Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Boylikka... Amalga... Shon-shuhratga... Xudoning o'zi kechirsin-ku, hatto... hayotga ham... Qarib churiganida "omonatingni olaqol, yaratgan Egam", deydiganlar chin dildan gapiradi...
Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Faqat bir narsaga - Mehrga to'ymaydi. Bu masalada shoh-u gado barobar.
Xolbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo'q. Bir og'iz shirin So'z, bir chimdim Mehr kimni o'ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz...
📚"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
O'tkir Hoshimov
@menimcha_shu

SIZGA 100 FOIZ QULAY JOYDA SIZ OʻSMAYSIZ. CHEKLANGANLIK MAVJUD YERDA OʻSISH BOʻLADI, RIVOJLANISH BOʻLADI.
@menimcha_shu
@menimcha_shu
Bir safga tizilib, sap-sariq, yal-yal,
Zar hal ro‘moliga o‘rab o‘zini,
Uzoq yo‘lga tushar, teraklar jim-jit,
Kuzak shamoliga tutib ko‘ksini.
✍️ Jumagul Suvonova
@meningcha_shu
Zar hal ro‘moliga o‘rab o‘zini,
Uzoq yo‘lga tushar, teraklar jim-jit,
Kuzak shamoliga tutib ko‘ksini.
✍️ Jumagul Suvonova
@meningcha_shu
🇬🇧 I want education for the people only in order to save those Pushkin, Ostrogradsky, Filaret, Lomonosov drowning there. And they are teeming in every school.
© Leo Tolstoy
🇷🇺 Я хочу образования для народа только для того, чтобы спасти тех тонущих там Пушкиных, Остроградских, Филаретов, Ломоносовых. А они кишат в каждой школе.
ⓒ Лев Толстой
🇺🇿 Мен чўкиб кетаётган Пушкинлар, Остроградскийлар, Филаретовлар, Ломоносовларни қутқариш учун халқнинг таълим олишини истайман. Ундайлар ҳар бир мактабда тўлиб ётибди.

#кичик_ҳикоя
SILLULYAR
Yigit hali juda yosh edi. Ammo tug‘ma yurak nuqsoni bor bo‘lib, murakkab va qimmat amaliyotni taqozo etardi. Shunga qaramay, taqdir ekan, o‘qishni tamomlab, ma’naviyat sohasiga ishga kirdi. Hartugul qo‘li yupqa ota-onasiga boqimanda bo‘lmadi – o‘zini-o‘zi epladi. Baxtiga ishxonasidagilar hojatbaror chiqib qoldi: majlis o‘tkazishib, inson manfaatlari uchun hamma narsaga tayyormiz degan hamkasblari yurak amaliyoti uchun 10 ming AQSH dollari ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishib, qo‘l ko‘tarishdi. Yigit behad sevindi. Kasal yuragi hapqirdi. Ammo ish pulni berishga kelganda unmay turib oldi.
Bu orada yigitning yuragi yana bir xuruj qildi. Shoshilinch majlis chaqirilib, endi amaliyotga 15 ming AQSH dollari kerakligi to‘g‘risida kelishib olindi, qo‘llar ko‘tarilib, bir ovozdan tasdiqlandi. Lekin bu gal ham ishxona kassasidan pul chiqmadi. Fursat o‘tib, yigit butunlay yotib qoldi. Galdagi majlisda amaliyotga 20 ming AQSH dollari zarurligi aytilganda ovoz berish uchun hamma qo‘llar ko‘tarildi. Ammo ayni lahzalarda shaharning narigi chekkasida yigitning tobuti ham ko‘tarilgan, u aldamagan – chindan o‘lgandi...
Ulug‘bek Hamdam

Go‘ngqo‘ng‘iz onasiga aytdi: «Kimning oldidan
o‘tmay, menga tupurib ketadi». Onasi: «Ey
farzandim, chiroyli bo‘lganing uchun ko‘z
tegmasin, deyishadida», deb javob berdi))
©Oiz Qarniy ( Tabassum qiling ) asaridan

Qanday yaratilgan bo‘lsangiz, o‘shanday yashang. Ovozingizni, ohangingizni o‘zgartirmang... Borlig‘ingizni yo‘q qilib, hurriyatingizni barbod qilmang. O‘zingizning xos ta’mingiz, xos rangingiz bor. Biz sizni o‘z rangingizda va o‘z ta’mingizda bo‘lishingizni xohlaymiz. Chunki siz shunday yaratilgansiz va biz sizni shundayligingizcha taniymiz. Taqlidchi bo‘lmang. Odamlar tabiatlarida nabotot olamiga o‘xshashadi. Shirini, nordoni, uzuni va kaltasi bor. Sizlar ham shunday bo‘linglar. Agar banan bo‘lsangiz, behiga aylanib qolmangda. Chunki chiroy va qiymatingiz bananligingizdadir. Albatta, rangimiz, tilimiz, iqtidorimiz, quvvatimizning har turli bo‘lishi Alloh moʻjizalaridan biridir. Siz endi bu moʻjizani inkor qilmang!
📚"O‘kinma"
Doktor Oiz Qarniy
📚"O‘kinma"
Doktor Oiz Qarniy