🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
https://seoi.net/butterfly/
👆👆👆
yuqoridagi manzilni oching,qo'lingizni uzmasdan kapalak rasmini chizing , keyin telefonni sekin silkiting.
Mo'jizani ko'rasiz!
Men sinab ko'rdim , siz ham sinab ko'ring yoqadi degan umiddaman...
@menimcha_shu
#ҳазил_шеър

Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas, ko‘ngil o‘lsin.
Aka-uka mol talash,
Ota ko‘zi qon talash.
Ona yotar jon talash,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas ko‘ngil o‘lsin.
Jiyan tog‘adan kechsa,
Juldur kiyimin yechsa.
O‘lmay kafanin bichsa,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas, ko‘ngil o‘lsin.
Xotin erdan tonadi,
Kuygan yurak yonadi.
Dard birla to‘lg‘onadi,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas, ko‘ngil o‘lsin.
Qancha bo‘lsa pul ozdir,
O‘zi oddiy qog‘ozdur.
Qog‘ozsiz ko‘ngil yozdur,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas ko‘ngil o‘lsin.
Tor ko‘ngilni keng qiling,
Boy gadoyni teng biling.
Pulsiz yonimga keling,
Pul o‘lsina pul o‘lsin!

Ramazon Ashurov.

@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ via @like
Nimadir bor-da shu rasmlarda🤔 P.S bir kanaldan o'g'irlab keldim🙈 @menimcha_shu
Har doim rost gapiring 🤨 Manga o'xshab😜. Mana qarang rasmlarni boshaqa kanaldan olganimni ham aytganman. Bu borada bitta akam borda ( @KungilKundaligi ning admini) ushandan ibrat olganman😎
@menimcha_shu
MEN QIDIRGAN SO'ZLAR LUG'ATLARDA YO'Q
MEN QIDIRGAN HAYOT QAYDA BILMADIM.
#xorazmcha_kulgu

-Nachun hayot bundin akan😔
-Navlin yashivarsanga😂
-Nachun gulib duripsan🙄🤨
-Navlin gulavarsanga🤣
-😂😂😂😂😂
-🤣🤣🤣🤣🤣

P/s. Xorazmlila bormuu👀
@menimcha_shu
#meni_fikrim
1-Yoqtirish
2-Sevib qolish
3-Oshiq bo'lish
Bular shunchaki sinonim so'zlar emas, orasida aancha muncha farq bor(garchi kimlardir buni tan olmasalarda shunday). Bu so'zlar huddi sifatning:oddiy, qiyosiy va orttirma darajasiga o'xshaydi.
Ko'pchilik yigit yoki qizlar(asosan yigitlar) "Sizni YOQTIRIB qoldim" degan so'zni ko'p ishlatishadi. Bunda ularni faqat bir insonning husni, odobi, xarakteri hullas, qaysidir jihati o'ziga tortgan bo'ladi. Bu sevgi emas.
Sevgi-esa biz ko'pincha ta'rif beradigan kimdir siz yashay olmaslik aniqrog'i shunday deb o'ylaymiz holos. Uni tun-u kun o'ylaymiz, ko'rishgimiz keladi qisqasi unga o'rganib qolamiz ammo bularning hammasi vaqtinchalik. Bir biriga yetishgan sevishganlarning o'rtasida sevgi uzoq yashamaydi. Shunchaki ular bir biriga ko'nikishni boshlashadi.
OSHIQ BO'LISH- haa bu o'sha Qaysni ado qilgan, Laylini o'rtagan ISHQ! Bu tuyg'uni his qilgan yurak, yorining yonida turib ham uni sog'inaveradi, uni hatto o'zidan ham qizg'onadi. Usiz nafas olish ham esidan chiqadi..
Hozirgi "zamonaviy" hayotimizda bunda oshiqlat bormi yo'qmi bilmadim, balki bo'lganda ham barmoq bilan sanarlik ehtimol. Shunday ekan ISHQQA loyiq bo'lmay turib OSHIQMAN demang!

@menimcha_shu
Men hozrgacha hech kimni sevmadim va o'rganib qolmadim. Bular o"z hayotimdan kelib chiqib aytilgan gaplar emas, atrofdagilarni ham kuzatish natijasi. Shunchaki munosabat bildirdim.Har holda ishq tushunchasi osmondan tushmagan qachonlardir shunday oshiqlar bo'lgan va yana qachondir bo'lishi mumkin. O'sha Navoiy asaridagi ishq hech qanday manfaat uchun bo'lmagan.
Har kim o'z nuqtayi nazariga ega, ammo sizning yuragingiz his qilmagan bo'lsa va siz ko'rgan insonlarning munosabati manfaat ustiga qurilgan bo'lsa bu har doim ham shunday degani emas.
https://t.me/KungilKundaligi/838
Hozir kimni glavnisini qaramang "Sevganim Alloh", Bandasi kerakmas faqat Allohni sevaman".... Shunga o'xshash gaplar bilan to'lib yotibdi. Beayb yaratuvchimizni sevamiz biz ham bu hammaning qo'lidan keladi ammo uning mahsuli bo'lgan gunohkor, nuqsonli bandani hamma kamchiliklari ila sevish har kimning qo'lidan kelavermaydi. Shunday ekan o'zingiz kabi oddiy insonni sevolmas ekansiz kechirasiz-u faqat Allohni sevaman deb ertak aytmang.
Baxtli bo'lay desangiz hech kim bilan tortishmang😂😂
Odamlar izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin.

*******

Eng muhimi - insonning inson bo‘lishi.

📚"Kichkina shaxzoda"
Antuan de Sent-Ekzyuperi
@menimcha_shu
Qo'lim sindi deb kuyunma,
Balki Alloh senga qanot bermoqchidir😊
©Rumiy
@menimcha_shu
Bugun kuzning oxrgi oyining birinchi kuni edi, u ham oxrlab bormoqda...
❤️❤️❤️
🍀Assalomu alaykum!

🌸Alhamdulillah!

🌤Yangi tong otdi!
«Ko‘zlarimiz ko‘ryapti! Quloqlarimiz eshityapti».

🌹Alhamdulillah...


🌹Alhamdullah...
Yangi kunga yetdik!
«Tirikmiz! Biron nimamizdan ayrilmadik!»

@menimcha_shu
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
Kanalga ko'proq nimalarni joylaylik
Xo'o'sh demaak🧐 eng ko'p statusli rasmlar keyin hayotiy postlar va qo'lda chizilgan rasmlar😘 sizlarga ma'qul ekan. Albatta buni inobatga olamiz😊Qo'shiq, video va qisqa hikoyalar ham albatta bo'ladi. Faqat sizlar uchun🤗.
@menimcha_shu
Siz tushunmayman, deb aytyapsizmi? Sababini faqat o‘zingizdan qidiring. Siz naqadar kambag‘alsiz, modomiki, tuyg‘uni aql bilan bog‘lay olmas ekansiz.

Pablo Pikasso



She’rda yangilik qariyb har doim shoirning qay darajada yangi ekaniga bog‘liq… Uslub — bu temirchining dastgohi emas, balki uning qalbi, ruhi.

Rene-Gi Kadu



Shoirning shaxsi kitobxonga tegishli emas. Kitobxon, daraxtdan ajratib olingan yog‘och kabi, muallifdan ajralib chiqqan asar haqida hukm chiqarishga haqli, xolos. Modomiki, munaqqid asardan siyosatchi shaxsini qidirarkan, bu o‘ta mantiqsiz harakatdir.

Sen-Jon Pers



Realizm, oldiga qo‘yilgan talablarga javob berishi uchun, bugungi kunning realligiga emas, balki kelajak realligiga asoslanmog‘i lozim. U bashorat realizmi bo‘lmog‘i kerak.



Qofiyadan bezish uni huda-behuda, me’yoridan ortiq darajada qo‘llayverish, sof gimnastika mashqlariga aylantirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Aslida qofiyaning siyqasi chiqqani yo‘q, balki qofiyalanmagan, she’riy misralar oxirida sof, jarangdor tovush taratadigan so‘z qolmadi, deganlarning yuragining siyqasi chiqqan, xolos.

Lui Aragon



Poeziya bizning madaniy hayotimizda muhim o‘ringa ega. She’riyat nafaqat odamlar bilan chin dildan gaplashish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, biz poeziya tilidan turli xavf-xatarlardan bekinadigan makon sifatida foydalanamiz.

Yaroslav Seyfert



Poeziya bu — ovoz. Uni tinglay bilish kerak. Xuddi musiqani tinglagandek. U, kamoncha ishga tushishi bilan g‘ijjakka jon kirgandek, tovush pardalari harakati bilangina jonlanadi. Ko‘z qog‘ozdagi bosma harflar navosini tinglashi lozim.

Leo Ferre



Chindan ham, biz ijodiy izlanishlar chog‘ida o‘zimiz anglay olmagan narsa-hodisalarga oid fikrlarimizdan to‘g‘ri xulosalarga kelishimiz zarur. Buning uchun har bir so‘zning isbot talab qilmaydigan birlamchi, asl mohiyatini bilishimiz zarur. Shundagina sezgi-tuyg‘ularimizga, favqulodda fikriy portlash imkoniyatlariga, taassurotlarga va boshqa mezonlarga tayansa bo‘ladi.

Epikur



Shoir bizni yurak yutib botinimizga — ruhiyatimiz qa’riga nazar solishga va unda siyratimizni o‘zimiz tasavvur etgandek emas, balki aslida o‘zimizning kim ekanimizni aniq ko‘rishga da’vat etadi.

Jak Brel



Mard yoki qo‘rqoq odamning harakatlari va qo‘shiqlariga kelsak, adolat yuzasidan shuni tan olib aytish joizki, mardlarda ular go‘zal va jozibali, qo‘rqoqlarda esa xunuk va jirkanchlidir.

Aflotun



Baxtsizlik bir o‘zi kelmaydi, uning ortidan quvonch ko‘rinish beradi.

Jak Prever



Siz Uyg‘onish nimaligini bilasizmi? Bu hayot quvonchi, uyg‘unlik zamoni. Olam tag‘in odam ko‘z o‘ngida jannatdek gavdalanadi. Orzu-istaklar va hayot-sharoit bir-biriga to‘la-to‘kis mos, muvofiq keladi.

Xose Ortega-i-Gasset



Nazardan qochirmaslik kerak: simvolistik poeziya — frantsuzlarning keng dovrug‘ qozongan kashfiyotidir.

Remon Keno



Uydan tashqariga chiqishingga hojat yo‘q. Yozuv stolingdan jilma va tingla. Hatto tinglama ham, faqat kut. Hatto kutma ham, shunchaki sukut saqla va yolg‘iz bo‘l. Shunda olam o‘zini oshkor etishni boshlaydi, u boshqacha bo‘la olmaydi, u sening qoshingda ilojsiz o‘zining arzu jamolini namoyon etadi.

Frants Kafka



Ko‘p vaqtdan beri men she’r yozmay qo‘yganman. Bir vaqtlar bu san’atda ancha yutuqlarga erishganman. Endi bu ishda boshqalar mendan ustun kelishayotir. Aql-idrokim menga maslahat beradi: Bayron dahosi oldida boshingni egibroq, yelkalaringni qisibroq turgin, deydi.

Valter Skott

@menimcha_shu