DevUnity | al-Khwarizmi
123 subscribers
147 photos
5 videos
70 links
🌐 Muhammad al-Xorazmiy maktabi o'quvchilarining IT muhitini rivojlantirish bo'yicha tashkil qilgan jamoa telegram kanali

Instagram: instagram.com/devunity.uz

Savol va takliflar:
@DevUnityAloqa_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport_and_IT #devUnity

🎮 Bu yilgi o‘quv yilidagi 💻 «DevUnity»ning birinchi katta tadbiri hisoblangan "Sport va IT" tadbiridan lavhalar.

🧠 21.09.2024 sanasida bo‘lib o‘tgan bu loyihamizda ishtirokchilar IT va sportning turli sohalarida jamoaviy ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

⌨️ Jamoalar IT bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarida bellashuvlar olib borishdi:

DT Contest
QR Quest
Fast Typing

🏆 Qiziqarli ravishda o‘tgani ta’kidlangan bu o‘yinlarda ushbu jamoalar go‘lib deb topildi:

🥇 Maybe
🥈 Winners
🥉 Rusty

🎁 G‘olib dep topilgan jamoalardan tashqari faol qatnashgan ishtirokchilar ham sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🔜 Bu hali boshlanishi. Kelajakda bizni juda ham ko‘plab tadbirlar kutmoqda.

💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍4❤‍🔥32💘2🥰1
#DevUnity #CAYSI #MarkaziyOsiyo #YoshlarTashabbuslari

🎉 Ajoyib yangilik! DevUnity jamoamiz endi CAYSI — Markaziy Osiyo Yoshlar Ijtimoiy Tashabbuslari platformasi tarkibida! 🌍

CAYSI — Markaziy Osiyo yoshlari uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, O‘zbekiston va Qozog‘istondagi talabalar boshqaruvidagi klub va loyihalarni bir joyga to‘playdi.

🎯Platformaning maqsadi — yoshlarga o‘z jamiyat va ijtimoiy loyihalarini keng jamoatchilikka tanitish, ishtirokchilar va mablag‘ jalb qilishda yordam berish.

CAYSI orqali DevUnity yanada ko‘proq yoshlarga yetib boradi, yangi imkoniyatlar yaratadi va ijtimoiy loyihalarimizni rivojlantirishda katta o‘zgarishlarga yo‘l ochadi. 🚀

Birgalikda yanada kuchli va ta’sirli jamoaga aylanamiz! 💪🌟


💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍2😍2😈2💘2❤‍🔥11
🎉 "New Year Party"ni «IT-Quiz» bilan boshlang.

🎯 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabdagi "DevUnity" tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi 9-10-11-sinf o‘quvchilari uchun “IT-Quiz”da siz yana bir bor axborot kommunikativ texnologiyalari doirasidagi bilimlaringizni va shu sohadagi tanqidiy fikrlay olish qobiliyatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

📆 27-dekabr
🕐 soat 10:00
📍 3-qavatdagi "Zakovat arena"

🔗 Agar o‘z kuchingizda va jamoaviy ishlash ko‘nikmalaringizga ishonchingiz komil bo‘lsa, ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Har bir sinfdan 5 kishilik jamoa tuzilishi va musobaqaga o‘z vaqtida belgilangan joylarini egallashlari talab qilinadi.

🏆🎁 Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, 1-o‘rin sohiblariga esa informatika ustozlari tomonidan maxsus sovg‘a ham va’da qilingan.

🚀 Hammani qiziqarli o‘tishi kutilayotgan “IT-Quiz”da kutib qolamiz!

💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥124👍4💘3
DevUnity | al-Khwarizmi
🎉 "New Year Party"ni «IT-Quiz» bilan boshlang. 🎯 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabdagi "DevUnity" tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi 9-10-11-sinf o‘quvchilari uchun “IT-Quiz”da siz yana bir bor axborot kommunikativ texnologiyalari doirasidagi bilimlaringizni…
🎉 YAXSHI YANGILIK 🎉

🔥 IT-Quiz uchun ro‘yxatdan o‘tish rasman ochiq deb e’lon qilamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat yakshanba, 9-fevral kuni; tadbir esa dushanba, 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

🎁 Barcha jamoalarni ushbu qiziqarli bellashuvda ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍32🥰2🎉2🤩1🎄1🆒1
🏆 "Haftani «IT-Quiz» bilan boshlang.

🎯 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabdagi "DevUnity" tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari uchun “IT-Quiz”da siz yana bir bor axborot kommunikativ texnologiyalari doirasidagi bilimlaringizni va shu sohadagi tanqidiy fikrlay olish qobiliyatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

📆 11-fevral
🕐 Soat 15:10 da
📍 Faollar zali

🔫 Agar o‘z kuchingizda va jamoaviy ishlash ko‘nikmalaringizga ishonchingiz komil bo‘lsa, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling:
https://forms.gle/n2jUzZSJBYHgjGwE9

👨‍👩‍👧 Har bir sinfdan 5 kishilik jamoa tuzilishi va musobaqaga o‘z vaqtida belgilangan joylarini egallashlari talab qilinadi.

👑🎁 Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan  jamoalar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

🚀 Hammani qiziqarli o‘tishi kutilayotgan “IT-Quiz”da kutib qolamiz!

💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥511👍1🥰1👏1🤩1🏆1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«IT-QUIZ» — 11.02.2025

🎉 Kecha, uzoq kutilgan "IT-Quiz" musobaqasi 8-9-10-sinflar orasida bo‘lib o‘tdi.

💻 Jamoalar axborot texnologiyalari sohasidagi o‘z bilimlarini tekshirib boshqa sinf ishtirokchilari bilan kuch sinashdilar.

🏆 2 ta turdan tashkil topgan bu intellektual bellashuvda quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

🥇 8-01
🥈10-04
🥉10-03


🎁 Ushbu jamoalar sertifikatlar hamda 1-o‘rin sohiblari maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🎯 Tadbirga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, bizni kuzatib borishingizni so‘rab qolamiz.

💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
10🥰5👍4🔥2👏2
📣 COMING SOON...

💻 DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4🤩2👍1👏1😭1
‼️DIQQAT! MUHIM E’LON!‼️

📢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "DevUnity" IT jamoasi yangi a'zolarni qabul qilmoqda!

▶️Agar siz texnologiya, kreativlik va yangi loyiha imkoniyatlarini yaratishda faol bo'lishni istasangiz, bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

👣Vakansiyalar:

Koordinator – jamoaning faoliyatini boshqarish va loyihalarni rejalashtirish.
Dizayner – foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va sayt dizaynini yaratish.
Mobilograf – qiziqarli va kreativ videolarni suratga olish.
Kreativ direktor – vizual va interaktiv kontent yaratish.
• Montajyor – videolarni tahrir qilish va sifatli materiallar tayyorlash.
Frontend-backend dasturchi – veb-saytning tashqi ko‘rinishi va ichki tizimini yaratuvchi mutaxassis.

😍Agar siz IT sohasi bo'yicha bilim va tajribangizni rivojlantirish, jamoada ishlash va o'z ijodingizni ko'rsatishni istasangiz, "DevUnity" jamoasi aynan siz uchun!

Ariza topshirish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting (muddati: 17-noyabr). Ariza topshirganlar bilan bosh koordinator aloqaga chiqadi.

💻DevUnity IT jamoasining bir qismiga aylaning va maktabning texnologik taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!



‼️ATTENTION! IMPORTANT ANNOUNCEMENT!‼️

📢The "DevUnity" IT team of Muhammad al-Khwarizmi Specialized School is accepting new members!

▶️ If you are passionate about technology, creativity, and creating new project opportunities, don’t miss out on this chance!

👣 Vacancies:

Coordinator – manages the team’s activities and plans projects.
Designer – improves user experience and creates website design.
Mobilographer – shoots interesting and creative videos.
Creative Director – creates visual and interactive content.
Editor – edits videos and produces quality materials.
A frontend-backend developer - creates the appearance and internal system of a website.

😍If you want to develop your skills and experience in the IT field, work in a team, and showcase your creativity, "DevUnity" team is the perfect place for you!

To apply, please fill out the form through this link (deadline: November 17). The main coordinator will contact applicants.

💻Become a part of the DevUnity IT team and contribute to the technological development of our school!

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62👍2
🇺🇿 Bugun 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

📖 Konstitutsiya — bu yuragimizdagi qasamyod, vatan oldidagi muqaddas shartnoma.

U shunchaki moddalar to’plami emas, balki har bir o’zbekning sharafi, erkinligi va baxtli hayotga bo’lgan huquqining tirik nafasi. Aynan shu hujjat tenglikni, adolatni va hech kimga bo’ysundirmaydigan mustaqillikni o’z bag’riga olgan.

Bugun undan faqat foydalanish emas, uni har kuni o’z amalimiz bilan himoya qilish, boyitish va avlodlarga benuqson yetkazish — har birimizning sharafli burchimizdir.

🇺🇿 Mustaqil O’zbekistonimiz bardavom bo’lsin!

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍4👍2
#new_year

🎆 HAPPY NEW YEAR 2026! 🎆

❄️ Dev Unity jamoasi sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil bilan chin dildan tabriklaydi!

Yangi yil hayotingizga quvonch, ilhom va yangi imkoniyatlar olib kelsin
Har bir kuningiz foydali g‘oyalar, muvaffaqiyatli loyihalar va kichik-kichik g‘alabalar bilan boshlansin 🚀
Oilalaringizda baxt, qalbingizda ishonch, ishlaringizda esa omad hamroh bo‘lsin 🤍

🌟 Yangi yil — yangi maqsadlar, yangi marralar!

🎉 Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! 🎉

DevUnity — Make it work, make it right, make it fast.
10🔥7👍2
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan barcha yigitlarni Dev Unity jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Bugungi kunda Vatan himoyasi nafaqat qurol bilan, balki bilim, tafakkur va texnologiyalar orqali ham amalga oshirilmoqda. Siz - intellekt, mas’uliyat va fidoyilik bilan yurt kelajagini barpo etayotgan zamonaviy himoyachilarsiz.

Sizdek qat’iyatli, maqsadga intilgan va yuksak salohiyatga ega mutaxassislar bor ekan, mamlakatimizning raqamli kelajagi ishonchli qo‘llarda. Sizning har bir sa’y-harakatingiz taraqqiyot, har bir loyihangiz esa Vatan ravnaqiga xizmat qiladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, cheksiz ilhom, yuksak natijalar va professional muvaffaqiyatlar tilaymiz!


🇺🇿 Bayramingiz muborak boʻlsin yurt oʻgʻlonlari!🇺🇿



📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21