🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
36 subscribers
1.89K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Forwarded from Venetsiyaliklar
Man uchun yolğizlikning eng oliy nuqtasi va daxshatli lahzasi- ketayotgan odamning ortidan qõl siltab, xayrlashish!

Shuning uchun har doim, hamma joyda birinchi bõlib ketaman.
Bu dunyoni ham qadrligimdan avval tark etish nasib etsin...!

Anna Angelina
O'zim istagan narsalarning barchasi menda yo'q. Ammo men o'zimda borini qadrlayman.

© Lev Tolstoy

@menimcha_shu
Forwarded from Hodiyev’s blog
Ishning omadi - o'z vaqti yoxud kerakli paytda kerakli joyda bo'ling.

Siz omadliroq insonman deb hisoblaysizmi o'zingizni?

O'qishga birinchi yil kirgan talabani omadli deyishadi. Chunki u vaqtida o'qishni boshlagan va aynan vaqtida o'zining vaqtidan unumli foydalangan.

Yoki siz biror qizga u hali sevgi haqida o'ylab ko'rmagan payt, abituriyentligida (ko'pincha) sevgi izhor qilsangiz maqsadga erisholmaysiz. Chunki ishning o'z vaqtida bo'lmagani hisoblanadi.

O'qishga kirgach, hayotida kimdir kerak bo'lgan vaqtida siz paydo bo'lsangi o'z vaqtini bilib, sizni qabul qilish ehtimoli yuqori bo'ladi.

Futbol ko'rganlar ham bir narsani bilsa kerak, ba'zi aqlli hujumchilar (masalan, Benzema, Suarez...) kerakli paytda kerakli joyda bo'la olgani uchun ham o'zini ko'p qiynamasdan gol urishga erishadi.

Siz ham kerak bo'lgan paytda kerakli joyda bo'lishni o'rganing.

☝️Shu bilan birga keraksiz paytda keraksiz joyda bo'lmaslikni ham o'rganing.

©️ H. Alisher

👉@Hodiyev
Такага ўтин келтиргани билан эшак дарвеш бўлмас,
Маккага бориб келгани билан туя ҳожи бўлмас.

© Юнус Эмро
​​Ҳаёт ўйингоҳга ўхшайди: бировлар курашиш учун, кимлардир савдо қилиш учун, энг бахтлилар эса томошага келишади.

© Пифагор

@menimcha_shu
#tarjima_vaqti

Menga xuddi mening qalbim yo‘qdek muomala qildilar..

@menimcha_shu
Odamzotning fe'li shunaqa. Noxush narsani eslagisi kelmaydi. Ammo yomon xotira barmoqqa chiqqan yaraga o'xshaydi. Qo'lingni qimirlatishing bilan o'sha la'nati yara bexosdan bir joyga tegib ketadi-yu, azob beradi.

📚"Ikki eshik orasi"
Takaga o‘tin keltirgani bilan eshak darvesh bo‘lmas,
Makkaga borib kelgani bilan tuya hoji bo‘lmas.

© Yunus Emro

@menimcha_shu
Bir necha yigit Ramazon oyida bir moʻysafid otaxonning odamlar koʻzidan pana joyda taom yeyayotganini koʻrib qolishibdi:
– Ie, Otaxon! Siz roʻzadormasmidingiz?
Otaxon:
– Nega? Albatta roʻzadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.
Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?
Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni gʻiybat qilmayman,
• Hech kimning koʻngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qoʻpol muomala qilmayman,
• Birovning moliga koʻz olaytirmayman.
• Lekin... ming afsuski kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga meʼdamni roʻzador qilolmayapman.
Soʻngra otaxon yigitlardan soʻradi:
- Sizlar ham roʻzadormisizlar bolalarim.
Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yoʻq! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos.
..
Sen dunyoni qanday ko'rasan?

Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan.

Xafa bo'lma, hamma shunday. Misol keltiraman:

1. Ikki yarimta yigitdan xafsalasi pir bo'lgan qiz - hamma yigitlarning dardi bir deb o'ylashni boshlaydi. Faqat bekorchi qizlar bilan gaplashishga o'rganib qolgan bola - yaxshi qizlar qolmadi deb o'ylaydi.

2. Jiyani diplomi bilan ish topa olmasa, farzandiga - ana qara, o'qib nima ham qilarding deydi. Bitta 3 ga o'qigan boyib ketsa, boyib ketish uchun yaxshi o'qish shart emas ekan deb, shuni misol keltirib yuradi.

Dunyo juda katta. Biz tanigan 200-300 ta odam dunyo aholisi tursin O'zbekiston aholising mingdan biri ham emas.

Bu dunyoda ovqat yeyaverib ozadiganlar ham, chiroyli, aqqli bo'laturib 3 marta turmush qurganlar ham, 5 ga o'qib boyib ketgan va boyib ketmaganlar ham, 20 yoshda o'z yo'lini topgan va 40 yoshgacha qidirib yurganlar ham bor. Hayot shunisi bilan qiziq.

Lekin bunday xato fikrlashni to'g'rilashning yo'li bor. Birinchisi ko'p kitob o'qish. Ikkinchisi o'zingdan ancha aqlli va tajribali insonlar bilan ko'p suhbatlashish.
@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ pinned «Sen dunyoni qanday ko'rasan? Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan. Xafa bo'lma, hamma shunday.…»
Yozgan bo'lsa qayga qochay, Yozmagan bo'lsa nimadan qo'rqay.