๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Qaylardasan mendek o'ylovchi
Qaylardasan meni anglovchi..
Hozrgi mening holatim...
HAYOT MENGA HAR KUNI BIR NARSANI O'RGATYAPTI - KUCHLI BO'LISHNI.
Qandaydir bir qahvaxona, unchalik mashxur emas ammo odam gavjum, deyarli hamma stol band, kun botar payt, tashqari sovuq, men esa o'sha qahvaxonaning deraza oldida joylashgan shinam stolda o'tiribman ammo ichkari issiq, yoqimli... bilmadim bu isitish pechi bo'lgani uchunmi.. Balki odamlar taftidir, balki samimiyligi, narigi stoldagilarning beg'ubor kulishlari, atrofimda ko'nglida zarracha kiri bo'lmagan, yaxshi insonlar jamlangani uchundir...
Men ularni tanimayman, begona shaxar bu, ular ham meni tanishmaydi, ammo men bir chekkada oldimda issiqqina cofe, sevimli kitobim bo'lgani holda zavq bilan kuzatayotgan insonlar huddi ana shunday... - samimiy, ko'ngilga yaqin, huddi avvaldan taniydigandekman.
Derazadan tashqariga qarayman, ko'zni qamashtirmaydigan, qizarib botayotgan quyosh nurlari ko'zlarimga tushib menga huzur bag'ishlamoqda, u go'yo qaytib chiqmaydigandek botishidan oldin eng so'nggi nurlarini zo'r berib tabiatga sochmoqda... Bag'oyatda go'zal manzara.
.
.
.
Bu ayni damda men bo'lishni hohlagan "atmosfera". Qisman tasvirlashga va sizlar bilan bo'lishishga harakat qildim.
Agar hayolan bo'lsada o'sha yoqimli vaziyatga sizni ham olib kira olgan bo'lsam juda hursandman. Hayrli kech๐Ÿ˜Š

@menimcha_shu
#rivoyat

Alqissa, bir donishmand oโ€˜gโ€˜liga nasihat qilibdi:
โธบ Uch narsaning eng sarasini, eng afzalini ixtiyor et: shirin taom, yumshoq toโ€˜shak va goโ€˜zal uy-joy.
โธบ Agar bunga qurbim yetmasa-chi, kambagโ€˜allik yoโ€˜l bermasa nima qilaman? โธบ ajablanibdi oโ€˜gโ€˜li.
Shunda donishmand:
โธบ Faqat qorning ochganida tamaddi qil, mana shu eng shirin taom. Astoydil qilingan mehnatdan soโ€˜ng miriqib damingni ol, eng yumshoq toโ€˜shakda yotganday his etasan oโ€˜zingni. Odamlar bilan yaxshi muomala qilsang, ularning qalbidan joy olasan, bu esa yer yuzidagi eng goโ€˜zal oshyondir, โธบ deb javob bergan ekan...
Xayrli tun.

@menimcha_shu
Ba'zan o'zim yo'q dunyoni osmondan kuzatgim keladi..
***
Hali yorilmagan 
Yangi peshonam, 
Jim turgin โ€“
Devorlar uraversin do'q. 
Qancha peshonamni, axir, yorganman, 
Ammo 
Biror devor qulagani yo'q...

ยฉUsmon Azim

@menimcha_shu ๐Ÿ•Š
โ€‹โ€‹Afsuski,yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan.Hech qachon hayot ortga qaytmagan.Hamma vaqt oldinga qarab ketavergan .Yanglishgan yanglishib qolaveradi,yo'lni to'g'ri olgan hayot jomini oxirigacha sipqorib yashadim,armonsiz yashadim,deb ketadi.Hayotning yaltiroq, jilvali,aldamchi o'yinlari ko'p.Bu aldamchi jilvalar sarobdek aldab bag'riga chaqiradi-yu, kimsasiz cho'l o'rtasida bir qultum suvga zor qilib tashlab ketadi. Tanni tilka-pora qilib, qo'llarni tilib, baland cho'qqiga chiqqanlargina o'tloqlarni ,olis ufqlarni ko'radi. Mana, buni yashash deb aytadilar.

ยฉSaid Ahmad (Ufq) asaridan
@menimcha_shu
#10_daqiqadan_keyin

Ertangi kun qanday boshlanishi o'zingga bog'liq: yangi kun yoki yangi hayot. ๐Ÿ˜‰
@menimcha_shu