ikkalasi bir-biriga qanchalik bogʻliq boʻlmasin, bularni ustida ishlash ikki xil narsa. Alohida vaqt va alohida kuch talab etadi.

Tana sogʻligiga faqat sport bilan shugʻullanish bilan erishib boʻlmaydi. Eng avvalo ogʻzimizga kiradigan har bir narsani nazoratga olishimiz shart. Nimani, nima uchun isteʼmol qilishimiz haqida oz boʻlsa-da bilimga ega boʻlishimiz kerak. Va yana bir jihat shuki uyqu va uyqu sifatiga diqqat qilishimiz muhim.

Ruhiyat sogʻligiga esa faqat kommunikatsiyani cheklash bilan erishib boʻlmaydi. Ong normal fikrlashi uchun unga kerakli infolarni toʻgʻri tartibda kiritishimiz kerak. Maʼlumot kiritish nafaqat kitob oʻqish orqali boʻladi, balki sinzuralardan tashqari suhbatlar, podkastlar va sayohatlar bilan boʻladi. Bundagi diqqat qaratishimiz kerak boʻlgan narsa esa tabiat qoʻynida, shovqinsiz muhitda oʻzimiz bilan koʻproq yolgʻiz qolishimizdir.

Sizga sogʻlik tilayman!

Izoh: men esa sogʻligʻim uchun hech narsani ayamayman.

14.11.2025
Onajonim oʻzlaridan oldin meni oʻylab evazsiz ilinadilar...
Onadek zot tanho yaratilgan.
Baxtimizga doimo salomat boʻling 😊

Oʻziyam qorin rosa ochgandi, paqqos tushirdim😊
Eng buyuk saodat, chinakam baxtiyorlik - bandalikdadir!

Abdulloh ibn Mas'ud va tavhid
#tavsiya
#yil2025/14

Tanlovingiz xato boʻlsa badali umringiz boʻladi

📚 "Ishq imtihoni: yoxud koʻrganingga ishonma"
✍️ Muhammad Buzdah

Zoʻr kitob ekan. Mazza qildim. Tavsiya qilaman. Qayta qayta oʻqish shart har bir boʻyi yetgan qiz va yigit.

Sizga sogʻlik tilayman!