🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
36 subscribers
1.89K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Takaga o‘tin keltirgani bilan eshak darvesh bo‘lmas,
Makkaga borib kelgani bilan tuya hoji bo‘lmas.

© Yunus Emro

@menimcha_shu
Bir necha yigit Ramazon oyida bir moʻysafid otaxonning odamlar koʻzidan pana joyda taom yeyayotganini koʻrib qolishibdi:
– Ie, Otaxon! Siz roʻzadormasmidingiz?
Otaxon:
– Nega? Albatta roʻzadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.
Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?
Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni gʻiybat qilmayman,
• Hech kimning koʻngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qoʻpol muomala qilmayman,
• Birovning moliga koʻz olaytirmayman.
• Lekin... ming afsuski kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga meʼdamni roʻzador qilolmayapman.
Soʻngra otaxon yigitlardan soʻradi:
- Sizlar ham roʻzadormisizlar bolalarim.
Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yoʻq! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos.
..
Sen dunyoni qanday ko'rasan?

Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan.

Xafa bo'lma, hamma shunday. Misol keltiraman:

1. Ikki yarimta yigitdan xafsalasi pir bo'lgan qiz - hamma yigitlarning dardi bir deb o'ylashni boshlaydi. Faqat bekorchi qizlar bilan gaplashishga o'rganib qolgan bola - yaxshi qizlar qolmadi deb o'ylaydi.

2. Jiyani diplomi bilan ish topa olmasa, farzandiga - ana qara, o'qib nima ham qilarding deydi. Bitta 3 ga o'qigan boyib ketsa, boyib ketish uchun yaxshi o'qish shart emas ekan deb, shuni misol keltirib yuradi.

Dunyo juda katta. Biz tanigan 200-300 ta odam dunyo aholisi tursin O'zbekiston aholising mingdan biri ham emas.

Bu dunyoda ovqat yeyaverib ozadiganlar ham, chiroyli, aqqli bo'laturib 3 marta turmush qurganlar ham, 5 ga o'qib boyib ketgan va boyib ketmaganlar ham, 20 yoshda o'z yo'lini topgan va 40 yoshgacha qidirib yurganlar ham bor. Hayot shunisi bilan qiziq.

Lekin bunday xato fikrlashni to'g'rilashning yo'li bor. Birinchisi ko'p kitob o'qish. Ikkinchisi o'zingdan ancha aqlli va tajribali insonlar bilan ko'p suhbatlashish.
@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ pinned «Sen dunyoni qanday ko'rasan? Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan. Xafa bo'lma, hamma shunday.…»
Yozgan bo'lsa qayga qochay, Yozmagan bo'lsa nimadan qo'rqay.
Hech kim muvaffaqiyat narvoniga qo'llari cho'ntakda holida chiqmagan.
Jaloliddin Rumiy

@menimcha_shu
With you
OR
Without you...
Oy o'tarkan, yil o'tarkan kun botib
Tong otarkan!
Onaizor farzand nima bersa shuni yutarkan.
Qariganda hatto non ham oshqozonga botarkan,
Yumshoq nonni qaymoq bilan choyga qo'shib bermabman,
Yonginangda yuribman-u qariganing sezmabman..

©Aziz Muksinov

@menimcha_shu
Blessed be Arafa🤍
😊😊😊