🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
80 yoshli otaxondan soʻrashibdi:
— Yoshlarga qanday maslahat berasiz?
— Men juda koʻp ishni boshlashga ikkilanganman. Tirishqoq va jasur boʻling, bir kuni orqaga qaraganingizda urinib koʻrmagan ishlaringiz uchun afsuslanasiz.

@menimcha_shu
-Rosayam suhbatlashgim kelyapti😕
-Kim bilan🤔
-Kimligini farqi yo'q, muhimi gapirishdan ko'ra tinglashni, beparvo bo'lmasdan anglashni bilsa bo'lgani)
#someone...
​​O‘zbek bo‘lish oson emasdir

Soliqlardan chiqmaydi boshi,
Jarimalar tegirmon toshi,
Ko‘zlarida qotadi yoshi,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Boshga tashvish tushgani oni,
Amaldori talaydi molin,
Ne kechadi, bilmaydi holin,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Tuprog‘i boy ma’danga, biroq
Uyda gaz yo‘q, yonmaydi chiroq,
Yerlar qattiq, osmonlar yiroq,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Ishing tushsa, ming bitta tartib,
Ko‘zlaringdan yoshlaring artib,
Olishadi boringni tortib,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Suv ostida cho‘ktirilasan,
Alamlarga bo‘ktirilasan,
Xazon kabi to‘ktirilasan,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Hamma joyda qarindosh-urug‘,
Va’dalarning ro‘yobi quruq,
Hech bir ishda yo‘qdir tuturiq,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Hamma o‘ylar faqat o‘zini,
Nohaqlikka yumar ko‘zini,
Ko‘taradi o‘g‘il-qizini,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Miyasida “soqqa” xayoli,
Cho‘miladi sutda ayoli,
Nutq so‘zlar go‘yo hayoli,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Xayolida nafs birla qorin,
To‘y qiladi sovurib borin,
Bir kitobga qizg‘anar molin,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Kitob tutqaz bolang qo‘liga,
Halollikni solgin diliga,
Kelmasin uning ham tiliga,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

©️ Devonayi Haqgo‘y

@menimcha_shu
Meni kutayotir ajib kelajak❤️)
Hozir esa yotib uxlash kerak🤪🥳
#hayrli_tong
Robin Sharma. "O'lsang kim yig'laydi?"
🌱Shunday yashangki..!🌱

P.s. Sifat va o'qilish balkii unchalik yaxshimasdir ammo bu muhim deb o'ylamayman, muhimi unda aytilganlardan nimadir o'rganish va to'g'ri hulosa qilish😊

@menimcha_shu
Oyoqlaringizga emas yulduzlarga qarashni unutmang. Ko‘rayotgan narsalaringizni tushunishga harakat qiling va Borliqni nima bor qilib turishiga qiziqing. Qiziquvchan bo‘ling. Hayot qiyin bo‘lib ko‘rinsa-da, siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Siz shunchaki taslim bo‘lmasligingiz kerak. Tasavvuringizni erkin tuting. Kelajakni shakllantiring.

📚"Murakkab savollarga oddiy javoblar"
Stiven Hoking
@MENIMCHA_SHU
Qattandir qishni hidi kelyaptida🧐❄️🥰
Shu dekabr oyini jaa yaxshi ko'raman.
Qiziq nega ekan? Balki yangi yil bayrami bo'lgani uchundir🌲🎄(balki shu oyda tug'ilganim uchundir-a😜)
MEN SHUNAQA..

Ko'zidagi yosh bilan ham kulaoladigan

Karantinda 10+ kgga semirgan

Kerakliligini bila turib kerakmas deydigan

Ertadan parxez qilaman deb ertasini har kun kutadigan

Bitta kitobni o'qib bo'lib boshi katta bo'lib ketganday xis qiladigan

100talab rasmga tushib, tomosha qilayotib 90tasini o'chiradigan

Ertalab uyg'onibla telefoniga qaraydigan

O'ylanib-o'ylanib bir qarorga kelolmaydigan

Bir maskani 4 soat emas 4 kun taqadigan

Qorni to'q bo'lsada birnimalarni og'zida kavshab yuradigan

Ranjisa ham hech narsa bo'lmaganday kulib turadigan

Yoshi katta bo'lsa ham hayitlik kutayotgan

Mushuklardan qo'rqadigan

Jo'jalardan qo'rqadigan

Ich-ichidan raqib tarafni gaplari to'g'riligini xis qilsada tan olmaydigan

O'zini men baxtman deya ataydigan

Ikki sevishganni ko'rib, "rostdan bir-birini sevarmikin?" deb o'ylovchi

Supurgini nega tik qo'yib bo'lmasligiga tushunmaydigan

Mastava qilaman deb shovla qilib qo'yadigan

Tunda telefoni bilan uyquga ketib, tongda yana telefoni bilan uyg'onuvchi

Kayfiyati yo'qligida qo'shiq tinglovchi

Musiqa bilan yolg'iz qolishni sevuvchi

Hayollari bilan yolg'iz qolishni sevuvchi

Yolg'izlikni sevuvchi

Telefonidagi mbni avaylab ishlatadigan

Kitob sovg'alarni so'rab oluvchi

Menga kitob bering deydigan

Menga gullar bering deydigan

Muzqaymoqqa to'ymaydigan

Bezbetman deb uyalmay gapiradigan

Qani edi daryoni yonida uyim bo'lsa, deb o'ylaydigan

Qani edi daraxtlar bilan gaplasha olsam, deb o'ylaydigan

Qani edi bulutlarni qucha olsam, deb o'ylaydigan

Olov kabi yonib, tez o'chadigan

Ko'ngil so'rab, so'roqsiz qoladigan

Kechasi uhlamaydigan

Jim keta biladigan

Jim turaolmaydigan

Tavakkal qilishdan qo'rqadigan

Soatlab hayollarga beriladigan

Arzimasligin bilib turib achinadigan

Qoqila-qoqila o'ziga dalda bo'lishga o'ringan

O'zi uchun yelkadosh

O'zini sevuvchi

Yur desa yurmaydigan, qol desa qolmaydigan

O'zinigina gapimini ma'qullaydigan

Kayfiyati tez o'zgaradigan

Qitmirliklar uchun shay turuvchi

Katta bo'lishni xohlamaydigan

Yuzida kulgichi bor

So'roqsiz savollar beruvchi

"Yo'q" deya javob berishga qiynaladigan

Judda vahimachi

Judda asabiy

Judda maqtanchoq

Judda qizg'onchiq

Judda samimiy

Aqli va yuragi o'rtasida qolgan darbadar

Quyoshday nurga o'ralgan

Quyoshday sariqqina

Quyoshday tafti issiq

Quyosh kabi kulib turadigan

Qalbi to'fon, ko'zi daryo

Sevgiga ta'rif topaolmaydigan

Dangasa

Aqlsiz

Noshud

Nodon

Tentak

Telba...

@menimcha_shu
❤️❤️❤️❄️🎄❄️🥰🥰🥰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM