๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
DON'T STOP WHEN YOU ARE TIRED, STOP WHEN YOU ARE DONE! @MENIMCHA_SHU
โ€‹โšก๏ธโ€‹โ€‹17-noyabr โ€” "Xalqaro talabalar kuni"

Xalqaro talabalar kunining tarixi:

1946-yil 17-noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bog'liq. 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o'qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta'lim bayramini (1918-yil 28-oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to'polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o'ldirilgan. 1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o'rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o'ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o'quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o'tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko'pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

P.S.:Rasmda Yan Opletal va uni dafn etish marosimi tasvirlangan.

@menimcha_shu
Maylidaa, biz tarafdayam quyosh chiqar, kelar biz tarafga ham bahor(๐Ÿ˜’)
Yelkadosh do'stlarning bo'lgani yaxshi๐Ÿ˜Š
#xayrlikun #kechinma

Hech kim qalbimizda yoโ€˜q boโ€˜lgan tuygโ€˜uni bera olmaydi. Masalan, kimdir meni xursand qildi, deb aytamiz, lekin u shunchaki qalbimiz tubiga choโ€˜kib yotgan quvonchning yuzaga chiqishiga sabab boโ€˜ladi, xolos. Faqat quvonch bilan emas, agar yaxshilab oโ€˜ylab koโ€˜rsak, aslida biz boshqa birovlar tufayli his etadigan gโ€˜azab yoki minnatdorlik, nafrat yoki muhabbat, baxt yoki baxtsizlik bilan ham xuddi shu holat sodir boโ€˜ladi...
Shunday ekan, qalbimizga faqat ijobiy tuygโ€˜ularni olib kiraylik!
Xayrli kun.

@menimcha_shu
* * *

โ€‹โ€‹Biz shunday kuchga egamizki, buni o'zimiz ham tasavvur eta olmaymiz...
Bizni katta orzu, umid, quvonch va ulkan marralar kutmoqda....
Zafarlar bizniki, dunyolar bizniki...
@MENIMCHA_SHU
๐Ÿฆ  Tugโ€˜ilgan kuning bilan yaramas koronavirus!

2019 yil 17 noyabrda Xitoyda birinchi koronavirus (Covid 19) bilan kasallangan odam roโ€˜yxatga olingan edi.

Koranavirus bugun 1 yoshga toโ€˜ldi. Shu munosabat bilan unga qisqa umr tilayman, tezroq risqing tugasin, omin!๐Ÿคฒ๐Ÿคฆโ€โ™€๐Ÿ˜‚

@menimcha_shu
Boya radioda bitta psixolog gapiryotgani qulog'imga chalinib qoldi, aytishicha kimdir " Menga qish yoqmaydi, sovuq fasl... u bu" deyaversa o'sha inson qishda ko'proq kasal bo'larkan.
Menga kuz fasli yoqmaydi chunki xazonrezgida kayfiyatim tushib ketadi derdim. Shuning uchun kuz kirgandaan beri mahzun, g'amgin, noliyveradigan boโ€˜lib qoldim shekilli๐Ÿคฆโ€โ™€(obbo meney) ๐Ÿ˜
..
Shunday ekan keling nolimasdan, hech narsadan qo'rqmasdan o'zimizda bor narsalardan quvonib, shukur qilib yashaylik๐Ÿ˜Š. Axr aytishadiku: Shukur qilganing sari shukur qiladigan narsalaring ko'payadi debโ˜บ๏ธ
Hayli kech๐Ÿ™ƒ
@menimcha_shu
#Haqiqat

Dunyoda eng dono ustoz bu - hayot. U gapirmaydi, lekin hammasini tushuntirib qo'yadi.

@menimcha_shu๐Ÿ•Š
Bir kun kelar,
Ochmas degan gullaring ochar,
Ketmas degan dardlaring ketar,
Tugamas degan vaqting oโ€˜tar,
Hayot shunday bir sir-ki;
Oldin shukr,
Soโ€˜ngra sabr,
Soโ€˜ng esa ishonmoq kerakโ˜๏ธ๐Ÿผ๐Ÿ’›

~Jaloliddin Rumiy

@menimcha_shu
Issiqxonamdagi gullardan bir nechtasi๐Ÿ˜Œ
Sizga ham ilingim keldi๐Ÿ•Š๐Ÿ€๐ŸŒผ๐ŸŒบ๐ŸŒน๐ŸŒธ
Rasmga zo'r olibmanmi๐Ÿ˜Žโ˜บ๏ธ๐Ÿ™ˆ
Haa aytgancha, bot ga shunchaki zerikishdan start bosib ko'ryapsizlarmiyey tushunmadim๐Ÿ˜’. Gapingiz bo'lsa yozing va kuting, 24 soat online emasman har holda, vaqtim bo'lganda albatta javob qaytaraman. Agar kutishga "dux" ingiz yetmasdan botni o'chirib yuboradigan bo'lsangiz yaxshisi yozmang hech narsa๐Ÿคจ
#hotirjamlik

Agar hozir sizdan insonga eng birinchi nima kerak deb so'rasam ko'pchilikning javobi - "sog'lik" bo'lishi turgan gap. Bunga men ham qo"shilaman albatta. Xo'sh, unda sizga yana bir savol: inson uchun ikkinchi o'rinda nima zarur!?... Javoblar turlichami..? Unda mening javobimni eshting. Bu ICHKI HOTIRJAMLIKDIR. ( aslida bu mening emas filosof, magistrant, shoir, ingliz tili o'qituvchimning javobi. U menga nafaqat chet tili balki hayotdan ham dars bergan. Uning bu javobiga o'sha paytda unchalik tushunmagan bo'lsamda hozr bu fikrga to'laqonli qo'shilaman)
Nima uchun boylik emas, muhabbat emas... aynan Hotirjamlik? Gap shundaki, u bo'lmasa sizda bor boshqa hech narsa sizga huzur bag'ishlamaydi. Masalan deylik siz ishxonangizdan berilgan chiptani oldingiz-u oldin siz bo'lmagan qaysidir mashxur davlatga jo'nadingiz, borish majburiy bo'lgan albatta. Ammo uyingizda qari ota onangiz, yosh bolangiz yoyingki tugallanmagan aancha ishlaringiz bo'lishi mumkin. Siz o'sha davlatga yetib bordingiz ehtimol bu Fransiya, Parijdir balki. Shunday holatda siz Efelning go'zalligidan, ovqatlangan restaraningiz mashxurligi-yu, yegan ovqatingiz ta'midan chinakamiga rohatlana olarmidingiz? Axr bolangizga qanday qarashyapti? oyingiz betob bo'lmadimi? shu kabi savollar tinch qo'ymagandan keyin.. javob albatta "yo'q" bo'ladi. Shuning uchun nima bo'lsin Hotirjamlik albatta.
Ishingizdan haydalsangiz hotirjamlik yo'qoladi uyda fayz bo'lmaydi, Qaysidir ma'noda boylar ham hotirjam deyolmaymiz chunki ular ham daromadini yanada oshirishni o'ylayverib hotirjam bo'la olishmaydi....

Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Aslida fikrimni ikki gap bilan izohlamoqchi edim-u, buyog'i cho'zilib ketti. Hullas, shunaqa, Hotirjamlik bu juda kerak narsa๐Ÿคช
Men esa sizlarga ichki hotirjamlik tilagan holda hayrli tun deyman๐Ÿ˜ด

(Keyingi postlarimda men asl hotirjamlikni qayerdan topishimni yozishga harakat qilaman๐Ÿ˜‰Hozrcha xayr)

@MENIMCHA_SHU