🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
☔️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from senga_gaplarim Official (Dilmurod🦅)
🌿 Ayol uyiga ketarkan, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tuproqqa allanarsalar chizayotganini koʻrdi.
– Nima qilyapsan? – soʻradi u.
Bolakay:
– Jannatni tasvirlayapman, sotayapman opa. – dedi.
– Qanchaga sotasan? – dedi chiroyli javobdan yuziga tabassum yugurgan ayol.
– Yigirma tanga opa. – dedi bolakay.
Ayol pulni berib, uyiga ketdi va bu voqealarni unutdi. Oʻsha kuni u bir tush koʻrdi-ki, oʻzi Jannatda! Ayol tushini eriga aytib berdi. Eri darhol ayol aytgan joyga shoshildi.
Qarasa, bola hamon oʻsha yerda.
– Nima qilyapsan? – dedi erkak.
Javob bir xil boʻldi.
Erkak tagʻin soʻradi:
– Qanchaga sotasan?
– Bir trillion! – dedi bolakay.
– Nimalar deyapsan, axir xotinimga yigirma tangaga beribsan-ku?!
Bola dedi:
– Togʻa, togʻa, togʻa! Ayolingiz u pullarni Jannatni olish uchun emas, mening koʻnglimni olish uchun berdi. Siz Jannatni shunchalar arzon deb oʻyladingizmi? Jannat na arzon, na qimmatdir.
Jannatni olmoq koʻngillarni olmoqdan boʻlar...

©Shahzod Ergashaliyev tarjimasi

@senga_gaplarim 🕊
Yana keldi yangi kun ☀️
Do"stlarim birga bugun
Senga hammasi uchun
RAHMAT HAYOT! 😊
😊😊☺️☺️
Hayot joningni qiynagan bir payt
Qalbing ozor chekib, yig'lagan bir payt
Ko'zingni yumgin-u, yurak-yurakdan:
"Men ham kimgadir kerakman"- deb ayt
@menimcha_shu
#Диққат

⚡️Bugun, 22 oktyabr – butunjahon erkaklarning asab tizimini asrash kuni

❗️ Buning uchun ko‘p narsa kerak emas: shirin ovqat, tinchlik, futbol vaqti bezovta qilmaslik va choy so‘raganda suratdagidek qaramaslik😄

❗️Xabarni ayollarga yetkazib qo‘yamiz
👇
@menimcha_shu
Bir ko'ngil bo'lsaydi ko'nglimdagidek,
Faqat Alloh uchun dildan sevguvchi

#someone
#antistress

Quloqchinni quloqqa joylab yomg'ir ovozi ostida taskin toping! 😌

Quloqchin bu "Наушники" so‘zining o‘zbekcha nomi ekan 🙄

LINK👉 rainfor.me
​Hamma insonlar yaqinlariga ichidagini uyalmasdan ayta oladigan joyda yashashni xohlayman

Instagram/Facebook/Telegram umuman ijtimoiy tarmoqlarga qiziqmaydigan odamlar bor joyda yashashni xohlayman

Kiyimimga emas, o'zimni tutishim, aqlimga qarab muomala qiladigan insonlar ko'p joyda yashashni xohlayman

Yaxshi gap bilan javob qaytarish imkoni bo'la turib yomon gapiradiganlar bilan emas, hamma narsaga pozitiv qarab, chiroyli muomala qiladiganlar ko'p joyda yashashni xohlayman

"Qiz bolasan-dee nima bo'lsayam" deb jinsga aloqasi yo'q narsani aynan ayb qiz bola bo'lganida qilib ko'rsatadiganlar yo'q joyda yashashni xohlayman

Orzu qilganingni ham ko'rolmaydiganlar yo'q joyda bo'lishni xohlayman

Yoshlar nolishdan ko'ra ko'proq harakat qiladigan, vaqtini qadriga yetadigan joyda yashashni xohlayman

Meni tushunadigan odamlar bor joyda yashashni xohlayman

Har qanaqa holatda qiz/ayollarni hurmat qila oladigan yigitlar ko'p joyda yashashni xohlayman (I'm not a feminist, FYI)

Keraksiz yolg'on gapiradiganlar kam joyda yashashni xohlayman


Parkda yolg'iz o'tirsang hech kim g'alati qaramaydigan, gap tashlab o'tmaydigan joyda yashashni xohlayman

Hamma bir-biridan foydalanib qolishga emas, bir-biriga yordam berishga, xursand qilishga harakat qiladigan joyda yashashni xohlayman

Faqat kelajak haqida orzu qilavermay hozirgi kunlarini, atrofidagi insonlarini ham qadrlaydiganlar bilan yashashni xohlayman

Hamma o'zini qadr-qimmatini, haq-huquqini biladigan, o'zini birovga xo'rlatib qo'ymaydigan joyda yashagim keladi

Sayohat qilish uchun men pul yig'ib yurmaydigan darajada samalyot biletlari arzon joyda yashagim keladi

Gaplashishga odam topilmaganidan Alisa bilan gaplashib o'tirishga majbur bo'ladigan joyda emas, samimiy, tushunadigan insonlar ko'p joyda bo'lishni xohlayman

Odamlarga boshqalarni hayotidan ko'ra o'zini qiziqroq bo'lgan, boshqalarni muhokama qilishdan ko'ra o'zini muammolarini hal qilib olish afzalroq bo'lgan joyda yashashni xohlayman

Insonlar bir-biridan ayniqsa tanimaydigan odamidan hech nima umid qilmaydigan, hamma ishni o'zi bajarishga harakat qilib ko'radigan joyda yashashni xohlayman

Birovni muvaffaqiyatiga hasad emas, havas qiladiganlar ko'p joyda yashashni xohlayman

......!
@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ pinned «​Hamma insonlar yaqinlariga ichidagini uyalmasdan ayta oladigan joyda yashashni xohlayman Instagram/Facebook/Telegram umuman ijtimoiy tarmoqlarga qiziqmaydigan odamlar bor joyda yashashni xohlayman Kiyimimga emas, o'zimni tutishim, aqlimga qarab muomala…»