Dilmurod DO'ST | she'rlar
412 subscribers
800 photos
117 videos
2 files
773 links
Икр-фикрлар, у-бу, шу-шу дегандек…
Download Telegram
Forwarded from Suhrob Ziyo
Futbol koʻrayotganlar bormi?
👍3
Ёмғир юриб чиқди томда тун бўйи...

© Шуҳрат Маткарим


Telegram | Facebook | You tube | Instagram
🔥3
Forwarded from Dunyo mamlakatlari
#diqqat_tanlov

📚 “Dunyo mamlakatlari” kitobini o‘qib, super sovg‘alar egasiga aylaning! Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchilariga QR kodli sertifikat beriladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-2-o‘rinlarga – 🇹🇷Turkiyaga sayohat;
🥈3-4-o‘rinlarga – 🇪🇬Misrga sayohat;
🥉5-6-o‘rinlarga – 🇻🇳Vetnamga sayohat;
🔸7-o‘ringa – 5 million so‘m pul;
🔸8-o‘ringa – 4 million so‘m pul;
🔸9-o‘ringa – 3 million so‘m pul;
🔸10-15-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🔹16-20-o‘rinlarga – 15 tadan kitoblar;
🔹21-50-o‘rinlarga – 10 tadan kitoblar;
🔹51-100-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar;
🎁150 kishiga qo‘shimcha sovg‘alar.

Eng faol targ‘ibotchilarga:

🥇1-3-o‘rinlarga – 1.5 million so‘mdan;
🥈4-6-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🥉7-9-o‘rinlarga – 500 ming so‘mdan;
🔹10-20-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar.

Kitob o‘qing, bilim oling – sovg‘a yutib, sayohat qiling!

Tanlovda ishtirok etish:
👉 https://t.me/kitobtargibot?start=6123296650
​​ЖАВОБЛАР

– На қиларсан,
Боғласалар оёқ-қўлингни?
– Тилим бордир!
– Хўп, кессалар заҳар тилингни?
– Шеърим бордир!
– Шеъринг ёнса қоғоздан аввал?
– Элим бордир!
– Элинг қадди букилса дангал?
– Қасамим бор!
– Қасаминг поёнга етса-чи?
– Кафаним бор!
– Дунёдан бекафан ўтсанг-чи?
– Дуо бордир! 
– Дуо топмас жойга кетсанг-чи?
– Худо бордир!
– ...

©️ Алибек Анварий

@Dil_Dost
👍6🔥21🎉1
Forwarded from Mutolaa
😊 Yozning eng issiq ijodiy kechasiga marhamat!

🔥 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Kechikkan yo‘lovchi” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

⚡️ 10-iyun sanasida tashkil etilayotgan ijodiy kechamiz uning qahramoni shoir Dadaxon Muhammadiyev, hamda maxsus mehmonimiz shoir va aktyor Erkin Bozorov ishtirokida boʻlib oʻtadi!

Tashrif buyurgan kitobxonlarga kitoblar sovgʻa qilamiz. 10-iyun, 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida barcha kitobxonlarni kutib qolamiz!

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Assalomu alaykum! Sizni ilk bor tashkil qilinayotgan ijtimoiy-ilmiy loyiha – o‘zligimizga qaytaruvchi "O‘zlik" kurslarining ochilish marosimiga taklif qilamiz!

Keling! Sizni ildizlarimizga qaytaruvchi kunda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
👍1🔥1
* * *
Сиз ўшал ҳилолсиз, ўшал ойдинсиз,
Ҳеч кўкдан тушмайсиз. Қўлларим етмас.
Ҳусну латофатда ҳурдан олдинсиз,
Висол — манзил. Аммо йўлларим етмас.

Ишқ — бу дард. Кўнгилни даволовчи дард.
Кундан висол излаб Мажнунга дўндим.
Не тонг, моҳ дийдори оқшомда насиб,
Сизни кўрмоқ учун тунларга кўндим.

Сиз кўкда, мен ерда. Азал қисмат шу,
Ишқ бўйсунмас дунё тенгликларига.
Ойсиз зулмат ичра қолмасин, кўчинг
Кўнглим осмонининг кенгликларига.

Дилмурод ДЎСТ
👍21🔥1
Янги китоб

ТУНГИ СУҲБАТЛАР

Рустам Эминнинг “Тунги суҳбатлар” номли ушбу шеърий тўплами шоирнинг ўзлиги, борлиқ ва Яратган билан олиб борган руҳий мулоқотларининг маҳсулидир. Китобда лирик қаҳрамоннинг пинҳона изтироблари, қалб поклиги йўлидаги тинимсиз изланишлари ҳамда инсон руҳиятининг мураккаб қирралари ўзига хос рамзлар ва бадиий образлар орқали ифода этилган.
Тўпламда шоирнинг ижтимоий қарашлари ва ватанга бўлган оташин муҳаббати ёрқин акс этган. Унда ўзбек деҳқонининг заҳматли меҳнати, қишлоқ ҳаётининг ҳаққоний манзаралари ва миллат дардига дахлдорлик ҳисси баланд пардаларда куйланади. Рустам Эмин ўз ижодида анъанавий шеърият услубларини янгича талқин қилиб, ҳар бир мисрада тилнинг ўткирлиги ва руҳнинг бутунлигини намоён этади, бу эса “Тунги суҳбатлар”ни замонавий ўзбек шеъриятининг
самимий ва залворли намуналаридан бирига айлантиради.

📝 Муаллиф: Рустам Эмин
🗞 Ношир: Aҳмад Тўра
✏️ Mуҳаррир: Aҳрор Aбдуманнон
🗞 Нашриёт: "Ijod Nashr"
📍 Aдади: 100


📚 “Ijod Nashr” PR xizmati
🔥21
👏4👍2🔥1
#Xushxabar

“Mutolaa” loyihasi jonkuyarlari tomonidan ilovaga joylangan she’rlarni audio formatda ham e’lon qilish tashabbusi ilgari surilmoqda.

Kaminaning yozgan-chizganlarini endi ilovadan audio shaklda ham topishingiz mumkin.

Tashabbusga ko‘ra, har bir shoirning o‘zi o‘qiydi she’rlarini.

Ijodkor uchun ham, she’rxon uchun ham kun kelib qimmatli manbaga aylanadi bu tashabbus.

“Mutolaa”chilarga ko‘p rahmat!

P/S.:
Ilovaga sizning ham she’rlaringiz joylangan bo‘lsa, yaqin orada mas’ullar bog‘lanib, she’rlaringizni studiyada o‘qib berishingizni so‘rashadi.
5👍3
TAKLIFNOMA

Qadrli adabiyot va she’riyat muxlislari!

Sizlarni “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shukur Qurbon tavalludining 75-yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "She’riyatga bag‘ishlangan umr" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz.
Tadbirda shoirning hayoti va sermazmun ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritiladi, uning dillarga yaqin she’rlari yangraydi, xotiralar va adabiy chiqishlar taqdim etiladi.
Ushbu adabiy-ma’rifiy uchrashuvda ishtirok etib, so‘z san’atiga bag‘ishlangan unutilmas onlarga hamroh bo‘lishingizni so‘raymiz.

📅 Sana: 2026-yil 6-iyul
🕒 Vaqti: 15:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Barchangizni samimiy kutib qolamiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👍1
Forwarded from OYINA.UZ
⚡️ Turkiston qanday qulagan edi?

Biz ko‘pincha Turkiston muxtoriyati, jadid bobolarimizning qismati yoxud milliy ozodlik harakati yetakchilari — qo‘rboshilarning jasorati haqida ko‘p bahs yuritamiz. Ammo asl fojia qachon va qanday boshlangan edi? Chor Rossiyasi, keyinchalik bolsheviklar istilosiga olib kelgan ichki parokandalik, tashqi siyosiy xatolar hamda tub sabablar nimalardan iborat bo‘lgan?

“O‘zlik” ijtimoiy-ilmiy loyihasining navbatdagi ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan tarixiy davrni chuqur tahlil qilamiz.

🎙 Navbatdagi spiker — taniqli tarixchi, olim, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimi Bahrom Irzayev.

📜 Mavzu: Turkistonning bosib olinishi va uning sabablari
🗓 Kuni: 10-iyul, Juma
Vaqti: 19:00 da
📍 Manzil: Renessans kino saroyi

Ishtirok etish barcha uchun erkin! Kelib, o'zligimizni biz bilan birga anglang.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Yangi_kitob
#Sayohatnoma

Shahriyorga havas qilaman.
Hazrat Navoiy va Bobur ziyoratiga borib keldi.

O‘sha qutlug‘ safar taassurotlari, hayajonlari va xulosalarini jamlab kitob qildi.

Sayohatnoma mutolaasi orqali qalban hazrat Navoiy ziyoratiga borgandek bo‘lasiz.
Xuddi Shahriyor bilan birga Afg‘oniston tuprog‘ida yurgandek his qilasiz o‘zingizni…


Muallif kuzatuvlari sizni befarq qoldirmaydi.

Qisqasi, kitob bilan shaxsan o‘zingiz tanishib chiqqaningiz yaxshi…

@Dil_Dost
👍4
* * *
Ғам ютдим, ичимга ютавердим жим,
Кўз ёшга айланиб, юракка томди.
Ошкор йиғлолмадим, йигитман дедим,
Олд юрдим...
кўтариб бойлигим — жомни.


Жом минг чега эди,
Йўқ, юз минг чега.
Кўрган кунларимдан кўпдир синиғи.
Жондан тўйдирганди тақдир исмли,
Жиддий ҳазилкашнинг турфа қилиғи.


Шунда ҳам ҳеч кимга бир сўз демадим,
Гарчи, тинглагувчи сўздан кўп эди.
Мингдан бир дардимни айтдим қоғозга,
Фақатгина ундан кўнглим тўқ эди.


Шоирларни кўрдим кўп қофиябоз,
Нафасга қафасни тиркаб қўярди.
Дил сўзига пулни, эркка — берк дея,
Дилга сиёҳини суркаб қўярди.


Ўшанда ёш эдим, ўйламас эдим,
Бахтли инсон ким-у, кимдир бахтсизлар.
Бугун ўтган ҳар он уқтирар менга:
«Бахтсизлар, бахтсизлар асли дардсизлар!»


Вақтнинг сўзларини таржима қилиб,
Икки сатр шеърга ном қўйдим: БАХТЛИ
Дардга доя дунда абадул-абад,
Фақат дарди борлар — яшашга ҳақли



Дилмурод ДЎСТ

Telegram
| Facebook | You tube | Instagram
👍2🥰1
Forwarded from Shou-biznes yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dardga doya dunda abadul-abad,
Faqat dardi borlar yashashga haqli…

@shoubizyangiliklari
2🔥2👏2
Forwarded from Muhim tadbirlar
📣 ТАКЛИФНОМА!

📣📣 ОАВ вакиллари ва блогерлар диққатига!!!


Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасида Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Шаҳриёр ШАВКАТнинг “Ҳиротга, бобомнинг ҳузурига!” китобининг тақдимоти бўлиб ўтади.

Сафарномада Алишер Навоий, Бобур Мирзо, Мавлоно Лутфий, Бобораҳим Машраб, Абу Райҳон Берунийнинг сўнгги манзиллари ҳақида ҳикоя қилинади. Бу йўллар Мозори Шариф, Балх, Кобул, Ҳирот, Ғазни ва Тахордан ўтади.


⏱️ Вақти: 2026 йил 24 июль, соат 11:00
🏢 Манзил: Тошкент шаҳри, Алишер Навоий кўчаси, 1-уй.
📍 Локация

💠 Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати тадбирга барча қизиқувчиларни таклиф этади.


〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga obuna bo'ling👇👇👇
https://t.me/muhim_tadbirlar
👍2
Forwarded from Najmiddin Turon
Бугун шоир жўрам, бутун шахс ва универсал ижодкор Хуршид Абдурашиднинг тувилди куни!

ТУРКИЙ ҚЎШИҚ

Туркий юрагим бор, туркий шуурим,
Ҳатто руҳим туркий, ўзга шоним йўқ.
Мушт бўлиб тугилган қўлларим туркий,
Водариғ, биргина Туркистоним йўқ.

Лаҳжамда туркийлар нафаси бордир,
Шу ғурур вужудим тахтига эга.
Ошиқ бўлса нетай, қул ўлса нетай,
Қалбим қадим туркнинг туркуларига.

Бас... Умрим йўлига тавалло не наф,
Қисмат битиги шул... Сачраган қонман!
Туркистоним маним, минг йиллик шоним,
Истагингда ўлмиш туркий исёнман!

https://t.me/NajmiddinTURON
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KECHIKKAN YO‘LOVCHI — "Mahalla"da

10-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kechikkan yo‘lovchi” nomli teatrlashtirilgan nazm kechamiz (mini spektaklimiz) bo‘lib o‘tgan edi.

"Mutolaa" loyihasi homiyligidagi ushbu dastur bugun soat 20:40 da "Mahalla" telekanalida efirga uzatiladi.

@dadaxonmuhammadiy
👍2
Forwarded from OYINA.UZ
Оʻzimizning odam

Oʻzim oʻz qulogʻim bilan eshitdim. Nimani?
Toshkent shahar hokimi Shavkat aka Umrzoqov shu xabardan figʻoni falakka chiqib ketibdi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/4930

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
#Mirtemir_uy_muzeyi

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir boboning Turkiston viloyati Iqon qishlog‘ida (1990-yilda) tashkil qilingan uy-muzeyida bo’ldik.
👍2🔥1