🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
​​​​AFSUS

Kimningdir qoʻlida,
kimningdir oyogʻida,
kimningdir yoʻlida,
kimningdir koʻzida,
kimningdir yuragida,
kimningdir soʻzida,
kimningdir choʻntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir oʻlimida –
hech narsa yoʻq.

©Usmon Azim

@menimcha_shu
🙍‍♂Kel hammasini boshidan boshlaylik?!
🙎‍♀Qiziq, siz o'z hohishingiz bilan umringizni qaytadan boshlay olasizmi?
🙎‍♂Yo'q, albatta
🙎‍♀Shunday ekan nega mendan ilojsiz narsani so'rayabsiz..
🙎‍♂Tushunmadim.. axr men shunchaki munosabatlarimizni qaytadan quraylik degandim
🙎‍♀Bilasizmi, bu hayotni men bir bekatga o'xshataman: avtobusni kutib turganingda yoningga kimlardir kelishi, ba'zilari bilan bir necha daqiqa suhbatlashishimiz mumkin, tanishishimiz mumkin.. Ammo ularning avtobusi boshqa, borar manzili boshqa.. Yana kimlar bilandir bitta avtobusda ketishimiz mumkin-u lekin ular bizdan yo oldin yoki keyin tushib qolishadi. Faqat..! faqat yagona, faqat biz uchun atalganlar bilangina manzilning oxrgacha birga borishimiz mumkin holos. Ana o'sha inson bizning juftimizdir..
Aytmoqchi bo'lganim, siz bilan bitta bekatdan, bitta yo'nalishga qarab, bitta avtobusga mindik ammo, siz mendan oldin tushib qoldingiz, endi unga qayta mina olmaysiz!
🙍‍♂....

@menimcha_shu
KO'NGLIMNI TUSHUNGUVCHI KO'NGIL TOPMADIM! 😔@menimcha_shu
Bas! Endi hech kim bilan ishim yo'q. Har kim o'z aravasini o'zi tortsin.
HAYOT MENGA HAR KUNI BIR NARSANI O'RGATYAPTI - KUCHLI BO'LISHNI.
Gohida bilinmasada, ba'zan umrim judda tez o'tib ketayotganini sezib qolaman
Bugungi kunim ham qaytmas bo'lib ketti... Hatto hayrlasha olmadim ham ((
Kechki payt jimjit xonamda hayol suriib o'tganimda shunaqa aqilli gaplar hayolimga kelib qoladi va ICHIMDAGILAR ni sizlar bilan bo'lishgim keladi-da🙈☺️
PALAPARTISHLIK

Mening yo‘limda ham uchradi gullar,
Tikonlar ichidan saralab oldim.
O‘tib bo‘lgan yillar, ortdagi yillar
Endi menga oid bo‘lmagan oltin.

Yurakka sir aytdim, tingladi sho‘rlik,
Olamlar ichida tentiroq misol.
Osmonlik emasman, men o‘sha yerlik,
Faqat Xoliqim-la istagan visol.

Nega yig‘lamaysiz og‘ir yo‘loldi,
Ko‘ksimdagi hanjar zaharlimas hech.
Umr deganlari zumda yo‘qoldi,
Hammasin angladik... afsus yana kech.

Tungi sakiynatni istadik kunda,
Kunning shiddatini tunda qo‘msadik.
Bilmadikki, hayot qisqardi shunda,
Xotirjamlik qayda?!
Faqat g‘am, hadik...

Ro‘yo bo‘lib chiqdi kutganlarimiz,
Qarshimizga chiqdi unutilganlar.
Xudo rahmat qilgur o‘tganlarimiz --
Bizni shaxs etmakka jo‘natilganlar.

O, davri sitamlar, sizga tasanno,
Muallimussoniy bo‘lib qoldingiz.
Bizni o‘zingizga sadoqatli va
O‘jargina tolib etib oldingiz.

Xo‘p, mayli, orzular -- o‘z yo‘ligadir,
Ularga ortiqcha so‘zim shart emas.
Yurak ko‘nikuvchan, ammo negadir
Umidga intilar, garchi arzimas.

Shunaqa g‘alati tuyg‘u ichida
Ko‘nikib boryapman alam izidan.
Ishonmang, odamni bilib bo‘lmaydi
Kulib turgan va yo ochiq ko‘zidan.

Gunohlarim mening, tarqaling tezdan,
Siz deb sarg‘armoqda ko‘nglimdagi she’r.
Buncha yuqumlisiz, bad dastingizdan
Osmon qoraymoqda, toraymoqda yer.

Hammaning ko‘ziga qarab chiqyapman,
Negadir mendanmas, menga xavotir.
Sizning chehrangizdan mazmun uqyapman,
Nahot tutganingiz menga duodir?!

Ehtimol, siz ham men kabi yo‘lovchi,
To‘g‘ri yo‘lidan goh adashib ketgan,
Yoki saydi uchun tislangan ovchi --
Sizdirsiz, sahnadan otashin ketgan?

Heh, bila olmadim xullas hech kimni,
Qo‘limni ochaman: "Maqsadga yetkaz!"
To‘g‘ri-da, o‘zgani surishtirish ne
O‘zini tanishga ulgurmagan kas?

Olamni quchoqlab uxlagim kelar,
Sirpanchiq yo‘llardan yugurib o‘tib.
Nega shoshilyapsan, desa kimsalar,
Desam: Jo‘natibdi mahbubam maktub.

Qayg‘ularim -- ummon, shodligim -- dengiz,
Yuragim buyurar: bittasidan kech...
Shunaqa bolaman, qo‘yib bersangiz,
Mening gapim sira tugamaydi, hech.

Yaxshisi, e’tibor bermang so‘zimga,
Odam bo‘lvolaman o‘zimga kelib.
Hozir-chi, Diogen, berib tur zumga --
Bochkangda uxlayin hammadan kulib...
© Hayrulla Xamidov

@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ pinned «Kanalga ko'proq nimalarni joylaylik»
Keksa, yosh- hayotga har kimki yetar,

Hammasi izma- iz, birma- bir o'tar..

Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy,

Keldilar, ketamiz, kelishar, ketar!

©Umar Xayyom

P/S Xayyom ijodini sevganlar uchun
@menimcha_shu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum😅

Bolakayning yetti o‘lchab bir kesishi, vaziyatga to‘g‘ri baho bera olishi bizdagi ayrim tashkilotlarnikidan yaxshiroq ekan.

© Xushnudbek

@menimcha_shu
#kech_bolganda_bir_dardlashgim_keldi.
31-dekabr kuni 2020-yilni kirishini oila davrasida kutar ekanman ko'nglimdan kelayotgan yil hech qaysiga o'xshamagan, o'zgacha yil bo'lsin degan niyat o'tgandi. Bilmadim, yana qancha odam shunday tilak bildirgandir... Niyatimiz amalga oshdi ham shunday emasmi? Har holda bu virus, bu karantin, cheklovlar, muammolar, o'zgarishlar, moslashishlar umuman boshqa yillarga o'xshamaydi.
Yigirmanchi yangi yilim men uchun juda ajoyib keldi deyolmayman har holda shu yil uchun mo'ljallagan ba'zi maqsadlarimga afsuski erisha olmadim. Nima ham derdim hudoga shukurki bu oxri emas, nasib qilsa bundanda yaxshi bo'ladi hammasi (chunki 2021-yilni boshqacha niyat, orzu, tilak, bilan kutib olaman😁😉).
Bir yilga ulg'aydik, ko'p narsalar o'zgardi, ko'p narslar o'rgandik va hayot davom etyapti.
by_Masha😉
@menimcha_shu