๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.89K photos
568 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
10.08.2020 ikki yil oldin aynan shu sanada Univerga birinchi imtixonimni topshirgandim.
Va undan bir hafta oldin oxirgi tayyorlov kursiga borishga avtohalokatga uchragandim. Yonimda dugonam boriydi u mandan ancha og'ir jarohat olgandi bir nechta joyiga chok tushgandi,eng yomoni mani imtihonim bir haftadan keyin bolsa uniki ertasi kuni edi..
Albatta hodisalar ko'p hollarda insonga bog'liq bo'lmaydi lekin men o'shanda o'zimni qattiq ayblagandim,chunki u boshqa mashinaga minaylik deganda ham men uni shunga minishga ko'ndirgandim..
Hammasi lahzalar ichida sodir bo'ldi..anglashga ulgurmasdan...
Butun boshli yillarga qurilgan hayotingning hammasi soniyalarda ko'z oldingdan birma bir o'tishi bu..shunchaki ta'riflab bo'lmaydigan qo'qruv..

Huddi kinolardagidek..hammayoq qon.. odamlar yig'ilgan.., hammasini ko'ryapsanu idrok qilolmaysan..Qulog'imda esa faqat telefon trupkasi qo'yilgandan keyin keladiganga o'xshagan uzuq- yuluq tovushlar xolos...
Mashinani pachoq bo'lgan eshigini olib tashlashgandan keyin bir amallab pastga tushdik va yo'l chetiga o'tirdik..Dugonamni yuzigan sharillab oqayotgan qonni kimdir uzatgan bakaldagi suv bilan yuvib tashlashga bazo'r yordamlashdim..
Keyin Sal oldin hiralashib turgan ko'zlarim endi umuman hech nimani ko'rmay qoldi..faqat asfaltni paypaslaganimni his qilardim xolos,Uyog'i umuman esimda yo'q..
Qanchadan keyin bilmadim...Shifoxonada oldiniga faqat yorug'likni..keyin esa asta sekin obektlarni ko'rishni boshladim,
Keyin bilsam bu qattiq zarb va klinik shok tufayli bo'lgan ekan va aynan shu tufayli boshqa joylarimdagi og'riqni sezmagan ekanman..
Bu paytga kelib uyimdagilar shifoxonaga yetib kelishgan, dugonam va mashinada bo'lgan boshqalar esa jarrohlik stolida edi..Boshimdagi biroz tilinishlar va bilagim singanini aytmaganda Men bu yerdagi eng omadli yo'lovchi edim..)

Ertasi kuni o'sha payti sezmagan og'riqlarim o'zini namoyon qilishni boshladi..a'zoyi badanim qaqshab og'rirdi..bir necha kungacha alaxsirab uxlolmay chiqdim..
Dugonam esa yuzi hatto ko'zini ocholmaydigan darajada shishib ketgan bo'lsada amallab imtihonga kirib chiqdi..
Men esa o'z imtihonimgacha ancha tuzalib qolgandim..
Yig'ilgan ball larda ancha tafovvut bo'lishiga qaramay u o'qishga kirdi men esa yo'q)
Dugonam kirganidan ancha sevindim chunki bu bilan aybdorlik hissidan qutulgandek bo'ldim..
O'zim kirolmaganimga esa deyarli achinmadim..."Ehe kim birinchi yili kiribdi..bu safar bo'lmasa keyingisida-da" dedim o'zimga..
Ikkinchi yili imtihonim 12.09.2021 kuni bo'lgan .O'sha yili ballar O'zbekiston tarixida misli ko'rilmagan darajada ko'tarilgandi.Men 161.3 ball bilan kirolmagandim, boshqa yo'nalishlarga grand bilan kirsa bo'lardi ammo inyazni eshigiga yaqinlashish uchun kamlik qilardi) Bu safar ancha-muncha depressiya bo'lgan,
Seni balingni uchdan birini zo'rg'a to'plaganlar o'qishga kirganligi munosabati bilan uyida bazm uyshtiryapti sen esa xonangning chekkasiga qayta qayta telefon qilayotganlarga nima deb javob berishni bilmay ich etingni yeb o'tirasan.
Eng alam qiladigani ham shu qayog'dagi puli kuchi yoki keyinchalik umuman ish topib bo'lmaydigan yo'nalishga 50, 60 ball bilan kirganlarni senga "misol" qilib ko'rsatishadi .. "Ana falonchi kirdiku , Ana pistonchi birinchi yili grandga kiribdi...blaa blaa blaa.." Seni boshingdagi bilming bilan hech kimni ishi yo'q..
Uchinchi yili ham imtihonim 12.08.2021 da bo'lgan. Ko'pchilik bo'ldi endi inyazga kirish osonmas boshqa pastroq yo'nalishga topshir, hech bo'maganda ona tiliga topshiraqol..yana kirolmaysan..deyishdi...
Nega endi! Kimdirlarni ishonchsizligi tufayli bir umr o'zim yoqtirmagan kasbda ishlashga mahkum bo'laymi!? Hech Qachon!
Yana yurak yutib ingliz tiliga topshirdim..Alhamdulillah Bu safar uddaladim๐Ÿค
Va shundan minnadormanki, ota-onam har doim meni qo'llab quvvatlashgan .Garchi o'shanda ba'zi paytlar ular ko'zida menga nisbatan ozgina bo'lsada umidsizlik uchqunini ko'rgan bo'lsamda ra'yimga hech qachon qarshi borishmagan.
Va dadam ba'zibir men ko'rgan "erkak"larga o'xshab "Qiz bola o'qib menga nima qilib berardi" demasdan hamisha meni qo'llaganlaridan minnaddorman.
โค2๐Ÿ‘2๐Ÿ”ฅ1๐Ÿฅฐ1
Avval aytganimdek : Ko'rgan, kechirganlarim tufayli ulg'ayyapman yillarning bunga aloqasi yo'q!)
Ya'ni shu paygacha shuni angladimki hech narsa vaqtidan oldin sodir bo'lmaydi va har ishda bir hayr bor.
Hodisalardan xulosa qilishni bilish kerak va boshqalarning chiqindi fikrlariga bo'ysunib yashashni bas qiling)
โค2๐Ÿ‘1๐Ÿ”ฅ1