🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
#ҳикоя

Van Men

BIR SO‘ROQQA BIR NEChA JAVOB

Bir kuni Lao Vanning nevarasi bobosidan so‘radi:
-Bobojon, kun byi uyda qamalib olib, nimalarni yozyapsiz?
Bobo javob berdi:
-Xat yozyapman, toychoim.
-Nega xat yozyapsiz?-tag‘in so‘radi nabira.
-Kimgadir nimanidir aytish uchun,-tushuntirdi Lao Van.
Nabira yana so‘radi:
-Kimgadir nimanidir aytishga nima zaruratingiz bor?
Bobo salmoqla dedi:
-Odamlar mening fikrlarimdan boxabar bo‘lishlarini, keyin bu fikrlar borasida mushohada qilishlarni istaymanda, bolam.
-Odamlar fiklaringizni o‘qishini, keyin mushohada qilishining sizga nima qizig‘i bor?-ezmalandi bolakay.
-Agar birov sen bilan qiziqmasa, seni tushunmasa, sen haqingda hech nimani sezmasa, his etmasa, unda juda qiyin bo‘ladi. Sog‘inib qolasan.-tushuntirdi bobo.
-Sog‘inishning nima keragi bor?-bolaligiga borib dedi bolakay.
Bobo hayron qoldi, ammo savolni javobsiz qoldirishni iistamadi:
-Yolg‘izlik quvnoq kechmaydida, toychog‘im.
-Nega yolg‘izman deysiz, atrofingiz to‘la odam-ku?-endi bolakay hayron qoldi.
Lao Van tushuntira ketdi:
-Ha, atrof to‘la odam, ammo har bir odamning o‘z qiziqishlari, istak va xohishlari bor-da?!
Bola yana ezmalandi:
-Faqat bir kishilik qiziqishu istaklarning siz nima qilasiz?
Donishmand Lao o‘yga botdi. Chindan ham nabirasining so‘rog‘ida jon bor. Uning birgina «nima uchun» iborasi qancha javoblarga zamin yaratdi, axir. Ha, bir kattaning aytganini qil, bir kichikning deganlaricha bor ekan...

@menimcha_shu
*
Taqdir lavhasida hukmim bo'lg'onda,
Maylimcha yozardim uni shu onda.
Qayg'uni dunyodan yo'qotib butkul,
Shodlikdan bo'lardi boshim osmonda.
©Umar Hayyom

@menimcha_shu
Nimadir bor-da shu rasmlarda🤔
P.S bir kanaldan o'g'irlab keldim🙈
@menimcha_shu
#HAYRLI_TONG
O'lik-tirik ishin tuzatkuvchisen,
Tarqoq koinotni kuzatkuvchisen.
Yomon bo'lsam hamki, sening bandangman,
Men nima ham qilay! Yaratkuvchi — Sen.
©Umar Hayyom

@menimcha_shu
https://seoi.net/butterfly/
👆👆👆
yuqoridagi manzilni oching,qo'lingizni uzmasdan kapalak rasmini chizing , keyin telefonni sekin silkiting.
Mo'jizani ko'rasiz!
Men sinab ko'rdim , siz ham sinab ko'ring yoqadi degan umiddaman...
@menimcha_shu
#ҳазил_шеър

Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas, ko‘ngil o‘lsin.
Aka-uka mol talash,
Ota ko‘zi qon talash.
Ona yotar jon talash,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas ko‘ngil o‘lsin.
Jiyan tog‘adan kechsa,
Juldur kiyimin yechsa.
O‘lmay kafanin bichsa,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas, ko‘ngil o‘lsin.
Xotin erdan tonadi,
Kuygan yurak yonadi.
Dard birla to‘lg‘onadi,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas, ko‘ngil o‘lsin.
Qancha bo‘lsa pul ozdir,
O‘zi oddiy qog‘ozdur.
Qog‘ozsiz ko‘ngil yozdur,
Pul o‘lsina, pul o‘lsin,
Pul emas ko‘ngil o‘lsin.
Tor ko‘ngilni keng qiling,
Boy gadoyni teng biling.
Pulsiz yonimga keling,
Pul o‘lsina pul o‘lsin!

Ramazon Ashurov.

@menimcha_shu