Biz kelib ketguvchi...
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum, na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldig-u ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz, birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yoshlikning mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
✍Umar Xayyom
@menimcha_shu
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum, na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldig-u ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz, birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yoshlikning mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
✍Umar Xayyom
@menimcha_shu
Agar bir insonning qalbida seni sevish uchun mittigina xohish bo`lsa, u seni finjonni qanday ushlashingga ham oshiq bo`la oladi.
📚"To'siqlarga qaramay sevdik"
Mirach Chag‘ri Oqtosh
📚"To'siqlarga qaramay sevdik"
Mirach Chag‘ri Oqtosh
Ba'zida siz kutmagan narsa yuz beradi, sizni oyog'ingizdan yiqitadi va qalbdagi halovatni olib qo'yadi.. Va siz bu bilan qanday kurashishni tushunmaysiz. To'satdan siz butunlay yolg'iz ekanligingizni tushunib yetasiz..
Umidsizlikka tushasiz.. Yolg'izlik esa sizga ajoyib yelkadosh bo'ladi chunki u sizni jim tinglaydi.. Qiynoqlardan so'ng siz tinchlanasiz va asta sekinlik bilan barchasiga ko'nikasiz va asosiysi yanada kuchliroq bo'lasiz.)
@menincha_shu

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boricha sev..
©Ibratli.vaqt
©Ibratli.vaqt
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
Ba'zilar olisdan sevarlar_ Halis Karabenli_pdf.pdf
Yolg'izlikni bag'ringga bos!🌵
Hozirgi davrda kimning yuragi kim uchun urayotgani noma'lum.
Biz shunday bir zamonga duch kelib qoldik. Xuddi hamma eng toza tuyg'ularini boshqalar uchun sarf qilgan-u, menga hech narsa qolmagandek his qilaman. "Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!" deyishadi-ku, men na nonni katta tishlaydigan va na gapni katta gapiradiganlardan emasman. Shunchaki men endi hech qanday tarzda sevilishga umid qilmayman. Chunki insonlar allaqachon sevgining, ishonchning, sadoqatning, durustlikning va eng asosiysi vijdonning boshiga yetishgan. Hozir hamma bir-birini jarohatlaydi, aldaydi, tashlab ketadi. Bunday davrda eng maqbuli yolg'izlik bilan ovunish deb o'ylayman. Oddiy insonlar kabi har suv berganga chechak ochishning o'rniga yoki suv tutgandan yordam kutishdan ko'ra suvsiz qurib, yo'q bo'lishni afzal ko'raman.
Har suv berganga chechak ochishdan ko'ra, yolg'izlikdan qurib, bitganim yaxshiroq.
✍Halis Karabenli
📚"Ba'zilar olisdan sevarlar"

Forwarded from Xushnudbek.uz
O'zini kerakli deb o'ylashadi,
zotan hayotda juda ko'p narsalar kerak ammo ularsiz ham yashay olamiz, yashab kelyapmiz ham😏😉
zotan hayotda juda ko'p narsalar kerak ammo ularsiz ham yashay olamiz, yashab kelyapmiz ham😏😉
Ayol sizni hech qachon tark etmaydiganday seva olishi va hech qachon sevmaganday tark eta olishi mumkin.
©️Erix Mariya Remark
✌️✌️🤞
©️Erix Mariya Remark
✌️✌️🤞
Menga rostgo'ylik haqida gapirma, meni aldamasang bas!
Menga vafo haqida gapirma, meni sotmasang bas!
Menga g'oya haqida gapirma, tilingni tiysang bas!
Menga jannatga yo'l haqida gapirma, oldimda yursang bas!
©Adham Sharqoviy (Qisqa o'y-fikrlar) asaridan
Menga vafo haqida gapirma, meni sotmasang bas!
Menga g'oya haqida gapirma, tilingni tiysang bas!
Menga jannatga yo'l haqida gapirma, oldimda yursang bas!
©Adham Sharqoviy (Qisqa o'y-fikrlar) asaridan
Bugun samimiyat bilan kuling. Yaxshilik ulashing - bayram qiling. G'am-g'ussalaringizni bir kunga unuting. Farzandlaringizga oldingidanda ko'proq e'tibor bering, farzandlar esa ota-onalariga ko'proq vaqt ajratsin. Hayitlik ulashing) Samimiyat bilan o'tkazing bayramni, xafa bo'lmang. Asli yilda 2 kun bayramimiz, shuni ham xafa bo'lib o'tkazsak - yarashmaydi-da endi! Shodiyona Muborak!
Iyd-ul Ahzo Muborak!
Qurbon Hayiti Muborak Bo'lsin!
Iyd-ul Ahzo Muborak!
Qurbon Hayiti Muborak Bo'lsin!
Бугун Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 64 ёшга тўлди.
Аввал ҳам айтганман, Президентнинг қай даражада адолатли раҳбар эканлигига асосий баҳони халқ, яъни сайловчилар беради.
Шу сабабли Шавкат Мирзиёевга узоқ умр билан бирга, доимо халқнинг дуосини ва розилигини олиш насиб қилишини тилайман. Менимча, бундан ортиқ мукофот бўлмаса керак.
Ушбу тилакда яна бошқа жиҳат ҳам бор. Агар халқ рози бўлса, демак, давлат раҳбари ҳам тўғри йўлдан кетаётган бўлади. Агар давлат раҳбари тўғри йўлдан кетаётган бўлса, демак бу ўз-ўзидан мамлакат ривожланишини англатади. Ўзбекистон фуқароси сифатида Ватанимиз янада гуллаб-яшнашини хоҳлайман.
Қизиқ маълумот: туғилган кунда энг яхши совға нима бўлиши мумкин? Ҳаммага ҳар хил, кимгадир китоб, кимгадир бирор қимматбаҳо буюм, кимгадир ўзи орзу қилган яна нимадир. Лекин боболар учун туғилган кунга Аллоҳнинг энг яхши совғаси, бу албатта - набира. Ўтган йили 24 июлда, яъни туғилган кунида Шавкат Мирзиёев набирали бўлган эди ва унга Шавкатжон деб исм қўйишганди.
👉 @xushnudbek 👈

☑️Abituriyentlarga atalgan, motivatsiya baxsh etuvchi maxsus sheʼr.
MENI KUT, OLTIN DAVRIM!
Manzil uzoq. Yoʻllar toshloq.
Lekin, nurli kelajak.
Abituriyentning orzusi...
Osmonlardan oʻtajak.
Keling, doʻstlar sizga bugun
Bir hikoya aytayin.
Hayolimdan ketmaydigan
Bir davrga qaytayin.
Yoshlik zavqin chetga surib
Maqsadlarni katta qoʻyib,
Kechalari kitob oʻqib,
Chiqar bedor abituriyent.
Koʻzlar oʻqib tolib ketar,
Bazan och ham qolib ketar,
Koʻchalarda qolib ketar,
Puli qolmay abituriyent.
Oldiga bir maqsad qoʻyib,
Testlarini kutar kuyib,
Goho, oʻz oʻzidan toʻyib.
Yashar shoʻrlik abituriyent.
Buyuk inson boʻlmoq uchun,
Xalqqa xizmat qilmoq uchun,
Bir kelajak qurmoq uchun,
Izlanadi abituriyent.
Eng birinchi orzusi ham.
Oilasin ishonchidir.
Talabalik orzusi bu -
Abituriyent quvonchidir.
Ey Abituriyent doʻstim,
Bu sheʼrni senga yozdim.
Yuragingda qolsin deb,
Men anchagina ozdim.
Senga mening soʻnggi soʻzim
Sen avvalo angla oʻzni.
Oldingga bir shior qoʻygin.
Qolganiga yumgin koʻzni.
Maqsadingga erishasan.
Olloh berar oʻzi madad.
Oʻz yoʻlingni va baxtingni
Oʻz qoʻllaring bilan yarat.
Dangasalik qilma doʻstim.
Marrani sen katta olgin.
Hayolingni buzma sira.
Sen ezgulik sari borgin.
Bu hayotda oʻrningni top.
Garchi bekor ketmasin vaqt.
Umring, vaqting, bilimingni
Behudaga etmagin sarf.
Buyuk boʻlmoq oson emas.
Buyuklarning soni yoʻqdir.
Buyuklikka yetay desang..
Doʻstim, tezroooooq kitob oʻqi!
© Muhammadumar Abdullasharof
@menimcha_shu
MENI KUT, OLTIN DAVRIM!
Manzil uzoq. Yoʻllar toshloq.
Lekin, nurli kelajak.
Abituriyentning orzusi...
Osmonlardan oʻtajak.
Keling, doʻstlar sizga bugun
Bir hikoya aytayin.
Hayolimdan ketmaydigan
Bir davrga qaytayin.
Yoshlik zavqin chetga surib
Maqsadlarni katta qoʻyib,
Kechalari kitob oʻqib,
Chiqar bedor abituriyent.
Koʻzlar oʻqib tolib ketar,
Bazan och ham qolib ketar,
Koʻchalarda qolib ketar,
Puli qolmay abituriyent.
Oldiga bir maqsad qoʻyib,
Testlarini kutar kuyib,
Goho, oʻz oʻzidan toʻyib.
Yashar shoʻrlik abituriyent.
Buyuk inson boʻlmoq uchun,
Xalqqa xizmat qilmoq uchun,
Bir kelajak qurmoq uchun,
Izlanadi abituriyent.
Eng birinchi orzusi ham.
Oilasin ishonchidir.
Talabalik orzusi bu -
Abituriyent quvonchidir.
Ey Abituriyent doʻstim,
Bu sheʼrni senga yozdim.
Yuragingda qolsin deb,
Men anchagina ozdim.
Senga mening soʻnggi soʻzim
Sen avvalo angla oʻzni.
Oldingga bir shior qoʻygin.
Qolganiga yumgin koʻzni.
Maqsadingga erishasan.
Olloh berar oʻzi madad.
Oʻz yoʻlingni va baxtingni
Oʻz qoʻllaring bilan yarat.
Dangasalik qilma doʻstim.
Marrani sen katta olgin.
Hayolingni buzma sira.
Sen ezgulik sari borgin.
Bu hayotda oʻrningni top.
Garchi bekor ketmasin vaqt.
Umring, vaqting, bilimingni
Behudaga etmagin sarf.
Buyuk boʻlmoq oson emas.
Buyuklarning soni yoʻqdir.
Buyuklikka yetay desang..
Doʻstim, tezroooooq kitob oʻqi!
© Muhammadumar Abdullasharof
@menimcha_shu