🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Siz hech qachon 1 marta muvaffaqiyatsizlikka uchrab, 10 marta omadga erisha olmaysiz.

Muvaffaqiyatsizliklar soni doimo muvaffaqiyatlar sonidan koʻp boʻladi. Shunchaki yiqilganlaringiz boshqalarga koʻrinmaydi. Omadga erishganingizda esa hamma sizni koʻradi. Bu oddiy.

@menimcha_shu😎
Forwarded from Muxbir Daliev
Челленж. Профилингиз суратини алмаштиринг! Бирлаша олинг!

Каналга уланиш учун:👇
http://t.me/muxbir1
Forwarded from TentakMinds
​​Бугун соат 19:00 да барча блогерлар ушбу суратни аватаркага қўйиб халқимизга солидарлик намоён этишлари таклиф этилади.

Ҳамма тенг ва бир пайтда челленж қилса, балки аҳвол сал бўлса-да яхшиланар...

Халқимизни дардига бефарқ бўлмаганингиз учун раҳмат!

Шунингдек, бу ҳолатга бефарқ бўлмаган фуқароларни ҳам ўз профил расмларини мана шу расмга ўзгартириш сўралади.

Бефарқ бўлманг, айнан сизнинг овозингиз кўп нарсани ҳал қилиши мумкин.

P.S. Расмдаги қора фон халқнинг ранги.

Максимал репост.

@tentakminds #blackxalq
Shaxsan o'zim ham qo'yvoldim profilimga
Ochdim buyuklarning hikmat sandig‘in,
Do‘stman deganning ham ag‘yori bordir.
Hayot tushuntirar buyuk mantig‘in:
Hatto fidolikning me’yori bordir.

Masofa saqlamoq yo‘l oxiridir,
Ko‘plab xato o‘tdi, endi oqilmiz –
Muhammad Yusufning gapi to‘g‘ridir:
Qancha uzoq bo‘lsak, shuncha yaqinmiz...

- Xayrulla Hamidov @menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
Photo
Keniyalik yuguruvchi Abel Mutay marra chizig‘iga atigi bir necha metr qolganida belgilarda adashib, manzilga yetib keldim, deb o‘ylab, yugurishdan to‘xtadi. Undan keyinda kelayotgan ispaniyalik Ivan Fernandez raqibining xatosini tushunib, keniyalik yengil atletikachiga yugurishni davom ettirishi zarurligini aytib, baqira boshladi. Mutay ispan tilini tushunmagani bois hayron edi.

Fernandez Mutayning oldiga kelib, uni g‘alaba chizig‘i tomon itarib keldi. Bu holatni qiziqish bilan kuzatayotgan muxbirlardan biri Ivandan marraga birinchi bo‘lib yetib kelish o‘rniga, nega raqibiga yo‘l berganini so‘radi.

"Men doim bir-birimizning qo‘limizdan tutib, g‘alaba sari borishga yordam beradigan odamlar yashaydigan jamiyatni orzu qilaman", javob berdi Ivan Fernandez.

"Lekin naq bo‘lib turgan g‘alabani raqibiga tortiq qilish sportchilarga xos emas", bo‘sh kelmadi muxbir ham.

"Unga g‘oliblikni men tortiq qilganim yo‘q, zotan u g‘olib bo‘lib bo‘lgan edi".

"Qoidaga ko‘ra, sizda ham g‘olib bo‘lish imkoniyati bor edi", dedi boshqa muxbir.

"Unda mening g‘olibligim nimaga loyiq bo‘lar edi? Unda g‘oliblik medalining qadri qanchalik bo‘lardi? Meni kuzatayotgan onam bu ishimdan qanday holga tushar edi? Gʻolib bo‘lish -- yoqimli, ammo xato qilgan odamga ko‘maklashish -- undan sharafliroq."

Ivan Fernandez bizga hayotning muhim saboqlaridan birini o‘rgatdi -- hech qaysi g‘alaba halollikdan ustun bo‘la olmaydi. Boshqalarning ojiz tomonlaridan foydalanadiganlar ko‘payib borayotgan bu zamonda, bunday hayotiy hikoyalarning ahamiyati yanada oshadi.

© Shuhrat Sattorov tarjimasi va tahriri

Facebookdan olindi.

@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ pinned «Keniyalik yuguruvchi Abel Mutay marra chizig‘iga atigi bir necha metr qolganida belgilarda adashib, manzilga yetib keldim, deb o‘ylab, yugurishdan to‘xtadi. Undan keyinda kelayotgan ispaniyalik Ivan Fernandez raqibining xatosini tushunib, keniyalik yengil…»
Forwarded from Venetsiyaliklar (Rustam 🇺🇿)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Sovuqmi?
- Judayam...
- Hozir issiq bo‘ladi... Mana! Issiqmi?
- Issiq... 😍

P. S Tashqarida mashnaqa sovuq bo'lyabdi xozir

@KungilKundaligi
Va nihoyat Xorazmda ham birinchi qor😌Tabriklela☺️🥳❄️
Yasha, yashashga qo‘y va yashashga yordamlash.

© Ralf Uoldo Emerson
Gaz bilan selfi tushdim

Qishloqda sovuq qotib,
Ochilmay qoldi mushtim.
Kecha borib shaxarga,
Gaz bilan selfi tushdim.

Bu ishim bekorgamas,
Axir, bizda yo‘q-da gaz,
Ko‘rgan qilsin, deb havas,
Gaz bilan selfi tushdim.

Qizim aytar: - Bu nima!?
Qanday qilay tarjima?
Dard qo‘shilib dardima,
Gaz bilan selfi tushdim.

Ko‘chada yurib-yurib,
Isindim "domga" kirib,
Shuncha odamlar turib,
Gaz bilan selfi tushdim.

Sovuqqa chidab arang,
Burnim bo‘ldi qizil rang,
Yaxshimikan? Bir qarang!?
Gaz bilan selfi tushdim.

Qishloqda-chi, boshqa hol,
O‘tin topish ham mahol,
Tappi uchun boqar mol,
Gaz bilan selfi tushdim.

Kelar sifatsiz ko‘mir,
Yonish-yonmasligi sir,
U ham navbatdir ming bir,
Gaz bilan selfi tushdim.

Derlar: - Orzuga ayb yo‘q!!!
Men qishloqi bolaman.
Endi shaharga borsam,
Gazdan dastxat olaman.

© Abdurauf Mirzo

Lekin-chi, she’rni chochivoribdi. O‘qib, bir kulgim, bir yig‘lagim keldi.

Tarqatib yuboringlar-eee!!!

@menimcha_shu
Men va mening mahallam uchun atalgan maxsus she"r🤦‍♀. Ertaga manam gaz bilan selfi qilib profilimga qo'yib qo'yaman, dushmanlar kuysin😁
Tilakka zor tilanchi...

Kunlardan bir kuni tilanchi bir yigitchaning yo‘lini to‘sdi. U hech bir so‘z demay, yigitchaga qoqshoq qo‘lini cho‘zib, tilandi.
Yigitcha shoshib qoldi, darhol cho‘ntaklarini kavlashtirdi. Aksiga olib, uning yonida na hamyoni, na biron qimmatga ega buyumi bor edi. “Asl shoyidan tikilgan dastro‘molimni beraman”, degan o‘yda yana cho‘ntaklarini ag‘dardi. U bugun uyidan juda shoshib chiqqan, hattoki, dastro‘molini olishni ham unutgan ekan. Yigitcha bu holdan qattiq xijolat bo‘ldi, beixtiyor hamon o‘sha alfozda turgan tilanchiga qo‘l uzatdi, uning qurishib, changakdek qotgan panjasini ikki kafti orasiga olib mahkam siqdi va mahzun jilmayib, shunday dedi:

— Aybga buyurmaysiz, birodar, yonimda hech vaqo yo‘q edi. Men sadaqa o‘rniga sizga yaxshi tilak aytmoqchiman: ilohim, bunday zabunlikni tark etib, xayr-sadaqa emas, mehnat evaziga yashash sizga tezroq nasib etsinu, keyingi safar uchrashganimizda sizni o‘ktam va ko‘rkam bir holda ko‘ray.
Tilanchi nursiz ko‘zlarini yigitchaga tikdi, uning qiyofasidagi samimiylikni ko‘rib yorilgan lablarida nim tabassum zohir bo‘ldi. Tilanchi ham yigitchaning qo‘llarini siqib qo‘ydi va shunday javobqaytardi:

— Rahmat senga, do‘stim. Murodingga yet! Bu dunyoda ikki kalom shirin so‘z, samimiy tilak, da’vat hammaga kerak. Aslida buyam bir xayr-sadaqa!

Shundan so‘ng har ikkisi ham o‘z yo‘liga ravona bo‘lishdi...

@menimcha_shu🍀
I hope my tiredness is solved with sleep...
Sweet dreams my dears