To g‘am boshimizga solguncha g‘avg‘o,
Aytgil, may bersinlar bizga bebaho,
Oltin emassan-ku, bilib qo‘y, nodon,
Ko‘mgach qayta kavlab olmaslar aslo.
©Umar Hayyom
Aytgil, may bersinlar bizga bebaho,
Oltin emassan-ku, bilib qo‘y, nodon,
Ko‘mgach qayta kavlab olmaslar aslo.
©Umar Hayyom
✨✨✨🌼✨✨✨
Eshikni ochish uchun uni itarib koʻramiz, lekin ocha olmaymiz! Kuch ishlatib harakat qilib koʻramiz, ocha olmay qiynalamiz. Shunda uning boshqa tomonga ochilishini bilib qolamiz.
Muammolar ham xuddi shunday: siz ularni aql bilan yechishga harakat qiling, qoʻpollik yoki shoshqaloqlik bilan emas!
Alloh Oʻzi qoʻllasin! Ertangi kuningiz xayrli boʻlsin!
@menimcha_shu

🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ via @like
O'ylab qarasam aaanchadan beri kanalga elekton kitob tashlamabman🤔 Oramizda kitobxonlar bormi o'zii? 🤨
Har doimgidek qizlar faol😉 Keling, unda qaysi bosqichdaligimizni aniqlab olamiz.
Kitobxonlikning uch bosqichi
SIZ QAYSI BOSQIChDASIZ?
Kitobxonlikni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin)
0. O‘qimaslik. Kitobni ko‘rsa, uyqusi keladi.
1. Ko‘p o‘qish. Iloji boricha ko‘proq o‘qiydi, hamma kitoblarni, yoppasiga, tanlab o‘tirmay. Aynan shu bosqichda o‘qish malakalari shakllanadi, ya’ni matnni anglash va o‘qiganlarni tasavvur qilish, savod chiqarish. Doim kitob ko‘tarib yuradi, imkon bo‘lishi bilan o‘qiyveradi. O‘qigan kitoblari ro‘yxatini boshqa o‘zi kabi kitobxonlarniki bilan solishtiradi, hatto ro‘yxat uzunligini millimetrlab o‘lchashi mumkin 🙂 Koeloning muxlisi bo‘ladi.
2. Sifatli o‘qish. Endi tanlab o‘qiy boshlaydi. Sevimli kitoblari reytingi bo‘ladi. Kitoblarga tanqidiy nazar bilan qaraydi, saralaydi, tahlil qiladi, yaxshi-yomonga ajratadi. Bunda boshqalar yaxshi degan kitobni yomonlash, yomon degannini esa maqtash ham kuzatilishi mumkin. "Falonchini o‘qiganmisan?", "Pismadonchini tushunmaysan" kabi gaplarni ko‘p aytadi. Kitoblar ustida bahslashadi, tortishadi. Kun tartibidan kitob o‘qish uchun ma’lum vaqt ajratib, bu tartibga muntazam rioya qiladi. Koeloni ham, uni maqtaganlarni ham yomon ko‘radi.
3. O‘qish. Kitob hayot tarziga aylanadi. Har qanday kitobni o‘qish mumkin deb hisoblaydi. Kitoblarni yaxshi yo yomon demaydi, shunchaki o‘qiydi. Chunki o‘qimasa bo‘lmaydi, miyaga kislorod kabi zarur bu. Balki har kuni o‘qimas, doim o‘qimas, ammo sistemali tarzda o‘qiydi. Kitoblar haqida bahslashmaydi, fikrini aytadi, xolos. Har qanday kitobdan biron foyda oladi, hatto eng yomon kitobdan ham. Koeloni o‘qiganlarni ham, o‘qimaganlarni ham birdek hurmat qiladi.
Uchinchi bosqichga hamma yetib kelavermasligi mumkin, ammo yetib kelganlar birinchi ikki bosqichdan albatta o‘tgan bo‘ladilar.
P.S. Orada yana bir bosqich borki, unda umrbod qolib ketib, kitobxonlikni unutvorish mumkin. "Ijtimoiy tarmoqlar" bosqichi 🤨 Ayni kunlarda ko‘pchiligimiz shu bosqichdamiz...
P.S: Taxminlarga ko'ra men 2-bosqichni tugallab 3-bosqichga o'tish arafasidaman😌😁
Siz-chi?

Robin Sharma - 200 sir.pdf
955.9 KB
Robin Sharma - 200 sir
P.S: O'sha men sevgan yozuvchidan, sevimli va foydali asar #tavsiyuu
@menimcha_shu
P.S: O'sha men sevgan yozuvchidan, sevimli va foydali asar #tavsiyuu
@menimcha_shu
##kanalimiz_azosi_nomidan_qadrdon_insoni_uchun_tabrik!
Mahliyo seni bugungi tavalluding bilan qutlayman. Allohim bergan umrni shodon, baxtli va asosiysi mazmunli yashashing tilakdoshiman!
Shu qadar baxtli bo'lki, eng omadliman deganlar ham senga havas qilishsin. O'zinga yarashib turadigan go'zal tabassuming yuzingni hech qachon tark etmasin!
Taaabbrriikklaaaymmaan!

Sochlari qorlarga havasim kelar,
Tolei yorlarga havasim kelar.
Hamma-hammasidan ishonavering,
Otasi borlarga havasim kelar.
Ellikka kirsa ham boladek yurar,
Kutadi, oshga qo‘l uzatmay turar.
Muammo nimaye, tortinmay so‘rar,
Otasi borlarga havasim kelar.
Uyidan baraka ketmas nariga,
Rozidir dasturxon yo‘g‘u boriga.
Yuragi og‘rimas, chopmas doriga,
Otasi borlarga havasim kelar.
...Kimlargadir tuyulasiz kattalar,
Sizga ta’rif asli ne deb atalar,
Bolaligi tugamagan otalar...
Otasi borlarga havasim kelar.
© Xayrulla Hamidov
@menimcha_shu
Tolei yorlarga havasim kelar.
Hamma-hammasidan ishonavering,
Otasi borlarga havasim kelar.
Ellikka kirsa ham boladek yurar,
Kutadi, oshga qo‘l uzatmay turar.
Muammo nimaye, tortinmay so‘rar,
Otasi borlarga havasim kelar.
Uyidan baraka ketmas nariga,
Rozidir dasturxon yo‘g‘u boriga.
Yuragi og‘rimas, chopmas doriga,
Otasi borlarga havasim kelar.
...Kimlargadir tuyulasiz kattalar,
Sizga ta’rif asli ne deb atalar,
Bolaligi tugamagan otalar...
Otasi borlarga havasim kelar.
© Xayrulla Hamidov
@menimcha_shu