Idk how we're almost done with 9 months of a year that had just started 3 weeks ago...🥲
❤2😢1💔1
Kuzak xonamgacha bostirib keldi.
Tashqariga chiqdim.
Xazondan qochib.
Umrim tugayapti.
Kelgin.
Kel endi.
Yov yenggan shaharday yuragim ochiq.
Kuz bog‘lar boshiga ne ish solmadi,
Ana, daraxtlarning so‘ngaklari - cho‘p…
Senga aytadigan so‘zim qolmadi,
Senga aytadigan jimliklarim ko‘p…
©️Usmon Azim
Tashqariga chiqdim.
Xazondan qochib.
Umrim tugayapti.
Kelgin.
Kel endi.
Yov yenggan shaharday yuragim ochiq.
Kuz bog‘lar boshiga ne ish solmadi,
Ana, daraxtlarning so‘ngaklari - cho‘p…
Senga aytadigan so‘zim qolmadi,
Senga aytadigan jimliklarim ko‘p…
©️Usmon Azim
❤1❤🔥1🔥1
OY PARI
Yarashbek sapayev
"Topvadim bir Xivali pari,
Yuraka botirdi ul xanjari,
Sevaman dasam gapni kasib,
Qo'y uka didi bo'sha gaplani"
🌚😂
Yuraka botirdi ul xanjari,
Sevaman dasam gapni kasib,
Qo'y uka didi bo'sha gaplani"
🌚😂
🔥2🌚1
Fokus muammosi jiddiylashayotganligi haqida.
Bir xavotirli holatni kuzatmoqdaman. Reels orqali koʻpchilikning fokusi bilan muammo paydo boʻlmoqda. Miya biror maʼlumotga maksimum 1 daqiqa diqqat qaratishi mumkin, shu vaqt ichida dofamin olinmasa, keyingi maʼlumotga sakraydi.
Bu shu darajadagi, hatto kino koʻrishmay qoʻyishyapti chunki kino koʻrish uchun ham kamida 1.5 - 2 soat davomida miyani ishlatib maʼlum syujet liniyasini kuzatish kerak.
Instagramda bir necha soat shunchaki havodek uchib ketishi mumkin, lekin doim vaqt yetmasligidan nolishadi.
Miya yengil ozuqaga oson oʻrgangan odamdan endi murakkab matnni oʻqishni, sabr qilib diqqat bilan soatlab ishlashni talab qilish juda qiyin.
Shu uchun ham mezon boʻlishi kerak deb oʻylayman. Miyani kitob o'qib, uzunroq podcast eshitib yoki kino koʻrib chiniqtirib borish kerak.
Boʻlmasa fokus bilan muammo yildan yilga jiddiylashadi.
@allaevuzb

❤1🔥1💯1
Orzular amalga oshish xususiyatiga ega, butun umr shunaqa yurib ko'rishni orzu qilgandim😂
😁1
Forwarded from Vashington kundaligi
Tasavvur qilamiz: 2124-yil kirib keldi. Roppa-rosa yuz yildan keyin. U payt shu matnni yozayotgan odam ham, uni o'qiyotgan odam ham bu dunyoda bo'lmaydi; yer ustida emas, ostida bo'ladi. Nafaqat siz, balki aka-ukalaringiz, yoru-birodarlaringiz ham bu dunyoni allaqachon tark etgan bo'ladi...
Biz umrimizning aksariyatini sarflab, misqollab yig'ib qurgan dang'illama uyimizda begonalar yashayotgan bo'ladi. Bizga tegishli neki bo'lsa (agar bo'lsa), hammasiga boshqalar egalik qiladi.
Qanchamiz bobomizning otasini yoki onasini taniymiz? Kimligi tugul, ismini eslay olamizmi?
Uyingizda balki avlodingiz yashar, lekin u sizning ismingizni bilmasa, demak, begona.
O'lganimizdan keyin, bizni uzog'i bilan bir necha yil eslashadi. Yana bir necha yil o'tib, ijtimoiy tarmoqlarni va telefonimiz xotiralarini to'ldirgan rasm va videolarimiz tarixning axlat qutisiga uloqtiriladi...
Biz hatto xotiralarda yashamaymiz. Chunki bizni tanigan odamlarning o'zi bu dunyoda bo'lmaydi.
Tirikchilik tashvishlaridan bir lahza tin olib, shular haqida o'ylasak, biz quvib yurgan maqsadlarimizning ko'pi qanchalik mayda va ahmoqona narsalar ekanini tushunamiz.
Mazmunli umr - bu odam o'lim to'shagida yotganda o'tgan hayotiga qarab afsus chekmaydigan umrdir.
G'arbda keksa odamlar eng ko'p nimadan afsuslanishi haqida qator tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning xulosalari bir-biriga o'xshash. Odamlar keksayganda, odatda, quyidagilardan afsus-nadomat chekar ekan.
1. Sevgan va yaqin insonlari, oilasi bilan yetarli vaqt o'tkazmaslik
Fakt shuki, 24 soatlik kunimizning aksariyati yo ishda yo ko'chada o'tadi. Uydagi vaqtimizning ham aksariyati ehtimol televizor (kompyuter) oldida yoki uyqu bilan o'tsa, ajab emas.
Odam o'lim to'shagida yotganda eng yaqin insonlari, do'stlari bilan ko'proq vaqt o'tkazmaganidan; ularga yetarli e'tibor va muruvvat ko'rsata olmaganidan afsuslanar ekan.
2. Risk qilishdan qo'rqib, orzulardan voz kechish
Orzularimiz ko'p (Faqat moddiy orzularni tushunmang). Ko'pincha, qo'limiz kaltalik qilib yoki shunchaki, tavakkal qilishdan qo'rqib, ulardan osongina voz kechib qo'ya qolamiz. Komfort zonamizdan chiqishni xohlamaymiz. Qarib-qartayib qolganimizda esa, essiz, yoshligimda, belimning quvvati borligida shu ishlarni qilmagan ekanman, deb nadomat chekar ekanmiz.
3. Sog'likning qadriga yetmaslik, nosog'lom turmush tarzi
Qarilik ham kasallikdek gap. Ko'pchilik nafaqaga chiqqanimda maza qilib dam olaman, deydi. Lekin umr bo'yi sog'ligiga yaxshi qaramagani uchun, nosog'lom turmush kechirgani uchun, nafaqa yoshiga yetar-yetmas, kasalliklardan arimay qoladi. Keyingi umr esa afsus-nadomat va dard-hasratlar bilan o'tadi...
4. Boshqalarga yordam bermaslik, xayrli ishlarni kam qilish
Odam qariganda, mendan nima ish qoldi; nimadir yaxshilik qildimmi, deb o'ylarkan. Demak, birovga yaxshilik qilish, yaxshi nom qoldirish imkoniyati ko'proq yoshlikda bo'lar ekan.
5. Bugun bilan yashamaslik
Aksariyatimiz uy uchun, mashina uchun pul yig'ish bilan ovoramiz. Dam olishga ulguraman; uyimni bitkazib olay, to'yimni o'tkazib olay, deb hayotimiz o'tib ketganini sezmay qolamiz. Dam olishni ortga surish, ko'p ishlash - keksayganda odam eng ko'p afsuslanadigan narsalardan biri ekan.
6. Boshqalar uchun yashash
Bu, ayniqsa, bizning xalqqa ko'proq xos. Odamlar nima deydi, deb ko'pincha o'zimiz xohlagandek yashay olmaymiz. Demak, aslida biz boshqalar uchun yashayapmiz. Menimcha, eng behuda va befoyda umr mana shunday hayot bo'lsa kerak.
Bu bitiklarni o'qiyotgan paytingiz to'rt muchangiz sog', iligingiz butunmi; demak, sizda hali imkoniyat bor.
Kelinglar, mazmunli umr kechiraylik...
@bmamadiev

❤1👍1🔥1
Vayron qilish har doim qurishdan ko‘ra osonroq.
Xafa qilish kechirishdan osonroq.
Aldash mudom ishonishdan ko‘ra qulayroq.
Rad etish esa sevishdan ko‘ra osonroq.
© Umar Hayyom

💯2❤1🔥1
Bu huddi mingta odamlar orasida yolg'iz qolishga o'xshiydi..
Nima Plan ?!
Plan bilet olishga o'xshiydi.✈️
Nima Plan ?!
Plan bilet olishga o'xshiydi.✈️
❤🔥2🔥2
Yaqinda tong, demak yuzga taqilar kulgu
Kunduzi quvnoq, tunda bezovta qilar tuyg'u.

🔥2💔2
Bitta "Konstacoffee" dan olib, Abdukarim Mirzayev bilan suhbat qurib o'tirishlik havo bo'lyapti)
❤1🤡1🌚1🆒1
Agar menga biror narsa yoqmasa, demak, menga u shunchaki yoqmaydi. Nima uchun men koʻpchilikka yoqadigan yoki ular buni yoqadi deb oʻylagani uchungina menga shu narsa yoqadiganday koʻrsatishim kerak oʻzimni? Men bu narsa hozir urf boʻlgani uchungina sevishim yoki seva olmasligim mumkin emas...
©
©
❤2