Probioticlarni stomatologiyada qanday foydasi bor deb eshitgansiz yoki oʻqigansiz?
Oʻylaysiz deyardimu, bizlar ilm fan ichidagi odamlarmiz, toʻgʻri oʻylashimiz kerak, lekin dalillarga asoslanib ish tutishimiz kerak 😁
Vaqtizlar boʻlsa bir gaplashamiz

Commentga oʻzlarizni javobizlarni yozsangizlar hammamizga yaxshi boʻlardi
🔥1
Implantni perimplantit boʻlishi osonmi yoki tishni parodontit boʻlishimi nima deb oʻylaysiz?
Bunga aynan nima sabab boʻlishi mumkin sizningcha

Qaysi mavzuga koʻproq qiziqasiz?
Anonymous Poll
20%
Endodontiya
5%
Biomimetica
11%
Implantologiya
15%
Periodontologiya
15%
Ortodontiya
24%
Ortopediya
11%
Boshlangʻich bilimlar kerak
❤1
Dentist's Lab
Qaysi mavzuga koʻproq qiziqasiz?
Paradontologiyaga mendan boshqa yana bir kishi qiziqarkan😁, agar biror kitob yoki yordam kerak boʻlsa bemalol soʻrashingiz mumkin
@Dr_Kamoliddinov
@Dr_Kamoliddinov
❤1🗿1
MIRONJ haqida eshitganmisizlar?
MIRONJ rivojlanishi uchun asosiy sabablar nimalar?

Forwarded from Abdulqodir
Telegraph
Early loss of a permanent tooth due to preceding primary
Abdulqodir Kamoliddinov MAQOLADAN KIRISH (INTRODUCTION) Og‘iz bo‘shlig‘i muammolari, jumladan tish og‘rig‘i, noto‘g‘ri tishlash (maloklyuziya) va davolanmagan kariyes o‘choqlari o‘smirlar hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.[1] Sut tishlaridagi kariyesni…
Decoupling with time semi direct resto uchun va indirect uchun qancha vaqt boʻlishi kerak ?
👍1
Radiatsion nur qabul qilgan bemorlarda implant integratsiya boʻlish darajasi 40%
Lindhe periodontology
Lindhe periodontology
👍2
Radiatsion terapiya oladigan bemorni endo qilishda over instrumentation boʻlib qoldi, antibiotik necha kunga uzaytiriladi? Qaysi antibiotic tavsiya qilinadi?
Boshlang‘ich periodontal terapiya (infeksiyani nazorat qilish)
Zamonaviy tish cho‘tkalari ma’lum bir mukammallik bosqichiga yetgan. Tish cho‘tkasi dizayniga juda ko‘p tasavvur va innovatsiyalar qo‘llanilgan va hozirda juda ko‘p modellari mavjud. Turli xil tolalar va tukchalar joylashuvi iste’molchilar uchun jozibador bo‘lsa-da, ular ko‘pincha ilmiy jihatdan baholanmagan. Bemorning qulayligini oshirish maqsadida vaqt o‘tishi bilan cho‘tka boshchasining shakli, tolalari va tutqichdagi joylashuvi o‘zgartirilgan (Voelker va boshq., 2013). Zamonaviy tish cho‘tkalari tishlarning yetib borish qiyin bo‘lgan joylaridan, ayniqsa proksimal sohalardan blyashkani yaxshiroq olib tashlash uchun maxsus tolali naqshlar bilan ishlab chiqilgan.
An’anaviy tekis yuzali tish cho‘tkalarining asosiy kamchiligi — zich joylashgan tukchalar “to‘suvchi effekt” hosil qilib, alohida tukchalarning interproksimal joylarga kirishiga to‘sqinlik qilishidir. Bukilgan va uchlari ingichkalashgan tolalar eng so‘nggi takomillashtirishlardan hisoblanadi. Ushbu dizaynlar aholining ko‘pchiligi oddiy gorizontal cho‘tkalash harakatidan foydalanishiga asoslangan. Turli yo‘nalishlarga qiyshaytirilgan bir nechta tolalar to‘plami ham qo‘llaniladi (Jepsen 1998). Bunday ko‘p sathli cho‘tkalarda baland va past tukchalar qatori navbatma-navbat joylashib, mustaqil harakat qiladi, shu sababli cho‘tkalash paytida qo‘shni tukchalar ta’siriga uchramaydi. Mustaqil harakat ta’minlangach, uzunroq tukchalar tishlar orasiga samarali kirib bora oladi.
Ko‘p sathli yoki qiyshaytirilgan tish cho‘tkalari dizayni (28-2-rasm) tekis boshli cho‘tkalar bilan taqqoslanganda haqiqatan ham yaxshiroq samaradorlik ko‘rsatgan (Cugini & Warren 2006; Slot va boshq., 2012). Ikki va uch boshli tish cho‘tkalari ayniqsa molyar sohalarda lingval yuzalarga osonroq yetish uchun tavsiya qilingan, chunki bu joylar oddiy cho‘tkalar bilan eng qiyin tozalanadigan yuzalardir. Ayrim tadqiqotlar bunday ko‘p boshli cho‘tkalar lingval sohalarda blyashka nazoratini yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da (Agerholm 1991; Yankell va boshq., 1996), ularning qo‘llanilishi keng tarqalmagan. Uch boshli qo‘lda ishlatiladigan tish cho‘tkasi qarovchi tomonidan parvarish qilinadigan shaxslarda blyashkani olib tashlash nuqtai nazaridan foydali deb topilgan (Kalf va boshq., 2018).
28-2-rasm. Tekis yuzali, ko‘p sathli va qiyshaytirilgan qo‘lda ishlatiladigan tish cho‘tkasi tukchalari dizayni.
Ilgari tutqichlar to‘g‘ri va yassi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda yumaloq va egilgan tutqichlar ko‘proq uchraydi. Zamonaviy tish cho‘tkalari foydalanuvchining qo‘l o‘lchamiga mos tutqichlarga ega bo‘lib, yangi ergonomik dizaynlarga katta e’tibor qaratilgan (Löe 2002). Bir nechta tadqiqotlar turli tutqich dizayniga ega cho‘tkalarning blyashkani olib tashlashdagi farqlarini o‘rgangan. Bunday tadqiqotlarda uzun va konturli tutqichlarga ega cho‘tkalar an’anaviy tutqichlarga nisbatan blyashkani yaxshiroq olib tashlashi aniqlangan (Saxer & Yankell 1997).
Albatta, barcha aholi uchun yagona “ideal” tish cho‘tkasi mavjud emas. Cho‘tka tanlovi odatda biror turdagi ustunlik isbotlanganidan ko‘ra, shaxsiy afzallikka bog‘liq. Aniq dalillar bo‘lmagan holatda, eng yaxshi tish cho‘tkasi — bemor tomonidan to‘g‘ri ishlatiladigan cho‘tkadir (Cancro & Fischman 1995; Jepsen 1998).
Biror tish cho‘tkasi kompaniyasi Amerika Stomatologiya Assotsiatsiyasi (ADA)ning “Seal of Acceptance” belgisi uchun quyidagilarni isbotlashi kerak:
Tish cho‘tkasining barcha qismlari og‘izda foydalanish uchun xavfsiz bo‘lishi
Tukchalar o‘tkir yoki notekis qirralardan holi bo‘lishi
Tutqich materiali oddiy foydalanishda chidamliligini ko‘rsatish uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi
Oddiy foydalanishda tukchalar tushib ketmasligi
O‘rtacha kattalar tomonidan nazoratsiz ishlatilganda ham yengil milk kasalligi va blyashkani sezilarli kamaytirishi
Cho‘tkaning hajmi va shakli og‘izga qulay sig‘ib, barcha joylarga oson yetib borishni ta’minlashi

Kompaniya ADA belgisini mahsulot xavfsiz va samarali ekanini ko‘rsatuvchi ilmiy dalillarni taqdim etish orqali oladi. Bu da’volar ADAning Ilmiy Ishlar bo‘yicha kengashi tomonidan obyektiv mezonlar asosida baholanadi.
Samaradorlik
Tish cho‘tkasi ishlab chiqaruvchilari yangi modellarda biofilmni yaxshiroq olib tashlash va cho‘tkalash samaradorligini oshirish maqsadida ko‘plab jihatlarni hisobga olganlar. Ayrim ishlab chiqaruvchilar cho‘tkalar samaradorligini baholashga ham harakat qilgan. Tish cho‘tkasidan muntazam foydalanish har doim ham yuqori darajadagi og‘iz gigiyenasini anglatmaydi. Kattalar, ko‘rinishidan harakat qilayotgan bo‘lsalar-da, blyashkani kutilganchalik samarali olib tashlay olmaydilar. Stomatologik amaliyotda bemorlar og‘iz gigiyenasi bilan shug‘ullanayotganini aytsalar ham, blyashka mavjudligi kuzatiladi. De la Rosa va boshq. (1979) 28 kun davomida kundalik tish yuvish fonida blyashkaning to‘planishi va olib tashlanishi xususiyatlarini o‘rgangan.

Boshlang‘ich periodontal terapiya (infeksiyani nazorat qilish) Zamonaviy tish cho‘tkalari ma’lum bir mukammallik bosqichiga yetgan. Tish cho‘tkasi dizayniga juda ko‘p tasavvur va innovatsiyalar qo‘llanilgan va hozirda juda ko‘p modellari mavjud. Turli xil…
Oʻqiganlar boʻlsa qanday tish choʻtkasi eng yaxshisi ekan😅
Assalomu alaykum doʻstlar
Kanalimiz rivoji uchun agar kanalimizni foydali kanal deb hisoblasangiz, silkasini tanish guruhlarga yuborishingizni soʻraymiz
InshaOlloh yanada yaxshiroq postlar bilan kanalimiz faoliyatini davom ettiramiz 😊

Buni oʻqib shuni tushunishimiz mumkin, alkogol ichuvchilar uchun ajoyib yangiliklar bor ekan 😁
Endi alkogol ichadigan bemor kelsa, plomba qildiraman desa, avvalo qoʻyiladigan composite plomba yumshab tushib ketishi haqida ogohlantirishimiz kerak ekan.

🔥2