🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Ko‘zlarim ochdimu shukrona aytdim,
Yana bir tong yurak urmoqda dukur.
Tushimda qaylarga borib qaytdimu,
Ollohim, sog‘-omon uyg‘otding shukur...

@menimcha_shu
Kelajagim uchun boshlang‘ich maktabda o‘qidim.
Keyin: «Kelajaging uchun o‘rta maktabda ham o‘qi», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun liseydayam o‘qi», deb aytishdi.
Keyin: « Kelajaging uchun bakalavriatda ham o‘qi», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun bir yaxshi ish top», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun oila qur», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun farzandlarni ko‘paytir», deyishdi.
Mana, yoshim 77 ga yetganda ushbu so‘zlarni yozyapman. Men hamon o‘sha kelajakni kutib yashayapman. Endi bilsam, o‘sha kelajak buqani quvlab yetish uchun uning boshiga qo‘yilgan bir parcha qizil latta ekan.
Ammo unga yetib bo‘lmas ekan. Chunki kelajakka yetib borilsa, hozirga aylanar ekan. Hozir esa o‘tmishga aylanar ekan. So‘ngra yangi kelajakka to‘qnash bo‘linar ekan.

©Alloma Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh

@menimcha_shu
Chindan g‘alat erur dunyo ishlari,
Miyang g‘ovlab ketar o‘ylagan sari,
Diyonat, xiyonat aralash bari,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Ko‘rdik inson fe’lin o‘ru qirini,
Baham ko‘risharlar avval sirini.
So‘ngra nimta qilar biri birini,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Goho sendan aziz ostingda oting,
Goh bir g‘alamisga bog‘liq hayoting,
Yaxshiyam qatorda bordir bayoting,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Sen deysan, dilim pok, rashkdan yiroqman,
Sen unding, men esa hanuz tuproqman.
Yo‘q, do‘stim, men sendan bechoraroqman,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Ne qilay, yomonga o‘qiymi la’nat,
Yo shodon qo‘shiqlar aytaymi faqat.
Birovda mehr mo‘l, birovda nafrat,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Har qalay baxtlimiz - tirikmiz magar,
Qolgan gaplar esa o‘tarda ketar.
Bamisli karnayga ishqi tushgan kar,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

© Abdulla Oripov

@menimcha_shu
Balki yigitlarga atirgul yoqar, ammo oila qurish arafasida qo'l tegmagan kaktusni tanlaydi. Fosiqlar qo'lida arzon bo'lma...☝️

©Empty Note
@menimcha_shu
#negadir_yozdim

Hardoim ham sen kutgan kunlar seni kutib turmas ekan, goh undan ilgarilab, gohida esa orqada qolib ketarkansan, unga yetganingda esa bazi narsalarni qadri yo‘qolar ba'zilarini qadri ortib ketarkar.

@menimcha_shu
Har bir gulning egasi bor, avaylashga aqlingiz yetmasa uni bog'da qoldiring)
©someone
@menimcha_shu
#bilib_qoygan_yaxshi

❗️Kiyim yoki buyum olayotganimizda ko‘pincha unda ingliz yoki boshqa tilda har-xil yozuvlar aks etgan bo‘ladi.
Ko‘p holatlarda bunga ahamiyat ham bermaymiz.
Ammo ulardagi so‘zlar har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi.

Ulardan ba’zilari:

Flirt -- noz - karashma qilmoq, o‘ynashmoq,(yomon ma'noda)

Christianity- nasroniylik dini

Hussy--qo‘pol, qo‘rs qiz

Madonna--fohisha, zinokor ayol

Vicar--cherkov bosh ruhoniysi

Croix--xoch (fr.)

Gross--axloqsiz, uyatsiz, sharmanda, nomussiz,

Atheist--dahriy

Gospel--injil

Nike--yunonlarda g‘alaba xudosi

Nude--yalang‘och

Eros--sevgi xudosi

Cupid--Rimliklarda bola timsolidagi sevgi xudosi (kamondan o‘q otadigan)

Whore--fohisha

Tippler--alkash

Lustry--shahvatparast

Adulterer--fosiq, zinokor

Bitch--fohisha, zinokor ayol

Bawdy--qo‘pol, shahvat va gunohga zinoga moyil

Buy me--meni sotib ol

Dram--bir qultum spirtli ichimlik

Crux- burj, xoch

Bad boy-yomon xulqli bola

Vixen-yomon xulqli ayol

@menimcha_shu
Soya kabi bo'l,
Yaqinlaringdan boshqalarga umuman hissiyotlaringni oshkor qilma...!!!
UZR!.
"Menga yo‘liqqaningizda ranggim o‘chiq bo‘lsa meni ma’zur tuting!
Agar menga xabar jo‘natsangiz va men javob qilmasam meni ma’zur tuting!
Goho mashaqqatda bo‘laman, hech bir ish qilishga qodir bo‘lmayman.
Gohida sizga qarab tabassum qila olmasam meni ma’zur tuting!
Agar yoningizdan o‘tib ketsam va sizni ko‘rmasam meni ma’zur tuting!
Gohida siz u haqda bilmaydigan boshqa bir olamda bo‘laman...".

@menimcha_shu
​Inson qachonki ajablanmay va hayotdan zavqlanmay qo‘ysa, u qariydi.
ⓒ Salma Xayek

P.s: Men hali beri qarimayman😎

@menimcha_shu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Krishtianu Ronaldu Irina Sheyk bilan munosabati tugaganining sababini aytib berdi.

"Bir kuni Irina menga shunday dedi: "Nima uchun sen hamma tadbirlarga onangni olib yurasan? Meniyam onam bor, lekin men hech qachon uni o'zim bilan olib yurmayman." Men unga shunday dedim: Men seni uyda qoldirishim mumkin, lekin hech qachon onamni qoldirmayman. Shundan so'ng u bilan munosabatlarimiz yakunlandi"

P.s: Ranaldu ga muxlis emasman ammo hozrgi kundagi sevgan qizini oyog'iga yiqilishga tayyor-u lekin onasini bir tiynga olmaydingan "erkak" larga o'rnak bo'la oladigan Munosib o'g'il ekanligi uchun uni hurmat qilaman 👏👏👏
@menimcha_shu
Hayotimizga kirgan insonlar havo iqlimiga o‘xshaydi..
Ko‘pchiligi yoqimli shamol singari, esadi, ketadi..
Boshqalari esa fasllarga o‘xshaydi - biroz muddat qoladi va keyin o‘rnini navbatdagiga bo‘shatib beradi..
Juda ozchiligi esa sira o‘zgarmaydigan iqlimlarga o‘xshaydi -O‘rni sira o‘zgarmaydi..)
@menimcha_shu
Donishmanddan soʻraldi:
- Osmonlardan qattiqroq va ogʻirroq narsa bormi, agar boʻlsa nima u?
- Or-nomusli kishiga tuhmat qilmoq osmondan ham katta va ogʻirroq.

© Tohir Malik
📚 “Halol nima-yu harom nima”

#his_qilgan_biladi
O'zni ko'ngil aysh ila tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
@menimcha_shu🤞😎
Birinchidan, uning hayotida kimdir bor degan gapni qayoqdan olding? Ikkinchidan, shunday bo‘lgan taqdirda ham, nega endi u o‘sha tanlagani bilan baxtli deb o‘ylaysan? Balki uning kimnidir o‘ziga yaqin olgani yolg‘izlikdan qutulish uchundir , ajralishdek dardni yengillashtirish uchundir. Lekin baribir sevgan kishisi xaqida o‘ylayotgandir. Boshqa inson bilan gaplasha turib sening ovozingni eshitayotgan ,boshqa birovning ko‘zlariga tikilib sening ko‘zlaringni ko‘rayotgandir.

© Mark Levi
Ko'pchilik Xorazm shevasi yoqimli va ajoyib ekanligini aytadi, shuning uchun ba'zi so'zlarni bizda qanday ma'no anglatishini yozmoqchiman (asosan, xiva lahchasi) menimcha sizga ham qiziq:😁

Jollimisiz - yaxshimisiz
Og'o - aka
Yoshulli - boshliq, ho'jayin
Onqo' - ahmoq
Chiqon - dugona
Jo'ra - do'st
Kadi - sevgilisi (ko'chma ma'noda)
Apka - opa
Biyi - kelinoyi
Doyi - tog'a
##_galatiroq_sozlar_esimga_tushsa_yana_yozarman😉

@menimcha_shu
Ertalab oʻylaydigan birinchi odaming va kechasi oʻylaydigan soʻnggi odaming - yoki baxting, yoki ogʻriqlaringning sababchisi.

© Erix Mariya Remark