🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
"Tom i Jerri"ning birinchi qismi 1940 yil 10 fevralda chiqqan ekan. Bolalikdagi qahramonimiz va hozir ham mazza qilib ko‘radigan personajlarimiz 81 yosh bo‘libdi)

Bu rasmni Twitterdan shpong qilib keldim rasm ostidagi komentariyalarga
" Oradan 81yil o'tibxam bizda shunday multik yo'q" deb yozishyabdi

Multik yaratishga o'zim astoydil kirishmasam bo'lmaydi shekkilik 🤨

@KungilKundaligi
Shu uyquga tushunmaymanda🤦‍♀
tunda kelmaydi, tongda ketmaydi🥴
🤣😂🤦‍♀
Tajriba - yillar o'tib emas,
Mag'lubiyatlar ortidan shakillanarkan..)
Yig’laging keladi, tomog’ingga tiqiladi, dod solging keladi tomog’ingga tiqiladi, hamma narsani ostun ustun qilging keladi, tomog’ingga tiqiladi... Jim, unday qilma, ODAMLAR gapiradi! Iching to’kilib, jasading qolsa ham bildirma! Odamlar gapiradi!

@menimcha_shu
Mehnatingga yarasha topmogʻing tayin..)
Mening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men – alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.

©M.Yusuf
Olisda manzilsiz yoʻllarim mening
Sokinlik goʻyoki botayotgan kun
Endi nima boʻlar davomim mening
Qay yoʻsin yasalar xulosam mavhum
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
YO`LDAGI ODAM – Ey o`lim! | @Abdukarim Mirzayev
....
Ey, O'LIM...!
Bilman bir kun ogohlantirmay, kelasan..
Eshigimni qoqmay kirib kelasan...!
Qo'limda ishim, o'choqda oshim, yonimda yorim, ko'zimda yoshimga qaramay... Kirib kelaverasan.. Bilaman!
Na, habar berasan, na taklif kutasan...
Dunyo hali qalbimda, orzu-istaklarim avj pallasida, biron ishim hali oxriga yetmagan holatda... dab durustdan kirib kelsan...!
Vaholanki, tayyorgarligim yo'q umidlarim bir dunyo bo'ladi.... Och-u to'qligimga qaramay kitib kelaverasan..
Sen kelganingda: "Biroz kutib tur!!!", "Sal keyinroq kel! " deyishga ham ulgurmay qolaman!
Biron narsa olishga ham ulgurmayman.......
Darvoqe... qabrda yolg'iz qolganda nima kerak bo'ladi o'zi! Sen esa kerakli narsalarni jamadonga to'ldirmasimdan, hech kim bilan hayrlashmasimdan, oxrgi pullarni hosobimga
tushurib ulgurmasimdan, kelasan!
Sen - " Kirsam, maylimi? "deb ham o'tirmaysan, na yoshga qaraysan, na so'nggi luqmani yutushimni kutasan...!
Onalarni farzandsiz, farzandlarni onasiz, yigitlarni yorsiz qoldirasan, shodon kulgularni qoq yarmidan uzasan!
Har kelganingda, bu hayotning aldov ekanini isbotlaysan, eslatasan..!
Ey, O'LIM !
Eshiklarimizni eng ko'p qoqadigan ammo" Kim u? deyishimizni kutib o'tirmaydigan - chaqirilmagan mehmonsan!
Seni ko'p uchratamiz, ammo tez unutib yuboramiz,...
...
#davomini_audioda_eshting

P/s: Ishlaringiz besh bo'lib uncha-munchani pisand qilmay boshlaganingizda, yoki ketma-ket muammolarga duch kelib, tushkunlikka g'arq bo'lishni boshlasangiz ushbu audioni eshting...! Hammasi o'tkinchi birodarim
!
Bir kuni, kutilmaganda hammasini tashlab ketamiz.!

@menimcha_shu
Forwarded from 🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
​​Hayot insonni sinovlar bilan sinarkan. Sen eng to’g’ri va eng ravon yo’lni tanlasangda, baribir to’siqlarga duch kelasan.
Bu nima uchun ? Seni toblash uchun. Yiqildingmi, qayta tur, kurash, oldinga harakat qil. Ko’rganman, "Bo’ldi, yengildim" deganlarni. Ular qo’rqoq. Ular kurashishga ham tayyor emas, shuning uchun bitta zarbadayoq ortga qaytishni afzal bilishadi. Ko’rganman, "Bu ham bir sinovda, buniyam yengaman" deganlarni. Ular kuchli. Ular har bir zarbani o’zida toblanib boraverishadi.
Yiqilish – bu final emas. Yiqilish – bu startni
qayta olish uchun imkoniyat.

@menimcha_shu
14-fevral — "Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni"

14-fevral kuni butun dunyoda ajoyib aksiya - «Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni» o‘tkaziladi. Uning maqsadi insonlarning, xususan yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va rag‘batini oshirish, shuningdek shunday ishlarga boshqalarni ham jalb qilishdir.

P.s: Tan oling bu haqda bilmasdingiz 😉
@menimcha_shu
#behazil

Tushungan tushundi.
Forwarded from Venetsiyaliklar (Kundalikka)
"Butun umrimni qo‘rquv bilan o‘tkazdim. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, mumkin bo‘lmagan narsalardan qo‘rqib yashadim. Ellik yil umrim shunday o‘tdi. Yarim kechalari uyg‘onib ketardim...

Ammo, tashxisimni (o‘pka saratoni) eshitganimdan beri yaxshi uxlaydigan bo‘lganman. Va shuni angladimki, bu hayotda eng yomon narsa — qo‘rquv ekan! Haqiqiy dushman aynan u ekan. Shuning uchun, o‘rningdan tur. Real hayot bilan yasha va zarbang bilan qo‘rquvning tishlarini to‘kib tashla!"

© Hayzenberg (Walter White)
"Breaking Bad" serialidan

@KungilKundaligi
*

yurakni o‘rtaga qo‘yib yig‘lasang,
hech kim indamasa...
to‘yib yig‘lasang,

qaysidir kun,
va qaysi istak,
qaysidir bir yurak,
...kuyib yig‘lasang

yana nimalardir degim keladi,
yana nimalardir va yana nimalar
hech narsa haqida uzoq o‘ylasam,
hech narsa haqida hech narsa desam...
xalaqit bermasa hech narsa
hech kim

yurakni o‘rtaga qo‘yib yig‘lasang,
hech kim indamasa...
to‘yib yig‘lasang...

Rahmat Bobojon

@menimcha_shu